Jalilov. Qaydlar
3.98K subscribers
1.43K photos
17 videos
22 files
2.26K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
(davomi)

Ya'ni, darslikka material tanlashdagi asosiy mezonlar - tanlangan materialning mazkur fan rivojlantirishi kerak bo'lgan kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam berishi, maqsadli (target) auditoriya uchun mos va qiziqali bo'lishi hamda autentiklik (real hayotdagi manbalardan olingan bo'lishi). Shunday ekan, darslikka shartli Mask haqidagi ma'lumotning (matnning) kirishi ham, kirmasligi ham muammo emas.

Suratda - AQSHning Kaliforniya shtatida uchun jamiyatshunoslik (social studies) fani darsliklaridan biriga kiritilgani aytilayotgan Mask haqidagi matn. Men, masalan, matnni aynan shunday shaklda bermagan bo'lardim, nazarimda, bir yoqlama (biased) bo'lib qolgandek. Lekin, umuman olganda, asosiysi - yuqorida yozganimdek, darslik uchun material (matn) tanlashda asosiy mezonlar hisobga olinishi kerak. Gap materialning shartli Mask haqida ekanida bo'lmasligi kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarni trollikka majburlamoqdami?

Ingliz tili oʻqituvchilari va oʻrganuvchilari uchun moʻljallangan School English Teachers kanali "Mening fikrim" portalida yangi baholash tizimining bekor qilinishini talab qilib joylangan petitsiya ostidagi tizimni yoqlab qoldirilgan bir xil shakldagi izohlarga eʼtibor qaratib, "oʻqituvchilar trollikka majburlanmoqda" degan xulosa bermoqda. Oldinroq oʻqituvchilar portalga kirib, petitsiyaga qarshi ovoz berish va buning dalilini maktab rahbariyatiga taqdim qilishga majburlanayotgani haqida yozgan edim.

Qizigʻi, portalda tizimga qarshi (yaʼni petitsiyani qoʻllab) qoldirilgan izohlarni tahlil qilsangiz, ular har xil, yaʼni yangi baholash tizimiga qarshi boʻlganlar oʻzlari duch kelgan tizim bilan bogʻliq muammolar haqida oʻz fikrlarini qoldirganlar. Yangi baholash tizimini yoqlab (yaʼni petitsiyaga qarshi) qoldirilgan izohlar esa shaklan va mazmunan juda oʻxshash, faqat ayrim jumlalarning tushib qolganligi bilan farq qiladi. Yaʼni, kimdir bir xil shablonni yozib bergan-u, qaysidir izoh qoldiruvchilar ushbu shablonni toʻliq, kimlardir esa shablonni qisman (ayrim jumlalarini tushirib qoldirib) saytga joylashtirganga oʻxshaydi. Umid qilamizki, petitsiyani tahlil qiluvchi tegishli mutasaddilar (agar bundaylar mavjud boʻlsa) nafaqat ovozlar va izohlar soniga, balki izohlar sifati va ularda koʻtarilgan muammolarga ham eʼtibor qaratishadi.

Umuman, Qozogʻistondan koʻr-koʻrona va notoʻgʻri koʻchirilgan bu tizimning muammolari mana bu maqolada tahlil qilingan edi. Vazir oʻrinbosarlaridan biri bilan muammoga yechim topishga urinishlar besamar ketgani haqida ham yozgan edim. Tizim bilan bogʻliq muammolar haqida ota-onalarning Oliy Majlis va Bosh Prokuraturadan tortib Bolalar ombudsmanigacha turli instansiyalarga yuborayotgan murojaatlariga ham shu vazir oʻrinbosari imzosi bilan otpiskalar yuborilib, goʻyoki muammo shu bilan "hal boʻlmoqda". Aftidan, vazirlik rahbariyati eng yuqori doirada "zoʻr" deb taqdimot qilingan tizim bilan bogʻliq real muammolar "tepa"ga yetib borishidan juda xavfsirayotgan, "kreslo"ning qimirlab qolmasligi uchun kerak boʻlsa taʼlim sifatini va oʻquvchilar kelajagini qurbon qilishga tayyor koʻrinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Havoga sovuriladigan pullar?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xabar berishicha, Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi. Mablagʻ, shu jumladan, "oʻquv dasturlarini takomillashtirish" uchun sarflanadi.

"Yaxshi-ku", deyishga shoshilmang. Oʻzbekistonda shu paytgacha "oʻquv dasturlarini takomillashtirish" uchun ajratilgan mablagʻlar - xoh u davlat byudjetidan ajratilsin, xoh xorijiy donorlar tomonidan - samara berganini eslay olmayman.

Oʻzingiz oʻylab koʻring: prezident farmoni asosida xorijiy tashkilotlar hamkorligida Milliy oʻquv dasturi yaratildi. Bu dastur oxirigacha joriy qilinmasdan, uning samarasi (samarasizligi) haqida biron bir tahlillar olinmasdan Respublika taʼlim markazi "oʻquv dasturlarini takomillashtirish" bilan band, maktablardagi oʻquv dasturlari esa "kasha" boʻlib yotibdi. (Qizigʻi, shunda hozir RTM "takomillashtirayotgan" oʻquv dasturlari bu grant doirasida yana "takomillashtiriladi"mi - vazirlik bunga oydinlik kiritmagan).

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi bir necha million dollarlik "Oʻzbekiston barkamollik uchun taʼlim" loyihasi doirasida ona tili va matematika fanlaridan boshlangʻich sinflar uchun oʻquv dasturlarini yaratdi, bu oʻquv dasturlari qolib, "fin standartlari asosida" deyilgan, lekin haligacha qaysi oʻquv dasturi asosida yaratilgani mavhum qolayotgan boshlangʻich sinf darsliklari joriy qilindi.

Shunday ekan, Islom taraqqiyot banki granti doirasida "oʻquv dasturlarini takomillashtirish" taʼlim tizimi uchun biron bir samara berishiga ishonasizmi?
Baʼzan PR teskari samara beradi. Qachon teskari samara berishini tushunish va vaqtida toʻxtashni bilish ham kerak.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va / yoki uning quyi tizimlariga murojaat: "g'irrom o'yin" qilmang!

"Bezor bo'ldik bu tizimdan", deyishmoqda "Mening fikrim" portalida yangi baholash tizimining bekor qilinishini talab qilib joylangan petitsiyaga qarshi ovoz berish va ushbu topshiriqni bajarganligining isbotini taqdim qilishga mahburlanayotgan o'qituvchilar. Pedagoglar portalga kirib, petitsiyaga qarshi ovoz berishga va yangi baholash tizimini yoqlab izohlar qoldirishga majburlanayotgani haqidagi xabarlar bundan ham oldin chiqqan edi. Vazirlik tizim yaratayotgan jiddiy muammolarni tan olishni istamaydigan ko'rinadi: vazir o'rinbosari bilan uchrashuv ham besamar ketgan edi, ota-onalarning turli davlat idoralariga murojaatlari ham vazirlikka ko'rib chiqish uchun yuborilmoqda va vazirlikdan "hammasi zo'r" mazmunidagi "otpiska"lar kelmoqda.

O'qituvchilarga bunday topshiriqlar berish - quyi bo'g'inlardagi rahbarlar tashabbusimi yoki markazdan, vazirlikning o'zidan berilgan topshiriq, hozircha aniq emas. Lekin bir narsa aniq: kim(lar)ningdir o'zidan tepadagi(lar)ga yaxshi ko'rinish istagi, "kreslo"ning qimirlab qolishidan qo'rqish va buning oqibatida muammolarni xaspo'shlash, ko'zbo'yamachilik, qo'l ostidagilarni yolg'onga majburlash, "tepa"ga "hammasi zo'r" qabilidagi soxta taqdimotlar va hisobotlar berish - nafaqat ta'limni, balki har qanday sohani o'ldiradi. Vazirlik va / yoki uning quyi bo'g'inlari uchun "kreslo"dan ko'ra ta'limning kelajagi muhimroq bo'lganda edi - bunday g'irrom yo'lni tanlashmmagan bo'lardi. Menimcha.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagog qadrini avval pedagogning qonunchilik hujjatlarida belgilangan haqqini unga sarsongarchiliklarsiz berishdan boshlash kerakdir balki?

Bir murojaatni eʼlon qilishni iltimos qilishdi. Murojaat Qoraqalpogʻiston Respublikasi ingliz tili oʻqituvchilaridan. Murojaat mazmunidan anglashiladiki, oʻqituvchilarga PQ-5117 qarorning 5-bandi asosida berilishi kerak boʻlgan ustamalar (shu jumladan, C1 darajaga tenglashtirilgan TKT testi uchun ustamalar) toʻlash vazifasi (negadir) hududiy Pedagogik mahorat markaziga yuklangan, lekin oʻqituvchilarning ustama toʻlanishini soʻrab qilinayotgan xatlariga "oʻrganilmoqda" degan otpiska javoblar berilyapti. Quyida oʻqituvchilardan kelgan murojaat qisqartirilgan holda eʼlon qilinmoqda. (Murojaatda oʻqituvchilar konkret mansabdor shaxslar ustidan shikoyat qilishgan, lekin zamon nozik, mansabdor davlat xizmatchilarining koʻngillari undan-da nozik - har qanday tanqidni "shaʼni va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazish" deb qabul qilishlari mumkin boʻlgan bir paytda yashayotganimiz uchun konkret ism-familiyalarni keltirmadim. Umid qilamanki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi muammo haqida xabar berganlar bilan emas, muammoning oʻzi bilan shugʻullanish imkonini topadi).

Biz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 200dan ortiq ingliz tili oʻqituvchilari nomidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi ...ning ma’suliyatsizligi natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilangan til sertifikatini olgan oʻqituvchilarga xarajatlari qaytarib berilmay, bizga ... moddiy va ma’naviy zarar yetkazib kelayotganini ma’lum qilamiz. Qarorga koʻra, oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻqituvchilariga chet tillar boʻyicha xalqaro (C1) darajadagi sertifikat olish uchun imtihonga sarflangan xarajatlar Davlat byudjetida malaka oshirishga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanishi nazarda tutilgan boʻlsa, 2024-yil oktyabridan 2025-yilning aprel oyigacha oraliqda hech bir oʻqituvchiga pul mablagʻlari qaytarib toʻlab berilmayabdi. Markazga har borganimizda bizga jerkib munosabatda boʻlishadi. Shuncha olis tumanlardan xarajat qilib borsak qabulga kiritishmaydi, yoki “sabr qilinglar”, “uylaringizga xat yuboramiz” deb urishib berishadi. Oldinroq topshirgan oʻqituvchilarning hujjatlarini roʻyxatga olingan boʻlishiga qaramay yoʻq qilib yuborilgan. Natijada qayta topshirishga majbur boʻlyabmiz. Ish oʻrinlarimizga yuqorida koʻrsatilgan tartibda xat kelmoqda. Bu xatda toʻlab berish oʻrniga oʻrganib chiqilayotganligi ta’kidlanadi. Biz arizani oʻrganib chiqish uchun emas, xarajatlarimiz qoplab berilishini talab qilib yozgan edik. Sizdan iltimos, bizga chet tillar boʻyicha xalqaro (C1) darajadagi sertifikat olish uchun imtihonga sarflangan xarajatlarimiz va mablagʻlarimizni olishda yordam berishingizni soʻraymiz.

Pedagog qadri haqida, islohotlar haqida koʻp vaʼzlar oʻqiymiz, balki pedagog qadrini shunchaki pedagoglarni sarson qilmasdan, ularga qonunchilikda belgilangan haq-huquqlarini taʼminlab qoʻyishdan boshlarmiz?
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va / yoki uning quyi boʻgʻinlari gʻirrom oʻyiniga va nihoyat deputatlar ham etibor qaratishni boshlashdi. Nova24 nashrining yozishicha, Xalq demokratik partiyasi deputati Yelena Babenko "Mening fikrim" portalida yangi baholash tizimiga qarshi petitsiyaga qarshi ovoz berishga oʻqituvchilarning majburlanayotganiga eʼtibor qaratgan. Umuman, nafaqat CHSB - BSB, balki maktab taʼlimi tizimida yigʻilib qolgan jiddiy muammolar va bu muammolarning chiroyli taqdimotlar-u "islohotlar" imitatsiyasi bilan xaspoʻshlanayotganiga eʼtibor qaratish payti keldi deb oʻylayman.
#ilm_fan nima deydi?

Intrinzik (ichki) va ekstrinzik (tashqi) motivatsiya (ragʻbat) tushunchalari haqida eshitmagan pedagog boʻlmasa kerak. Soddaroq qilib aytganda, intrinzik motivatsiya - biron narsani ichki ehtiyoj his qilganimiz uchun bajarish. Masalan, kimdir Hofizning gʻazallarini asliyatda oʻqishni juda ham xohlagani uchun fors tilini oʻrganayapti. Yoki boshqa birov asarning davomida nima boʻlishini bilmasam uxlay olmayman, deb boshlab qoʻygan kitobini kechasi bilan oʻqib chiqyapti. Bular - intrinzik motivatsiyaga misollar.

Ekstrinzik motivatsiya esa tashqaridan mukofot olish yoki jazo olmaslik maqsadida biron ishni qilish. Masalan, yaxshi baho olish, yangi tartib boʻyicha kontraktga tushib qolmaslik, imtihondan yiqilmaslik, ota-onasidan dakki eshitmaslik uchun oʻqish - bular ekstrinzik motivatsiyaga misollar.

Taʼlimda ekstrinzik motivatsiya (ragʻbat yoki jazo) juda koʻp ishlatiladi. Buning tagida oʻrganishga nisbatan bihevoristik qarash yotadi. Bihevoristlarga koʻra, u yoki bu xatti-harakatni "stimul-refleks" zanjiri asosida programmalashtirish mumkin (mashhur "Pavlov iti"ni eslang). Yaʼni, yaxshi baho olish yoki jazo olmaslik uchun oʻqish gʻoyasi negizida "stimul-refleks" zanjiri asosida programmalashtirish yotadi.

Maʼlumki, intrinzik motivatsiya oʻrganish jarayonida kuchliroq rol oʻynaydi. Yaʼni, nimanidir ichki ehtiyoj sezgani uchun oʻrganayotgan oʻquvchi tashqi omil (masalan, baho, mukofot, jazo) sababli oʻrganayotgan oʻquvchidan koʻra samaraliroq oʻrganadi.

Lekin ekstrinzik motivatsiya intrinzik motivatsiyaga qanday taʼsir qiladi? Masalan, oʻquvchini baho yordamida ragʻbatlantirish orqali uning ichki motivatsiyani kuchaytirish mumkinmi?

Qarangki, ekstrinzik motivatsiya intrinzik motivatsiyaga salbiy taʼsir qilishi mumkin ekan. Bu boʻyicha klassik tadqiqot Deci tadqiqoti edi. Talabalar bilan oʻtkazilgan tadqiqot ekstrinzik motivatsiya intrinzik motivatsiyani susaytirishini aniqladi. Deci, Koestner va Ryan meta tahlili ham ekstrinzik motivatsiya intrinzik motivatsiyaga salbiy taʼsir qilishini ("oʻldirishini") tasdiqlagan.

Eʼtibor bersangiz, shu kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlashga majburlayotgan "yangi baholash tizimi" ham ekstrinzik motivatsiyani haddan ziyod kuchaytirish ustiga qurilgan: oʻquvchi oladigan bahoning 90%i imtihonlardan keladi. Bunday vaziyatda - oʻrganish jarayonida intrinzik motivatsiyaning roli minimallashtirilgan holatda oʻquvchilarning baholarni oʻqimasdan (koʻchirib, test javoblarini yodlab va hokazo) yoʻllar bilan olishga harakat qilishlari - tabiiy holat.

Ilmga asoslanmagan har qanday "islohot" foyda emas, zarar keltirishiga bir misol sifatida qabul qilish mumkin buni.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM