GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.9K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Davlat dasturi

2023-yil “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” uchun Davlat dasturi tasdiqlandi.

Keng jamoatchilik muhokamalari natijasida ishlab chiqilgan dasturda bir qator muhim islohotlar ko‘zda tutilgan. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul nonushta bilan ta'minlash, nogironlikni belgilashni soddalashtirish, tibbiy ma'lumotnomalarni qog‘oz shaklida talab qilish taqiqlash kabi vazifalar belgilangan.

Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishda qanday qo‘shimcha qo‘layliklar yaratilishi haqida batafsil — #infografikada

Eslatib o‘tamiz, Davlat dasturi ijrosi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Jamoatchilik.uz portalida kuzatib borishingiz mumkin.

Siz ham 👉Yuksalish tarafdorlariga qo‘shiling!

@uzbyuksalish
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
#Infografika

Joriy yil boshidan O‘zbekistonda maʼmuriy islohotlarning ikkinchi bosqichi boshlandi. Natijada hukumatga bo‘ysunuvchi ijro hokimiyati organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 21 taga kamaydi. Hukumatda Bosh vazirning 8 nafar o‘rinbosari va 3 nafar maslahatchisi o‘rniga faqat 4 nafar o‘rinbosari qoldi.

Dunyo mamlakatlarida hukumat tarkibi qanday? Biz buni alohida davlatlar misolida #infografikada aks ettirdik.

Maʼlumotlarga ko‘ra, eng ixcham hukumatlardan biri Islandiyada: ayol Bosh vazir va 11 nafar vazir (ularning 4 nafari ham ayollar). Norvegiyada Bosh vazirning 9 nafar davlat kotibi va bir nafar siyosiy maslahatchisi, 18 nafar vaziri bor (ularning yarmi ayollar). Ispaniyada Bosh vazirning 3 nafar o‘rinbosari (barchasi ayollar), 22 nafar vaziri bor (12 nafari ayollar).

MDH va Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida hukumatning gender tarkibi sezilarli darajada farqlanadi: ayollar ko‘proq taʼlim, madaniyat yoki sog‘liqni saqlash vazirliklarini boshqaradi.

YUKSALISH HARAKATI
Forwarded from Edu.uz
⚡️Kollej va texnikumlarga qabul parametrlari raqamlarda

Bu yilgi qabulda Prezident qaroriga muvofiq kollej va texnikumlar uchun grant o‘rinlari soni ikki barobar oshirildi.

Jumladan, kollejlarga – 10 989 ta, texnikumlarga – 22 368 ta grant o‘rni ajratildi.

Batafsil #infografikada

Hujjat topshirish
my.uzbmb.uz sayti orqali.

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube