PISA tadqiqotida barcha prezident maktablari ishtiroki va bu holatning tadqiqot natijalari ishonchliliga ta'siri masalasi muhokamasiga kun.uz nashri ham qo'shildi.
Nashrning Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimi Rashid Tojiboyevga tayanib yozishicha, prezident maktablari tasodifiy tanlab olinmagan, balki ularning barchasi ingliz tilida imtihon topshirish imkonini ta’minlash maqsadida maxsus jalb qilingan. Ilgariroq vazir Hilola Umarova tadqiqotda qatnashayotgan barcha 233ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan, degan edi. Shu o'rinda savollar tug'iladi:
- qaysi tomonning ma'lumoti to'g'ri: tanlanmaga barcha Prezident maktablari kiritilishi tasodif bo'lganmi yoki tasodif emasmi?
- agar bu tasodif bo'lsa, ikki bosqichli stratifikatsiyalangan tanlov metodikasida qanday qilib hamma Prezident maktablari tasodifan tanlanmaga kirib qolishi mumkin?
- agar Prezident maktablari tasodifiy tanlab olinmagan bo'lsa, vazir bu haqida bilmaganmi yoki ... bilib turib ijtimoiy tarmoqlarda noto'g'ri ma'lumot berganmi?
Kun.uz ning yozishicha, vazirlik holat yuzasidan axborot tayyorlayotgan ekan va tez orada rasmiy munosabat e’lon qilinar ekan. Munosabatda yuqoridagi uchta savolga ham oydinlik kiritilsa yaxshi bo'lardi.
Lekin bir narsa. Nega O'zbekiston o'zi ingliz tilida imtihon topshirishi kerak? O'zbekiston inglizzabon mamlakat emas. Qolaversa, O'zbekistondagi umumiy o'rta ta'lim rasman olib boriladigan 7ta o'qitish tili orasida ingliz tili yo'q. Shunday ekan, aynan "ingliz tilida imtihon topshirish imkonini ta’minlash maqsadida" barcha Prezident maktablarining tanlanmaga kiritilishi tushunarsiz hol. Prezident maktablari natijalari tadqiqotda alohida hisoblanadimi yoki umumiy natijaga qo'shib e'lon qilinadimi, hozircha aniq ma'lumot berilmadi. Agar Prezident maktablari natijalari O'zbekistonning umumiy natijalariga qo'shib e'lon qilinsa, bu O'zbekiston natijalarining sun'iy oshirilishi bo'ladi (necha ballga bo'lishidan qat'iy nazar).
Respublika ta’lim markazi vakili ayrim tanlab olingan maktab o‘quvchilari o‘qituvchilar tomonidan testlarga oldindan tayyorlantirilayotgani haqidagi xabarlarga ham munosabat bildirib, “Agar bu holat tasdiqlansa, bu baholash natijalarining ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, – degan. Vazirlik hozircha bu iddaolarga munosabat bildirmadi.
Ilgariroq bu masala haqida Gazeta.uz nashri ham yozib chiqqan edi. Nashr PISA tadqiqotchi asoschisi Andreas Shlyayxerga masalaga oydinlik kiritishni so'rab xat yuborgan.

Kun.uz
PISA tadqiqotida prezident maktablari ham qatnashayotgani muhokamalarni keltirib chiqardi
Bu yilgi xalqaro PISA tadqiqotida O‘zbekistondagi barcha prezident maktablari va 3 ta ixtisoslashtirilgan maktab ham qatnashmoqda. Jamoatchilik faollari natijalarning sun’iy yaxshilanishi ehtimoliga e’tibor qaratdi. Maktab vaziri Hilola Umarova maktablar…
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga savol: O'qituvchilarning haqqi qaytarib berilyaptimi?
Shu kunlarda pedagiog kadrlar attestatsiyasi maktab o'qituvchilariga bevosita daxldor va ularni o'ylantirayotgan eng katta muammolardan biri bo'lib turibdi. O'qituvchilar hatto birlashib bir nechta viloyatda bir paytning o'zida vazirlik ustidan sudga murojaat qilmoqchi ekanliklari aytilmoqda. Attestatsiya bilan bog'liq muammolar "Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida ham muhokama qilindi va qisqa vaqt ichidagi ko'rishlar va qoldirilgan izohlar soniga (ayni paytga qadar 54000dan oshiq ko'rishlar va 2000ga yaqin izohlar) qaraganda, muammo ko'pchilik o'qituvchilarga daxldor.
Attestatsiya masalasida qayta aloqa botiga kelgan xabarlardan biri:
Ingliz tilidan natijamdan norozi bo'lib apellyatsiya bergandim.
Hasanboy kanaliga chiqqan savol menda bor edi. Hasanboyga bu haqida aytgandim, va o'rganib chiqib rostatdan savolda xato borligini aniqladilar va post qo'ydilar. Siz ham keyin post qo'ydingiz savol haqida.
Lekin vazirlik hech nima qilgani yuq. Qoleversa, apellyatsiyada rad etildi javobi kelgan. Qayta savol xato deb yozsam ham indashmadi.
Bunday holatda nima qilish kerak deb yordam va maslahat so'rab yozyotgandim...
Tushunishimcha, murojaatda gap mana bu test test topshirig'i haqida ketmoqda. Test topshirig'ida haqiqatdan ham to'g'ri javob yo'q va agar mana bu izoh haqiqatdan ham vazirlik eksperti tomonidan berilgan bo'lsa, bu izoh ham xato. Qolaversa, bu izoh (yana qaytaraman, agar bu haqiqatdan ham vazirlik eksperti bergan izoh bo'lsa), vazirlik atterstatsiyada ishlatilayotgan test topshiriqlarini tuzish uchun jalb qilayotgan ekspertlarning nafaqat testologiya bo'yicha kompetensiyalarini, balki o'z fanini bilish darajasini ham katta savol ostiga qo'yadi. Vazirlik bu test topshirig'i tushgan barcha pedagoglarning natijalarini qayta hisoblab berishi shart.
"Bunday holatda nima qilish kerak", degan savolga javobim esa - sudga murojaat qilish kerak. Individual tarzda, birlashib jamoaviy da'vo arizasi bilan, alohida olingan test topshirig'i bo'yicha, umuman jarayonda ishlatilayotgan test topshiriqlarining validligi bo'yicha, test natijalarini hisoblash metodikasining xatologi bo'yicha (bu haqida Shokir Tursun yozdi va podkastda batafsil tushuntirildi) - xullas, har bir muammo bo'yicha sudga murojaat qilaverish kerak. Vazirlikning o'zi muammoni tushunmayotgan, tan olmayotgan, tushunishni va tan olishni istamayotgan ekan, boshqa yo'l yo'q. Va umuman, huquqiy davlatda buzilgan huquqingizni qaror toptirishning qonuniy yechimi - sud. Attestatsiya bo'yicha sud ishlari ko'paysa, bunday ishlar rezonans bersa, balki "tepa"ga ham nimadir xato ketayotganligi haqida signal yetib borar.

"Ha, barcha 14 ta prezident maktabi PISAning standart, proporsional tanlanmasiga (sample) qo‘shimcha sifatida kiritildi. ... O‘zbekiston tomoni ushbu muassasalarning ta’lim natijalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun 14 ta prezident maktabini ham kiritishni so‘ragan." PISA asoschisi Andreas Shlayxer.
Modomiki barcha Prezident maktablarini tadqiqotga kiritishni Oʻzbekiston tarafining oʻzi soʻragan ekan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri maʼlumot bermasdan, vaziyatni boricha tushuntirsa boʻlmasmidi?
Vazir X tarmogʻida "O‘zbekistondagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan, maktablarni tanlash jarayoniga vazirlik umuman aralashmaydi" deb yozgan edi. Koʻrinib turibdiki, Andreas Shlayxer javobi vazirning soʻzlarini inkor qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va blogerlarga har zamonda "notoʻgʻri maʼlumot tarqatganlik uchun javobgarlik bor"ligini eslatishni yaxshi koʻradigan matbuot xizmatlari va tashkilotlar biron munosabat bildiradimi? Yoki bunday javobgarlik faqat bir tomonlama ishlaydimi?

Газета.uz
PISA’ning O‘zbekiston bo‘yicha natijalarida prezident maktablari ortiqcha ta’sirga ega bo‘lmaydi — Andreas Shlyayxer
PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyayxer O‘zbekistondagi tadqiqotlarda barcha prezident maktablari qo‘shimcha guruh sifatida ishtirok etayotganini va ular umumiy natijaga ortiqcha ta’sir o‘tkazmasligini ma’lum qildi. 'Bu maktablarni qo‘shishni O‘zbekiston…
Yana bir narsa qiziq. Gazeta.uz nashri dushanba kuni masala yuzasidan izoh soʻrab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga murojaat qilganda tayinli javob ololmagan. Vazirlik matbuot xizmati nafaqat tayinli javob bermagan, balki vazirning X tarmogʻidagi gaplarini takrorlab, OAVga notoʻgʻri maʼlumot bergan:
"Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati dushanba kuni “Gazeta.uz”ga ro‘yxatda prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar borligini tasdiqlab, ularda o‘zbekistonlik xuddi shunday o‘quvchilar o‘qiyotganini ta’kidladi. Vazirlik maktablarni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining maxsus bo‘limi tanlab olganini, vazirlik ularni taklif qilmaganini va taklif qila olmasligini takrorladi".
Kun.uz nashri soʻroviga esa vazirlik "rasmiy munosabat tayyorlanayotganini" aytgan, bu munosabat haligacha eʼlon qilingani yoʻq.
"MMTV rasmiysi esa Kun.uz so‘roviga javoban holat yuzasidan axborot tayyorlanayotgani, tez orada rasmiy munosabat e’lon qilinishini bildirdi".
Qarangki, Toshkentdan turib Toshkentda joylashgan vazirlikdan emas, Parijdagi OECD shtab kvartirasidan maʼlumot olish osonroq boʻlib qoldi.
"Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati dushanba kuni “Gazeta.uz”ga ro‘yxatda prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar borligini tasdiqlab, ularda o‘zbekistonlik xuddi shunday o‘quvchilar o‘qiyotganini ta’kidladi. Vazirlik maktablarni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining maxsus bo‘limi tanlab olganini, vazirlik ularni taklif qilmaganini va taklif qila olmasligini takrorladi".
Kun.uz nashri soʻroviga esa vazirlik "rasmiy munosabat tayyorlanayotganini" aytgan, bu munosabat haligacha eʼlon qilingani yoʻq.
"MMTV rasmiysi esa Kun.uz so‘roviga javoban holat yuzasidan axborot tayyorlanayotgani, tez orada rasmiy munosabat e’lon qilinishini bildirdi".
Qarangki, Toshkentdan turib Toshkentda joylashgan vazirlikdan emas, Parijdagi OECD shtab kvartirasidan maʼlumot olish osonroq boʻlib qoldi.
Газета.uz
PISA’ning O‘zbekiston bo‘yicha natijalarida prezident maktablari ortiqcha ta’sirga ega bo‘lmaydi — Andreas Shlyayxer
PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyayxer O‘zbekistondagi tadqiqotlarda barcha prezident maktablari qo‘shimcha guruh sifatida ishtirok etayotganini va ular umumiy natijaga ortiqcha ta’sir o‘tkazmasligini ma’lum qildi. 'Bu maktablarni qo‘shishni O‘zbekiston…
Yana PISA haqida: Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari fikri
Manba
Eslatma: mazkur fikr (iddao) ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga tegishli boʻlib, kanal muallifida bu fikrni tasdiqlash yoki inkor qilish imkoni mavjud emas.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha ming auditoriyasi bor "influenser"lar aynan bugun "bir aylanib" "PISAshunos" boʻlib qolishgani ... tasodifmi?