GulDPI. uz | Rasmiy
4.59K subscribers
12.9K photos
1.49K videos
50 files
4.47K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Hakimov Rahimjon Rasuljonovich
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

Tayinlovga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi jamoasi R.Hakimovni masʼuliyatli vazifa bilan qutlab, kelgusi ishlarida ham omad tilaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi va shu munosabat bilan Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Abduqodir Hamidovich Toshqulov Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Yangi vazir jamoaga tanishtirildi

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi Odil Abdurahmanov boshchiligida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Abdurahmonov Ibrohim Yoʻlchiyevich yangi lavozimda jamoaga tanishtirildi.

Prezident maslahatchisi yangi vazirni qutlab, davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yilda tizim oldiga katta vazifalar qoʻyilgani, jumladan taʼlim sifatini oshirish va bu orqali taʼlim maskanlari ilmiy salohiyatini koʻtarish, yuqori bilimli kadrlar tayyorlash, umuman tizimga zamonaviy yondashuvlarni olib kirish borasida katta masʼuliyat yuklatilganini taʼkidladi.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashi, yoshlarning oliy taʼlim muassasalarida sifatli taʼlim olishlari yoʻlida bilim va tajribasini ishga solishi, yangi jamoa bilan vazifalarni sidqidildan, hamjihatlikda bajarishini qayd etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1👏1
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Vazir maslahatchilari tayinlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan axborot siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va raqamli texnologiyalar masalalari bo‘yicha vazir maslahatchilari lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra:

Sultonov Isajon Abdurayimovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahatchisi lavozimiga;

Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga;

Rahimov Bobur Kamolovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari boʼyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Xojimurodov Alisher Xidiraliyevich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

A.Xojimurodov 1982-yil Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.

U 2003-yili Guliston davlat universiteti (bakalavr), 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini (sirtqi) tugatgan.

2003-2014-yy. va 2017-2019-yy. Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida turli lavozimlarda, 2014-2017-yy. Guliston qurilish kasb-hunar kolleji direktori sifatida ishlagan.

Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍3
Forwarded from Edu.uz
#tayinlov

Qarshiboyev Jahongir Hazratqulovich Guliston davlat pedagogika insituti rektori etib tayinlandi.

J. H. Qarshiboyev 1980-yilda tugʻilgan, tayinlovga qadar Guliston davlat pedagogika institutida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor va boshqa turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Biologiya fanlari doktori, dotsent.



Каршибоев Жахонгир Хазраткулович назначен ректором Гулистанского государственного педагогического института.

Ж.Х.Каршибоев, 1980 г.р., до назначения работал на должности проректора по учебной работе и других должностях в Гулистанском государственном педагогическом институте. Доктор биологических наук, доцент.



Karshiboev Jahongir Khazratkulovich was appointed as a rector of Gulistan State Pedagogical Institute.

Zh.Kh. Karshiboev, born in 1980, before his appointment has worked as a vice-rector for academic affairs and other positions at Gulistan State Pedagogical Institute. Doctor of Biological Sciences, Associate Professor.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Forwarded from Edu.uz
#tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan ilgariroq Q.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
___

Указом Президента Республики Узбекистан Шарипов Конгратбай Авезимбетович утвержден на должность министра высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан.

Ранее кандидатура К.Шарипова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍9👏1🎉1
Forwarded from Edu.uz
#tayinlov

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov boshchiligida tashkiliy masalaga bag‘ishlangan yigʻilish oʻtkazildi.


Unda Prezidentning tegishli qarori bilan Daliyev Shohrux Hojiakbarovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Mahkamov Otabek Muxtorovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangani e’lon qilinib, jamoaga tanishtirildi.

Odil Abdurahmonov yangi lavozimga tayinlanganlar katta tajriba va malaka ega ekanligini qayd etib, belgilangan vazifalarni aniq rejalar asosida sifatli amalga oshirishiga ishonch bildirdi.
___

Сегодня в Министерстве высшего образования, науки и инноваций состоялось совещание по организационным вопросам под руководством заведующего отделом социального развития Администрации Президента Одила Абдурахманова.

Коллективу представлен Далиев Шохрух Хожиакбарович, который в соответствии с соответствующим постановлением Президента назначен первым заместителем министра высшего образования, науки и инноваций и Махкамов Отабек Мухторович - заместитель министра высшего образования, науки и инноваций.

Одил Абдурахманов подчеркнул соответствующий опыт и квалификации вновь назначенных заместителей министра и выразил уверенность в качественном выполнении поставленных задач.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍31🎉1
#Tayinlov

🇺🇿 Komilov Jamoliddin Karimjonovich O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 22-aprel 81-tt-sonli buyrug'iga asosan Guliston davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Komilov Jamoliddin Karimjonovich 1970-yil Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.

🟢 1992-yili O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tugatgan.

👍Tayinlovga qadar Guliston davlat universiteti “Psixologiya va ijtimoiy fanlar” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

Komilov Jamoliddin Karimjonovichga keyingi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍47🏆4👏2🎉2
#Tayinlov

Sirdaryo yoshlar texnoparkiga yangi rahbar tayinlandi


Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Sirdaryo yoshlar texnoparki direktori lavozimiga — Mamatov Avaz Muxiddinovich tayinlandi.

Avaz Muxiddinovich 1989-yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug'ilgan. 2011-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (bakalavr), 2013-yil ushbu universitetning magistratura bosqichini tamomlagan. Mazkur tayinlovga qadar Avaz Muxiddinovich Guliston davlat pedagogika institutining Axborot xavfsizligi bo'lim boshlig'i lavozimida ishlagan.

Institut ma'muriyati Avaz Muxiddinovichni ushbu yutuq bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.

✈️Telegram | 📷Instagram | 🖤YouTube | 📒Facebook | 🌐
👏26👍74🎉4🔥2💯1
#tayinlov

📌Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi-matbuot kotibi Moʻydinov Nozimjon Botirali oʻgʻli

☑️Lavozimga tayinlov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan.

‼️Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida rahbarning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanib, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

Matbuot kotibi oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoiyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoiyshlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining buyruqlariga amal qiladi.

Matbuot kotibining asosiy vazifalari va funksiyalari:
Institut rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash;
Keng jamoatchilikni institut faoliyati, uning sohaga normativ huquqiy hujjatlari toʼgʼrisida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
Ommaviy axborot vositalari (keyingi oʼrinlarda OАV deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, institutda ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
Institutning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va oʼz vaqtida yangilab borish, Internet tarmogʼidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
Institut tarkibidagi boʼlinmalardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OАVda tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
Institut faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OАV pozitsiyasini tahlil qilish va ular toʼgʼrisida institut rektoriga axborot berish;
Institut faoliyati sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritish.


📞Telefon: +998 33 565 99 99
🔹Telegram: @Nozimjon_Muydinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🎉74🔥3❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adham Yusupovich Xudoyqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3
Forwarded from Edu.uz
#tayinlov

Sirdaryo viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Mingboyev Sohaddin Muhiddinovich
– Guliston agrotexnologiyalar texnikumi direktori lavozimiga;

Rahmonov Husniddin Davriyevich – Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi direktori lavozimiga;

Boyto‘rayev Dilshod Karomatullayevich – Sirdaryo transport texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6