GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.9K photos
1.47K videos
50 files
4.43K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#vacancy #vakansiya

O’zbekiston Milliy Pedagogika Universitetining yangi Aniq fanlar maktabi Professor-oʻqituvchilarni ishga taklif etadi.

Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Mavjud vakansiyalar:

📣Aniq fanlar maktabi dekani
📣Matematik, axborot texnologiylari, Sun’iy intellekt va robototexnika departamenti boshlig’i
📣Professor-o’qituvchilar va Assistentlar

💼 Aniq fanlar maktabidagi 3 ta yo’nalish bo’yicha kuzgi semesterda quyidagi;

Hisob (Calculus),
Dasturlash (Programming),
“Axborot tizimlari va texnologiyalari”(Information systems and digital technologies”,
“Ta’lim, jamiyat va madinayat”(Education, society and culture),
“Ta’limda ijodiy fikrlash va dizayn”(Creative thinking and design in education),

“Ingliz tili” (General and Academic English)

fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
O’qituvchi/katta o’qituvchi lavozimi uchun magistratura darajasiga ega boʻlishi;
2 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);

Qo’shimcha ustunlik taqdim etadi:

Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.


❗️Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

A’loqa uchun:

Email: hrnpuu@gmail.com
Telegram: https://t.me/npunibot

O’zbekiston Milliy Pedagogika Universiteti Aniq Fanlar Maktabi
1👌1
Forwarded from Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari

Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.


Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi.

Bunda:
🔹 yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m;
🔸 nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m;

✔️ kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
🟢3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;
🟢oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;
🟢oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m;
🟢kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

🗓 2025-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-avgustdan:
🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;
🔸bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🟡 Guliston davlat pedagogika institutida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Biz taʼtildamiz” shiori ostida videochellenjlar loyihasi oʻtkaziladi!

Loyiha doirasida har bir guruh yozgi taʼtil vaqtida talabalarning qanday faoliyat bilan band ekanligini aks ettiruvchi qisqa videoroliklar tayyorlaydi.

💬 Loyiha navbat asosida barcha yo‘nalishlarda bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Har bir guruh ijodiy chiqishi institut sahifalarida eʼlon qilinadi.

😧 Loyihalarimizda faol ishtirok eting va yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazing...

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👌1
🟦🟦🟦 🟦🟦

🔎 Guliston davlat pedagogika institutida talabalarning ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bilimlarini mustahkamlash va intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Biz taʼtildamiz!” shiori ostida “Onlayn Zakovat” o‘yini tashkil etiladi.

Zakovat o‘yini institutning barcha talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tib, unda ishtirokchilar savollarga tez va aniq javob berish orqali bilim va tafakkur bellashuvida o‘z salohiyatlarini namoyon etadilar.

😧 Oʻyinlarimizda faol ishtirok eting va yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazing...

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 😄 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📸 “Yozning ranglari — Vatan go‘zalligi” nomli fotosuratlar tanlovi!


💖 Guliston davlat pedagogika institutida “Biz ta’tildamiz!” shiori ostida talaba-yoshlar o‘rtasida ijodiy tanlov e’lon qilinadi.

🔺 Tanlovda ishtirok etuvchi talabalar o‘z yashash hududlarining betakror tabiati, go‘zal manzaralari va tarixiy-madaniy obidalarini o‘z aks ettirgan fotosuratlar orqali namoyish etishlari lozim.

📤 Taqdim etilgan suratlar maxsus ishchi guruh tomonidan saralanib, institutning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. Eng yaxshi ijod namunalari esa alohida e’tirof etilib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

😧 Tanlovlarimizda faol ishtirok eting va yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazing...

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📞Guliston davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yiliga qabul jarayonlari bo‘yicha CALL-CENTR o‘z faoliyatini boshladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌2
🗣💖 Guliston davlat pedagogika institutida nazariy va amaliy yakuniy nazoratlar belgilangan jadval asosida muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Mazkur jarayonlar talabalarning olgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, o‘quv dasturlarining bajarilishi va sifatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Nazoratlar ochiqlik, shaffoflik va adolatlilik tamoyillari asosida olib borilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2👍2👏2💯1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon #Tanlov

📣 Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipеndiya tanlovini e’lon qildi

1-ochiq stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan:
🔘bakalavriat - 130 ta o‘rin;
🔘magistratura - 220 ta o‘rin;
🔘doktorantura - 100 ta o‘rin.

Nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Jamg‘arma tomonidan el-yurt.uz onlayn platformasi ishga tushirildi.

🗓 Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar mazkur platforma orqali tegishli hujjatlarni yuborib, tanlovga nomzod sifatida qatnashishlari mumkin.

Tanlovga oid barcha ma’lumotlar eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.

Murojaat uchun:
📞 (71) 203-00-47, (71) 203-00-49
🔹 @Eyufmatbuot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥1
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-133-sonli “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” qarori ijrosi doirasida Guliston davlat pedagogika institutida amaliy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.


2025-yil davomida:
▪️ 186 kvt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatildi.
▪️ 33 ta zamonaviy ko‘cha yoritgichlari ishga tushirildi.

Quyosh panellari orqali jami 16740 kvt dan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi va bu ko‘rsatkich iste’moldan ortiq bo‘lgan miqdorda qayd etildi. Mazkur energiya “Energo savdo” AJ bilan tuzilgan shartnoma asosida tizimga uzatildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🎨💖 2025-yil 4-iyun kuni Guliston davlat pedagogika instituti “Tarix va san’atshunoslik” kafedrasi hamda guruh tyutori tashabbusi bilan “Sen kuchlisan” nomli xayriya ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ushbu tadbir nogironligi bo‘lgan, turli xastaliklarga chalingan biroq iste’dod va irodasi bilan ajralib turadigan yosh ijodkor rassom va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodini keng jamoatchilikka tanitish maqsadida o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada nogironligi bo‘lgan talabalar o‘zlarining eng sara ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Ular tengdoshlari bilan bir qatorda o‘z salohiyatlarini namoyon etib, san’at orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topayotganliklarini isbotladilar. Bu kabi tadbirlar ijtimoiy inklyuzivlikni ta’minlash va yosh iste’dodlarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31