GulDPI. uz | Rasmiy
4.64K subscribers
12.2K photos
1.37K videos
49 files
4.14K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⚡️ Sirdaryoda test sinovlari to‘liq yakunlandi

2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriyatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida 2023-yilning 1-11-avgust kunlari o‘tkazildi.

♻️ Test sinovlari bir kunda 2 smenada (1-smena soat 8-00 dan 11-00 gacha, 2-smena soat 15-00 dan 18-00 gacha) bo‘lib o‘tdi.

❇️ Joriy yilda test sinovlarini Sirdaryo viloyatida topshiradigan abituriyentlar soni 33 367 nafarni tashkil etdi.

Test sinoviga yakuniga qadar 31 597 nafar abituriyentlar (94,6 %) belgilangan tartib bo‘yicha test sinovlariga qatnashdi, qolgan 1170 nafari (5,4 %) esa test sinovlariga qatnashmadi.

11 kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida jami 6 nafar abituriyentlar belgilangan tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

🖥 Test sinovlari test2023.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib borildi.

👉 @bbasirdaryo 👈
Forwarded from Edu.uz
⚡️Kollej va texnikumlarga qabul parametrlari raqamlarda

Bu yilgi qabulda Prezident qaroriga muvofiq kollej va texnikumlar uchun grant o‘rinlari soni ikki barobar oshirildi.

Jumladan, kollejlarga – 10 989 ta, texnikumlarga – 22 368 ta grant o‘rni ajratildi.

Batafsil #infografikada

Hujjat topshirish
my.uzbmb.uz sayti orqali.

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Diqqat e'lon!

O‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan Guliston davlat pedagogika institutiga ko‘chirib kelayotganlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali.


GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#qabul_2023
#kasbiy_ijodiy_imtihon
#oqishni_kochirish

🏢 O'qishni ko'chirish bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni

▶️ Jismoniy madaniyat ta'limi

▶️ Musiqa ta'limi

▶️ Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi


GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#qabul_2023
#kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️Ayni damda Guliston davlat pedagogika institutida o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan ko‘chirib kelayotganlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

🎨 “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonda tasviriy san’at asosi bo‘lgan rangtasvir ya chizmachilik fanlaridan amaliy ish bajarib, o‘zlarining bilimlarini namoyon etadilar.

📌 Belgilangan 3 soat davomida bajarilgan amaliy ishlar tasdiqlangan mezon asosida baholanadi.

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Yashil_energiya

⚡️ Joriy yilda Guliston davlat pedagogika instituti sport zalining tom qismiga “SOLAR ENERGY GREEN LIVE” MChJ tomonidan quvvati 50 kvli, umumiy maydoni 250 m2, quyosh panellar soni 87 ta, inventor soni 1 ta, inventor turi HUAWEI SUN 2000, modeli 50 KTL –MI quyosh panellari o‘rnatildi.

Institutning bir oyda elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 1900 kvt tashkil qilgan bo‘lib, shundan hozirgi kunda quyosh panelidan 7200 kvt elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Natijada, 5 760 000 (besh million yeti yuz oltmish ming) so‘m byudjet mablag’lari iqtisod qilinmoqda.

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Nomli davlat stipendiyalari soni 12 ta bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ayrim nomli davlat stipendiyalari joriy etilganligi munosabati bilan 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmonga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, mazkur farmon 2-bandi tahrirlanib, nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati yangilandi.

Jumladan, Prezidentning PQ–414-son hamda PQ–20-son qarorlariga muvofiq ro‘yxatga tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur, jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud nomli stipendiyalari kiritilib, ularning soni 12 taga yetdi.

Nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:

▪️texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;

▫️tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;

▪️gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;

▫️tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;

▪️tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;

▫️kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;

▪️tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;

▫️jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;

▪️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;

▫️Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;

▪️barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
📣Web of Science xalqaro ilmiy bazasidan foydalanish mutlaqo BEPUL!

Siz ushbu ilmiy bazadan foydalanib maqola, tezis va konferensiya maqolalarini tayyorlashingiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi prezidentining-307 qarori 43-bandiga asosan 1-yanvar 2023-yildan boshlab OTM va ITM larga xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish belgilangan.

➡️Tafsilotlar: @web_of_science_uz telegram guruhida.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qabul - 2️⃣0️⃣2️⃣3️⃣
2023-2024 o‘quv yilida o‘qishni xorijiy va nodavlat OTMlardan Guliston davlat pedagogika institutiga ko‘chirib kelayotganlar uchun 14.08.2023-yil sanasida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari qaydnomasi:

Jismoniy madaniyat
Musiqa ta'limi
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi


GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️Ertaga test topshiriladigan binoni borib ko‘rish mumkin

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ertaga, 15-avgust kuni soat 10:00 dan 12:00 ga qadar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan binolar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Test topshiriladigan bino va vaqti talabgorning imtihonga kirish ruxsatnomasida ko‘rsatilgan. Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.👆

Ma’lumot o‘rnida, xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni ikki smenada o‘tkaziladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
⚡️“O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnali uchun maqolalar qabuli davom etmoqda!

Professional ta’limni rivojlantirish instituti muassisligidagi “O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnalining navbatdagi sonida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda talabalar o‘zining professional ta’lim va sohaga doir amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tayyorlagan ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Taqdim etiladigan maqolalar belgilangan talablar bo‘yicha Telegram messenjeri orqali @DoniyorTeshayev manziliga yoki pedagoginnovatsiyalar@edu.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Maqolaga qo‘yiladigan talablar:👉https://online.pubhtml5.com/xkjza/oeow/#p=1

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️ mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 43 567 nafarni tashkil etdi.

Mazkur 43 567 nafar talabgorning ma’lumotlari Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mazkur sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish balini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube