#seminar_trening
🔸 Joriy yilning 21-sentabr kuni GulDPIning talabalar turar joyidagi yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilmiy seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi mutaxassislari tomonidan yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ilmiy-ishlarni tashkillashtirish va yo‘naltirish to'g'risida ma'lumotlar berildi.
✔️ Shuningdek, Sirdaryo yoshlar texnoparki direktori Baxodir Kushiyev texnopark faoliyati, yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tdi va talabalarni hamkorlikka chorladi. Tadbir davomida iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi faoliyati, GulDPI yoshlar akademiyasi liderlari tanishtirildi va ularning faoliyati haqida tushuntirishlar berildi.
📘 Institutda tashkil etilgan “Informatika” va “Ingliz tili” kurslari haqida taqdimotlar namoyish etildi va ma'lumotlar berildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website

#Seminar_trening
✅ KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son hamda 2022-yil 12-yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarorlari ijrosi yuzasidan tizim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini o‘rganish bo‘yicha bugun Guliston davlat pedagogika institutida 2-bosqich guruh sardorlari ishtirokida “Korrupsiya - taraqqiyotga qarshi jinoyat!” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
📰Seminar-trening davomida talabalar KQK xodimlari tomonidan tayyorlangan anonim, so‘rovnomalar bajarishdi. Shuningdek, guruh sardorlari korrupsiyaviy xolatlar bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat etishdi.
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website

#Xalqaro_hamkorlik | #Seminar_trening 🇷🇺🇺🇿
Guliston davlat pedagogika institutida Rossiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan seminar-treninglar o‘tkazildi.
Joriy yilning 8-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik doirasida Qozon federal universiteti Elabuga instituti dotsentlari f.f.n. Kormiltseva Alevtina Leonidovna hamda f.f.n. Tarasova Ayziryak Nailevna tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun seminar-trening darslari tashkil etildi.
O‘tkazilgan seminar-treninglar davomida Rossiya va O‘zbekiston davlatlarining ta'lim sohasidagi hamkorliklari, Qozon federal universiteti Elabuga institutining ilmiy salohiyati, undagi professor va talabalar kontingenti, darsning ilmiy va metodik asoslari va bu boradagi dunyo tajribasi kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi. Shuningdek, turli xil metodik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.