GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
49 files
3.67K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

🔰Hukumat qarori (559-son, 03.10.2022 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan masofaviy ta’lim orqali oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlashni tashkil etish tartibi belgilandi.

▪️Buning uchun ta’lim tashkilotida quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:

- masofaviy ta’limni boshqarish uchun “Learning Management System” platformasi;
- internetga ulanish va foydalanish uchun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
- o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti;
- fanlarning elektron o‘quv-metodik majmualari hamda ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi;
- kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
- texnik va dasturiy komponentlar ishlashini ta’minlaydigan muhandis-texnik xodimlar;
- ta’lim tashkilotiga tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
- ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborotlar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.

🗓 Masofaviy ta’lim joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari har yili 1 aprelgacha e’lon qilinadi.

❗️Masofaviy ta’lim asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.

🔹Bunda:
- mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi;
- talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi.

Masofaviy ta’limda o‘qishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim tashkilotiga kelishi shart:

- o‘quv jarayoni boshlanishidan avval – LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun;
- har semestr yakunida – yakuniy nazorat topshirish o‘tish uchun.

📌 Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy ta’lim tashkilotida an’anaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Masofaviy ta’lim shakli to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi

🔰Hukumatning “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

➡️ Mazkur mukofot bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fuqarolar ragʻbatlantiriladi.

✔️ Koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan shaxslarga 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.

➡️ Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

📌 Shuningdek, mukofotlangan shaxslarga BHMning toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

❗️Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

Prezident qarori bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Shuningdek, oʻzbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.
✍️✍️✍️

Постановлением Президента начиная с 2023/2024 учебного года будет учреждена государственная стипендия имени Захириддина Мухаммада Бабура для студентов высших образовательных учреждений по направлениям «история» и «география».

Также будет создана международная научная электронная платформа по бабуроведению и ее мобильное приложение на узбекском, русском и английском языках.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
​​#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Talabalar uchun har oylik stipendiya toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (19.05.2023-y., 206-son) qabul qilindi.

Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:

➡️ axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
➡️ matematik statistika;
➡️ algoritmlash asoslari;
➡️ maʼlumotlarni qayta ishlash;
➡️ dasturlash tillari (Python);
➡️ ingliz tili;
➡️ qaror qabul qilish asoslari.

◀️ Oʻquv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.

Birinchi oʻquv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.

Taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Ushbu kurslarda oʻqish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMlariga akademik mobillik asosida bir yil muddatga koʻchiriladi.

Oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalar (tinglovchilar):

💰 ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida BHMning toʻrt baravari (1 mln 320 ming soʻm) miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib boriladi;

🏠 turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi;

🍱 oʻqishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi;

💻 taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;

🧑‍💻 IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi taʼminlanadi;

🧾 oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

2024/2025-oʻquv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, oliy taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;

litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish huquqi beriladi.

Shuningdek, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi.

2024-yil 1-yanvardan:

reyting davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha umumiy aniqlanadi;
soʻnggi 5-yil davomida reytingda birinchi 10 talik oʻrinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan:

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;
oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

2023/2024-oʻquv yilidan:

akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;

talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

2024/2025-oʻquv yilidan:

OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️ So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

🔰 Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan davlat rahbarining PF-213-son farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024-o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratiladi.

Shuningdek, Prezidentning PF-6108-son farmoniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi belgilandi.

Bunda joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Nomli davlat stipendiyalari soni 12 ta bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ayrim nomli davlat stipendiyalari joriy etilganligi munosabati bilan 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmonga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, mazkur farmon 2-bandi tahrirlanib, nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati yangilandi.

Jumladan, Prezidentning PQ–414-son hamda PQ–20-son qarorlariga muvofiq ro‘yxatga tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur, jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud nomli stipendiyalari kiritilib, ularning soni 12 taga yetdi.

Nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:

▪️texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;

▫️tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;

▪️gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;

▫️tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;

▪️tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;

▫️kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;

▪️tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;

▫️jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;

▪️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;

▫️Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;

▪️barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash tizimi raqamlashtirilib, ularga qator yengilliklar berilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar-joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376-son (14.08.2023-y) qarori qabul qilindi.

Qaror bilan davlat OTMlari talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga koʻra 2023/2024-oʻquv yilida:

1-kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda arizalar qabuli 20-avgustdan boshlanadi.

Bunda talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qoʻyiladi.

yuqori kurs talabalarini turar joyga joylashtirish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza OTM yotoqxonalariga joylashtirish komissiyasiga topshiriladi.

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmati markazlari yoki my.gov.uz orqali elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Prezident Farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat.

Birinchi yo‘nalish “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” deb nomlanib, unda ta’lim tizimi islohotlari bo‘yicha 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilandi.

Jumladan, oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:

yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkaziladi;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlanadi;
30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim” joriy etiladi;
10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishiladi;
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligi oshirilib, ilmiy salohiyat 70 foizga yetkaziladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
#strategiya2030

⚡️2030-yilgacha 150 ming o‘rinli talabalar turar joyi quriladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga binoan, oliy ta’lim muassasalarining tashkiliy boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash maqsadida:

5 ta oliy ta’lim muassasasi milliy tadqiqot oliygohlariga aylantiriladi;
qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joyi quriladi;
kutubxonalar kamida 1 millionta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirilib, kutubxona fondi to‘liq raqamlashtiriladi.

Shuningdek:
🔹yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida har yili 500 nafar iste’dodli yoshlar xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi;
🔸milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 85 foizga yetkaziladi;
🔹xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish maqsadida o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun 200 ta grant ajratiladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni olish uchun kvotalar soni oshiriladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan, yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ulushi kamida 60 foizga yetkazilib, ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi o‘rtacha 2 barobarga oshiriladi;
ilmiy, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yillik tanlovlar soni 20 taga yetkaziladi;
stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari soni 5 200 taga yetkaziladi.

#qonunchilik_yangiliklari #strategiya #ilmfan

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube