GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
13K photos
1.5K videos
50 files
4.5K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#vazir_yoshlar_uchrashuvi

⚡️I.Abdurahmonov Singapurda tahsil olayotgan va ilmiy tadqiqot olib borayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi

Muloqotda yoshlar oʻzlarini qiynayotgan muammolar, erishilgan yutuqlari va oʻz takliflari bilan oʻrtoqlashdilar. Jumladan, vazirlik huzurida ekspert kengashini tuzish, yoshlarni xorijiy davlatlarga taʼlim olish uchun yuborishda konsalting xizmatini koʻrsatuvchi kompaniyalar rolini qaytadan koʻrib chiqish takliflari bildirildi. Sohani rivojlantirish, yoshlarni bilim olish va ilmiy faoliyatga keng jalb qilish borasida ham fikr almashildi.

Oʻz navbatida, faol yoshlarning ilmiy, innovatsion faoliyatdagi yutuqlari eʼtirof etilib, 4 nafar talabaga Yoshlar akademiyasining aʼzolik sertifikati topshirildi. Akademiyaga aʼzolik ushbu yoshlar uchun startap gʻoyalarini rivojlantirish, ilmiy loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#vazir_tabrigi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov vazirlik tizimi vakillari, professor-oʻqituvchilar hamda talabalarga tabrik yoʻlladi

— “Navroʻzi olam xonadonlarga shodlik va xurramlik baxshida etadi. Yangi Oʻzbekistonga ilmli, maʼrifatparvar insonlar kerak. Ilmga tashna xalqimizning har kuni yangi bilim olish, yangi tajriba orttirish, yangi koʻnikmalarni egallash bilan oʻtsin. Bilim, tajriba, qobiliyat va salohiyatlarimizni ulugʻvor maqsadlar sari yoʻnaltirishimizga ishonaman.

Uch ming yillik tarixga ega Navroʻz ayyomida tinchlik-osoyishtalik, yurt ravnaqi yoʻlidagi barcha ezgu tashabbuslaringizga katta muvaffaqiyatlar tilayman!


👉https://www.edu.uz/uz/news/view/5216

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
Ta’lim sifatini oshirish orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqamiz – vazir

21-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarishlar qilish, ta’lim sifatini oshirish, professional va oliy ta’lim muassasalarini ish beruvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish choralari hamda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar o‘rin oldi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6478

#vazir #yig‘ilish #ustuvor_vazifalar

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍3👏1🎉1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_ochiq_muloqot

⚡️ Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi?


Qachon rektorlarni jamoatchilik saylaydi?

Taʼlim granti har yili qayta taqsimlansa, poraxoʻrlik avj olmaydimi?

Nega sirtqi taʼlimdan voz kechilmoqda?

Ushbu savollarga Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov suhbatida javob olishingiz mumkin.

🎬 Videoni Full HD formatda koʻrish

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#e’lon
#vazir_yoshlar
#ochiq_muloqot

30-iyun – “Yoshlar kuni”ni keng nishonlash hamda yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, 21-iyun kuni Yoshlar ijod saroyidaVazir va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Unda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif, muammo, loyiha va tashabbuslar shaxsan vazirlar tomonidan joyida o‘rganilib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍2
Forwarded from Edu.uz
#live #forum #vazir_nutqidan

Istiqboldagi o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishlari qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishdir


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘zaro munosabatlarda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, birgalikda o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratish muhimligi qayd etdi.

– Bugungi kabi qo‘shma konferensiya, seminar va forumlarning o‘tkazilishi ilg‘or tajriba almashish, universitetlarimiz o‘rtasidagi do‘stona va kasbiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Istiqboldagi o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishlari qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishdir.

Bularning barchasi mamlakatlarimizga zamonaviy jamiyat oldida turgan murakkab vazifalarni birgalikda hal etish va barqaror rivojlanishni ta’minlash imkonini beradi, – dedi vazir Q. Sharipov.


Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

Oliy va professional ta’lim sohasida koreyalik mutaxassislar O‘zbekistonga jalb qilinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yonni qabul qildi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishi bo‘lgan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qildi.

Batafsil...

👉 In English
👉 На русский

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6
Forwarded from Edu.uz
#xalqaro_anjuman #vazir

“Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi


Joriy yilning 17–25-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur konferensiyada YUNESKOning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Sara El Attar, Buyuk Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakilligi direktori Deniz Voddingxem ishtirok etmoqda.

Tadbirni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z nutqi bilan ochib berdi:
– So‘nggi yillardagi oliy ta’lim tizimida asosiy e’tibor mamlakatimiz yoshlarini ta’lim olishi uchun keng imkoniyat va zarur sharoit yaratishga qaratildi. Biz ekologiya, qishloq xo‘jaligi, energetika, tibbiyot, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va mashinasozlik kabi strategik muhim sohalarda ilmiy-tadqiqot va ta’lim loyihalarini amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25136

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#sport #voleybol #vazir_kubogi

Guliston davlat universitetida sportning voleybol turi bo‘yicha viloyatdagi mavjud oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasi oldidan, Guliston davlat universiteti va Guliston davlat pedagogika instituti talaba qizlari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi ikkala jamoa uchun ham keyingi musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍51❤‍🔥1🎉1
Forwarded from Edu.uz
#vazir

Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi raisi etib saylandi


Toshkent shahrida Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Assotsiatsiya raisi etib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov saylandi.

Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi — talabalar, oʻqituvchilar va oliygoh xodimlari oʻrtasida sportni ommalashtirish, yuksak mahoratli sportchilar zaxirasini shakllantirish va sport infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46733

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5🎉2
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2025 #Jarayon #Vazir

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri test jarayonlarini ko‘zdan kechirdi

14-iyuldan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan test sinovlarining shaffof, adolatli va yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

14–23-iyul kunlari testda ishtirok etish uchun ruxsatnomasi shakllangan 671 397 nafar abituriyentning bilimi sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, sinovlarning ochiqligini ta’minlash maqsadida 3 mingdan ortiq jamoatchilik nazoratchilari jalb etilgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri test jarayonlarining borishini ko‘zdan kechirar ekan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Talabalikka qabul asnosida eng bilimli va munosib nomzodlarni saralab olish uchun sinovning shaffof va adolatli o‘tishi muhim ekanligini ta’kidlab, mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, har bir abituriyent imtihon kuni, vaqti hamda manzili haqidagi ma’lumotni my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram