GulDPI. uz | Rasmiy
4.55K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.57K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

Prezident qarori bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Shuningdek, oʻzbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.
✍️✍️✍️

Постановлением Президента начиная с 2023/2024 учебного года будет учреждена государственная стипендия имени Захириддина Мухаммада Бабура для студентов высших образовательных учреждений по направлениям «история» и «география».

Также будет создана международная научная электронная платформа по бабуроведению и ее мобильное приложение на узбекском, русском и английском языках.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Edu.uz
​​#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Talabalar uchun har oylik stipendiya toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (19.05.2023-y., 206-son) qabul qilindi.

Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:

➡️ axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
➡️ matematik statistika;
➡️ algoritmlash asoslari;
➡️ maʼlumotlarni qayta ishlash;
➡️ dasturlash tillari (Python);
➡️ ingliz tili;
➡️ qaror qabul qilish asoslari.

◀️ Oʻquv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.

Birinchi oʻquv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.

Taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Ushbu kurslarda oʻqish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMlariga akademik mobillik asosida bir yil muddatga koʻchiriladi.

Oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalar (tinglovchilar):

💰 ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida BHMning toʻrt baravari (1 mln 320 ming soʻm) miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib boriladi;

🏠 turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi;

🍱 oʻqishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi;

💻 taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;

🧑‍💻 IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi taʼminlanadi;

🧾 oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

2024/2025-oʻquv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, oliy taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;

litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish huquqi beriladi.

Shuningdek, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi.

2024-yil 1-yanvardan:

reyting davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha umumiy aniqlanadi;
soʻnggi 5-yil davomida reytingda birinchi 10 talik oʻrinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan:

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;
oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

2023/2024-oʻquv yilidan:

akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;

talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

2024/2025-oʻquv yilidan:

OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️ So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

🔰 Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan davlat rahbarining PF-213-son farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024-o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratiladi.

Shuningdek, Prezidentning PF-6108-son farmoniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi belgilandi.

Bunda joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Nomli davlat stipendiyalari soni 12 ta bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ayrim nomli davlat stipendiyalari joriy etilganligi munosabati bilan 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmonga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, mazkur farmon 2-bandi tahrirlanib, nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati yangilandi.

Jumladan, Prezidentning PQ–414-son hamda PQ–20-son qarorlariga muvofiq ro‘yxatga tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur, jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud nomli stipendiyalari kiritilib, ularning soni 12 taga yetdi.

Nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:

▪️texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;

▫️tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;

▪️gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;

▫️tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;

▪️tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;

▫️kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;

▪️tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;

▫️jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;

▪️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;

▫️Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;

▪️barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash tizimi raqamlashtirilib, ularga qator yengilliklar berilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar-joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376-son (14.08.2023-y) qarori qabul qilindi.

Qaror bilan davlat OTMlari talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga koʻra 2023/2024-oʻquv yilida:

1-kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda arizalar qabuli 20-avgustdan boshlanadi.

Bunda talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qoʻyiladi.

yuqori kurs talabalarini turar joyga joylashtirish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza OTM yotoqxonalariga joylashtirish komissiyasiga topshiriladi.

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmati markazlari yoki my.gov.uz orqali elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
🔥1
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Prezident Farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat.

Birinchi yo‘nalish “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” deb nomlanib, unda ta’lim tizimi islohotlari bo‘yicha 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilandi.

Jumladan, oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:

yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkaziladi;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlanadi;
30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim” joriy etiladi;
10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishiladi;
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligi oshirilib, ilmiy salohiyat 70 foizga yetkaziladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍6
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
#strategiya2030

⚡️2030-yilgacha 150 ming o‘rinli talabalar turar joyi quriladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga binoan, oliy ta’lim muassasalarining tashkiliy boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash maqsadida:

5 ta oliy ta’lim muassasasi milliy tadqiqot oliygohlariga aylantiriladi;
qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joyi quriladi;
kutubxonalar kamida 1 millionta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirilib, kutubxona fondi to‘liq raqamlashtiriladi.

Shuningdek:
🔹yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida har yili 500 nafar iste’dodli yoshlar xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi;
🔸milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 85 foizga yetkaziladi;
🔹xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish maqsadida o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun 200 ta grant ajratiladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍8
Forwarded from Edu.uz
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni olish uchun kvotalar soni oshiriladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan, yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ulushi kamida 60 foizga yetkazilib, ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi o‘rtacha 2 barobarga oshiriladi;
ilmiy, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yillik tanlovlar soni 20 taga yetkaziladi;
stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari soni 5 200 taga yetkaziladi.

#qonunchilik_yangiliklari #strategiya #ilmfan

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi


“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–901-son, 01.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍7🎉1
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Taʼlim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi

“Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

🔴oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi;

🟣taʼlim krediti:

↪️oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

➡️oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

✔️Bunda taʼlim krediti:

☑️OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda;

▶️professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.

🗓2024/2025-oʻquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi


Akademiya Prezidentning “Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024-y.) bilan Oliy sport mahorati instituti negizida tashkil etiladi.

Qarorga koʻra, quyidagilar 2025/2026-oʻquv yilidan Akademiya huzuriga oʻtkaziladi:

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.


Sport sohasida natijalari yuqori boʻlgan davlatlarning yetakchi oliy sport-taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.

Shuningdek, sportchilarga xorijiy tillar va Oʻzbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda oʻrgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini oʻz ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillarni oʻqitish markazi tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍2
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 415-son (11.07.2024-y.) qarori tasdiqlandi.


Qaror bilan Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlandi.

Quyidagilar:
▪️oliy ta’lim tashkilotlari rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining tashkiliy hamda o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
▪️oliy ta’lim tashkilotlarining rahbar kadrlari zaxirasiga nomzodlarni maqsadli o‘qitishni tashkil etish;

bundan tashqari, oliy ta’lim tashkilotlari hamda akademik litseylar rahbar va pedagog kadrlarini:
🔹qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
🔸kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmlari hamda kasbiy rivojlantirish ta’lim dasturlarini joriy etish kabilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi.

Markazda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun “Filologiya va tillarni o‘qitish”, “Xorijiy til va adabiyot (tillar bo‘yicha)”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari tashkil etilishi belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Endilikda ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilinganligi mustaqil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 415-son qarori tasdiqlandi.


Unga ko‘ra:

Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlandi.

institutning asosiy vazifalari va yangi tuzilmasi tasdiqlandi.

▪️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi.

▪️Shuningdek, hukumatning 797-son qarori (23.09.2019-y.) bilan tasdiqlangan nizomga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan:

malaka oshirishning muqobil shaklini bajargan tinglovchilardan mutaxassislik bo‘yicha mahorat darsini o‘tib berish majburiyati olib tashlandi;

masofaviy malaka oshirish kurslari tinglovchilariga kurs yakunidagi test sinovlari hamda bitiruv (loyiha) ishi himoyasiga onlayn ishtirok etishga ruxsat berildi;

xorijiy mamlakatlarda umumiy davomiyligi 4 hafta yoki 144 soat miqdoridan kam bo‘lmagan malaka oshirish yoki stajirovka o‘tash muqobil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi.

▪️Quyidagilar muqobil malaka oshirish shaklidan mustaqil malaka oshirish shakliga o‘tkazildi:

xorijiy mamlakatlarda qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovkalar;
pedagoglar tomonidan davlat buyurtmasi asosida yaratilgan ijodiy ishlar;
yakka mualliflikda tayyorlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalar;
ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiyalarning himoya qilinganligi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi


Bu haqda Prezidentning tegishli qarori tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlangan qator ilmiy-adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, turli tanlovlar tashkil etiladi. Jumladan:

🔠“Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulug‘bek ilmiy-ma’rifiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy-adabiy tadbirlar o‘tkaziladi;

🔠Samarqand shahrida 2024-yil 10–11-oktyabr kunlari “Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi;

🔠Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini tadqiq etishga oid ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilinadi;

🔠allomaning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida, “To‘rt ulus tarixi” nomli tarixiy asarining o‘zbek tiliga tarjimasi qayta nashr qilinadi;

🔠Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi;

🔠Shuningdek, 2024-yil oktyabr oyida:
ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida Mirzo Ulug‘bek asarlari nashrining taqdimotlari o‘tkaziladi;
Mirzo Ulug‘bek davriga oid asarlar qo‘lyozmalarining ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
Mirzo Ulug‘bek haqida yaratilgan “Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” nomli hujjatli film taqdimoti uyushtiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#qonunchilik_yangiliklari

Oliy ta’lim muassasalarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

“Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-421-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

2025/2026-o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:

🟢“Maktab ligasi”;
🟢“Talabalar ligasi” va “Oliy ta’lim kubogi”;
🟢“Rektor kubogi”.

🏢 Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi.

Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Endi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etiladi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.


Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

Qaror bilan oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar ham tasdiqlandi.

Shuningdek, quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi:

➡️oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining attestatsiyasini tashkil etishda ish beruvchi korxona va tashkilotlarga har tomonlama uslubiy jihatdan ko‘maklashish hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
➡️kasbiy ta’lim tashkilotlarida attestatsiyani tashkil etishdan kamida bir oy oldin manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida bitiruvchilarning attestatsiyasi o‘tkaziladigan korxona va tashkilotlar hamda ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash va e’lon qilish;
➡️2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursini kiritish.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1👌1
#qonunchilik_yangiliklari

“Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi o‘tkaziladi

“Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-43-son, 07.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi.

Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Alisher Navoiy merosini o‘rganish ishlarini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida yurtimiz va chet ellarda tizimli asosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini e’lon qilish, ushbu mavzuda yangi ilmiy, badiiy va ommabop asarlar yaratish, xorijdagi navoiyshunos olim hamda ijodkorlarning asarlarini o‘zbek tilida nashr etish choralarini ko‘rish Respublika komissiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

“Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” an’anaviy xalqaro simpoziumi va navoiyxonlik tadbirlari yuqori saviyada o‘tkaziladi.

Navoiy davlat universitetida 2025-yil 10–15-oktyabr kunlari “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

“Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi, shuningdek, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari” tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi

Prezidentning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga asosan 2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuni etib belgilandi.

Shuningdek, mahalliy hokimliklar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida:
🟢ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga;
🟢oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;
🟢atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1👏1🎉1
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga malaka toifalarini berish yo‘lga qo‘yildi


💬Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 29-maydagi 202-son buyrugʻi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (raqami – 3635). Mazkur buyruq bilan Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


Nizomga ko‘ra:

◀️ishlab chiqarish taʼlimi ustalari har besh yilda bir marta malaka toifasini berish boʻyicha nazariy va amaliy imtihonlar orqali attestatsiyadan oʻtkaziladi;
▶️ta’lim ustalari attestatsiyada qayd etgan natijalariga qarab ularga birinchi va ikkinchi malaka toifalari beriladi;
◀️taʼlim ustalari oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi mumkin. Bunda, attestatsiyadan oʻta olmagan taʼlim ustalarining malaka toifasi tushirilmaydi va ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi;
▶️malaka toifasi ko‘tarilgan ishlab chiqarish ta’lim ustalarining oylik ish haqlari oshiriladi.

✔️Quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

🟠ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lganlar;
🟠pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga egalar;
🟠homilador ayollar;
🟠homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar;
🟠uch yoshgacha bola parvarishida bo‘lgan ayollar;
🟠uzoq davolanishni o‘tayotganlar;
🟠respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilganlar va h.k.


✔️Quyidagi taʼlim ustalarining malaka toifasi to‘g‘ridan to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan bir pog‘onaga oshiriladi:

🟢Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar;
🟢“Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;
🟢Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlaganlar;
🟢respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlaganlar.


💠 Attestatsiyadan oʻtish har yili 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita pedagog.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

⭐️Malaka toifasini attestatsiyasiz oshirish istagidagi taʼlim ustalari pedagog.edu.uz platformasi orqali so‘rovnomalarni mustaqil to‘ldiradilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌1