Jalilov. Qaydlar
4.1K subscribers
1.45K photos
17 videos
22 files
2.27K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Yana yangi baholash tizimi haqida

Kanaldagi izohlarda ayrim kimligini niklar ortiga yashirishni maʼqul koʻradigan foydalanuvchilar (odatda yollangan trollar shunday qilishadi) Al-Xorazmiy maktabi telegram kanalidagi mana bu postga ishora qilib, "Shu yerda yangi baholashga o'tilayotganda hurmatli Jalilovni o'zlari ham bosh qosh bo'lgan ekanlar" qabilidagi fikrlar bildirishmoqda.

"Seminarda ishtirok etish" - bu "bosh-qosh boʻlish" yoki hatto "qoʻllab-quvvatlash" degani ham emas. Al-Xorazmiy maktabi kanalini titkilab bu postni topganlar shu postni topishga yordam berganlardan, yoki tizimni joriy qilayotgan hozirgi markaz rahbarlaridan, yoki hatto oʻshandagi Agentlik rahbari - hozirgi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziridan oʻshanda hali bitta - shart-sharoitlari, resurslari va boshqa jihatlari "oddiy" maktablardan tubdan farq qiladigan - ixtisoslashtirilgan maktabda va hali tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan tizim boʻyicha bildirilgan fikrlar va xavotirlar haqida ham soʻrab olishlari mumkin.
👍14👎1👏1🤬1
"Jamiyat" gazetasi ham Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qoʻshiqlari "maʼnaviy ekspertiza", yaʼni senzura qilinishi tarafdori?

Ilgariroq "Hurriyat" gazetasida "Maʼnaviy ekspertiza - qonun talabi" degan maqola eʼlon qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov qoʻshiqlarini bachkanalikda ayblagan iqtisodiyot fanlari nomzodi Farhod Qurbonboyev xuddi shu maqolasini "Jamiyat" gazetasida boshqa sarlavha ostida "Jamiyat" gazetasida chop etibdi. Qizigʻi, bu maqolada ham "bachkana", "maʼnaviyat ekspertizasi"dan oʻtmasligi kerak boʻlgan qoʻshiqlarga misol sifatida Ozodbek Nazarbekov qoʻshigʻi keltirilgan.

Bitta maqolani ikki emas, ikki yuzta maqolada qayta chop etgan bilan noqonuniy narsa qonuniy boʻlib qolmaydi. Adliya vazirligi "maʼnaviyat ekspertizasi" haqidagi hujjat kuchga kirdimi yoki yoʻq, kuchga kirgan boʻlsa senzurani taqiqlovchi Konstitutsiya va qonunlar normalari nima boʻldi - rasmiy izoh berishi shart.
👍11
https://www.gazeta.uz/ru/2024/12/06/timss-2023/

TIMSS-2023 tadqiqoti natijalari haqida yozgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quruqqina qilib faqat oʻrtacha ballar haqida xabar berdi. Biroq bu ballar nimani anglatishi haqida indamadi. Lekin prosentillar boʻyicha ballar taqsimotiga qaralsa, xavotirli manzara yuzaga keladi: tadqiqotda qatnashgan 4 va 8 sinf oʻquvchilarning kamida 25%i oʻrganilayotgan fan (matematika, tabiiy fanlar) haqida bazaviy bilimga ega emas. Tadqiqot natijalari bilan batafsilroq Gazeta.uz da tanishishingiz mumkin.
👍2🤯1
"The Diplomat" O'zbekistonda femisid haqida

"O'zbekiston qonunchiligida "femisid" tushunchasiga ta'rif berilmagan. O'zbek jamiyatidagi patriarxal normalar nafaqay ayollarning o'ldirilishiga imkon yaratadi, buni oqlaydi va ko'rmaganga oladi, balki aybni ham qurbonga ag'daradi", deyiladi "The Diplomat" nashri e'lon qilgan "O'zbek erkaklari ayollarni qanday o'ldiradi? Impulsiv, shafqatsizlik bilan va asosan uyda" sarlavhali maqolada.

Maqola mualliflari oxirgi 10 yil davomida 334 kishi qurbon bo'lgan 304 femisid holatini o'rganishgan va hujjatlashtirishgan. Tadqiqot mualliflarining xulosalariga ko'ra, aksar quronlar erkaklar tomonidan (shunda ham ko'pchiligi yaqin qarindoshlari - erlar, otalari, aka-ukalari tomonidan) va uyida o'ldiriladi. Aksar hollarda ayollar pichoq bilan yoki urib o'ldiriladi. Mualliflar fikricha, buning sabablaridan biri - erkaklar ayollarni "shaxsiy mulk" sifatida ko'rishi. Mualliflar keltirgan bir misolda ayol ikki oylik kasal farzandiga tez yordam chaqirgani fojia bilan tugaydi - er ayoliga 16 marta pichoq uradi.

Og'riqli maqola. Og'riqli tadqiqot. Og'riqli xulosalar.
😱9🔥5👍4
bakiroo
Бюджетда маълумотлари акс этмаган жамғармалардан бири бу Республика мақсадли китоб жамғармаси.

Бу нима учун муҳим?

Муҳимлиги шундаки, келаси йилда дарсликлар ижараси пулли бўладими ёки бепул қоладими, билиш учун Китоб жамғармаси даромад ва харажатларига қараш керак.

Лекин Китоб жамғармаси 2025 йил бюджети мундарижасида акс этмаган ёки шунчаки ёпиб қўйилган.

Хўп, бюджетда кўрсатмапсизлар, ҳеч қурса айтинглар: 2025 йилда дарсликлар ижараси бепул қоладими ёки пулли қиласизларми?
bakiroo kanali qo'yayotgan savolga javob:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni 2-ilova 4-bandiga muvofiq:

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara to‘lovi to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash hamda o‘quvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyati tugatiladi.

Darsliklar ijara to'lovini tiklash uchun hujjatning ushbu bandini bekor qilish kerak bo'ladi, aks holda huquqiy kolliziya yuzaga keladi: ijara to'lovini tiklash haqidagi hujjat ushbu farmonga zid kelib qoladi.
Qiziq, bizning OAVlar qachon bir-birini va mualliflik huquqini hurmat qilishni oʻrganar ekan?

TIMSS-2023 natijalari eʼlon qilingan kuni bu natijalar haqida yozgan nashrlar shunchaki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻz telegram kanalida eʼlon qilgan raqamlarni koʻchirib bosishdi - jurnalistlar hisobotning oʻzini tahlil qilib, oʻz xulosalarini berishni lozim koʻrishmadi.

Bugun Gazeta.uz da tadqiqot natijalari haqida batafsilroq maqola berildi. Bu maqolani shunchaki vazirlik saytidagi raqamlar olinmadi, mehnat qilindi: maqola muallifi (men) tadqiqot hisobotni oʻrgandi, muhim deb hisoblagan maʼlumotlarni ajratdi, matn yozdi, muharrir matnni tekshirdi, nashrga tayyorladi.

Boshqa bir nashr esa shunchaki bu maqolani (bir-ikki soʻzlarini oʻzgartirgan holda) koʻchirib bosdi. Maqola muallifiga ham, uni birinchi boʻlib eʼlon qilgan nashrga ham havola berishni lozim topmadi. Ikkinchi nashr jurnalisti hisobotni oʻzi oʻrganib, maqola tayyorlaganda balki birinchi maqola muallifi payqamagan yoki oʻz matniga kiritmagan qiziq yoki muhim maʼlumotlarni koʻrgan, oʻz nuqtayi nazarini bergan boʻlarmidi ...

Birovning mehnatini va mualliflik huquqini hurmat qilishni qachon oʻrganamiz, qiziq ...
🔥17👍6👏6
Umuman, OAVlar, nazarimda, shunchaki xabarlarni berish va qayta berish (koʻchirib bosish) bilan cheklanib qolmasdan, voqea-hodisa, vaziyat, muammoga oʻz nuqtayi nazarini, rakursini, tahlilini berishi kerak. Oʻquvchida ham xil maʼlumotlarni qiyoslab, oʻz xulosasini hosil qilish imkoni boʻlishi kerak. OAVning kuchi ham shunda.
👍7
Bugun - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.

Konstitutsiyaning asosiy vazifasi nima? Mening fikrimcha, u hokimyatlarning amalda bo'linishini ta'minlash va hokimiyatning turli bo'g'inlari bir-birini tiyib, nazorat qilib tura olishi uchun kerak. Qarorlar qabul qilishning barcha richaglari faqat bir markazda to'planib qolmasligini ta'minlash uchun kerak. Bir necha o'n millionli xalq faqat bir shaxsning qosh-qovog'iga qarab, u yoki uning masalahatchilari belgilab bergan qoliplar asosida yashashga majbur bo'lmasligi uchun kerak. Hujjatda hokimiyatning yagona manbayi deyilgan xalq davlat va jamiyat ahamiyatiga molik qarorlar qabul qilishda amalda ishtirok etishi, "xalq uyi" deyilayotgan parlamentda ijro hokimiyatiga xalqning pullari bo'yicha savol bera olmaydigan tilsiz-zabonsizlar emas, jamiyatdagi turfa qarashlar va maqsadlarga ega bo'lganlar qatlamlar manfaatlarini himoya qiladiganlar o'tirishini kafolatlash uchun kerak. Bir to'da oligarxiyaning turli cheklovlar va taqiqlar o'ylab topib xalqni talashiga yo'l qo'ymaslik uchun kerak. Va albatta SHAXSning erkinligini ta'minlash, shaxs o'z fikri, so'zi, qarashlari, dini, kiyimi yoki boshqa atributlari uchun ta'qib qillinmasligi, tazyiqqa olinmasligini kafolatlash uchun kerak.

Qabul qilinganidan beri o'tgan o'ttiz ikki yil davomida "baxtimiz qomusi" degan balandparvoz nomlar bilan ataladigan asosiy hujjat o'z missiyasini bajardimi, bajarmoqdami? Chiroyli maqsadlar deklaratsiya qilingan, lekin faqat bayramlarda va hujjatning o'zida belgilangan cheklovlarni aylanib o'tib, kimningdir "siyosiy Olimp"dagi umrini uzaytirish payti kelgandagina eslanadigan hujjat darajasidan chiqib, har bir davlat idorasi uchun asosiy dasturul-amalga aylandimi? Mening javobim - afsuski, yo'q.

Shu haftada dunyoning turli burchaklarida bo'lgan va bo'layotgan voqealar shuni ko'rsatadiki, Konstitutsiya ishlaydigan jamiyatlar barqaror bo'ladi, bir shaxs jarayonlarni o'zi stagan o'zanga burib yubora olmaydi. Qonunlar ishlamaydigan, legitimligi xalqqa asoslanmagan davlatchilik esa mo'rt bo'ladi, "do'ppi tor kelganda" uni hech kim himoya qilmaydi. "Qog'oz uy" singari sochilib ketmaydigan davlat bo'lishimiz uchun ham bizga ishlaydigan, shaxs erkinligini himoya qiladigan va hokimiyatlar bo'linishini amalda ta'minlaydigan Konstitutsiya kerak.
🔥9👍5
Forwarded from NeoJadid
U mamlakat bir paytlar koloniya bo‘lgan. Keyinchalik, sekulyar millatchilar rahnamoligida mustaqillikka erishgan. Milliy eyforiya tugadi, mustaqil davlatchilik qurish mashaqqatlari boshlandi.

Kechagi milliy qahramonlar tobora sulolaviy xonlar va sultonlarga aylanib bordi, butun hokimiyat (va boyliklar) tepadagi bir oila va uning son-sanoqsiz qarindoshlari qo‘lida jamlandi. Fuqarolar mustaqillik va’da bergan natijani o‘z hayotida sezmadi, mustaqillik bilan bog‘liq umidlari puchga chiqdi.  Xususan, sobiq xo‘jayin o‘rniga kelgan mahalliy elita milliy boyliklarni xususiylashtirib, G‘arbga tashib ketdi. 

Madaniyat mo‘rtlashdi, quruq “ma’naviyat va ma’rifatga” aylandi, odamlarning xo‘rlanishi va tahqirlanishi odatiy tus olib, jamiyat beqarorlashdi. 

Osmonning musaffoligini saqlab qolish uchun “siloviklarga” juda katta imtiyoz va erkinliklar berildi, buning natijasida maxsus xizmatlar yoki harbiylar “davlat ichida davlatga” aylandi.Barcha uchun majburiy, tushunarli qonun-qoidalar o‘rniga “ponyatka” bo‘yicha yashash urf oladi. Do‘stlarga hamma narsa, dushmanga qonun taklif qilindi. Shaffof o‘yin qoidalarini o‘rnata olmagan (istamagan) hukmron elita "lyubaya biznes harasha" va "mendan keyin to‘fon bosmaydimi" kayfiyati bilan yashadi. 

Iqtisodiy, siyosiy va madaniy istiqbol yo‘qligini birinchi bo‘lib sezgan ziyolilar bu jamiyatdan “surdi”. Brain drain natijasida, iqtisodiy, siyosiy va madaniy kelajak haqiqatdan ham barbod bo'ldi, ortda qolgan barcha uchun imkoniyatlar cheklandi, toraydi. Jamiyat har tomonlama primitivlashdi.

Boshqa jo‘yali e’tiroz shakli qolmagani uchun nohaqliklarga e’tiroz Islomiy lisonda ifodalandi.  Islom bu jamiyatda zulmga qarshi turib beruvchi, taskin beruvchi yagona mafkuraga aylandi. Hukmron millatchi sekulyar elita Islom faktori bilan hisoblashish o‘rniga, qatag‘on yo‘liga o‘tdi. Yillar davom etgan tazyiq va qatag‘onlarga qaramay, Islomiy harakatlar kuchayaverdi.

O'z xalqini bostirish, yana ozgina ko‘proq millatni talash maqsadida hukmron elita mamlakatni "harbiy yordam evaziga resurslar" formulirovkasi bilan tashqi kuchlarni jalb qildi, ularning vassaliga aylandi.

Va baribir, bir kun, mamlakatni honavayron va qashshoq holda tashlab, ayollarining 3400 poy lyuks oyoq kiyimini yig'ib shaxsiy jetlarida sobiq metropoliyaga qochishga majbur bo'ldi.

Mana shu Yaqin Sharqning yangi tarixi va agar hukmron elitalar o‘zini yig‘ib olmasa, Markaziy Osiyoni kutayotgan voqealar rivoji.
👍25😢6🔥5👏4🤔1
UNICEF "O'qituvchilar bo'yicha global hisobot"ni e'lon qildi. Hujjatda dunyoning turli mintaqalarida maktablarning o'qituvchilar bilan ta'minlanganlik darajasi, o'qituvchilar yetishmovchiligiga sabab bo'layotgan omillar tahlil qilinadi hamda o'qituvchilik kasbining jozibasini oshirish bo'yicha tavsiyalar beriladi.

Hujjatda aytilishicha, dunyo bo'ylab 31 million o'rta ta'lim o'qituvchilariga va 13 million boshlang'ich sinf o'qituvchilariga ehtiyoj bor. Shulardan 58%i kasbini tashlab ketayotgan o'qituvchilar o'rnini to'ldirish uchun kerak. O'qituvchilar yetishmovchiligi muammosi deyarli har bir davlatga va ta'limning har bir darajasiga u yoki bu shaklda ta'sir qiladi.

Markaziy va Janubiy Osiyoda bir o'qituvchiga o'rtacha hisobda 29,8 o'quvchi to'g'ri keladi. Bir nafar malakali o'qituvchiga to'g'ri keladigan o'quvchilar soni undan ko'proq - 34,9. Hisobot mualiflarining ta'kidlashicha, sinf hajmi (sinfdagi o'quvchilar soni ko'pligi) o'qituvchining ruhiy salomatligi va ishidan qoniqishiga salbiy ta'sir qiladi, shuningdek, o'quvchilarning o'rganish natijalariga ta'sir qiluvchi muhim faktorlardan biridir.

Hisobot mualliflari o'qituvchilar yetishmovchiligiga ta'sir qiluvchi omillarni ikki guruhga bo'lishgan: o'qituvchilik kasbidan "itaruvchi" omillar ("push" factors) va o'qituvchilikdan boshqa kasblarga "tortuvchi" omillar (pull factors). Birinchi guruhga o'qituvchilik kasbidagi stressning yuqoriligi, hayot va ish balansini ushlash qiyinligi, maktablardagi turli tekshiruvlar, o'qituvchilarga nisbatan jismoniy va psixologik zo'ravonlik kabi omillar kiritilgan. Bunday omillar o'qituvchilik kasbidan qaytaruvchi omillardir. Ikkinchi guruhda boshqa sohalardagi nisbatan yuqori ish haqi va imtiyozlar (masalan, tibbiy sug'urta), professional avtonomiya (kasbida mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyati), karyera qilish (kasbiy o'sish) imkoniyatlari singari omillar kiradi - bular o'qituvchilikdan boshqa kasblarni tanlash yoki kasbini o'zgartirishga majbur qiluvchi omillar.

Qizig'i, tadqiqotga ko'ra, kvalifikatsiyasi pastroq o'qituvchilarni professional yordam (qo'llab-quvvatlash) yo'qligi ishdan ketishlariga ta'sir qiluvchi omillardan biri bo'lsa, kvalifikatsiyasi yuqoriroq o'qituvchilar boshqa sohalarda karyera qilish imkoniyati tufayli yoki intellektual qoniqish izlab o'qituvchilikdan voz kechadilar.
🔥5👍3
“Senzurani xalq talab qilyapti”mish, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga koʻra.

Qaysi "xalq"? Masalan, men ham xalqman va menga senzura kerak emas. Qolaversa, "xalq talab qilyapti" degan bahona - amaldagi Konstitutsiya va qonunlar taqiqlagan narsalarni joriy qilaverish uchun asos boʻlishi mumkinmi? Masalan, tasavvur qiling, "xalq" oʻz ishini eplay olmayotgan vazirlarning butun faoliyati davomida xalq toʻlayotgan soliqlar hisobidan olgan oyligi davlat gʻaznasiga qaytarilishini talab qilsa, bu talab bajariladimi? Yoki qonunlar bunga yoʻl qoʻymasligi esga tushadimi?

Bu vaziyatda Adliya vazirligi nega jim?
👏10🤯3👍1
"Xalqning talabi"ni bajarishga shunchalik oshiqishar ekan, men xalq sifatida xalq (shu jumladan men) toʻlayotgan soliqlar hisobidan kun koʻrayotgan va xalq (shu jumladan men) uchun foyda keltirmayotgan tashkilotlar, xususan, senzura gʻoyasi bilan chiqqan Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda bu gʻoyani qoʻllab-quvvatlayotgan Madaniyat vazirligining yopilishini talab qilaman. Qani, mening talabimni kimdir bajaradimi?

Adliya vazirligi talqon yutdimi?
👍26🔥2
"Sevimli" telekanalining "Yangi hayot" ko'rsatuvida yangi baholash tizimining muhokamasi bo'lyapti. (Buni aslida "muhokama" deyish qiyin, chunki faqat tizimni mataydiganlar chaqirilibdi studiyaga, ikkinchi tomon yo'q. Hatto boshlovchining savollarni qo'yishidan ham uning betaraf emasligini ko'rish mumkin. Xullas, "muhokama" emas, "maqtash kampaniyasi").

Ko'rsatuvda qatnashayotgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaning fikricha, yangi baholash tizimining asosiy "fishka"si - o'quvchining bilimini standartlar asosida baholash imkonini berar ekan.

"Ta'lim standartlarining o'zi yo'q-ku, nima asosida baholaysizlar?" degan savolni beradigan odam topilmadi studiyada.

Ma'lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘tkazgan matbuot anjumanida vazirlikning O‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlash va darsliklar boshqarmasi boshlig‘i Dilshoda Norboyevaga ko'ra, O‘zbekistonda 2025-yil yakunigacha 1−11-sinflarni o‘z ichiga oladigan yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standarti (DTS) jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
🤯15👍8👎4
"Sevimli" telekanalining yangi baholash tizimiga bag'ishlangan "Yangi hayot" ko'rsatuvida studiyadagilarning ixtisoslashtirilgan maktablar va "oddiy" maktablar o'rtasidagi farqlar va bundan kelib chiqadigan tabaqalashtirish haqidagi savolga Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi direktori Dilrabo Davidova "bu - tabaqalashtirish emas, ixtisoslashtirilgan maktablar "lokomotiv" vazifasini bajaradi, ulardagi yangi yondashuvlar bosqichma-bosqich oddiy maktablarga joriy qilinadi" , mazmunida javob berdi.

Bu - taqalashtirish va bunday tabaqlashtirish ta'lim va jamiyat uchun ijobiy natija bermasligi xalqaro tadqiqotlar isbotlagan. Masalan, PISA tadqiqotlarining xulosalariga ko'ra, muvaffaqiyatli ta'lim tizimlari tenglik (adolat) tamoyiliga amal qiladi va hamma uchun sifatli ta'lim olishga teng imkoniyat yaratishga harakat qiladi. O'quvchilarni "iqtidorli" va "iqtidorsizlar"ga ajratib, ularga har xil sharoitlar yaratish samarali yondashuv emasligini boshqa tadqiqotlar ham (masalan, Qozog'iston - Nazarboyev maktablari misolida) isbotlagan.

"Lokomotiv" (ixtisoslashtirilgan maktablar "lokomotiv" vazifasini bajarishi) masalasiga kelsak. Hammo sharoitlari muhayyo, "teplitsa" sharoitlar yaratilgan maktablarda samara bergan "ilg'or" tajribalar oddiy hojatxonasi yoki ichimlik suvi yo'q, uch smenalab o'qishga majbur maktablarda samara bermaydi. Shuning uchun "lokomotiv" haqidagi gaplar - yoki o'zini-o'zi, yoki xalqni aldashdan boshqa narsa emas.
👍46🤯1
"Sevimli" telekanalining yangi baholash tizimiga bag'ishlangan "Yangi hayot" ko'rsatuvi haqida yana bir mulohaza.

Yangi baholash tizimining afzalliklari haqida gapirib berish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning sobiq o'quvchilari, hozirda "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari taklif etildi. Bu - mening fikrimcha, noto'g'ri yondashuv. Chunki "Yangi O'zbekiston" universiteti Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga kiradi. Yangi baholash tizimini joriy qilayotgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi ham xuddi shu ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga kiradi. Ya'ni, ko'rsatuvga o'z fikrini aytish uchun taklif qilingan talabalar qaysidir ma'noda agentlikka hali ham bog'liq va bu albatta tomoshabinda (universitetning ham agentlik tizimiga kirishini bilgan tomoshabinda) savollar tug'dirishi aniq. Agar ko'rsatuv ijodkorlari xolis fikr eshitishni istasa (shunday maqsad qo'yilgan bo'lsa), agentlikka va umuman tizimga aloqasi bo'lmaganlarni chaqirishi kerak edi, nazarimda.
👍10🔥3
Xursand bo'lishga hali erta. Darsliklar masalasida to'laqonli islohot zarur!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilda darsliklar ijarasi uchun to'lov undirilmasligini, davlat byudjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini berishini ma'lum qildi.

Bu - ota-onalar darsliklar va mashq daftarlari uchun umuman pul to'lamasligini anglatmaydi. Darsliklar va mashq daftarlari uchun davlat byudjetidan pul ajratiladi degani - har birimiz to'layotgan soliqlarimiz va / yoki davlat olayotgan, ertaga o'zimiz va farzandlarimiz foizlari bilan qo'shib to'laydigan kreditlar (qarzlar) orqali ushbu darsliklar va mashq daftarlari uchun pul to'laymiz, degani.

Sir emaski, hali "fin", hali "Singapur" tajribasini joriy qilish bahonasida darsliklar asosan bir qo'lli qilindi. Bir aylanib "darsliklar qiroli"ga aylangan xususiy nashriyot bir yog'i haydovchilarni imtihon qilish markazlari-yu, bir yog'i avtomobil uchun davlat raqami olganingizda to'laydigan pulingizning katta qismini oladigan MCHjning "qarindoshi", taniqli shoir aytmoqchi, "o'rtada begona yo'q". Va bunday "bir qo'lli"likning "meva"larini ko'rib turibmiz.

Masalan, bu nashriyot 2023-yilda chiqargan darsliklarning ayrimlari bir-yil o'tar-o'tmas qayta nashr qilindi, lekin bu qayta nashr qilish pulini kim to'ladi - xatoni qilgan nashriyotmi yoki soliq to'lovchilarmi, degan savolga haligacha tayinli javob berilganini ko'rmadim.

Yoki bu yorda Iqtisodiyot va moliya vazirligi "2024-yilda maktab o‘quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratilgan", deb turgan bir paytda, bu yoqda ijtimoiy tarmoqlarda hali u fandan, hali bu fandan darslik yo'q, deyishmoqda.

Shunday holatlar bo'lmasligi uchun ham yagona darslik tizimidan voz kechilishi zarur. Samarali ishlayotgan ta'lim tizimlarida darsliklarni tanlash imkoni oddiy holat ekanligi haqida oldin ham yozgan edim. Davlat darsliklarni yaratish va chop qilishga aralashmasa, darsliklar sifatliroq bo'ladi va arzonroq bo'ladi. (Iqtisodchi Bekzod Hoshimov mana bu yerda xuddi shunday fikrni yonilg'i uchun aytgan, lekin iqtisodiyot nuqtayi nazaridan yonilg'i, darslik, paypoq, non - farqi yo'q, uni ishlab chiqarishga davlat aralashmasligi kerak). O'sha "gid"lar oilasidan chiqqan xususiy nashriyotning ishqi darslik chiqarishga tushsa, marhamat - erkin, halol, raobatli bozorda darsligini chiqarsin va iste'molchiga taklif qilsin (agar qo'lidan kelsa).

Ya'ni, davlat (vazirlik) davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini e'lon qiladi (hozir ular ham yo'q, endi ularni "ishlab chiqish yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda", lekin darsliklar "qo'lqopday" almashtirilib yotibdi), nashriyotlar vazirlik e'lon qilgan standartlar va dasturlar asosida darsliklarini yaratadi, maktab jamoalari bu darsliklardan o'ziga maqbulini tanlaydi, davlat maktab kutubxonasiga maktab jamoasi tanlagan darsliklarni olib beradi. Butun O'zbekiston maktablari bir darslikdan o'qishi shart emas: maqsad (standart, dastur) bir, unga olib boradigan yo'llar xilma-xil. Nashriyotlar o'zlari yaratgan darsliklarini sotuvga chiqarish huquqiga ham ega bo'lishi kerak - kimdir, masalan, o'z farzandi kitobga yozib-chizib o'rganishini istasa, kitob do'konidan sotib olib beradi. Butun normal dunyo shunday tizimda ishlaydi.

Shunday ekan, ijara to'lovining qaytmasligi - to'laqonli yechim, to'laqonli g'alaba emas. Farzandlarimiz sifatli darsliklar bilan o'qishini istasak, darsliklarni kim yozib, kim chop qilishini va farzandlarimiz qaysi darsliklardan o'qishini hal qilish vakolatini kabinetlarda o'tirgan chinovniklar va ular bilan osh-qatiq oligarxlardan olib qo'yishimiz kerak.
👍16
Shu "Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi" degan balandparvoz nomdagi va men, siz, hammamiz toʻlaydigan soliqlar hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilot ham nima maqsadda ochilganini unutib yuborgan shekilli - hali qarasangiz memorandum, hali qarasangiz konferensiya, mana endi kitobxonlik boʻyicha tadqiqot emish.

Aslida-ku, tashkilot missiyasini bajarib boʻldi, endi yopilsa ham boʻlardi. "Mavr oʻz ishini bajarib boʻldi, mavr endi ketsa ham boʻladi" degandek.
👍10👎2🔥2
"Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazida Tarix fani ishchi guruhi tomonidan "Umumiy o‘rta taʼlim maktablari fanlari davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish" boʻyicha fanga oid muhokamalar bo‘lib oʻtdi".

Darsliklar chiqaramiz, keyin davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqamiz, keyin darsliklarni davlat taʼlim standartlariga moslashtirish bahonasida yangilaymiz ... Yaxshi biznes. Doimiy, xuddi charxpalak singari. Oʻlmagan soliq toʻlovchilar hammasini toʻlayveradi.

Shuning uchun ham darsliklar yaratish, chop qilish va farzandlarimiz qaysi darsliklardan oʻqishini tanlash vakolatini chinovniklardan olib qoʻyish shart.
👍11