Jalilov. Qaydlar
3.99K subscribers
1.43K photos
17 videos
22 files
2.25K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Va yuqoridagiga qo'shimcha.

G'alabaning bizda deyarli eslanmaydigan qiymati (cost) haqida:

"Ammo sovetlarning g‘alabasi ... juda katta qurbonlar evaziga qo‘lga kiritildi va g‘oliblar ulkan sinovlardan o‘tdilar. Nemislar mag‘lub etilgach, sovet davlati o‘z g‘azabini hamkorlikda ayblanganlarning ustiga yog‘dirdi. Ayblov jamoaviy edi – sotsialistik vatanga xiyonatda alohida shaxslar emas, balki butun milliy guruhlar ayblandi va jazolandi. Ayblanuvchi millatlarning butun aholisi surgun qilindi va ularning respublikalari tugatildi. ... Sovet davlati qaytib kelgan harbiy asirlarga ham shubha va katta shafqatsizlik bilan munosabatda bo‘ldi. Urush boshida Sovet Armiyasi Oliy Bosh Qo‘mondonligi Stalinning imzosi bilan mashhur 270-sonli buyruqni chiqargan edi. Unga ko‘ra, “jang paytida o‘z nishonlarini yirtib tashlab, orqaga qochadigan yoki dushmanga taslim bo‘ladigan qo‘mondonlar va siyosiy zobitlar qasamyodini buzgan va vatanga xiyonat qilgan yovuz qochqinlar deb hisoblanib, oilasi bilan hibsga olinishi kerak” edi. Asirlikka tushishni dezertirlik va xoinlik bilan tenglashtiradigan bu qarash hech qachon o‘zgarmadi. Qaytib kelgan harbiy asirlar “filtrlash lagerlari”dan o‘tib, siyosiy politsiyani hamkorlik qilmaganliklariga ishontirishlari kerak edi. Ularni qayta chaqirishlari, ishchi batalyonlariga jo‘natishlari yoki hatto Gulagga yuborishlari mumkin edi. Ayrim O‘rta Osiyolik asirlar, Turkiston legionida jang qilganlar ham, qilmaganlar ham, repatriatsiyadan qochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular Turkiya, Saudiya Arabistoni va G‘arbiy Yevropadagi kichik Markaziy Osiyo diasporasiga qo‘shildi".

Adib Xolid: "Markaziy Osiyo: Imperiyalar bosqinlaridan hozirgi kungacha boʻlgan yangi tarix" kitobidan
Tarixchi, pedagog, "xorijiy agent" Tamara Eydelman yozadi:

РАЗГОВОР С БЕЗНАДЁЖНЫМИ ДВОЕЧНИКАМИ

Президент Трамп сообщил миру, что Соединённые Штаты выиграли Вторую Мировую войну. В Америке мало кто удивился, потому что множество людей там так думает.

Президент Путин не раз сообщал миру, что Вторую Мировую войну выиграл Советский Союз. В последние годы как-то всё яснее звучит добавление к этой фразе — иногда в подтексте, а подчас и открыто: во главе с Иосифом Виссарионовичем Сталиным. В России, думаю, мало кто этому удивляется, потому что множество людей уже очень давно привыкли думать именно так.

Так и хочется спросить: президенты, почему вы не учите историю???

Дональд, иди-ка к доске! Ну-ка расскажи про Московскую, Сталинградскую, Курскую битвы. Не знаешь? Садись, два!

Вовочка, ты там опять пакостничаешь на последней парте? Отвечай быстро, как англичане остановили немецкие танки под Эль-Аламейном и не дали Гитлеру захватить Суэцкий канал и ближневосточную нефть? А как американцы сражались у атолла Мидуэй? Как бились на Филиппинах? Сражались за Иводзиму?

Не знаешь? Придётся и тебе влепить двоечку.

А помните ли вы, что с лета 1940 по лето 1941 в мире была только одна страна, противостоявшая Гитлеру — и это не была ни Америка, ни СССР, а Великобритания?

Что были ещё партизаны по всей Европе: в Польше, в Югославии, во Франции? Товарищ Сталин, кстати, сильно им мешал — французских коммунистов, жаждавших сражаться против захватчиков, огорошил пактом Молотова-Риббентропа, Армии Крайовой нанёс смертельный удар, обеспечив разгром фашистами Варшавского восстания…

Да и вообще, Вовочка, неплохо бы вспомнить, как товарищ Сталин сначала сговаривался с Гитлером о том, как им разделить Европу, и только после, когда на него напали, запел про «Священную войну»?

А то, какую огромную, просто исполинскую роль в победе сыграли американские поставки по ленд-лизу, Вовочка, ты помнишь? И нет, Дональд, Рузвельт не грабил СССР так, как ты собираешься ограбить Украину.

А товарищ Сталин, Вовочка, сначала разгромил собственную армию, потом ещё в 41-м нашёл виноватых среди собственных генералов и их расстрелял, потом отрёкся от своих пленных, поставил позади собственных войск заградотряды с пулемётами, всех — от солдата до маршала — затерроризировал смершевцами, загубил намного больше своих солдат, чем нужно было для победы, а потом ещё приучил нас гордиться числом погибших, как будто это великое достижение, а не позорное преступление.

И неужели, жалкие двоечники, вы никак не можете понять, что фашизм, как и любое другое зло, побеждают все вместе? Что вся суть заключалась как раз в том, что советские солдаты героически сражались в Европе, а американцы — на Тихом океане, британцы — в Африке? Что это были объединённые усилия?

Ну посмотрели бы мои лекции по истории Второй мировой, что ли?
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Hurmatli ustozlar!

Bugun biz o‘zgarish arafasidamiz. Biz, oddiy o‘qituvchilar, ta’lim tizimida adolat va sifat uchun birlashdik. Test tizimidagi nohaqlik, ilmiy asoslardan yiroq savollar va faqat yodlashga asoslangan baholash – bular ta’lim kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Bilaman, bizni kuzatayotgan ayrim fikr egalari: “Endi hech narsani ortga qaytarib bo‘lmaydi, bizning qo‘limizdan hech narsa kelmaydi, endi kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish kerak”, degan fikrdalar. Ammo bir narsani unutmaylik: kuzgi attestatsiyada ham ayni holat takrorlanmasligiga kim kafolat beradi? Siz tayyorlandingiz deylik, lekin bu tayyorgarlik jarayoni nimaga asoslanadi? Kitobning boshidan oxirigacha yod olishgami? Bu bilimmi? Bu holatda bor bilimimizni ham, matn bilan ishlash ko‘nikmamizni ham yo‘qotamiz-ku!

Bizning maqsadimiz isyon emas, balki yechim topishdir. Shu bois bizga Respublika markazidan o‘z bilimiga ishongan professional advokatlar yordam bermoqda. Har bir viloyatdan bittadan o‘qituvchiga davlat tomonidan order ajratilmoqda. Bu order uchun to‘lov advokatga emas, balki bankga amalga oshiriladi.

Huquqiy kurashni davom ettirish uchun ixtiyoriy tarzda moliyaviy yordam yig‘moqdamiz. Bu har birimizning kelajagimizga qo‘shgan hissamiz bo‘ladi. Biz minimal miqdorni 20 ming deb belgilagan edik. Ammo 10 ming bo‘lsa ham, 15 ming bo‘lsa ham – sizning qo‘llab-quvvatlovingiz zarur.

Kecha maktabdagi ikki kasbdoshim ham quyidagi hisob raqamga: 9860 1201 8338 8343 pul o‘tkazishdi. Ularning biri nafaqaga chiqishiga ikki yil qolgan, yaqinlashayotgan attestatsiyalarda qatnashmaydi. Ammo millat kelajagiga befarq bo‘lmadi.

Befarq bo‘lmang!

Sud jarayoni bu kurashning muhim bosqichidir. Agar biz sudgacha borsak va sud ijobiy qaror chiqarsa, test tuzish hamda baholash tizimini isloh qilish majburiyati yuklatilsa, o‘qituvchilar quyidagi yutuqlarga erishishlari mumkin:

Shaffoflik oshadi – Test natijalari qanday aniqlanayotgani, ballar qanday qo‘yilayotgani aniq va tushunarli bo‘ladi. Bu o‘qituvchilarga o‘z o‘quvchilari bilimini adolatli baholash imkonini beradi.

Testlar sifatli bo‘ladi – Testologiya talablariga mos tuzilgan testlar:

noto‘g‘ri javoblar bilan chalg‘itmaydi, balki bilim darajasini aniqlaydi;

murakkablik darajasi muvozanatlangan bo‘ladi;

faqat eslab qolishga emas, balki fikrlash, tahlil qilish, qo‘llay olishga yo‘naltiriladi.


Sohaviy mutaxassislar ishtiroki – Testlar amaliyotchi o‘qituvchilar, olimlar va fan mutaxassislari ishtirokida yaratiladi. Bu esa test savollarining mazmunan chuqur va dolzarb bo‘lishini ta'minlaydi.

O‘qituvchining maqomi oshadi – Baholash tizimiga nisbatan ishonch ortadi. Natijada, o‘qituvchilar o‘z mehnatining haqiqatda to‘g‘ri baholanayotganini ko‘radi.

Ta’lim sifatining oshishiga hissa qo‘shadi – O‘qituvchilar bilim berish jarayonini faqat faktlarni yodlash emas, balki chuqur tushunishga asoslangan tarzda tashkil qilishga rag‘batlantiriladi.

Jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yiladi – Bunday holat boshqa test(faqat ona tili va adabiyot emas) jarayonlarida ham ochiqlik va islohotlarga yo‘l ochadi. Tizim doimiy ravishda jamoatchilik ishtirokida takomillashadi.

Va eng muhimi – bu bizning kasbiy sha’nimizni tiklaydi!

Karta raqami:
9860120183388343

https://t.me/tilchilardan_murojaat
Mana bu postning davomi sifatida qayta aloqa botiga shunday murojaat yuborishdi:

Davomi.
Agar biz kurashmasak, nima bo‘ladi?

Biz jim tursak, test natijalari qanday aniqlanayotgani noma’lumligicha qoladi. Ballar nimaga qo‘yilganini na o‘qituvchi, na o‘quvchi tushunadi. Adolatdan gapirish ortiqcha tuyuladi.

Testlar hali-hanuz chalg‘ituvchi savollar, noto‘g‘ri tuzilgan variantlar bilan to‘la bo‘ladi. Bilim emas, taxmin yuritish muhimroq bo‘lib qoladi. Fikr yuritish emas, yodlash ustunlik qiladi.

Fan mutaxassislari, tajribali o‘qituvchilar bu jarayonlardan chetda qolaveradi. Ularning fikri eshitilmaydi. Asl bilim egalarining o‘rni bo‘sh qoladi.

O‘qituvchi o‘zining qadri borligiga ishonmay qo‘yadi. Mehnati e’tiborsiz qolgan ustoz asta-sekin ilhomini, ishonchini, intilishini yo‘qotadi.

Ta’lim sifati esa shu yo‘sinda sekin, lekin muqarrar qulaydi. O‘quvchi darsdan hayotiy bilim emas, testda qanday aldashni o‘rganadi. Bu esa jamiyat kelajagini xavf ostiga qo‘yadi.

Eng yomoni(men qo'rqadigan holat)
"Baholash tizimi o‘rganish jarayonini boshqaradi." (Miller, Cowan, et al)
Baholash – bu faqat natijani o‘lchash emas, balki o‘rganish yo‘nalishini belgilovchi omildir.

Baholash o‘quvchi nimani o‘rganishini, qanday o‘rganishini va qanchalik chuqur o‘rganishini aniqlab beradi.

To‘g‘ri baholash o‘quvchini faol o‘rganishga undaydi, noto‘g‘ri baholash esa yuzaki yodlashga olib keladi.

Qarang ustozlar, agar testlar faqat faktlarni so‘rasa – o‘quvchi yodlaydi. Agar testlar tahlil va fikrlash talab qilsa – o‘quvchi chuqur o‘rganadi. Yani baholash – o‘rganish uchun yo‘l xarita. To‘g‘ri tashkil etilgan baholash – samarali ta’limning kalitidir.

Tizim yopiq qoladi. Jamoatchilik ovozi eshitilmaydi. Muammo bor, lekin uni ko‘rishni istamaydigan ko‘zlar, eshitishni istamaydigan quloqlar test tezimini boshqarishda davom etadi.

Va eng og‘rigi – biz o‘z kasbimiz sha’nini o‘zimiz topshiramiz. O‘qituvchi jim bo‘lsa, jamiyat jim bo‘ladi. Shu bois kurashmaslik – o‘zimizga nisbatan xiyonatdir.
Umuman, men oʻylayman, jarayonda nafaqat alohida olingan fanlar boʻyicha test topshiriqlari sifati (masalan, ona tili va adabiyoti yoki boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun test topshiriqlari sifati - har ikki yoʻnalishda attestatsiya natijalaridan norozi oʻqituvchilar soni koʻp va ular ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarga birlashmoqda), balki attestatsiya bilan bogʻliq kengroq masalalar qoʻyilishi, sud oldida va vazirlik rasmiylari oldiga jiddiy savollarga javoblar talab qilinishi kerak.

Bu qanday masalalar va savollar ekanligi haqida alohida batafsil yozaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yana PISA va oʻzimizni aldash haqida

Boshqalari haqida gapirmay, bizning tumandan tanlangan maktab haqida gapiraman:
Maktabda kamida 3 oy (bu men bilganim) butun boshli komanda ishladi. Maktabga boshqarmadan, Universitetdan odamlar tashlandi. Avval PISA yoshidagi hamma tayyorlantirilgan, PISAda qatnashadiganlar roʻyxati aniq boʻlgach, oʻsha bolalar kamida 1 oy hech qaysi fanga kiritilmasdan, toʻliq maktabda faqat PISAga tayyorgarlik koʻrishgan.

Har doimgidek, isbot yoʻq, mening gapimni hech kim tasdiqlamaydi.

(Shaxsiy suhbatdan)
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Menimcha, PISAdagi koʻzboʻyamachiliklarimiz ancha koʻp, muammolarimiz ancha chuqur.

@birgap
Oʻzbekistonning PISA-2025da qatnashishi, tasodifiy tanlanmaga barcha prezident maktablarining kirib qolishi boʻyicha savollar hamda PISA tadqiqotlarida qatnashishi kerak boʻlgan oʻquvchilarni zoʻr berib testga tayyorlash haqidagi iddaolar (masalan, 1, 2, 3) fonida qiziq maʼlumotlar:

1. Qozogʻistonning 2015-yilgi PISA natijalari bilan bogʻliq qiziq holat boʻlgan. Ochiq test topshiriqlarini (yaʼni oʻquvchilar javobini oʻzlari yozadigan test topshiriqlari) baholashda baholovchilar juda "koʻngilchan" yondashganligi tufayli, natijalar rasman eʼlon qilingan OECD hisobotida Qozogʻiston natijalari sifat nazorati standartlariga javob bermasligi, bu natijalarni Qozogʻistonning oldingi natijalari yoki boshqa davlatlar natijalari bilan solishtirish mumkin emasligi taʼkidlangan. Qozogʻiston internet nashrlari buni "katta janjal" ("большой скандал") va "Qozogʻistonning PISA natijalari diskvalifikatsiya qilinishi" deb atashgan, ayrimlar buni tadqiqotda qatnashgan oʻquvchilar orasida Nazarboyev maktablari oʻquvchilari ulushining koʻpligi bilan bogʻlashgan.

2. OECDning Qozogʻiston taʼlim tizimi boʻyicha maxsus hisobotida yozilishicha, Nazarboyev maktablari (bizdagi prezident maktablariga oʻxshagan maxsus "elita" maktablar) uchun oddiy maktablarga qaraganda ancha koʻp mablagʻ sarflanishiga qaramasdan, PISA shkalasi boʻyicha matematik savodxonlikning yuqori (5 va 6) darajalariga erishgan oʻquvchilar ulushi juda pastligicha qolgan (Qozogʻiston - 0,2%, OECD boʻyicha oʻrtacha - 8,4%). Boshqacha qilib aytganda, Nazarboyev maktablari umumiy darajani koʻtarishga hissa qoʻshmagan.
"PISA dardlari": eng "dahshati" (hozircha) mana bu ekan.

Manba
"Men nima deyman, qo'bizim nima deydi?"

"В пресс-службе Министерства дошкольного и школьного образования «Газете.uz» в понедельник подтвердили наличие в списке президентских и специализированных школ, отметив, что в них учатся такие же ученики Узбекистана".

Qiziq, vazirlik savolning mohiyatini haqiqatdan ham tushunmayaptimi yoki tushunmaganlikka olyaptimi? Gap Prezident maktablarining ham O'zbekiston o'quvchilari ekanligi (yoki emasligi) haqida emas-ku.

PISAda ikki bosqichli stratifikatsiya qilingan tanlash metodi ishlatiladi. Bu degani - maktablar turli xususiyatlariga ko'ra (shahar / qishloq, oddiy / ixtisoslashgan, maktab hajmi, o'quvchilarning kelib chiqishi va hokazo) stratalarga (kategoriyalarga) bo'linadi. Masalan, mamlakatda qishloq maktablari ulushi 60%. Demak, tanlanmaga tushgan qishloq maktablari soni shu nisbatni aks ettirishi kerak.

"If a country/economy was known to have school tracking or distinct school programmes and these were not among the explicit stratification variables, a suggestion was made to include this type of variable". Agar mamlakatda o'quvchilarni qobiliyatiga ko'ra ajratadigan yoki alohida o'quv dasturlari bo'yicha o'qitadigan maktablar bo'lsa, ular alohida kategoriya deb olinadi.

Ya'ni, oddiy til bilan aytganda, Prezident maktablari alohida qatlam deb olinib, ularning ichidan nechtadir maktab (bu maktabdagi o'quvchilar sonining mamlakatdagi umumiy o'quvchilar sonidagi ulushini hisobga olgan holda) tasodifan tanlab olinishi kerak edi. Qanday qilib bitta qatlam ichida tasodifan hamma maktab tanlanmaga tushib qolishi mumkin? Bu tadqiqot qoidalarining buzilishi va tadqiqot natijalarining ishonchliligiga jiddiy salbiy ta'sir qiladi.
Yuqoridagi postga izohlarda "Balki OECDning o'ziga yozish kerakdir?" degan izoh qoldirilibdi.

OECDga PISA Sekretariatiga xat yuborildi. Xatda barcha Prezident maktablarining tadqiqotga kiritilishi, shuningdek, maktablarda o'quvchilarning intensiv tayyorlantirilayiotgani haqidagi iddaolar tadqiqot natijalarining ishonchliligiga qay darajada ta'sir qilishi mumkinligi haqida izoh berish iltimos qilindi.
Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi xodimi, sobiq Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi xodimi Rashid Tojiboyevning yozishicha, Prezident maktablari test topshiruvchilar orasiga tasodifiy tanlab olinmagan. Uning fikricha, bu PISA umumiy natijalariga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi va Prezident maktablariga ajratilayotgan moliyaviy resurslar qay darajada samara berayotgani haqida xulosalar chiqarish imkonini beradi.

PISA tadqiqotlarida mamlakatning natijasini xuddi shu mamlakatning oldingi natijalari bilan solishtirish imkoni bo'lishi juda muhim. Agar PISA-2025 tadqiqotlariga barcha Prezident maktablarini jalb qilishdan maqsad, Rashid Tojiboyev yozayotgandek, O'zbekiston ta'lim tizimidagi imkoniyatlar tengsizligi va Prezident maktablariga alohida e'tibor (moliyaviy va hokazo) o'zini qay darajada oqlayotgani haqida xulosalar chiqarish bo'lsa, bu maktablar natijalari O'zbekistonning umumiy natijalariga qo'shilmasligi (umumiy natijaga ta'sir qilmasligi), alohida hisoblanishi kerak, nazarimda. Shunda O'zbekistonning umumiy natijalari (Prezident maktablarisiz) va Prezident maktablari natijalari orasidagi tafovut Rashid Tojiboyev aytayotgan xulosalarni chiqarish imkonini berar, balki. Lekin Prezident maktablari natijalari umumiy natijalar bilan qo'shib hisoblanadigan bo'lsa, bu natijalarning sun'iy oshishiga (necha ballga bo'lishidan qat'iy nazar) olib keladi va O'zbekistonning 2022-yilgi natijalari bilan solishtirish imkonini bermaydi. Qolaversa, bitta stratadagi (qatlam, kategoriya) barcha maktablarning tasodifiy tanlanmaga kirishi PISAning o'zi e'lon qilgan ikki bosqichli stratifikatsiyalangan usulda tanlanma olish tamoyillarining buzilishidir va bu tadqiqot naijalarining validligiga salbiy ta'sir qilmay qo'ymaydi.

Va yana bir muhim narsa. Vazir Hilola Umarova ijtimoiy tarmoqlarda "233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan", deb bayonot berdi. Barcha Prezident maktablari kiritilishi ... tasodifmi yoki tasodif emasmi?

Umuman, PISA tadqiqotlari jarayonlaridan xabardor mutaxassislarning aytishicha, OECD PISA tadqiqotlarini o'tkazish bo'yicha qatnashuvchi mamlakatlarda ta'lim vazirliklaridan mustaqil tashkilotlar bilan hamkorlik qilar ekan. Bu ta'lim vazirliklarining tadqiqot jarayonlari va natijalariga ta'sir qilishining oldini olish maqsadida qilinadi. PISA-2022 tadqiqotlarida O'zbekistondan bunday mustaqil tuzilma sifatida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz jarayonlarni tashkil qilgan. Inspeksiya va uning huzuridagi milliy markaz tugatilgach, PQ-128 bo'yicha "O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati sohasida xalqaro dasturlar va tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkillashtirish" vazifasi Ta'limni rivojlantirish respublika markaziga (vazirlik tarkibiga kirmaydigan tashkilot) yuklangan va hatto markaz strukturasida buning uchun alohida bo'lim ham tashkil qilingan. Lekin, jarayondan xabardorlarning aytishicha, PISA-2025 tadqiqotlari jarayonlarini Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti boshqarmoqda. Bunga asos sifatida PQ-231 (1-band, oxirgi xatboshi) keltirilmoqda, lekin xuddi shu hujjatda xalqaro tadqiqotlarda O'zbekiston ishtiroki bo'yicha masalalar Avloniy instituti vazifalari sirasiga kiritilmagan (1-lovaga qarang). Qolaversa, bu institut mustaqil emas, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga bo'ysunadigan tashkilot, institut rahbari ham vazirga tobe odam. Demak, jarayonda xolislikning qay darajada ta'minlanishi savol ostida. Masalan, bugun institut telegram kanalida kun davomida PISA haqida maqtov ruhidagi qator postlar e'lon qilindi.

Gazeta.uz nashrining yozishicha, Andreas Shlyayxerga bu masaladagi savollarga javob berishni so‘rab, xat yo‘llangan. OECD PISA Sekretiariatiga ham xat yuborilgan. Javobini kutaylik-chi.
"Tanaffus" podkastining attestatsiya masalalariga bagʻishlangan soni

Oldinroq attestatsiya natijalaridan norozi pedagoglarning bir guruhi sudga murojaat qilmoqchi ekani, bu jarayonda nafaqat nafaqat alohida olingan fanlar boʻyicha test topshiriqlari sifati, balki attestatsiya bilan bogʻliq kengroq masalalar qoʻyilishi, sud oldida va vazirlik rasmiylari oldiga jiddiy savollarga javoblar talab qilinishi kerakligi haqida yozgan edim.

Bu qanday masalalar, qanday savollar boʻlishi kerak, oʻzi umuman hozirgi attestatsiya jarayonlari nima uchun talablarga javob bermaydi - "Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida pedagog Shokir Tursun hamda mezbonlar Ulugʻbek Poʻlatov va Isroil Tillaboyev bilan shu haqida fikrlashdik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli 1984ga xush kelibsiz!

Biz bu yerda PISA va attestatsiyani muhokama qilayotganimizda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi juda qiziq bir qonun loyihasini ishlab chiqibdi. "Onlayn platforma va veb saytlar foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida" deb atalgan ushbu qonun loyihasida haqiqatdan ham juda qiziq joylar borki, agar ular qonun sifatida tasdiqlanib kuchga kirsa, Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan va umuman internetdan foydalanadigan har qanday shaxs potensial jinoyatchiga aylanishi hech gap emas.

"Asosiy tushunchalar"dan boshlaylik. Bu "tushunchalar" shunday taʼriflanganki, ularga istalgan shaxs, istalgan ijtimoiy tarmoq va istalgan xabar kirishi mumkin.

"Bloger". Keltirilgan taʼrifga koʻra, masalan, Facebook akkaunti boʻlgan har qanday shaxsni "bloger" toifasiga kiritish mumkin. Eʼtibor bering: taklif qilinayotgan taʼrifga koʻra, "oʻz akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda ... boshqa tusdagi kontentni joylashtiruvchi jismoniy shaxs". ("Shu jumladan" degan joyini olib tashlasak ham boʻladi: u qoʻshimcha, kengaytiruvchi maʼno beradi, toraytiruvchi maʼno emas. Yaʼni "shu jumladan muhokama qilish uchun" degani "muhokama qilish uchun boʻlmasligi ham mumkin", degani). Endi qarang: Facebook sahifangiz boʻlsa, bu sizning akkauntingizmi? Akkauntingiz. Siz unga "boshqa tusdagi" axborotni joylashtirasizmi? Joylashtirasiz. Axir, taʼrifda aytib qoʻyibdi, axborot "ijtimoiy siyosiy" yoki "ijtimoiy iqtisodiy" boʻlmasa, demak, u boshqa tusdagi boʻladi. Boʻldi. Yaxshi koʻrgan mushugingiz rasmini qoʻysangiz ham bloger boʻlasiz-qolasiz. Chunki bu harakatingiz "bloger" taʼrifining hamma shartlariga mos tushadi.

"Yolgʻon axborot" taʼrifi undan-da ajoyib. "Notoʻgʻri taassurot uygʻotadigan" har qanday axborot endi yolgʻon axborot deya malakalanadi. Bu degani - istalgan davlat organi yoki amaldorga yoqmagan istalgan axborot "yolgʻon axborot" deb malakalanishi mumkin. Buning uchun oʻsha organdan bironta vakil chiqib "bu axborot notoʻgʻri taassurot uygʻotadi" desa kifoya. Siz uning taassuroti aslida qanday boʻlganini hech qanaqasiga isbotlay olmaysiz, chunki taassurot - gʻirt subyektiv kategoriya. Istalgan axborot turli qabul qiluvchilarda turlicha taassurot uygʻotishi mumkin (bu haqida, masalan, axborotni qabul qilish boʻyicha ilmiy tadqiqot olib borgan olimlardan soʻrashingiz mumkin). Demak, istalgan tanqid "yolgʻon axborot" deya malakalanishiga tayyor turavering.

"Kontentni tarqatish" - bu kontentni, yaʼni har qanday belgilar / signallardan iborat maʼlumotni muayyan yoki nomuayyan foydalanuvchi(lar)ga yuborish. Masalan, Telegramdan doʻstingizga xabar joʻnatdingiz. Xabaringiz kontentmi? Kontent. Axir u belgilardan iborat maʼlumot-ku. Doʻstingiz muayyan foydalanuvchimi? Muayyan foydalanuvchi. Boʻldi, siz kontent tarqatdingiz.

"Ommaviy hamjamiyat moderatori". Istalgan platformada axborot joylashtira oladigan, tahrirlay oladigan, oʻchira oladigan shaxs. Facebook yoki Xda akkauntingiz boʻlsa, siz unga axborot joylashtira olasizmi? Joylashtira olasiz. Uni tahrir qilishingiz yoki oʻchirishingiz mumkinmi? Mumkin. Boʻldi, siz ommaviy hamjamiyat moderatorisiz.

AOKA onlayn platforma mulkdoridan foydalanuvchilarning sutkalik soniga oid maʼlumotlarni soʻrab oladi. Yuqorida koʻrdik, hatto Facebook yoki Xda shaxsiy sahifangiz boʻlsa ham siz onlayn platforma mulkdorisiz. Demak, sizning sahifangizni sutkada nechta odam koʻrgani haqida istalgan paytda maʼlumot soʻralishi mumkin. Va yoʻq deya olmaysiz. Chunki qonun bunday maʼlumot qachon, qaysi holatlarda soʻralishi mumkinligiga oydinlik kiritmayapti. Demak, AOKA istalgan tarmoq foydalanuvchisidan istalgan paytda bunday maʼlumotni soʻrashga haqqi boʻladi.

Bu hali hammasi emas. Loyiha davomida undan ham "ajoyib" narsalar borki, Oruell oʻqisa hayratdan yoqa ushlardi. Bu haqida keyinroq.