Jalilov. Qaydlar
4.11K subscribers
1.47K photos
17 videos
23 files
2.3K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Опубликованы результаты международного исследования PISA-2022 по оцениванию креативного (творческого) мышления 15-летних учащихся школ. Узбекистан оказался в числе стран с самыми низкими показателями.

https://www.gazeta.uz/ru/2024/06/20/pisa-creative-thinking/

Telegram | Instagram | YouTube
Bolalar yozuvchisi, Milliy o'quv dasturi asosidagi ona tili darsliklari hammuallifi Sa'dullo Quronovning kun.uz nashrida e'lon qilingan maqolasi ham, nazarimda, bugun bolalar adabiyoti haqida yozgan fikrlarimni tasdiqlaydi:

"... ko‘pchilik kitobga bilim va tarbiya manbasi sifatidagina qaraydi, xolos. Afsuski, bunday qarash ijodkorlarda ham mavjud. Bunday “g‘alati qarash”ning mohiyati shuki, bolalar uchun yozilgan asarda albatta katta hikmat, tarbiyaviy g‘oya bo‘lishi shart. Mana shunday qarash tufayli biz 5 yoshli bola uchun ham “hikmatli” asarlar yozib, ularni o‘qishdan bezdiramiz. Yo‘q, bola shunchaki o‘qib malaka oshirishi, matnni his qilishi, harakat va ma’lumotlar ketma-ketligini kuzatishi uchun ham sodda asarlar yozish mumkin-ku! Masalan, “Kitob stolning ustida. Kitob stolning ostida. Kitob stolning ortida. Endi kitob qayerda? (rasm)“ kabi juda sodda matnlar biz uchun ma’nisizdek, badiiy asar emasdek tuyuladi. Sababi 5-6 yoshli bola shu matn vositasida juda muhim “boshqa” ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi haqida tasavvurga ega emasmiz. Aslida shu shakldagi rasmli asarlar bolalarda narsa va hodisalarni tanish, tushunish, matndagi ma’lumotlarni anglash kabi muhim hayotiy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Uning tafakkurini charxlaydi. Ishoning, mutolaa orqali shakllanadigan tahliliy, tanqidiy tafakkurni boshqa biror fan bera olmaydi! Shunday ekan, bolalar adabiyoti faqatgina ravon o‘qish, badiiy asardan zavqlanish va undan hikmat izlashdan iborat emasligini anglab olishimiz shart. "

Fikrning isboti sifatida: Oksford nashriyotining 1-sinf "Ingliz tili" darsligidan olingan matnga e'tibor bering. (Bu darslik ingliz tilini ona tili sifatida o'qitishga mo'ljallangan. Bu darslikdagi matndan oldingi topshiriqlar haqida oldin yozgan edim). Oddiy voqealar ketma-ketligi berilyapti: buvi ko'zoynakni yo'qotdi, oila a'zolari ko'zoynakni qidirish asnosida o'zlarining yo'qolgan narsalarini topib olishdi, buvining ko'zoynagi esa uning boshida ekan. Matn darslikning "fiction" ("badiiy matn") mavzusida berilgan. Unda qandaydir "tarbiyaviy g'oya" ham yo'q, "badiiy bo'yoq tashuvchi so'zlar" ham - matndda oddiy voqea, oddiy, bola tushunadigan so'zlar bilan tasvirlangan. Matndan ko'ra rasmlar ko'proq joy egallagan. Lekin shu matn orqali bola matn bilan ishlashni, uni tushunishni, undan xulosa chiqarish va hayot bilan bog'lashni o'rganyapti.
👍15
Endi xuddi shu darslikning (1-sinf "Ingliz tili") "She'riyat" mavzusida berilgan she'rga e'tibor bering. Agar bizda darslikda shunga o'xshagan she'r namunasi kiritilganida bormi, nazarimda, darslik mualliflari naq toshbo'ron qilingan bo'lar edi.

She'r tarjimasi:

Bitta puf, ikkita puf, uchta puf, to'rtta,
Beshta puf, oltita puf -
Endi meni ko'ra olmaysan!
👍6🔥2
Yuqorida Sa'dullo Quronovning maqolasida bolalar adabiyoti haqidagi qarashlarimiz mushtarak ekanligi haqida yozgandim. Maqolada yana qiziq gaplar bor:

"Hojiakbar Shayxov asarlarini o‘qirkanman, bir savol menga sira tinchlik bermaydi: mustaqillikdan keyin bolalar adabiyotida o‘ziga xos “epidemiya”ga aylangan “Sariq devni minib” asari o‘rnida Shayxovning ilmiy-fantastik asarlari bo‘lganda, hozirgi yoshlarning dunyoqarashi, ilmiy salohiyati, davlatimizning yalpi ichki mahsulotining hajmi qay darajada bo‘lardi? Albatta, bu savollarga aniq javob berish mushkul. Biroq fantastikaning davlat iqtisodiyoti rivojida kattagina hissasi borligiga shubha yo‘q!"

Muallif fikrining isboti sifatida o‘tgan asrning 70–80 yillarida Xitoy kommunistik partiyasida fantastikaga bo'lgan munosabat va uning oqibatlarini keltiradi.

Bu fikrlarni o'qib turib bir narsa esga tushdi. Milliy o'quv dasturi va u asosidagi "Adabiyot" darsliklari ustida ishlash jarayonida 6-sinfga "Fantastika va sarguzasht olami" degan fasl kiritganimiz ayrim e'tirozlarga sabab bo'lgan, "fantastika bolaga nima beradi?", "detektiv asar bolaga nima beradi?" singari fikrlar bildirilgan edi. Lekin darslik tajriba-sinovida qatnashgan o'qituvchilar, keyinroq darslik amaliyotga joriy qilingach u bilan bevosita ishlagan o'qituvchilar bilan suhbatlashib shuni bildikki, bunday asarlar bola uchun qiziq. Yuqorida yozganimdek, asar (kitob) - bola uchun turfa olamlarga sayohat qilish, dunyoga turli rakurslardan boqish, oʻzini va oʻzgalarni tushunish imkoni boʻlishi kerak. Adabiyot fani dasturlari va darsliklariga bo'lgan yondashuvlar o'zgarishi kerak, faqat qandaydir katta tarbiyaviy g'oyaga yo'g'rilgan yoki faqat (asosan) "milliy" asarlar bo'lishi kerak, degan stereotiplardan, o'zimiz uchun sun'iy yaratgan "qobiq"lardan chetga chiqishimiz kerak.
👍11🔥1
"Mutolaa" ilovasi men oʻqishni / qayta oʻqishni rejalashtirib yurgan asarlar bilan boyib bormoqda. Buning ustiga, asarlar professional darajada ovozlashtirilgan. Bu - ayni muddao. Demak, hatto sayrdagi / transportdagi vaqtni ham bekor oʻtkazmaslik mumkin.
👍24
Turizm, turizm deymiz. Lekin tarixiy obidalarning xorijliklar, tadqiqotchilar va umuman tarix ixlosmandlari uchun qiziq boʻlgan autentik muhitini saqlab qolishni xayolimizga ham keltirmaymiz.

EurasiaNet va Economist nashrlarining Markaziy Osiyoga ixtisoslashgan jurnalisti Joanna Lillis Buxoroning "kitchifikatsiya"sidan hayratda - tarixiy joylarda neon tustovuqlar-u plastik turnalar nega kerak, degan savol qoʻymoqda.
👍16🤯4🔥3👎2
Qo‘ng‘irotboy Sharipovning aytishicha, kiyim ta’lim sifatiga ta’sir qilmaydi, lekin agar forma bo‘yicha talablar bo‘lmasa, “jamiyatda har xil kiyimdagi odamlar paydo bo‘ladi”, bu esa “har xil to‘qnashuvlar va ziddiyatlar”ga olib keladi.

Bir savol. Olimlar vazir lavozimiga tayinlangandan keyin shunday "ajoyib" fikrlashni boshlashadimi, yoki ularni vazirlikka tayinlashdan oldin maxsus "imtihon" qilishadimi?

Hurmatli vazir, ishonamanki, siz mendan ko'ra ko'proq xorijda bo'lgansiz, OTMlarini ichidan ko'rgansiz. "Har xil kiyimdagi odamlar paydo bo‘lgan" va shu tufayli "har xil to‘qnashuvlar va ziddiyatlar" yuzaga kelgan bironta holatga misol keltira olasizmi?
👍14
Yuqoridagi postga qo'shimcha. Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ta'kidlashicha, OTMlardagi kiyinish bo‘yicha talablar oliygohning “o‘z brendini yaratishi” bilan bog‘liq: "“Hech kim tomonidan unaqa topshiriq bo‘lmagan. Lekin har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining brendini yaratishi kerak. “OTM yuqori malakali mutaxassis tayyorlayapti” degan brend, bu nafaqat o‘qituvchilarda, talabalarda ham ko‘rinishi kerak. Chunki OTM – bu madaniyat o‘chog‘i ham".

Men ikkita xorijiy OTMda o'qiganman. Ikkalasi ham (Kolumbiya universiteti, AQSH; UCL, Buyuk Britaniya) top universitetlar - o'z brendiga, o'z nomiga ega. Lekin hech qaysi birida kiyinish bo‘yicha talablar o'rnatish orqali "o‘zining brendini yaratishi"ni ko'rmagan ekanman. Talabalar istaganday kiyinardi - kimdir futbolka-jinsida, kimdir rasmiy kiyimda, kimdir milliy kiyimda kelardi.

Albatta, vazir mendan ko'ra ko'proq xorijda bo'lgan, ko'proq OTMlarini ichidan ko'rgan. Agar talabalar kiyimini "ramka"ga solish orqali "brend" yatargan universitetlarga misollar keltirsalar, bilmaganimizni bilib olardik.
🔥13👍7
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning aytishicha, "maktab darsliklarini yanada takomillashtirish borasida ishlar amalga oshirilyapti" ekan.

Har bir "takomillashtirish" - pul, mablagʻ degani. Va bu mablagʻ shundoq ham rekord darajadagi defitsitli byudjetdan, yaʼni soliq toʻlovchilar hisobidan olinadi. Shu "takomillashtirish"ni "Finlyandiya tajribasi asosidagi" "yangi avlod darsliklari"ni joriy qilishdan, buning uchun 1,3 trln dan oshiq mablagʻni sarflashdan oldin amalga oshirish mumkin edimi? Mumkin edi, lekin bilishimcha, muhokamalarga sabab boʻlgan "Novda" darsliklari chop qilinib maktablarga yetkazilishidan oldin vazirlik bu darsliklarning ilmiy va metodik tarafini tahlil qilish u yoqda tursin, varaqlab ham koʻrmagan.
🔥7👍4
Yangilangan Konstitutsiya soʻz erkinligini, istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqini hamda ommaviy axborot vositalari erkinligini kafolatlarmidi? Jurnalistning jurnalistik faoliyatini amalga oshirgani uchun gumonlanuvchiga aylanishi - "yangi" deyilayotgan davrning yangi tubimi?

AOKA singari tashkilotlar, axborot siyosatiga masʼullar, OAVni yanada erkin qilmoqchi boʻlganlar bu keys boʻyicha munosabat bildirishmadimi?
😢7👍1
Yuqoridagi postga izohlarda darsliklar nazorati vazirlik qoʻlida emasligini, vazirga uning vakolatiga kirmaydigan masala boʻyicha savol berish "pastkashlik" boʻlganini yozishmoqda.

Darhaqiqat, "ixcham davlat boshqaruvini shakllantirish" maqsad qilingani aytilgan "maʼmuriy islohotlar" deb atalmish vazirliklarni qoʻshish va "matryoshka" tashkilotlar tuzish jarayonidan bor-yoʻgʻi bir necha oy oʻtib-oʻtmas Taʼlimni rivojlantirish respublika markazi tashkil qilingan va unga katta vakolatlar berilgan edi. Xuddi shu markaz sentyabr oyiga kelib "Finlyandiya tajribasi asosida" deya taqdim qilingan va markazning sobiq rahbari boshqargan "Novda" xususiy nashriyotida yaratilgan darsliklarni joriy qilishni boshladi.

Lekin, bu vazir Hilola Umarovaning darsliklar bilan bogʻliq muammolarga aloqasi yoʻq va darsliklar sifatini undan soʻramaslik kerak, degan xulosaga yetaklamaydi. Shaxsan mening nazarimda, kamida bir avlodning oʻlda-joʻlda, ilmiy va metodik muammolarga toʻlib toshgan, qaysi dastur asosida yaratilgani haligacha nomaʼlum darsliklar bilan bir yil umrini ketkazgani (va katta ehtimol bilan yana bir necha avlod umrini ketkazishi) uchun masʼuliyat shaxsan vazirning ham boʻynida.

Aynan Umarova taʼlimga masʼul shaxs sifatida parlament tasdigʻidan oʻtgan va demakki, xalq vakillari oldida taʼlim sifati uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan. Qonunan taʼlim boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish vakolati berilgan vazirlik rahbari sifatida vazir Umarova darsliklarni kimlar yozgani va qaysi tashkilot tasdiqlaganidan qatʼiy nazar, taʼlim jarayoniga kirib kelishidan oldin sifatiga ishonch hosil qilishi kerak edi. Darsliklarga asos boʻlgan dasturlarni, darsliklarning oʻzini Taʼlimni rivojlantirish markazidan talab qilib olib tekshir(tir)ish uning ham vakolati, ham majburiyati edi. Lekin vazir Umarova bu ishni qilmadi. Yoki qilganida ham sifatiga koʻz yumdi.

Bir narsa. Men uchun (va oʻylaymanki, koʻpchilik uchun) maktab taʼlimi sifatiga sunʼiy tashkil qilingan Taʼlimni rivojlantirish markazi yoki Loyihalar ofisi emas, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda vazir Umarova javobgar. Va taʼlim boʻyicha savollar birinchi navbatda unga qaratilishi ham mantiqan, ham qonunan toʻgʻri boʻladi.
🔥12👍6
Qiziq. Agar darsliklar boʻyicha vakolat vazirda va vazirlikda boʻlmasa, PISA natijalaridan keyin Singapur darsliklarini sotib olib, shoshilinch surʼatda tarjima qildirish fikri kimdan chiqdi? Bu jarayonda vazirlikning roli qanday-u Taʼlimni rivojlantirish markazining (yoxud "Novda"ning?) roli qanday?
🔥10👍2
Darsliklar masalasida yana bir narsa.

Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanishidan oldin Milliy oʻquv dasturi ishlab chiqilgan edi. Prezidentning hali ham amalda boʻlgan farmoni asosida bu dastur 2024-yilgacha toʻliq joriy qilinishi kerak edi.

Mazkur dasturning va u asosidagi boshlangʻich sinf darsliklarining ishlab chiqilishida koʻplab mutaxassislar, shu jumladan, UNICEF ekspertlari ishtirok etgan. (Bu haqda UNICEF hisobotida ham aytilgan). Bu darsliklarni yaratish, chop etish va maktablarga yetkazish uchun byudjetdan xarajat qilingan.

2023-yil sentyabrga kelib 1, 2, 3 sinflar darsliklari chop etilgan edi va 4-sinf darsliklari chop etilsa, boshlangʻich sinflar Milliy oʻquv dasturi bilan toʻliq qamrab olinar edi. 1-2-sinflar darsliklari 2021-yilda, 3-sinf darsliklari 2022-yilda chop etilganini hisobga olsak, 2023-yilga ("Novda" darsliklari joriy etilgan paytga) kelib hali ulardan foydalanish muddati tugamagan edi.

Umarova vazir sifatida, taʼlim sifatiga javobgar sifatida va davlat xizmatchisi sifatida nafaqat "Novda" darsliklari maktabga joriy etilishidan oldin bu darsliklarning sifati bilan, balki ularni joriy qilish zarurati bilan ham qiziqishi kerak edi.

Xalqaro ekspertlar ishtirokida yaratilgan va hali muddati oʻtmagan darsliklarni maktablardan yigʻishtirib olib, qaysi dastur asosida yaratilgani nomaʼlum darsliklarni joriy qilish nima uchun zarur boʻlib qoldi? Agar Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan va davlat rahbariga taqdimot qilingan darsliklar yaroqsiz chiqqan boʻlsa, ularning yaroqsizligini tasdiqlaydigan tadqiqotlar bormi? Bu darsliklarni almashtirish zarur deyilganda ham, nega aynan shu paytgacha biron-bir darslik yoki oʻquv qoʻllanma yaratmagan "Novda" xususiy nashriyotining darsliklariga almashtirilishi kerak?

Hilola Umarova vazir sifatida, taʼlimga masʼul shaxs sifatida bu savollarni berishi kerak edi. Lekin u, katta ehtimol bilan, bu savollarni bermagan. Bera olmaganmi yoki berishni istamaganmi, bilmadim, lekin buning ahamiyati yoʻq.
👍16