Savollar aslida yanada ko'proq
Pedagog Shokir Tursin boshlangʻich sinf oʻqituvchilari attestatsiyasi testlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya qilingan kitoblar roʻyxatiga 6-sinf "Ona tili" darsligining eski nashri kiritilganiga e'tibor qaratmoqda va bir qancha asosli savollarni qo'ymoqda. Qizig'i, vazirlik saytidagi "Tasdiqlangan darsliklar ro'yxati"da 2022-yil Milliy o'quv dasturi asosida nashr qilingan darslik turibdi. Til ta'limidan ozmi-ko'pmi xabari bor va har ikki (2017-yilgi va 2022-yilgi) "Ona tili" darsliklarini solishtirib ko'rgan mutaxassis biladiki, bu darsliklar orasidagi farq prinsipial: ular har xil metodik yondashuv va tamoyillarga asoslangan, ularning maqsadlari har xil.
Lekin boshlang'ich ta'lim mutaxassislari test spetsifikatsiyasini va tavsiya qilingan adabiyotlar ro'yxatini ko'zdan kechirsak, yanada ko'proq savollar tug'ilmasligi mumkin emas.
1. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari attestatsiyaga tayyorlanish uchun "Novda"ning 1-4-sinflar "Alifbe", "Ona tili", "O'qish savodxonligi", "Matematika", "Tabiiy fanlar", "Tarbiya" darsliklarini o'qib chiqishi kerak ekan. O'qituvchi bu darsliklarni qayerdan topadi? Ayniqsa, katta ehtimol bilan sun'iy shishirilib, 4 qismga bo'lingan darsliklarning 4-chorak uchun mo'ljallangan (va tushunishimcha, hali maktablkarga yetib bormagan) 4-qismlarini? Bu darsliklarni tasdiqlagan Ta'limni rivojlantirish markazi (TRM) sayti ishlamayapti (ishlashidan oldin ham unda darsliklarning elektron nusxalari yo'q edi), "Metodik yordam" deb atalmish kanalda ham bu darsliklar yaxlit holda yo'q, faqat ayrim sahifalarni (hammasini emas) topish mumkin. Xullas, o'qituvchi bu darsliklarni qayerdan topadi?
2. Test spetsifikatsiyasida 1.1 kodi ostida o'qituvchining "xalq ogʻzaki ijodi, mumtoz va zamonaviy asarga munosabat bildira olishi , bolalar adabiyoti namoyondalari haqida ma’lumotga ega bo‘lishi" tekshirilishi ko'rsatilgan. "Asarga munosabat bildirish" uchun o'qituvchiga asar matni attestatsiya paytida beriladimi? Yoki o'qituvchi darsliklarga kiritilgan asarlar matnlarini yodlab borishi kerakmi? Qaysi "bolalar adabiyoti namoyondalari haqida" qaysi ma'lumotlarni bilishi kerakmi? Ularning qachon va qayerda tug'ilganimi? Yozgan kitoblari nomlarinimi? Qaysi tashkilotlarda qaysi lavozimlarda ishlaganinimi? Yetti ajdodinimi? Yoki ular haqida darsliklarga kiritilgan ma'lumotlarni yodlab olishi kerakmi? Agar "ha" bo'lsa, nima uchun? Bu uni mahoratli o'qituvchi qilib qo'yadimi?
3. Test spetsifikatsiyasida 1.2 va 1.3 kodlaridagi ko'nikmalarni tekshirish uchun o'qituvchiga matn beriladimi? Yoki yana xotira sinaladimi?
4. Spetsifikatsiyadagi 2.4 ko'nikmada nima nazarda tutilgan? Qanday "grammatik mazmundagi topshiriqlarni yecha olish" tekshiriladi? "Grammatik mazmundagi topshiriqlar"ning nimasi yechiladi?
5. "Tabiiy fanlar" va "tarbiya"dagi 4.1.-4.7 va 5.1.-5.3da aynan nima tekshiriladi? Hammasida "bilimga ega bo'lish", "ma'lumotga ega bo'lish" deyilgan - attestatsiyaga keladigan o'qituvchi qanday, qay darajadagi ma'lumotga va nima uchun "ega bo'lishi" kerak? Masalan, "Quyosh sistemasi, sayyoralar haqida ma’lumotga ega bo‘lish" (4.3) - quyosh sistemasidagi sayyoralar nomini bilishi kifoyami? Balkim har bir sayyoraning yoshi-yu, diametri-yu temperaturasini bilishi kerakdir? Balkim har bir sayyoradagi tabiiy obyektlar nomini so'rarsizlar? Balkim Quyosh sistemasidagi jamiki jismlar haqidagi ma'lumotlarni yodlab chiqishi kerakdir?
(davomi quyida)

👍8
(davomi)
Test spetsifikatsiyasi xo'jako'rsinga, "qildikmi - qildik" tamoyili bilan yaratilmaydi. U testga tayyorlanayotgan shaxsga undan nima so'ralishi, qaysi ko'nikmalari tekshirilishi haqida aniq tasavvur berishi kerak. Yoki Prezident maktablariga kirish imtihonlaridagi "qovun"dan keyin bir dumalab, negadir butun ta'lim tizimidagi o'qituvchilar attestatsiyasi uchun nazorat materiallari tuzuvchi organga aylanib olgan Pedagogik mahorat va baholash markazi o'qituvchilarning darsliklardagi ma'lumotlarni yoddan bilishini tekshiradigan bo'lsa, unda qo'l uchida qilingan "spetsifikatsiya" bilan bosh og'ritib o'tirmasdan "o'qituvchilar darsliklarni yodlab kelsin, istalgan betidan (hatto o'qituvchilar hali ko'rmagan qismlaridan ham) savol tushadi", deb qo'ya qolsin. O'zini ham, boshqalarni ham aldamasdan.
Faqat xotiraga, yodlashga zo'r beradigan ta'lim tizimidan qandaydir natijalar kutish ahmoqlik ekanligini esdan chiqarmasa b'ldi.

Telegram
Shokir Tursun qarashlari
Nega amaldagi darslik emas?
Bugun boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun attestatsiya testlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya qilinadigan kitoblar roʻyxatini eʼlon qilishdi. Bir narsa qiziq, nega 6-sinf “Ona tili” darsligining 2017-yilgi, amaldan chiqarilgan…

👍12
Munosabatga munosabat
Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) ona tili va adabiyot o'qituvchisi Zulfiya Rashidova savollariga va mening washback haqidagi postimga o'z munosabatini e'lon qilibdi. Munosabatdagi "sifat o'zgarishlari" haqidagi jimjimador va puch gaplar chiqarib tashlansa, ayrim iddaolar tahlil qilishga arzigulik.
1. "Shuningdek, o‘tkazilgan har bir milliy sertifikat imtihonlari natijalarining ilmiy tahlili keng jamoatchilikka ma’lumot sifatida taqdim etib borilmoqda".
Juda soz. Masalan, ona tili va adabiyot bo'yicha milliy sertifikat uchun e'lon qilingan tahlillarning oxirgisini (2023-yil oktyabrda o'tkazilgan testga tegishlisini - klassik test nazariyasi bo'yicha va Rash modeli asosida) olaylik. Test 29-oktyabrda o'tkazilgan, xulosa va tavsiyalar 11-noyabrda berilyapti. Ya'ni, tahlillar aprobatsiya emas, haqiqiy test natijalariga asoslanganini tushunish qiyin emas. Demakki, tahlilda keltirilgan xulosa va tavsiyalar imtihonda hisobga olinmagan (chunki bu tavsiya va xulosalar imtihondan keyin berilgan). Demakki, agentlik pul to'lab test topshirayotganlarni hamma muammolari bartaraf qilinmagan baholash instrumentlari (testlar) asosida sinovdan o'tkazyapti va shu asosida davlat tan oladigan hujjat (sertifikat) beryapti. Katta ehtimol bilan, Zulfiya opa, siz va siz bilan birga imtihon topshirganlar ham shunday "tajriba quyonlari" vazifasini bajarib bergansiz. Tasavvur qiling, laboratoriya sizga to'g'ri ishlashi hali mavhum bo'lgan asboblar yordamida diagnoz qo'yib beryapti. Bu - sizning birinchi savolingizga javob. Agar agentlik o'z munosabatida iddao qilganidek "test sinovlaridan oldin" aprobatsiyadan o'tkazilib, tahlil qilinganda va "takomillashtirilganida", "qayta ishlanganida", testlardagi muammoli test topshiriqlari bartaraf qilingan bo'lardi, shunday emasmi?
2. "Esse yozish jarayonida buyuk shaxsdan iqtibos keltirilishi kerakligi borasida, shuningdek, so‘zlar soni xususida qatʼiy talab mavjud emas".
Buyog'i qiziq bo'ldi-ku? Essega qo'yiladigan aniq talablar mavjud bo'lmasa, ular qaysi mezonlar asosida tekshiriladi? Masalan, bir talabgor yarim bet yozdi, lekin qo'yilgan savolga javob berdi, ikkinchisi uch varaqni to'ldirib, aniq argumentlar keltira olmadi. Qaysi talabgor yuqoriroq baho oladi va nima uchun? Yoki, talabgor uchta gap bilan javob bersa va appelyatsiyada "qo'yilgan savolga javob berganman-ku, nega yozma ishim past baholandi?" deya e'tiroz bildirsa, qanday javob beriladi? Testlarda yozma ish hajmiga talab "talabgor ... so‘zlar sonini belgilangan talabga yetkazish maqsadida sunʼiy tarzda esseni davom ettirishi" uchun emas, uning tilni bilish darajasi haqida xulosa olish uchun yetarlicha til materiali olish maqsadida qo'yiladi. Yuqoridagi tibbiyot bilan o'xshatishni davom ettiradigan bo'lsak, tahlil uchun qon olayotgan laborant "shpritsni sun'iy to'ldirish uchun" emas, tahlil uchun, xulosa chiqarish uchun yetarli material olish maqsadida ma'lum miqdorda qon oladi.
3. "O‘zbek tili va adabiyot faniga oid test topshiriqlari tafsilotida test variantida quyi (bilish, tushunish, qo‘llash) va yuqori (analiz, sintez) darajadagi kognitiv ko‘nikmalarni baholashga qaratilgan test topshiriqlari mavjud bo‘lishi belgilangan".
Agentlikning rasmiy saytida e'lon qilingan spetsifikatsiyaga qaralsa, adabiyotga oid test topshiriqlari berilgan matn asosida bo'lishi kerak. Ya'ni, Rashidova tasvirlagan "Jayhun ustidagi bulutlar asarida olimlarni qadrlamagan kim edi?" yoki "Sarvqomat dilbarim" asariga oid qaysi ma'lumot to'g'ri?" qabilidagi, ya'ni xotirani tekshiradigan "DTM uslubi"dagi savollar ketma-ketligi" mutlaqo bo'lmasligi kerak edi. Nima uchun imtihonda ishlatilgan test variantida rasmiy e'lon qilingan spetsifikatsiyadan chekinilgan?

👍9
Munosabatga munosabat (davomi)
4. "Blum taksonomiyasiga ko‘ra kognitiv sohaning har bir darajasi uchun BILISH darajasi asos vazifasini bajaradi".
Albatta. Lekin bu degani - xotirani tekshiradigan har qanday test topshirig'ini "qulog'idan tortib" Blum taksonomiyasining istalgan darajasiga mosligini iddao qila olamiz, degani emas. Adabiyot misolida oladigan bo'lsak, test topshiruvchining metafora nimaligini bilishi uning matndan metaforani topib olib, tahlil qilishiga, metaforaning ishlatilishiga baho berishiga yoki o'zi yaratgan matnda metaforani qo'llashiga asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Yoki talabgorning kulminatsiya nimaligini bilishi berilgan matndagi kulminatsiyani tahlil qila olishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Buning uchun talabgor matnni xotirasida saqlab yurishi shart emas.

Bilimni baholash agentligi
#RasmiyMunosabat
O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat
👉 https://uzbmb.uz/post/view/o-zbek-tili-va-adabiyot-rasmiy-munosabat
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook…

Munosabatga munosabat (boshi va davomi yuqorida)
5. "Validlik – testning maqsadidan kelib chiqqan holda test natijalari yordamida chiqariladigan xulosalarning qay darajada ilmiy va empirik jihatdan asosli ekanligi tushuniladi. Validlik – baholashning sifatini belgilaydigan eng asosiy tushuncha".
Munosabat muallif(lari) validlikning ta'rifini deyarli so'zma-so'z olgan o'sha manbaga (37-bet) (va boshqa manbalarga) ham sal e'tiborliroq bo'lishsa, ta'rifdan keyin "validlikka xavf soluvchi omillar" degan tushuncha borligini va shunday omillardan biri "konstruktga bog'liq bo'lmagan o'zgaruvchilar" ekanligini ko'rishardi. O'lchanishi (tekshirilishi) kerak bo'lgan konstruktga bog'liq bo'lmagan faktorlar validlikka salbiy ta'sir qiladi. Masalan, o'sha "Jayhun ustidagi bulutlar asarida olimlarni qadrlamagan kim edi?" yoki "Sarvqomat dilbarim" asariga oid qaysi ma'lumot to'g'ri?" qabilidagi, "DTM uslubi"dagi savollarga javob berish uchun test topshiruvchi xotirasini ishga solishi kerak. Milliy sertifikat testida tekshirilishi kerak bo'lgan konstrukt - xotira emas (harqalay, shunday deb umid qilamiz). Demak, validlik talabi buzilyapti.
6. Milliy sertifikat imtihonlari uchun tayyorlanayotgan test topshiriqlari umumiy o‘rta taʼlimning 5-11-sinf o‘quv dasturlari doirasida shakllantirilishi, test variantining tafsiloti avvaldan talabgorlar eʼtibori uchun havola qilinishi, imtihonda taʼlim dasturini to‘liq tamomlagan talabgorlar ishtirok etishi bois test topshiruvchilarga salbiy taʼsiri bo‘lmaydi deb hisoblaymiz.
Bunday hisoblash uchun asos kerak. Mening esa "DTM / agentlik testlari (yozgi qabulda ishlatiladigani ham, milliy sertifikat ham) salbiy washback ta'siriga ega, deb aytish uchun asosim bor. Masalan, bir do'stim (magistraturani xorijda, dunyoning top universitetlaridan birida bitirgan) O'zbekistonda bakalavriatga kirish tajribasi haqida gapirib bergandi. U tarixdan ikki yil repetitorga borib, tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni o'rgangan va ikki yil kirish imtihonlaridan yiqilgan. Uchinchi yil repetitorni almashtirgan - yangi repetitor darsliklarni yodlattirgan. Va shu yili o'qishga kirgan. O'ylanmanki, bu keys - istisno emas. Tadqiqot o'tkazilsa, bunday keyslar ko'plab topiladi. Qolaversa, tarixdan agentlik rasman e'lon qilgan milliy sertifikat namunasini qarang - haligacha hamma test topshiriqlari "kim, nima, qachon, qayerda" qabilidagi, ya'ni xotirani tekshiruvchi savollar.
Qolaversa, men DTM testlarining washback ta'siri bo'yicha (ingliz tili testlari misolida) tadqiqot olib borganman va tadqiqotim asosida, uning natijalarini ekstrapolyatsiya qilgan holda salbiy ta'sir mavjud deb ayta olaman.
Agentlikning "imtihonda taʼlim dasturini to‘liq tamomlagan talabgorlar ishtirok etishi bois test topshiruvchilarga salbiy taʼsiri bo‘lmaydi" degan iddaosi esa mantiqsiz. Agentlik testlarini ta'lim jarayoni ishtirokchilari topshirishadi - o'quvchilar, abituriyentlar (ular ham yoki o'qiyotgan, yoki yaqinda o'qishni bitirgan bo'ladi - bitirgan taqdirda ham testga tayyorgarlikni o'qish paytida boshlaydi). pedagoglar. Shunday ekan, qanday qilib ta'siri bo'lmasligi mumkin?
"Test variantining shakllantirilishi taʼlim dasturini o‘zgarishiga emas, aksincha, taʼlim dasturining o‘zgarishi test variantining dasturga moslashtirilishiga turtki bo‘ladi", degan iddao ham mantiqsiz. Pedagogikada "teaching for the test" tushunchasi bor, qolaversa, "received curriculum" tushunchasi bor. Ya'ni, "high stakes tests" ta'lim jarayoni ishtirokchilarini ma'lum bir narsalarga e'tibor berishga va aksincha, ma'lum bir narsalarni ignor qilishga majbur qiladi va bu jarayon "received curriculum"ni yuzaga keltiradi. Oddiy misol - agentlikning yozgi imtihonini topshiradigan abituriyentlarning necha foizi xorijiy tilda eshitgan matnini tushadi yoki gapira / yoza oladi, deb o'ylaysiz? Ular grammatikani zo'r bilishi mumkindir, lekin aksar hollarda ularda nutq ko'nikmalari rivojlanmagan bo'ladi. Bu - washbackga va "received curriculum"ga misol.
Xulosa quyida:

Yuqoridagilarning xulosasi.
Xullas, o'sha gap. DTM / agentlik o'zining baholashga yondashuvi bilan taʼlim tizimimizni jarlikka, halokatga olib kelgan eng asosiy "oʻyinchilar"dan biridir. Va bu narsani hech qanday "rasmiy munosabat" bilan yopib bo'lmaydi.
Xullas, o'sha gap. DTM / agentlik o'zining baholashga yondashuvi bilan taʼlim tizimimizni jarlikka, halokatga olib kelgan eng asosiy "oʻyinchilar"dan biridir. Va bu narsani hech qanday "rasmiy munosabat" bilan yopib bo'lmaydi.
Telegram
Bilimni baholash agentligi
#RasmiyMunosabat
O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat
👉 https://uzbmb.uz/post/view/o-zbek-tili-va-adabiyot-rasmiy-munosabat
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook…
O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat
👉 https://uzbmb.uz/post/view/o-zbek-tili-va-adabiyot-rasmiy-munosabat
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook…
👍12🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Dangasa"dan "yotoq"qa
Oxirgi paytlar koʻpchiligimiz "yotoq" boʻlib qolgan ekanmiz. "Yettilik"-u Milliy gvardiya kelib ahvolni oʻnglab berayotgan ekan.
Ajoyib. Bu sahna koʻrinishi nima edi oʻzi? Askiyami? "Propaganda daqiqasi"? Yoki "propaganda-askiya"?
Konstitutsiyada yoʻq "uchlik", "beshlik", "yettilik"lar yaratib davlat boshqaruvi tizimini abgor holga keltirilish, taʼlimdagi muammolarni hal qilish oʻrniga formalilar bilan oʻquvchilar-u ota-onalarni qoʻrqitib qogʻozda davomatni taʼminlash. Va xalqni "yotoq"likda ayblash. ... Bular katta sahnadan askiya qiladigan ham, maqtanib propaganda qiladigan ham mavzular emas. Menimcha.

😢26👍6😱6🤔2
Yana bir savol
Har safar bir xil (ayrim detallarini hisobga olmasa) ssenariy asosida "tanlanganlar" uchun "tanlangan joy"da oʻtadigan bunday "Shimoliy Koreya uslubi"dagi "bayram tadbirlari"dan muddao nima oʻzi? Shundoq ham oʻpirilib yotgan davlat byudjetidan pul sarflashmi? "Xalq va partiya birdamligi"ni namoyish qilishmi? Xuddi eski Oʻzbekistonda boʻlganidek, "xalq" va "partiya" ikkita bir-biri bilan kesishmaydigan parallel olamga aylanganiga ancha boʻldi shekilli? Bu "tadbir"lar oʻtirganlarga qiziqmi, axir ssenariy yod boʻlib ketgan-ku? Muddao nima?

👍30🔥3🤯1
"Rezina" byudjet
Oʻzbekiston taʼlim sifati boʻyicha bir qancha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etadi. PIRLS va PISAdagi oʻrnimizni bilib oldik, endi navbat TIMMSga.
Eng qizigʻi, ilgari soliq toʻlovchilar bunday xalqaro tadqiqotlarning har xil davlatlarda boʻladigan tadbirlarida ishtirok etib kelishi uchun faqat Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz vakillarining xarajatlarini toʻlashgan boʻlsa, endi koʻpaygandan koʻpaygan har xil tashkilotlar vakillarining sayohatini toʻlashga majbur: vazirlik, Taʼlimni rivojlantirish markazi, yaqinda bular qatoriga Loyihalar ofisi bilan Milliy gvardiyani ham qoʻshsak, olam guliston. Agar taʼlimga masʼul yana yangi tashkilotlar ochilib qolmasa ...
11 mart holatiga byudjet defitsiti qariyb 20 trln soʻm edi ...

TRM - Rasmiy kanal
😱5👍1🔥1
https://uz24.uz/uz/articles/sertifikat-3-19
Milliy sertifikat mojarosi nafaqat Zulfiya Rashidova yoki meni, jurnalistlarni ham qiziqtirganga oʻxshaydi.
Agentlik / DTMning munosabatiga munosabatni esa yuqorida oʻqishingiz mumkin.

UZ24
Milliy sertifikat “mojarosi”
O‘tgan kunda uzoq kutilgan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Kutilganidek “kutilmaganda” imtihon topshirgan talabgorlarda kuchli norozilik paydo bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda keng omma fikri va muhokamasiga sabab bo‘lgan holatlar, test jarayonida…
👍5😱2
Ulugʻbek rasadxonasining nusxasini qurishmoqchi boʻlishgan shekilli. Lekin, nazarimda, beoʻxshovroq chiqqan.
Umuman olganda, Buxoro viloyati hokimiga bunday maketlar turistlarni jalb qila olishi haqida maslahat bergan "Fransiyalik mutaxassislar"ni bir koʻrish kerak ekan. Men, masalan, "Boqiy Samarqand"da turistlarni jalb qila oladigan narsa koʻrmadim.

👍13😢2
UNESCOning aytishiga qaraganda, Oʻzbekiston hukumati Buxorodagi bufer zonada master-reja boʻyicha kelishuvga kelinmasidan oldin buzilish va qurilish ishlarini olib bormaslik haqidagi vaʼdasini buzdi, deb yozmoqda xorij nashrlari. UNESCOning hukumatga "Boqiy Buxoro" markazini qurish rejalari boʻyicha fevral oyida yuborgan xatiga haligacha javob berilmagan.
Eurasianet
UNESCO says Uzbekistan broke promises over Bukhara development
UNESCO says that Uzbekistan's government has broken its promises not to push ahead with demolitions in the historic city of Bukhara. Written appeals to officials in Tashkent appear to have been ignored
🤬15😱2👍1
Endilikda oʻquvchilar ham qizil, sariq, yashil toifalarga ajratiladi. Qizil va sariq toifadagi oʻquvchilarning ota-onalari bilan Milliy gvardiya va Mahalla yettiligi shugʻullanadi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Milliy gvardiyaning qoʻshma qarorida aytilgan.
Albatta, bu qarorda oʻquvchilar tomonidan dars qoldirilishining asl sabablarini oʻrganish, xususan, taʼlim sifatini koʻtarish haqida hech narsa deyilmagan boʻlsa kerak. Vazirlik va gvardiya nazdida darsga kelmayaptimi - demak "yotoq" va albatta u bilan formalilar shugʻullanishi kerak shekilli.

Jalilov. Qaydlar
"Dangasa"dan "yotoq"qa
Oxirgi paytlar koʻpchiligimiz "yotoq" boʻlib qolgan ekanmiz. "Yettilik"-u Milliy gvardiya kelib ahvolni oʻnglab berayotgan ekan.
Ajoyib. Bu sahna koʻrinishi nima edi oʻzi? Askiyami? "Propaganda daqiqasi"? Yoki "propaganda-askiya"?…

🤬19🤯5🔥2👍1👎1
Ba'zan O'zbekistonda nima bo'layotganini mahalliy emas, xorijiy manbalardan, xususan, shimoldagi rasmiylarning turli bayonot va ishoralaridan bilib olamiz. Masalan, "Rosatom" bosh direktori birinchi o'rinbosari Kirill Komarov so'zlariga ko'ra, "O'zbekiston va Rosatom o'rtasida O'zbekistonda AES qurish shartnomasi bo'yicha muzokaralar anchagina muvaffaqiyatli kechmoqda". "Bu qaror O'zbekistonda yaqin yuz yillikda vaziyatni belgilaydigan qaror bo'ladi. ... Biz istalgan paytda mazkur loyihaning amalga oshirilishini boshlashga tayyormiz", - Komarovning mazkur iqtibosini TASS (Rossiya rasmiy axborot agentligi) tarqatmoqda. Shuningdek, Komarovning so'zlariga ko'ra, mutaxassislar AES qurilishi mo'ljallangan maydonni batafsil o'rganishgan.
"Bu qaror O'zbekistonda yaqin yuz yillikda vaziyatni belgilaydigan qaror bo'ladi". Faqat bir savol: AESdan shantaj qurol sifatida foydalanish tajribasini hisobga olsak, bu vaziyat O'zbekiston foydasiga bo'ladimi?
Umuman, "milliy kontent" haqida gapirilayotgan bir paytda nega biz O'zbekiston haqidagi yangiliklarni boshqa davlat(lar) manbalaridan olyapmiz? O'zimizning rasmiylar nega jim? Saytidagi oxirgi yangilik 2023-yil noyabriga tegishli bo'lgan UzAtom (ha, shunday agentlik ham bor) nima deydi?

TACC
Росатом: переговоры с Узбекистаном по строительству АЭС идут "вполне успешно"
Первый заместитель генерального директора Росатома Кирилл Комаров отметил готовность в любое время приступить уже к конкретной реализации этого проекта
🤬18👍4🤯2👎1😱1
BAY [a] 1 Savdo muomalalari va ishga yollash-yollanishda har ikki tomon o‘rtasidagi kelishuv.
Bayida shunday (edi) 1) shunday baylashilgan, kelishilgan (edi); 2) ko‘chma hazil aslida shunday, bo‘lgani shu.
Bay qilmoq 1) savdo qilmoq, sotmoq; 2) kelishmoq, baholashmoq (savdo muomalalarida va ishga yollash-yollanishida); 3) ko‘chma hazil umuman kelishmoq, pisanda qilmoq. Axir boshda bay qilgan edikki, har zamonda bir yolg‘on gapiramon deb. G‘. G‘ulom, Shum bola.
Bay ochmoq birinchi xaridorga mol sotib savdoni boshlamoq, pochin qilmoq.
Bay puli savdoni va ishga yollash-yollanishda kelishuvni mustahkamlash uchun to‘lanadigan pulning oldindan beriladigan qismi. Bay puli bermoq.
2 Qo‘shma so‘z tarkibida uning ikkinchi komponenti bo‘lib keladi va qanday baylashilganligini bildiradi, mas. ishbay, kunbay, soatbay.
O'zbek tilining izohli lug'atidan
Shunda "mijozbay" degani "mijoz boshiga kelishilgan, bay qilingan" degan ma'noni beradimi?

🤯6👍1
Yuqoridagi ta'rifdan kelib chiqilsa, "mahallabay" - "mahalla soniga kelishilgan / baylashilgan" ma'nosini beradimi? Mahalla - kelishuv (bay) obyekti / predmeti bo'lib kelyaptimi shunda?
👍3