Jalilov. Qaydlar
4.07K subscribers
1.46K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
"Millatimiz bolalariga tariximizni ham ruslardan so‘rab o‘rgatishimiz kerakmi?" degan savolni qo'ymoqda jurnalist Anora Sodiqova.

Uzdiplomat nashrining yozishicha, o'zlarini hali ham imperiya (yoki imperiya vorislari) sanaydigan shimoldagi og'alar O'zbekiston maktab darsliklaridan norozi ekan. Ularning fikricha, "O‘zbekiston davlatchiligi Sovet Rossiyasi tufayli paydo bo‘lganligini unutmaslik kerak" va "O‘zbekistondagi chet davlatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan darsliklar" (qiziq, tarix darsliklari qaysi "chet davlatlar bilan hamkorlikda" ishlab chiqilgan ekan?) "o‘quvchilarni rusofoblarga aylantirishga urinmoqda". Xususan, shimoldagi og'alarga darsliklarda Pyotr I davridagi Markaziy Osiyoga ekspeditsiyalar, Markaziy Osiyoda Rossiya imperiyasi va sovet hokimiyatiga qarshi milliy ozodlik harakatlari, qatag'onlar (xususan, millat oydinlarining qatag'on qilinishi) singari mavzularning qanday yoritilgani yoqmabdi.

Uzdiplomat iqtibos keltirgan Asia Today nashrida qiziq bir jumla bor: "В 2020 году Республиканский центр образования (РЦО) принял Национальную учебную программу, расчитанную для школ Узбекистана на 5 лет. Ее разработкой занимаются международные эксперты из Детского фонда ООН (ЮНИСЕФ) и Агентства США по международному развитию (USAID). Они разрабатывают 22 учебных направления. Пишут учебники почти по всем предметам, кроме русского как иностранного, это оставили российским методистам".

Qizig'i, shu maqolaning o'zida maqola muallifi "tahlil qilinayotgan" 5-sinf darsligining birinchi nashri 2015-yilda chop etilganini yozgan, lekin 2015-yilda yozilgan darslikning 2020-yilda yaratilishi boshlangan Milliy o'quv dasturiga qanday aloqasi borligini o'ylab ko'rmagan. Yoki shunchaki maqola muallifiga bu yerda "g'arbning qo'li" borligini "ko'rsatish" kerak bo'lgan.

Maqola muallifi O'zbekiston - suveren davlat ekanini ("Rossiyaning milliy rayoni" emasligini - yuqoridagi suratga qarang) va O'zbekiston maktablaridagi ta'lim mazmuni O'zbekistonning ichki ishi ekanligini ham negadir eslamagan.

Bundan ham qizig'i, maqola muallifi Rossiyaning o'zida tasdiqlangan va 2023-yildan boshlab yagona, rasmiy darslik sifatida o'qitilayotgan tarix darsliklarini (Medinskiy, Torkunov: "Rossiya tarixi: 1914-1945 yillar", 10-sinf, Moskva, 2023-yil; Medinskiy, Torkunov: "Rossiya tarixi: 1945-yil - XXI asr boshi", 11-sinf, Moskva, 2023-yil) tahlil qilishni lozim topmagan. Tahlil qilganida, masalan, Birinchi jahon urushidan keyingi milliy ozodlikka va siyosiy mustaqillikka intilishlarning "harbiy separatizm" sifatida ta'riflanganini, "bosmachilar" deya nom berilgan harakatning paydo bo'lish sabablarining faqat islom an'analari bilan bog'lab bir tomonlama talqin qilinganini, O'zbekistonga (va boshqa bir qator respublikalarga) "nisbatan qoloq respublika" yorlig'i yopishtirilganini, va nihoyat, suveren davlatga qarshi ikki yildan beri davom etayotgan bosqinchilik urushining ahmoqona bahonalar bilan oqlanayotganini balki ko'rgan bo'lardi ...
🤬22👍13
Kecha jurnalist Anora Sodiqova "endi millatimiz bolalariga tarixni qanday oʻqitishni ham soʻrashimiz kerakmi? degan savolni qoʻygan edi.

Aftidan, shimoldagi ogʻalarni faqat bizning tarix darsliklarimiz qiziqtirmaydiganga oʻxshaydi. "Reviziya" ostiga Ozarbayjon va boshqa davlatlar tarix darsliklari ham tushibdi. "Boshqa davlat darsliklaridan oʻziga nisbatan fobiya, muhabbat yoki loyallik qidirib, baho berish dunyoda yana kimning xayoliga kelishi mumkin? Kimga kerak bu? Endi bizdan darsliklarimizni oʻzgartirishni talab qilishadimi?" degan savol qoʻymoqda Ozarbayjon nashri.

Va "tarixning obyektiv yoritilishi" masalasi Kremlda Xavfsizlik kengashi darajasida ham muhokama qilingani haqida xabar berilmoqda. Maʼruzachilardan biri - tarix "obyektiv" yoritilgan darslik mualliflaridan biri Medinskiy.

Qiziq. "Tarixning obyektiv yoritilishi" deganda bir paytlar bizga oʻrgatilgan "Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasiga oʻz ixtiyori bilan qoʻshilib, taraqqiy etgani" haqidagi choʻpchaklar nazarda tutilmoqdami? Shunga qaytishimizni istashyaptimi?
🔥11👍6😱2
Xonadonlarimizga "Men, Sarvar Usmon" deb kirib kelgan O'ktambek aka, bu yurtda nimalar bo'layotganiga - aslida nimalar bo'layotganiga Ozod Nazar tashlashga yordam berib kelganingiz uchun rahmat. Biz sizning suhbatlaringizni sog'inib qolamiz.
👍31
Ozod Nazarning jurnalist Sarvar Usmon mezbonligidagi bugungi - so'nggi sonida Boysun voqealari muhokama qilinayotgan bir paytda, parlament sayloviga tayyorgarlik ko'rayotgan va elektoratini unga, uning nomzodlariga ovoz berishga ishontirishi kerak bo'lgan, mamlakatning Oliy Majlisidan joy olib, xalq nomidan gapirishga vakolat oladigan partiyalar shu elektoratni qiynayotgan, sentyabr boshidan beri asosiy muhokama va xavotir mavzusi bo'lib kelayotgan Boysundagi M-25 konidagi fojialar haqida nimalar deydi?

Xalq demokratik partiyasi. Partiya saytida avgust oxiridan bugungi kunga qadar e'lon qilingan xabarlar orasidan odob-axloq qoidalaridan tortib "donni ayash" haqidagi xabarlar orasida Boysun haqida bir og'iz gap topa olmadim.

Saylovga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan sotsial-demokratlarning partiya saytini yangilashga vaqtlari yo'q shekilli, undagi oxirgi yangilik 2023-yil noyabr oyiga tegishli. Tabiiyki, Boysun haqida gap yo'q.

Yetakchisi odatda turli voqealarga rezonansli munosabatlar bildirib keladigan "Milliy Tiklanish"chilarni, saytiga qaraganda, xalq tabobati, dorilar reklamasi, kitoblar, oila, xullas, turfa mavzular qiziqtiradi. Faqat Boysun bu ro'yxatda yo'q.

O'zlarini "liberal demokrat" sanaydiganlar saytida ham Boysun bo'yicha bir og'iz munosabat topa oplmadim. Ekologlar saytida ham - vaholanki hech bo'lmaganda ular fojianing ekologik oqibatlari haqida nimadir deyishlari kerak emasmidi?

Vaholanki, normal davlatda - normal saylovlar oldidan mamlakat parlamentidan joy olish uchun kurashayotgan normal partiyalar bunday hodisani e'tiborsiz qoldimagan, albatta munosabat bildirgan, hukumatning fojia paytidagi xatti-harakatlariga o'z bahosini bergan bo'lardi. Oldingi gapda kalit so'z - uch marta qaytarilgan "normal" so'zi edi.

Endi savol. Xalq hisobidan kun ko'rayotgan bu partiyalarni Boysun haqiqatdan ham qiziqtirmaydimi yoki bu haqda gapirishga hozircha ruxsat bo'lmadimi?
👍23🔥8
Kar bo‘l, ko‘r bo‘l, tishla til,
Boshga balo keltirma.
"Like" bosganga o‘n besh yil,
"Share" qilganga - yigirma.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi telegram kanali ogohlantirmoqda. Yuqoridagi to'rtlik (Erkin Vohidovdan perefraza) vazirlik ogohlantirishidan ilhomlanib to'qildi. Barcha o'xshashliklar tasodifiydir.

Shunchaki ma'lumot o'rnida. Oruellning Okeaniyasida eng katta jinoyat - fikr jinoyati bo'lgan. Bunday jinoyatda gumonlanganlarni Muhabbat vazirligida fikr politsiyasi so'rov qilgan.
🤯11🤬4
Gazeta.uz dan yangi Oʻzbekistonda inson qadri haqida navbatdagi reportaj.

"Shunchalik ilojsiz, og‘ir ahvolda qolganimiz, hech kimga kerakmasdek tashlab qo‘yilganimizni farzandlarim bilishini xohlamadim. ...

[Vaziyat haqida, nima qilish kerakligi haqida] biror ma’lumot ham aytilmayapti. Hatto Telegramʼdagi guruhlarda xavotir olib bir narsa yozsang, biror narsa so‘rasang, spam qo‘yib, bloklab tashlashyapti yoki yozganingni o‘chirishyapti. ...

Aholiga oldin ham, hozir ham yordam berilgani yo‘q".

"Meni qiziqtirayotgan savol shuki, nega mas’ullar haqiqiy ahvol haqida hali ham xabar bermayapti? Nega Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki hokimlik aholining ichida zaharlanganlar bor-yo‘qligi bilan qiziqmayapti? Yoki davlatimizga faqat boylik qizig‘u, ammo aholining sog‘lig‘i va tinchligi qiziq emasmikan?"

"Rahbariyatning esa ko‘zi ko‘r, qolog‘i kar, “jinnini yoqib olgan”.

"Gaz koni sabab ikki qishloqdoshimizdan ayrildik. Bolalari yetim, ota-onasi bo‘zlab qoldi. Biri og‘aynim edi, yana biri qo‘shnimning o‘g‘li. Qo‘shnimning turmush o‘rtog‘i ham o‘tib qolgandi, endi o‘g‘lidan ham ayrildi".

"O‘sha kuni u: “Biz o‘lyapmiz, bizni olib ketadigan hech kimimiz yo‘q”, deb yig‘lab telefon qildi. Soat tungi 2:30 atrofi edi, men boshqa mahalladagi o‘rtoqlarimga telefon qilib, ular haqida aytdim. Mashinalari bilan kelib, o‘sha oilani olib ketishdi. Bugungi kunda ular ham mening oilam kabi sarson-sargardonlikda yuribdi".

"Aholiga hech qanaqa yordam ko‘rsatilmayapti, vaziyat yuzasidan hech qanaqa ma’lumot ochiqlanmayapti".

Inson qadri haqidagi oldingi reportaj - bu yerda.
😢6🔥4👏3👍1
"Bitta tog‘ lolasini qiziqib uzgan cho‘ponga 2 mln so‘mga yaqin jarima solgan Ekologiya vazirligimiz shuncha odam, tabiat qiynalib turganda nimagadir jim o‘tiribdi".

Nafaqat ekologiya vazirligi, butun boshli hukumat, ekologiya partiyasi, boshqa partiyalar - umuman, hamma jim - boysunliklar taʼbiri bilan aytganda, "koʻzi koʻr, qulogʻi kar, jinni yoqib olgan"ga oʻxshaydi. Har qalay na hukumatdan, na elektorat ovozi uchun kurash illyuziyasini yaratayotgan partiyalardan biron-bir joʻyali munosabat yoki xatti-harakatlar rejasini koʻrmadim. Hamma faqat axborot olib turish bilan band shekilli.
😢16👍4🔥2
"Metodist" jurnalining taklifi bilan shanba, 28-sentyabr kuni soat 17:00da jurnalning telegram kanalida "Matnni tushunish: nima va qanday?" mavzusida vebinar rejalashtirilgan. Vebinarda matnni tushunish o'zi nima, u qanday sodir bo'ladi, uning samarali bo'lishi uchun nimalarga e'tibor berish kerak, matnni tushunish haqidagi nazariy bilimlarimiz til va adabiyot darslariga qanday ta'sir qiladi singari masalalarni ko'rib chiqamiz. Vebinarga jurnalning telegram kanalida shanba kuni e'lon qilinadigan havola orqali ishtirok etish mumkin.
"1000 kitob" podkastining 5-soni:

Xabaringiz bor, "1000 kitob" loyihasi doirasida ta'lim nazariyalariga bag'ishlangan "Ways of Learning" kitobi tarjima qilinmoqda. "1000 kitob" podkastining navbatdagi soni doirasida jurnalist Muhrim A'zamxo'jayev va pedagog, tadqiqotchi Shokir Tursun bilan suhbatimiz tarjima qilinayotgan kitobda qamrab olingan nazariyalardan boshlab, kattaroq masalalarga - "Tilla baliqcha"ning 5-sinf uchun qay darajada tushunarligigi, til qanday o'rganilishi, o'quvchining kashf qilish jarayoni qanday kechishi, darsliklar, ta'lim tizimimizda tizimning holati va hatto alifbo singaro global masalalarga ulanib ketdi. Aslida ham, bular hammasi bir-biriga bog'liq narsalardir.
👍5🔥2
"Peshonasi"ga permanent islohotlar "yozilgan" O'zbekiston ta'lim tizimida navbatdagi islohot: xayr, kollejim?

Xabar berishlaricha, islohotlardan "boshi chiqmaydigan" O'zbekiston ta'lim tizimini yana bir islohot kutmoqda. Bu safar islohot professional ta'lim tizimiga tegishli: amaldagi ("Ta'lim to'g'risida"gi qonunda belgilangan) uch darajali (boshlang'ich professional ta'lim - kasb hunar maktablari, o'rta professional ta'lim - kollejlar va o'rta maxsus professional ta'lim - texnikumlar) o'rniga faqat texnikumlarni qoldirish taklif qilinmoqda.

Uch bosqichli professional ta'lim tizimi 2019-yilda joriy qilingan edi. O'shanda yangi joriy qilnayotgan tizim "professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash" maqsadlari bilan izohlangan edi. Bu tizim ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashtirilishi aytilgan edi.

Bugun esa bu tizimdan voz kechilayotgani sababi sifatida "professional ta'lim tizimi muassasalari tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayotganligi" keltirilgan, biroq bu iddaoni tasdiqlovchi faktlar yoki muammoni (agar mavjud bo'lsa) hal etishning muqobil yechimlari tahlili, odatdagidek, keltilmagan. Bu esa bir necha yildan keyin taklif qilinayotgan tizim yana isloh qilinmasligiga kafolat yo'qligini anglatadi.

Uch bosqichli professional ta'lim tizimidan oldin esa "9+3" (9 yillik umumta'lim maktabi va 3 yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi) tizimi amalda edi. 2017-yilda bu tizimdan voz kechilib, 11 yillik ta'limga qaytilgan edi.
🤬8😢1