GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.9K photos
1.46K videos
50 files
4.42K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Forum

Jahon banki guruhi Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi ishtirokida “Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida “Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash tizimini takomillashtirish” mavzusiga bagʻishlangan forumi oʻz ishini boshladi.

Forumni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov ochib berdi.

– Soʻnggi yillarda oliy taʼlimdagi islohotlar tufayli respublikamizda oliy taʼlim qamrovi 38 foizga yetdi, talabalar soni 4 baravarga oshdi. Buni gapirish oson, ammo raqamlarning ortida 100 minglab yoshlarning hayoti kelajagi turibdi. Jahon Banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha doirasida oliy taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha Tashqi taʼlim sifatini nazorat qilish hamda Ichki taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Mazkur loyiha natijalari oliy taʼlimdagi sifatni yangi bosqichga koʻtarishga, oliygohlar tomonidan iqtisodiyotimiz uchun zarur yetuk mutaxassislarni yetkazib berilishiga xizmat qiladi.



Форум на тему «Совершенствование системы обеспечения качества в высшем образовании» начал свою работу в рамках проекта «Модернизация высшего образования» с участием Международной ассоциации развития Группы Всемирного банка.

Форум открыл первый заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Комилжон Каримов.

– Благодаря реформам качества высшего образования в последние годы охват высшим образованием в нашей республике достиг 38%, количество студентов увеличилось в 4 раза. За цифрами стоит будущее сотен тысяч жизней молодых людей. В рамках проекта, осуществляемого совместно со Всемирным банком, проведена работа по обеспечению качества высшего образования, направленная на контроль качества Внешнего образования и обеспечение качества Внутреннего образования. Результаты проекта служат поднятию качества высшего образования на новый уровень, обеспечению вузами специалистов, необходимых нашей экономике.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍3
Forwarded from Edu.uz
#live #forum #vazir_nutqidan

Istiqboldagi o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishlari qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishdir


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘zaro munosabatlarda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, birgalikda o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratish muhimligi qayd etdi.

– Bugungi kabi qo‘shma konferensiya, seminar va forumlarning o‘tkazilishi ilg‘or tajriba almashish, universitetlarimiz o‘rtasidagi do‘stona va kasbiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Istiqboldagi o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishlari qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishdir.

Bularning barchasi mamlakatlarimizga zamonaviy jamiyat oldida turgan murakkab vazifalarni birgalikda hal etish va barqaror rivojlanishni ta’minlash imkonini beradi, – dedi vazir Q. Sharipov.


Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
#forum #xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

Germaniya ta’lim standartiga asoslangan kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan anjuman tashkil etildi


20-yanvar kuni Turin politexnika universitetida “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy ta’limga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Zayniddin Xudoyberdiyev, Germaniyaning “AVESTOS” GmbH kompaniyasi bosh direktori Klaus Mixel boshchiligidagi delegatsiya, Toshkent shahar, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi kasbiy ta’lim tashkilotlarining rahbarlari, tuman (shahar) hokimliklari va yirik ish beruvchi korxona hamda tashkilotlar vakillaridan iborat 300 dan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Forum davomida Prezidentning 158-son Farmoniga muvofiq kasbiy ta’lim tizimida malakali kadrlarni tayyorlash hamda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha Germaniyaning “AVESTOS” GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, loyihani yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33509

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #xalqaro_hamkorlik #forum #memorandum

📹O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 dan ortiq shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from Edu.uz
#XalqaroAnjuman #Taʼlim #Forum #London

Butunjahon ta’lim forumi: O‘zbekiston delegatsiyasi muhim kelishuvlarga erishdi

Londonda o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etib, “QS” agentligi sammitini 2025 yilda O‘zbekistonda o‘tkazish va xorijiy talabalarni jalb qilish dasturini ishlab chiqishga kelishildi.

“Pearson Education Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda 14 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 2025/2026-o‘quv yilida 1680 nafar o‘quvchi 15 ta mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladi, BTEC modullari esa milliy dasturlarga integratsiya qilinadi.

Batafsil: https: //gov.uz/oz/edu/news/view/56069

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏1