Teach what you preach - Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l
Soliq to'lovchilar nega faoliyatini moliyalashtirishi kerakligi, shu paytgacha qanday qo'shimcha qiymat yaratgani haligacha mavhum qolayotgan Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi “Natijaga yo'naltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etibdi. Turli tashkilotlar bilan hamkorlikda o'tkazilgan tadbirda turli davlatlar yetakchi mutaxassislarining natijaga yoʻnaltirilgan taʼlimning dolzarb muammolari va ularning yechimlariga bagʻishlangan maʼruzalari taqdim etilgani ayilmoqda.
Natijaga yo'naltirilgan ta'lim (Outcome-Based Education, OBE) o'zi nima? Natijaga yo'naltirilgan ta'limning asosiy xususiyati - nima o'qitilishiga emas, nima o'rganilishiga e'tibor qaratiladi. Buning uchun o'quv jarayoni natijasida ta'lim oluvchilar nima qila olishi (qanday ko'nikmalarni egallashi) kerakligi aniq belgilangan bo'lishi kerak. Natijaga yo'naltirilgan ta'lim quyidagi tamoyillarga tayanadi:
- fokusning aniqligi - ta'lim beruvchi o'quvchidan qanday ko'nikmalarni namoyish etishni kutayotganligini aniq bilishi kerak;
- kengaytirilgan imkoniyatlar - o'quvchilarga muhim ko'nikmalarni egallash uchun ko'proq imkoniyatlar taqdim etilishi kerak;
- yuqori kutilmalar - ko'nikmalarni egallaganlik darajasini belgilovchi aniq mezonlar belgilanishi kerak;
- "design down" (pastga qarab rejalashtirish) - o'quv dasturlarini va o'quv materiallarini yaratish hamda o'quv jarayonini rejalashtirish aniq maqsadlardan (o'quvchilar egallashi kerak bo'lgan ko'nikmalardan) boshlanadi.
Ushbu tamoyillar orasida birinchisi - fokusning aniqligi - eng muhimi hisoblanadi, ya'ni natijaga yo'naltirilgan ta'limda o'quvchilar qanday ko'nikmalarni egallashi kutilayotganini aniq bilishimiz kerak.
Qizig'i, turli mutaxassislarni yig'ib natijaga yo'naltirilgan ta'lim haqida gapirgan TRM o'zi natijaga yo'naltirilgan ta'lim tamoyillariga amal qilyaptimi? Bu savolga bemalol "yo'q" deb javob bera olamiz. Sababi - markaz haligacha (o'quv yilining 4-choragi boshlandi hamki) o'zi tasdiqlab bergan "Novda" darsliklariga asos bo'lgan o'quv dasturlarini e'lon qilganicha yo'q. Vaholanki, aynan o'quv dasturlarida o'quvchilardan kutilayotgan ko'nikmalar belgilanadi. TRMning "Metodik yordam" kanalida faqat taqvim-mavzu rejalari berilgan, unda faqat darsliklardagi mavzular nomi keltirilgan. Ya'ni, asosiy fokus - nima o'rganilishiga emas, nima o'qitilishiga qaratilgan. Maqsad - shunchaki mavzuni o'tish, o'quvchilarda qandaydir ko'nikmalarni shakllantirish emas.
Natijaga yo'naltirilgan ta'lim tamoyillariga TRMning o'zi amal qilmas ekan, bunday mavzuda konferensiya o'tkazishdan muddao nima? Shunchaki o'zini ishlayotgandek ko'rsatishmi? Yoki soliq to'lovchilar pulini behuda sarflash?

👍16🤯1
Yuqoridagi postga qo'shimcha.
Natijaga yo'naltirilgan ta'lim haqida konferensiya o'tkazgan Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tasdiqlab bergan "Novda" darsliklaridan ikkita mavzuni natijaga yo'naltirilgan ta'lim tamoyillari nuqtayi nazaridan tahlil qilib ko'raylik.
1. O'qish savodxonligi, 1-sinf. 4-chorakning 1-darsi. "Buyuk ajdodlar".
Ushbu darsdan maqsad nima? 45 minutlik dars so'ngida 7-8 yashar o'quvchida o'qish savodxonligiga oid qanday ko'nikma shakllanishi kerak? TRM e'lon qilgan taqvim rejada bu savolga javob yo'q, shunchaki bu mavzuni 1 soat o'qish kerakligi berilgan, xolos. Matn asosida berilgan savol va topshiriqlar tahlili ham bu dars so'ngida o'quvchida o'qish savodxonligiga oid qanday ko'nikma shakllanishi kerakligi haqida tasavvur bermaydi.
1-savolga javob berish uchun o'quvchi shunchaki matndan atoqli otlarni topishi kifoya. 2-savolning o'qish savodxonligiga (matnni tushunish, tahlil qilish, unga munosabat bildirish) aloqasi yo'q. Qolaversa, bu yoshdagi o'quvchi matnda nomlari tilga olingan allomalar haqida hech qanday qo'shimncha ma'lumotga ega bo'lmasligi mumkin (1-sinfda hali tarix o'tilmaydi). 3-savolning ham o'qish savodxonligiga heh qanday aloqasi yo'q - shunchaki o'quvchidan siyqasi chiqqan, balandparvoz gaplarni takrorlash kutilyapti.
1-topshiriq tushunarsiz - o'zi 7ta gapdan iborat matn bo'lsa, qismlarga bo'linmagan bo'lsa, o'quvchi nimasiga sarlavha topshi kerak? Qolaversa, sarlavha topish uchun kerakli ko'nikmalar (matnning asosiy g'oyasini topish, asosiy g'oyani detallardan farqlash, asosiy g'oyani bir so'z, so'z birikmasi yoki gap bilan ifodalash yoki perefraza qilish) unga o'rgatilganmi? 2-topshiriq undan-da tushunarsiz: o'zi 7ta gapdan iborat matndagi 4ta gapda ajdodlar nomi tilga olingan - xo'p, o'quvchi bu gaplarni topib, qayta o'qidi, keyin-chi? Bu bilan unda qanday ko'nikma shakllanadi?
2. Tabiiy, fanlar, 3-sinf. "Energiya" mavzusi.
Bu ikkita darsning so'ngida o'quvchidan qanday ko'nikmani egallash kutilyapti? Xo'p, o'quvchi berilgan ma'lumotlarni o'qidi, innaykeyin-chi? Darslik - bu shunchaki har sohadan bir shingil ma'lumot beradigan ensiklopediya emas-ku?
Xullas, natijaga yo'naltirilgan ta'lim haqida konferensiyalar o'tkazishdan oldin, TRM o'zi tasdiqlab bergan darsliklarni varaqlab ko'rib, "bu darslardan maqsad nima?" degan savolni berib ko'rsa bo'lardi.

Telegram
Jalilov. Qaydlar
Teach what you preach - Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l
Soliq to'lovchilar nega faoliyatini moliyalashtirishi kerakligi, shu paytgacha qanday qo'shimcha qiymat yaratgani haligacha mavhum qolayotgan Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy…

🔥10👍3👏2🤔1
Yuqoridagi postga ilova.
Ta'limni rivojlantirish markazi tasdiqlab bergan "Novda"ning 1-sinf "O'qish savodxonligi" va 3-sinf Tabiiy fanlar" darsliklaridan sahifalar.

😱7🔥3
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlarini eʼlon qildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi mazkur reytingda eng yaxshi oʻrinlardan birini egallaganliklari haqida xabar berishdi. O'zbekiston Transparency International tashkilotining 2023-yilgi reytingida 100dan 33 ball bilan 180 davlat ichida 121-o'rinni egallagan edi.
Agentlik reytingida negadir Ta'limni rivojlantirish markazini ko'rmadim. Markaz tasdiqlagan va markazning sobiq rahbari markazga tayinlanishidan oldin rahbarlik qilgan "Novda" xususiy nashriyoti yaratgan darsliklar keysi ilgariroq xuddi o'sha Transparency International tashkilotining maxsus hisobotiga kiritilgan edi.

👍9🤔1
Taʼlimda "oʻzidan koʻpayayotgan" tashkilotlar: endi "oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi" tashkil etiladi. Keyingi navbatda qanday markaz / agentlik tashkil etiladi deb oʻylaysiz?
Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
🤯14👏1
Umuman olganda, "oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi" tashkil etish, fanlarni ingliz tilida oʻqitadigan maktablar ochish rejalari, menimcha, barcha uchun sifatli umumiy taʼlimni taʼminlash oʻrniga taʼlimda "tanlanganlar" va "oddiylar" oʻrtasidagi shundoq ham katta jarlikni yanada kengaytirish, tengsizlikni kuchaytirish siyosati davom etishidan darak beradi. Afsus.
🤯15👍7🤬7🔥1
Taqdimotdagi yana bir qiziq maʼlumot. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzurida "Fan kengashlari" tuziladi. Bu kengashlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, baholash tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga jalb qilinadi.
Eʼtibor berilsa, oxirgi paytlarda taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni - qonundan tortib farmon-u qarorlarni chetga surib, hujjatlarda belgilanmagan munosabatlarni yuzaga keltirish orqali xaos yaratilmoqda. Uzoqqa bormaylik, "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunga amal qilinmayotganiga bir yildan oshdi. Farmon bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dastur"ni amalga oshirishga masʼullar ham mazkur dasturni buzib yotishibdi.
"Fan kengashlari" tuzish taklifini ham shunday xaos yaratish yoʻlida navbatdagi qadam sifatida koʻrish mumkin. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti, tayanch va variativ o‘quv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish, fanlarni o‘qitish metodikasi va o‘quvchilar bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish - qonunchilik boʻyicha vazirlik huzuridagi Respublika taʼlim markazining bevosita vazifasi. Oʻqituvchilar kasbiy mahoratini oshirish - Avloniy instituti va pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish markazlarining vazifasi. Shunday ekan, "Fan kengashlari" tuzish va ularni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga biriktirishdan muddao nima? Shunchaki vazir mazkur lavozimga tayinlanishidan oldin agentlik rahbari boʻlib ishlagani uchunmi?
Umuman, oxirgi paytlarda agentlikning "ketmoni uchyapti" deyish mumkin. Agentlik huzuridagi markaz bir aylanib butun taʼlim tizimi pedagoglari attestatsiyasi uchun savollar tuzadigan organga aylandi, xuddi shu markaz muammolari koʻp boʻlgan "yangi baholash tizimi"ni butun respublikaga joriy qilmoqchi, mana endi agentlik huzuridagi "Fan kengashlari" taʼlim dasturlari, baholash va metodikaga masʼul boʻladi. Lekin agentlikka bu qadar koʻp vakolatlar berish, butun taʼlim tizimini ishonib topshirish qay darajada oʻzini oqlaydi? Agentlik shu paytgacha oʻz tizimida qanday natijalar koʻrsatdi? Prezident maktablarining koʻz-koʻz qilinayotgan muvaffaqiyati - "oddiy maktablar" bilan solishtirilganda ulkan byudjet va Kembrij dasturlari natijasi. Al Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek yoki Ibn Sino nomidagi maktablar muvaffaqiyati zamirida ham ulkan byudjet va imtiyozlar yotibdi, menimcha. Xoʻsh, agentlikning oʻz hissasi qani bu yerda?
Taʼlimda xaos yana qancha davom etarkin? Qachon har xil "vitrina" loyihalar va koʻzboʻyamachilik bilan emas, fundamental muammolarni hal qilish bilan shugʻullana boshlaymiz?

😢16👍6
Oʻquv yilining yangi choragi boshlandi. Farzandlariga darslik yetmagan ota-onalar darslik qidirib ovora.
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini "fin standartlari asosidagi darsliklar" bilan taʼminlash uchun 2023-2024 yillar byudjetidan 2,8 trln soʻm ajratilganmidi?

🤯9
-Ko‘chamni asfalt qilib bering?
-Ovoz yig‘ib kel.
-Maktabimni ta'mirlab bering?
-Ovoz yig‘ib kel.
-Kasalxonamizni yaxshilab bering?
-Ovoz yig‘ib kel.
-Hokim-u vazirlarga ham ovoz bersak-chi?
-Senlar hali ovoz berishga tayyormassilar...
Najmiddin Ermatov
Suratda: Registon maydonida (Samarqand) bitta ovozga 20 ming soʻm yoki naushnik taklif qilayotgan "open budget"chilar

😢20👏5🔥2👍1
Tanishlarning aytishiga qaraganda, ayrim mahallalarda oilalardan 200 ming soʻmdan (qaysidir mahallarda koʻproq yoki kamroq boʻlishi ham mumkin) yigʻilmoqda ekan - odamlar mana bunday koʻchalarda ovoz yigʻishi uchun. Jurnalist Ilyos Safarov tibbiyot xodimlarining "open budget"ga ovoz yigʻib yurishi haqida, "Xalq taʼlimi info" kanali pedagoglarning ovoz yigʻishga majburlanishi haqida yozdi.
Men bir narsani tushunmayman. Davlat byudjetini xalq saylagan vakillar - deputatlatlar taqsimlashi kerak. Xalq pulini adolatli taqsimlash - ularning bevosita vazifasi. Xoʻp, bu vazifani bevosita xalq oʻz qoʻliga olar ekan, parlament oʻz vazifasini bajara olmayapti deganimi bu? Unda parlamentning nima keragi bor, soliq toʻlovchilar 150ta deputat va 100ta senatorga nima uchun pul toʻlayapti?
Yana bir narsa. Sogʻliqni saqlash va taʼlim - davlatning xalq oldidagi birlamchi majburiyati. Konstitutsiyada belgilangan majburiyati. Infrastruktura (yoʻllar, ichimlik suvi, kanalizatsiya va hokazo) ham davlatning majburiyati. Bu majburiyatni bajarish uchun aholidan soliqlar undiriladi. Yaʼni, mohiyatan, xalq allaqachon taʼlim uchun, soliqni saqlash uchun, infrastruktura uchun pullarni soliq shaklida toʻlab boʻlgan. Xoʻsh, unda nega bu narsalar uchun xalq yana koʻchalarga chiqib ovoz yigʻishi kerak, ovozlar jalb qilish uchun pul toʻlashi kerak. Nega, masalan, har xil dabdabali forumlar uchun, hokimlar-u yordamchilarining qimmatbaho mashinalari uchun, haddan ziyod bolalab ketgan va tayinli foydasi koʻrinmayotgan tashkilotlarni taʼminlash uchun ular chiqib ovoz yigʻmaydi-da, xalq soliqlar vositasida pul toʻlab qoʻygan xizmatlarni olishi uchun sarson boʻlishi kerak?
Va eng muhimi. Konstitutsiya boʻyicha, Oʻzbekiston - ijtimoiy respublika. Demak, birinchi navbatda davlat pulni ijtimoiy majburiyatlarini taʼminlash uchun yoʻnaltirishi kerak emasmi? Jamshid Muslimov yozganidek, respublikada ovozlar muboqil gʻoyalar, prioritetlar, yechimlar uchun berilishi kerak emasmi? Jadidlar "orzu qilgan" respublikachilik shumi?
Men bir narsani tushunmayman. Davlat byudjetini xalq saylagan vakillar - deputatlatlar taqsimlashi kerak. Xalq pulini adolatli taqsimlash - ularning bevosita vazifasi. Xoʻp, bu vazifani bevosita xalq oʻz qoʻliga olar ekan, parlament oʻz vazifasini bajara olmayapti deganimi bu? Unda parlamentning nima keragi bor, soliq toʻlovchilar 150ta deputat va 100ta senatorga nima uchun pul toʻlayapti?
Yana bir narsa. Sogʻliqni saqlash va taʼlim - davlatning xalq oldidagi birlamchi majburiyati. Konstitutsiyada belgilangan majburiyati. Infrastruktura (yoʻllar, ichimlik suvi, kanalizatsiya va hokazo) ham davlatning majburiyati. Bu majburiyatni bajarish uchun aholidan soliqlar undiriladi. Yaʼni, mohiyatan, xalq allaqachon taʼlim uchun, soliqni saqlash uchun, infrastruktura uchun pullarni soliq shaklida toʻlab boʻlgan. Xoʻsh, unda nega bu narsalar uchun xalq yana koʻchalarga chiqib ovoz yigʻishi kerak, ovozlar jalb qilish uchun pul toʻlashi kerak. Nega, masalan, har xil dabdabali forumlar uchun, hokimlar-u yordamchilarining qimmatbaho mashinalari uchun, haddan ziyod bolalab ketgan va tayinli foydasi koʻrinmayotgan tashkilotlarni taʼminlash uchun ular chiqib ovoz yigʻmaydi-da, xalq soliqlar vositasida pul toʻlab qoʻygan xizmatlarni olishi uchun sarson boʻlishi kerak?
Va eng muhimi. Konstitutsiya boʻyicha, Oʻzbekiston - ijtimoiy respublika. Demak, birinchi navbatda davlat pulni ijtimoiy majburiyatlarini taʼminlash uchun yoʻnaltirishi kerak emasmi? Jamshid Muslimov yozganidek, respublikada ovozlar muboqil gʻoyalar, prioritetlar, yechimlar uchun berilishi kerak emasmi? Jadidlar "orzu qilgan" respublikachilik shumi?
Telegram
Jalilov. Qaydlar
-Ko‘chamni asfalt qilib bering?
-Ovoz yig‘ib kel.
-Maktabimni ta'mirlab bering?
-Ovoz yig‘ib kel.
-Kasalxonamizni yaxshilab bering?
-Ovoz yig‘ib kel.
-Hokim-u vazirlarga ham ovoz bersak-chi?
-Senlar hali ovoz berishga tayyormassilar...
Najmiddin Ermatov…

👍24🔥9
Yana "open budjet" haqida
Ko‘chadagi g‘ala-g‘ovurdan charchab uyga kelsam, 2-kursda o‘qiydigan o‘g‘lim xonasida boshini ushlab o‘ylanib o‘tirgan ekan. Go‘yoki butun dunyo g‘ami shuning bo‘ynida. Uni hecham bunaqa xolatda ko‘rmaganim uchun hayron bo‘ldim. Yo birorta qizni yaxshi ko‘rib qoldimikan a boyaqish...
— Ha, tinchlikmi?
— Tinchlik... Menga 3 ta ovoz kerak.
— Nima?! Qanaqa ovoz?
— Dekanimiz hozirgina qo‘ng‘iroq qilib, har bir guruh sardoriga 3 tadan ovoz yuklanganini, men ham harakatimni qilishimni aytdi. Guruh sardoriman-ku...
— Axir hamma ovoz berib pulini, yog‘ini olib bo‘ldi-ku. Qaerdan topasan 3 ta ovozni?
— Shunga o‘ylanyapman-da. Ovoz topmasam, semestrda bahoyimni ololmay qiynalmasam bo‘ldi...
Bu qanaqasi? Ayni o‘qishi, izlanishi kerak bo‘lgan talaba ham o‘sha "open byudjet"ga ovoz topolmay sarson bo‘lishi qoluvdi endi. Qachon shu mashmashadan qutulamiz ekan a? Borgan sari battar bo‘lib ketyapti-ku... Hayolimni qo‘ng‘iroq ovozi buzdi. O‘g‘lim qo‘l telefonini ko‘targan edi, o‘sha tomondagi ovoz aniq-tiniq eshitildi: “Ovozni tezroq toping, mas’uliyatli bo‘ling, uka. Dushanbagacha 3 ta ovoz topishingiz shart!”
Xolida Egamberdieva,
Ishonch. Uz
Manba

👍18😢7
Mutolaa uchun tavsiya: "Karkidonlar" (Ejen Ionesku)
Tasavvur qiling: siz taniydigan insonlar karkidonga aylangan, hali inson qiyofasida qolayotganlari ham "karkidonlashuv" naqadar ajoyib ekanligini aytib, birin-ketin karkidonga aylanishmoqda. Siz nima qilgan boʻlardingiz: "qatordan qolmaysiz"mi yoki ...?
Fransuz-rumin yozuvchisi va dramaturgi Ejen Ioneskuning "Karkidonlar" pyesasida kichik bir shaharchada shunday gʻaroyib hodisa sodir boʻladi. Bosh qahramon esa yuqoridagi savol qarshisida qoladi.
Asarni "hazm" qilish birmuncha qiyin boʻlishi mumkin - u biz oʻrgangan odatiy sahna asarlaridan farq qiladi. Asar olomon psixologiyasini, insonni individuallikdan mahrum qilish mexanizmlari qanday ishlashini noodatiy ramzlar orqali koʻrsatib beradi.

🔥16👍4
Davletovuz'ning yozishicha, kecha Turkiyada mahalliy saylovlar natijalariga mamlakatdagi iqtisodiy ahvol tufayli Erdog'andan charchagan saylovchilarning kayfiyati ta'sir qilgan - muxolifat yetakchilikka erishgan.
Afsuski, O'zbekistonliklarda o'z kayfiyatini bunday ifodalash imkoniyati mavjud emas - mustaqillikning 33-yili va "yangi" deyilayotgan davrning 8-yiliga kelib mamlakatda amaldagi ijro hokimiyatini tanqid qila oladigan, muqobil g'oyalar, yechimlar taklif qila oladigan, xarakatlarini taftish qila oladigan siyosiy partiya hali ham mavjud emas.
O'tgan yil natijalari bo'yicha byudjet defitsiti 59 trln so'mni tashkil qildi. Bu - "yangi" deyilayotgan davr uchun rekord deyishmoqda. Lekin joriy yilning 11 marti holatiga bo'lgan defitsitga qaralsa, bu yil o'tgan yilgi rekord ham yangilanadiganga o'xshaydi. Mohiyatan agentlik va markazlarni vazirliklar ichiga yashirish, "super" "va-va-vazirliklar" tuzishdan iborat bo'lgan "ma'muriy islohotlar" davlat boshqaruviga ketadigan xarajatlarni kamaytirish o'rniga oshirdi. Birgina ta'lim sohasida mas'ul idoralar "ma'muriy islohotlar"dan oldingi davrga qaraganda ko'paysa ko'paydi-ki, aslo kamaymadi.
O'zini yaxshi ko'radigan semizgina hukumat esa bu xarajatlarni keraksiz idoralarni va boshqaruvchilarni qisqartirish emas, eng pastdagilarni qisqartirish hisobiga qoplamoqchi ko'rinadi: ta'lim va sog'liqni saqlashda bir qancha lavozimlar qisqartirilib, poliklinika va tez tibbiy yordamlarni "optimizatsiya" qilib, qanchadir mablag' iqtisod qilinishi haqida xabarlar yuribdi.
Bundan tashqari, avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar 68 (!) baravarga oshirildi. Avtomobillar toifalarga ajratilib, ekozonalarga kirish uchun jarimalar joriy etiladi. Avtomobillar importi tartibi kuchaytirilishi kutilmoqda. Bularning bari, nazarimda, ekologiya yoki iste'molchilar manfatlari niqobi ostida tagi ko'ringan g'aznani yana o'sha sho'rpeshona soliq to'lovchilar hisobiga to'ldirish urinishlaridan boshqa narsa emas.
Ha, Turkiyada saylovchilar o'z kayfiyatlarini bildirishdi. Hatto prezident "xalq irodasini hisobga olish"ga va'da berdi. Bu - Turkiyada.

davletovuz
Кеча Туркияда маҳаллий сайловлар бўлиб ўтди. Дастлабки натижаларга кўра, турк сайловчиларининг кайфияти ўзгарган.
Эрдоған ҳокимиятга келганидан бери унинг партияси илк марта бундай катта мағлубиятга учраган. Мухолифат нафақат анъанавий ўзи етакчилик қиладиган…

👍8😢3🔥1🤬1
Mana o'sha - ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan sog'liqni saqlashda bir qancha lavozimlar qisqartirilish, poliklinika va tez tibbiy yordamlarni "optimizatsiya" qilish evaziga qanchadir mablag' iqtisod qilinishi haqidagi hujjat nusxasi.
🤬4👍2
AOKA binosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda ekan. Negadir vazirlik yoki uning matbuot xizmati rahbari kanallarida bu anjuman boʻlishi haqida oldindan eʼlon koʻrmadim - vazirlikka bir qancha savollarim bor edi.
Va odatdagidek, anjumanda vazir Hilola Umarovani koʻrmayapman.
Va odatdagidek, anjumanda vazir Hilola Umarovani koʻrmayapman.
Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Jonli_efir
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani boshlandi.
👉 Jonli efirni quyidagi…

🔥5🤯3