Forwarded from Edu.uz
#forum #xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim
Germaniya ta’lim standartiga asoslangan kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan anjuman tashkil etildi
20-yanvar kuni Turin politexnika universitetida “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy ta’limga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Zayniddin Xudoyberdiyev, Germaniyaning “AVESTOS” GmbH kompaniyasi bosh direktori Klaus Mixel boshchiligidagi delegatsiya, Toshkent shahar, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi kasbiy ta’lim tashkilotlarining rahbarlari, tuman (shahar) hokimliklari va yirik ish beruvchi korxona hamda tashkilotlar vakillaridan iborat 300 dan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Forum davomida Prezidentning 158-son Farmoniga muvofiq kasbiy ta’lim tizimida malakali kadrlarni tayyorlash hamda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha Germaniyaning “AVESTOS” GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, loyihani yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33509
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤1👍1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_taʼlim #xalqaro_hamkorlik #davra_suhbati
O‘zbekistonda dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
12-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Shveysariya hukumatining VET4UZ loyihasi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining TexVET loyihasi hamda DC dVET bilan hamkorlikda kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35953

👍4
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2025
#Kasbiy_taʼlim
Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami 311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
✔️Shundan:
➖ davlat granti asosida — 205 729 ta;
➖ to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta.
Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi.
Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota (to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota (shundan 66 484 ta grant) ajratilgan.

🏆3❤2