GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
49 files
3.68K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik | #Seminar_trening 🇷🇺🇺🇿

Guliston davlat pedagogika institutida Rossiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan seminar-treninglar o‘tkazildi.


Joriy yilning 8-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik doirasida Qozon federal universiteti Elabuga instituti dotsentlari f.f.n. Kormiltseva Alevtina Leonidovna hamda f.f.n. Tarasova Ayziryak Nailevna tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun seminar-trening darslari tashkil etildi.

O‘tkazilgan seminar-treninglar davomida Rossiya va O‘zbekiston davlatlarining ta'lim sohasidagi hamkorliklari, Qozon federal universiteti Elabuga institutining ilmiy salohiyati, undagi professor va talabalar kontingenti, darsning ilmiy va metodik asoslari va bu boradagi dunyo tajribasi kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi. Shuningdek, turli xil metodik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
#xalqaro_hamkorlik | #Rossiya

🇺🇿🇷🇺GulDPI vakillarining Qozon federal universiteti Elabuga institutidagi malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat pedagogika institutining 10 nafar professor-o‘qituvchilari Rossiyaning Qozon shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.

Bugun institutimiz vakillari QFU Elabuga instituti rahbariyati, jumladan direktor E.E. Merzon va institutning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.P. Mixaylova bilan uchrashib, turli xil sohalar kesimida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.

Shuningdek, kun so‘ngida o‘qituvchilarimiz QFU EI kolleji muhandislik-texnologiya bo'limi faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishdilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#xalqaro_hamkorlik 🇷🇺🇺🇿
GulDPI da xorijlik professorlar dars o‘tmoqda

Guliston davlat pedagogika institutida dars berayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar soni ko‘paymoqda.

Joriy yilning 20-noyabr kuni Rossiyaning Qozon federal universiteti Elabuga institutidan yana 3 nafar soha mutaxassislari institutning o‘quv jarayonlariga jalb etildi. Jumladan, Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalariga p.f.n. Axtariyeva Raziya Fayziyevna "Rus tili praktikumi", f.f.n, dotsent Danilova Yuliya Yuryevna "Mutaxassislikka kirish" fanlaridan, Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabalariga esa QFU EI o‘qituvchisi Lyubimova Yelena Mixaylovna "Boshlang‘ich ta'limda axborot texnologiyalari" fanidan ma'ruzalar o‘qishdi.

Bu kabi ma'ruza va mahorat darslari talabalarimiz o'z sohasining mutaxassisi bo'lishida o'quv dasturlarimizga mos ravishda jahon tajribasi va xorijiy ta'lim texnologiyalari, metodikalarini ham o'rganishida ulkan ahamiyat kasb etadi.

🕊Telegram | 📺YouTube
📱Instagram | 📱Facebook
#grant
#platforma

Ilmiy grant izlayapsizmi?
Pivot-RP xalqaro grantlar bazasi sizga yordam beradi!

📥 Saytga havola: https://pivot.proquest.com

#xalqaro #PivotRP

🌟@researchwork_official
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇨🇳
#GulDPI_hamda_Xitoylik_hamkorlar

🌐Bugun GulDPI rahbariyati hamda Xitoyning “Peng-Sheng qoʻshma korxonasi direktori JI QIUHAI” ishtirokidagi uchrashuv tashkil etildi. Muloqot chogʻida ikki tomonlama sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari, xususan taʼlim, fan va innovatsiyalarning muhim yo‘nalishlarida investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

📎Olib borilgan muzokaralar davomida o‘zaro hamkorlikni izchil kengaytirish maqsadida bir qator kelishuvlarga erishildi.

➡️Kelishuvlar doirasida kelgusida korxonaning mavjud imkoniyatlaridan institut talabalari uchun amaliyot jarayonlarini tashkil etish, professor-oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish yuzasidan stajirovkalarini yoʻlga qoʻyish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇨🇳
#GulDPIda_xitoylik_hamkorlar

🗣Guliston davlat pedagogika institutiga Xitoy Xalq Respublikasidagi “Zechang senxin taʼlim texnologiyalari” taʼlim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona vakillari tashrif buyurdi.

💬Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kimyo, fizika hamda biologiya oʻquv laboratoriyalarining jihozlanganligi bilan yaqindan tanishtirildi.

🤝Olib borilgan muzokaralar davomida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasidagi "
“Zechang senxin ta'lim texnologiyalari” taʼlim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Muzokaralar davomida kelgusida institutda zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, ularni ilgʻor tajribalar asosida hamkorlikda jihozlash, xorijiy stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇨🇳
#GulDPIda_xitoylik_hamkorlar

🗣Guliston davlat pedagogika institutiga Xitoy Xalq Respublikasidagi “Zechang senxin taʼlim texnologiyalari” taʼlim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona vakillari tashrif buyurdi.

➡️Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

📊Olib borilgan muzokaralar davomida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasidagi "
“Zechang senxin ta'lim texnologiyalari” taʼlim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM