GulDPI. uz | Rasmiy
4.45K subscribers
13.4K photos
1.59K videos
57 files
4.66K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Mening OTM ga birinchi qadamim

🔹Guliston tumani 3-umumiy o'rta taʼlim maktab bitiruvchi o'quvchilar joriy yilning 1-fevral kuni Guliston davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad pedagogika sohasiga qiziquvchi yoshlarda kengroq, to‘laroq tushunchaga ega bo‘lishi hamda institutda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish.

Tashkil etilgan bunday sayohatlar yoshlarni kelajakda qiziqqan sohalari bo‘yicha o‘qishlari va faoliyat olib borishlariga turtki bo‘ladi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍72🎉2❤‍🔥1
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi


“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–901-son, 01.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍7🎉1
💠Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev boshchiligida ta'lim sifatini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi Akademik litseyida tahsil oluvchi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida akademik-litsey o'quvchilarining ta'lim olish jarayonlari ko'zdan kechirildi, o'quvchilar bilan OTM hayotiga oid so'ngi yangiliklar bilan tanishtirib o'tildi hamda o'qituvchilarning dars berish jarayonlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida kreativ yondashishlari ta'kidlab o'tildi.

Bundan tashqari OTM da tahsil olishga qiziquvchi o'quvchi-yoshlar bilan ularga yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida savol-javoblar olib borildi

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍4🎉1
#Yoshlar_Ittifoqi
#Koordinatorlar

"Kabobjon" championati bo'lib o'tdi!


Guliston davlat pedagogika instituti TTJ hovlisida o‘zbekning eng mazali taomlaridan biri bo‘lgan kabob pishirish bo‘yicha chempionati bo‘lib o'tdi.

Tadbir uchun turli yo‘nalish talabalaridan guruhlar tashkil qilinib, har bir guruh turli ko‘rinishdagi: mol go‘shtili to‘g‘ramchi, qiyma shashlik, tovuq go‘shtili shashliklarni zo‘r mahorat va ishtiyoq ila tayyorladilar.

Ushbu jarayon davomida shashliklarning me'yor darajasida pishirilishi, ishtirokchilarning gigiеna talablari doirasida harakat qilishlari hamda estetik did ila hakamlarga taqdim etish kabi jihatlari baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra: Texnologik ta'lim yo'nalish talabalari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍97🏆3🔥1🎉1
Forwarded from Edu.uz
#tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan ilgariroq Q.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
___

Указом Президента Республики Узбекистан Шарипов Конгратбай Авезимбетович утвержден на должность министра высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан.

Ранее кандидатура К.Шарипова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍9👏1🎉1
"TALABALAR LIGASI" musobqasi bo'lib o'tdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Basketbol federatsiyasi, Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi, Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasi, Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyalari bilan birgalikda tasdiqlangan Qoʻshma qarorlarga muvofiq OTM talaba yoshlari o'rtasida "Talabalar ligasi" doirasida Basketbol sport o'yini bo'lib o'tdi.

Murosasiz kechgan bahslar yakunida Guliston davlat pedagogika instituti talabalari faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadga muvofiqdir.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍8🎉3👏2🔥1