Jalilov. Qaydlar
4.09K subscribers
1.45K photos
17 videos
22 files
2.28K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
#ilm_fan nima deydi?

Nepotizm va PISA natijalari o'rtasida bog'liqlik bormi?

Demak, nepotizm - bu ishga olish, lavozimga tayinlash yoki lavozim bo'yicha ko'tarishda lavozim uchun kerakli bilim, ko'nikma, malaka, tajribani emas, ijtimoiy munosabatlarni (qarindoshlik, do'stlik singari) asosiy mezon qilib olish. Xalqaro tashkilotlarga ko'ra, nepotizm - korrupsiyaning bir ko'rinishidir.

Germaniyalik tadqiqotchilar Perez-Alvarez va Strulikning aniqlashicha, nepotizm va inson kaptali, xususan, mamlakat o'quvchilarining PISAdagi natijalari o'rtasida bog'liqlik bor ekan. Olimlarning yozishicha, qabul qilingan (perceived) nepotizm indeksining bir standart og'ishga oshishi o'rtacha PISA natijalarining 0,16 standart og'ishga pasayishiga olib kelar ekan. Tadqiqotchilar Singapur va Livanni misol sifatida keltirishadi: oxirgi o'n yilliklarda nepotizmga qarshi qoidalar mvaffaqiyatli ishlayotgan Singapur PISAda yuqori o'rinlarni egallab kelmoqda, Transparency International'ga ko'ra nepotizm keng tarqalgan Livan esa PISA tadqiqotlarida past natijalarni qayd etgan. Bu degani - nepotizm mamlakatdagi inson kapitaliga - o'quvchilarning kognitiv qobiliyatlari va maktabdagi sa'y-harakatlariga (effort) salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, nepotizm qobiliyatlilarning mamlakatdan chiqib ketishiga va o'z qobiliyatlarini nepotizm darajasi kamroq bo'lgan joylarda ishga solishiga olib keladi.

Qiziq xulosalar. Balki O'zbekistonning PISAdagi ayanchli natijalari sabablaridan biri ham lavozimlarga qobiliyat va tajriba asosida emas, balki kimningdir o'g'li - qizi, jiyani, do'sti - dugonasi va hokazo bo'lgani uchun tayinlash amaliyotidir?
👍18🔥4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ELTUZ
10та менежер учун программа нархи - 860.000$
Alisher Sa'dullayev va uning jamoasining Stenford SEP dasturida qatnashishi xarajatlari soliq to'lovchilar gardanidami?

Na Yoshlar ishlari agentligi va na Alisher Sa'dullayevning o'zi mana bu savolga hali javob bergani yo'q, lekin orada yangi savollar paydo bo'lmoqda.

Eltuz'ning iddao qilishicha, Stenfordning 86 ming dollar (o'rtacha O'zbekistonlikning 18,5 yillik ish haqi!) turadigan "Executive Program" (SEP) dasturida o'qish uchun Alisher Sa'dullayev bilan birga agentlikdan 10 nafar kishi yo'l olgan. Agar ularning ham bu dasturda o'qishini agentlik (ya'ni soliq to'lovchilar) to'layotgan bo'lsa, bu - 860 ming (ya'ni, sal kam bir million) AQSH dollari degani. (Yo'lkira va yashash xarajatlarisiz).

Yoshlar ishlari agentligi va Alisher Sa'dullayevning o'zi Stanfordning asosan yirik biznes boshqaruvchilari uchun mo'ljallangan va shaxsiy portfoliosini kuchaytirishga xizmat qiladigan o'ta qimmat bu dasturida kimlar qatnashayotgani va bu xarajatlar kimning hisobidan moliyalashtirilayotganini ochiqlashi kerak. Zero, soliq to'lovchilar ularning soliqlari nimalarga sarflanayotganini bilishga haqli, davlat xizmatchilari esa hokimiyatning yagona manbai deyiladigan xalq oldida hisobdordirlar.
🔥42👍26👏3
Yuqoridagi postga izoh.

Alisher Sa'dullayevning yozishicha, Stenford SEP dasturida faqat u o'qimoqda va ha, uning o'qishini soliq to'lovchilar (ya'ni biz-u siz) to'lab bermoqda. Alisher Sa'dullayev o'z postida jamoa a'zolarining Stenfordda yurganiga izoh bermagan. Shuningdek, uning bu dasturda qatnashishi soliq to'lovchilarga nima berishiga ham oydinlik kiritilmagan.

Sa'dullayev, shuningdek, o'z postida PF-77 son farmoniga havola qoldirgan, lekin bu farmonda "Istiqbolli mutaxassislarning xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar, kompaniya va tashkilotlarda maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibini ishlab chiqish" 2025-yil iyul oyiga belgilangan. Ya'ni, Sa'dullayevning SEP dasturida o'qishi "El-yurt umidi" tomonidan hali ishlab chiqilmagan "tartib" asosida to'lanmoqdami, yoki uning uchun qandaydir maxsus istisnoli hujjat qabul qilinganmi - bu ham ochiq qoldirilgan.
🤬32👍14🔥9👏2🤔2👎1
"Dolzarb 90 kun" qanday o'tmoqda?

"Ozodlik"ning O'zbekiston va jahonda bo'layotgan voqealarga bag'ishlangan kundalik "OzodNews" axborot dasturining kechagi - 25 iyun sonida jurnalistlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Dolzarb 90 kun" tadbiri haqida tahliliy material tayyorlashibdi. Jurnalistlar suhbatlashgan manbalarning iddao qilishicha, "dolzarb 90 kun" tadbiri pedagoglarning Mehnat kodeksida belgilangan dam olishga bo'lgan huquqlarini buzish, asosan rasmga tushib, hisobotlar qilish va ko'zbo'yamachiliklar bilan o'tmoqda, ko'p maktablarda yozning issig'ida bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun sharoitlar ham mavjud emas. "Ozodlik" jurnalistlari suhbatlashgan sobiq O'zbekiston parlamenti deputati, yozuvchi Jahongir Muhammadning fikricha, bunday tadbirlarning ildizi davlatning hamma sohani nazorat qilish istagiga borib taqaladi va real samara bermaydi.
👍24🔥10😱3
Hindistonda tug'ilgan Amerikalik jurnalist va tahlilchi, CNN telekanalidagi siyosiy-tahliliy ko'rsatuv muallifi, "The Washington Post" gazetasi kolumnisti, Yel va Harvard universitetlari bitiruvchisi Farid Zakariyaning "Erkin ta'lim himoyasida" kitobini o'qiyapman. Muallif ko'pchilik asosiy e'tiborini axborot texnologiyalari, biznes singari "amaliy" ("tezroq pul keltiradigan") sohalarga qaratayotgan bir paytda liberal (erkin) ta'limning ahamiyati haqida fikr yuritadi.

Stiv Jobsning iPad'i yoki Zakerbergning Facebook'i yoki Google nima uchun global miqyosda muvaffaqiyatga erishdi? Nima uchun PISA singari xalqaro tadqiqotlarda Singapurday unchalik ham hayratlanarli natijalarni ko'rsatmaydigan Amerika kreativ iqtisodiyot va texnologiyalarda yetakchi? Umuman, Bilim iqtisodiyotidan Yaratuvchanlik iqtisodiyotiga o'tish uchun nimalarga e'tibor berish zarur? Tobora o'zgaruvchan bo'lib borayotgan, biz bilgan ko'p kasblar yo'qolib borayotgan dunyoda raqobatbardosh bo'lish uchun nimalar kerak?

Muallifning bu savollarning javobini liberal ta'limdan va u insonga bera oladigan (va afsuski, bizning ta'lim tizimimiz - na maktab va na oliy ta'lim - bermayotgan) uch muhim ko'nikmadan qidiradi. Agar bu qaysi ko'nikmalar ekanligi va liberal ta'limga qanday aloqasi borligi sizni qiziqtirsa, kitobni o'qib chiqishni tavsiya qilaman.

Qizig'i, kitob esse (essay) janrida (biz ko'proq o'rgangan badiiy esse emas) yozilgan. Bilishimcha, o'zbek tilida bunday janrdagi kitoblar deyarli tarjima qilinmagan va "Tirilish" nashriyotining bu boradagi jur'ati ham alohida e'tiborga sazovor. Kitobni qog'oz formatda kitob do'konlaridan so'rashingiz, elektron yoki audio formatni ma'qul ko'rsangiz - "Mutolaa" ilovasida sotib olishingiz mumkin.
👍26🔥4
Bugun oxirgi yillarning eng shov-shuvli seriallaridan biri - "Kalmar oʻyini" oxirgi, 3 fasli namoyishi boshlandi.

Shunchaki qiziq. Serial joylashtirilgan Oʻzbekiston onlayn platformalari uni namoyish qilish huquqini "Netflix"dan sotib olganmi? Yoki ... qaroqchilikmi?

Maʼlumot oʻrnida. Oʻzbekiston mualliflik huquqining himoya qilinishini nazarda tutuvchi Bern konvensiyasiga qoʻshilgan.
🔥11
Nazarimda, "Kalmar oʻyini" serialining muvaffaqiyati sabablari uning faqat survival games (omon qolish) janridagi qiziq kino asar ekanligida emas. Film Janubiy Koreya jamiyatidagi qatlamlar oʻrtasida katta jarlik borligini va bunday jarlik nimalarga olib kelishi mumkinligini koʻrsatgan. Bir tarafdan, har qanday koʻngilxushlikka qurbi yetadiganlar, bir tarafdan tirik qolish uchun har narsaga tayyorlar.

Lekin "Kalmar oʻyini" bu mavzuga qoʻl urgan yagona kino asar emas. "Oskar" olgan "Parazitlar" ham boylar va kambagʻallar oʻrtasidagi qarama-qarshilikka asoslangan edi. "Netflix"ning yana bir qiziq seriali - "Karma" ("Taqdir") ham shu mavzuda. "Karma"ning yana bir qiziq jihati - olti bir-biriga begona kishilar taqdirining ajabtovur tarzda kesishishi. Koʻrmagan boʻlsangiz, tavsiya qilaman.
👍17🔥7
"Kalmar oʻyini" hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova olib borayotgan taʼlim siyosati oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor deb oʻylaysiz?

Oʻylab koʻring. Oʻzimning javobimni serialning 3 faslini koʻrib boʻlgach yozaman. Oʻz qoldi ...
👏14🤯6👍2
Forwarded from Fikrlar Ulashuğı
Jalilov. Qaydlar
"Kalmar oʻyini" hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova olib borayotgan taʼlim siyosati oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor deb oʻylaysiz?
🎭 Sinfdagi "Kalmar O‘yini": O‘zbekistоnning ta’lim strategiyasiga tanqidiy qarash

Muallif: Uftada

I. O‘yin boshlanyapti: nima uchun "Kalmar O‘yini"?
"Kalmar O‘yini" jahon sahnasida portlaganda, bu shunchaki antiutopik drama emas, balki so'nggi kapitalistik jamiyatga tutilgan ko‘zgu edi. Serialning dahshatli g‘oyasi: umidsiz odamlar boylik, adolat va ikkinchi imkoniyat va’da qilingan bir qator "o‘yinlar"ga kirishadi. Biroq bu pardaning ortida, asli tizim tomonidan shakllantirilgan aldov yashirin.

Dastlab, O‘zbekiston ta’lim tizimini bunga qiyoslash haddan tashqari va hatto bema’ni tuyulishi mumkin. Ammo chuqurroq nazar solsangiz, tashvishli o‘xshashliklar ko‘zga tashlanadi. Hilola Umarovaning Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri sifatidagi siyosiy strategiyasi hamda PIIMA (Prezident ta’lim muassasalari agentligi) ning elitaga yo‘naltirilgan tuzilmasi birlashib, haqiqiy hayotdagi "Kalmar O‘yini" tusini ola boshlaydi — unda bolalar, o‘qituvchilar va maktablar ishtirok etadi.

II. Hilola Umarova strategiyasi: islohot yoki so'zamonlik?
Vazir o‘zini progressiv islohotchi sifatida ko'rsatadi. Uning rahbarligi ostida modernizatsiyaning keng qamrovli lug‘ati — inklyuziv ta’lim, erta rivojlanish, raqamli resurslar va o‘quv dasturi o‘zgarishlari kabi tushunchalarga ko'zimiz tushmoqda. Ammo bu yuza osti nimalar bilan to'lgan?

🎯 Imkoniyat niqobi tusidagi yuqoridan pastga nazorat
Bu siyosatlar "tanlov" niqobi ostida bo‘lsa-da, amalda majburiydir. Maktablar yetarli resurslar bo‘lmasa ham, islohotlarni joriy etishlari shart. O‘qituvchilar qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim. Ota-onalar ham yangilikka moslashishlari kerak bo'ladi, aks holda orqada qolishlari muqarrar. "Kalmar O‘yini"da ishtirokchilar o‘yinga qaytishni "tanlaydilar" — lekin buning yagona sababi, tashqi dunyo yanada shafqatsizroq bo‘lgani. O‘zbekiston ta’lim tizimi ham xuddi shunday soxta tanlov taklif qiladi: yo bo‘ysunasiz, yo ahamiyatsiz bo‘lib qolasiz.

🧪 Eng zaif qatlamga tajribalarning bosimi
Islohotlar ko‘pincha elita maktablarida emas, balki oddiy maktablarda sinovdan o‘tkaziladi — natijada kambag‘al/bechora bolalar ulkan g‘oyalarning sinov obyektiga aylanadi. Bu "Kalmar o‘yini"da eng zaif ishtirokchilarni o‘limga mahkum tajribalarga tashlashga o‘xshaydi, ayni paytda ularga "adolatli imkoniyat" berilgani aytiladi.

🧱 Meritokratiya Teatri
Meritokratiya — bu boshqaruv yoki ijtimoiy tizim shakli bo‘lib, unda insonlarning jamiyatdagi o‘rni, lavozimi yoki muvaffaqiyati ularning mehnati, salohiyati, bilim va qobiliyatlari asosida belgilanadi.

Umarova davrida ko‘plab islohotlar yuzaki ko‘rsatkichlarni rag‘batlantirmoqda: test natijalari, loyihalarga asoslangan reytinglar, o‘qituvchilarni baholash — bu natijalarni shakllantiruvchi tengsizlikni e’tiborsiz qoldiradi. "Kalmar o‘yini" adolatli ko‘rinishga intilgani kabi, bu meritokratiya ham omon qolganlarni ulug‘laydi, ammo qanchasi ortda qolgani yoki nima sababdan shunday bo‘lganini so'roqlab ham o'tirmaydi.

Meritokratiyaning o'zi yomon emas, lekin agar hamma uchun boshlang'ich imkoniyatlar teng bo'lmasa yoki meritokratiya haddan tashqari qo'llanilsa, u ijtimoiy tengsizlikni avj oldiradi.

III. PIIMA: Arenamizning Me’mori
PIIMA — Prezident ta’lim muassasalari agentligi — ehtimol bu o'xshatmadagi eng ramziy tuzilma hisoblanadi. Cambridge University Press singari nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilgan PIIMA, O‘zbekiston bo‘ylab "cheksiz imkoniyatlar" va "jahon andozalaridagi ta’lim" kabi shiorlar ostida elita Prezident maktablarini tashkil etdi.

👑 Saralanganlar uchun VIP shakldagi muhitlar (sinfxonalar)
Bu maktablar quyidagi xususiyatlarga ega:

Yuqori darajada moliyalashtirilgan,

Ingliz tilida ta’lim beruvchi,

Xalqaro nufuzga ega,

O'ta qiyin darajadagi tanlov tizimi
👍13👏4😢4👎1
Forwarded from Fikrlar Ulashuğı
Fikrlar Ulashuğı
🎭 Sinfdagi "Kalmar O‘yini": O‘zbekistоnning ta’lim strategiyasiga tanqidiy qarash Muallif: Uftada I. O‘yin boshlanyapti: nima uchun "Kalmar O‘yini"? "Kalmar O‘yini" jahon sahnasida portlaganda, bu shunchaki antiutopik drama emas, balki so'nggi kapitalistik…
Ular "Kalmar O‘yini" maydonlari — puxta tanlab olingan ishtirokchilar uchun yarqiragan sahnalardir. Kirish imkoniyati bor, ammo juda past, sara o'quvchilar guruhi uchun, ko‘pincha allaqachon imtiyozli, resurslar va test tayyorgarligiga ega oilalardan kelgan yoshlar uchun. Qolganlari-chi? O‘z milliy tizimlarida shunchaki tomoshabinlar, xolos.

🎭 Voqelikdan chalg‘itish
"Kalmar O‘yini" o‘z ishtirokchilarini ko‘zni qamashtiruvchi chiroqlar va qutulish umidi bilan chalg‘itgani kabi, PIIMA ham ramziy g‘alabalar bilan jamoatchilikni chalg‘itadi. Bitta Prezident maktabi muvaffaqiyatga erishadi va bu boshqa hamma joyda tizimli harakatsizlikni oqlash uchun ishlatiladi. Shu orada, qishloq maktablari xarobaga aylanadi, o‘qituvchilar toliqib chiqib ketadi va tengsizlik yanada chuqurlashadi.

⚙️ Tizimni qayta ishlab chiqarish, o‘zgartirish emas
PIIMA tizimni buzib tashlamaydi — aksincha, uni mustahkamlab boraveradi. U mukammallikni ommalashtirish o‘rniga, uni toza, elitar doiralarga ajratib qo‘yadi — davlat maktablarini chetda qoldiradi. U mohiyat emas, balki mavqe eksportchisiga aylanadi.

IV. Yashirin Tovon: "O‘yinchilar"ga nima bo‘ladi?
"Kalmar O‘yini"da "g‘alaba qozonish" juda qimmatga tushadi: o‘yinchilar axloqini, munosabatlarini va qadr-qimmatini yo‘qotadilar. Xuddi shunday, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi o‘yinda:

O‘quvchilar hamkorlik qilishga emas, balki raqobatlashishga o‘rgatiladi.

O‘qituvchilar ziyolilar sifatida ko'rsatilmaydi, mahsulot sifatida baholanadi.

Maktablar isloh qilinmaydi, faqat reytingga kiritiladi.

Tovoni-chi? Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqib ulg‘aygan, yuzaki ko‘rinishga ruju qo‘ygan va o‘z taqdirini belgilovchi tizimli tuzilmadan bexabar bo‘lib ulgurgan butun bir avlod.

V. Arena tashqarisidagi umid: siklni buzish
Biroq, hammasini yo'qotganimiz yo'q. "Kalmar O‘yini" bosh qahramon tizimdan yuz o‘girishi, o‘yin tashkilotchilarini anglamaguncha va ularga qarshi chiqmaguncha mukofot pullarini sarflamaslikka qaror qilishi bilan yakunlanadi.

Xuddi shunday, O‘zbekistonlik o‘qituvchilar, talabalar va siyosatchilar ham o‘zlariga quyidagi savollarni berishlari lozim:

Bizning ta’lim tizimimizni kim loyihalashtirmoqda?

Kim uchun u haqiqatan ham "chegara bilmas"?

Biz qanday fuqarolarni tarbiyalayapmiz — shunchaki "o'yinchilar"nimi yoki fikrlovchilarnimi?

Oldinga yo‘l

—Siyosat ishlab chiqishda hokimiyatni markazsizlashtirish — islohotlarni o‘qituvchilar va jamoatchilik boshqarsin.

—Ko‘zbo‘yamachilik ta’limini tugatish — elita resurslarini davlat sektori bo‘ylab taqsimlash.

—Muvaffaqiyatni qayta ta’riflash — raqobat emas, balki hissa qo'shish sifatida.

VI. Yakuniy mulohaza

Agar biz ta’limni maktablar, o‘qituvchilar va buyrokratlarning omon qolishi bilan bog'lab qo'ysak, demak, biz allaqachon mag‘lub bo‘lgan bo'lamiz.
O‘zbekistonga "Kalmar O‘yini" tizimi emas, balki har bir bolaga — faqatgina eng zo‘r 1%ga emas — xayol qilish, xavfsiz xato qilolish va rivojlanish imkoniyatini beradigan adolatli sinfxona muhiti kerak.

Bizga g‘olib kerak emas.
Bizga yaxshiroq "o‘yinlar", yaxshiroq maktablar va yaxshiroq kelajak yaratuvchi dizaynerlar avlodi kerak.

Muallif izohi:
Ushbu maqola Uftada.NSS tanqidiy vatandoshlik mulohazalari turkumining bir qismi hisoblanadi. Agar siz bunday g‘oyalar bilan tanishishni, ularni muhokama qilishni yoki muloqot maydonlarida foydalanishni istasangiz, bemalol murojaat qilishingiz yoki erkin iqtibos keltirishingiz mumkin. Ta’lim — bu tomosha emas, balki axloqiy majburiyatdir.
🔥34👍7😢3😱2