GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.9K photos
1.48K videos
50 files
4.45K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#vacancy #vakansiya

O’zbekiston Milliy Pedagogika Universitetining yangi Aniq fanlar maktabi Professor-oʻqituvchilarni ishga taklif etadi.

Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Mavjud vakansiyalar:

📣Aniq fanlar maktabi dekani
📣Matematik, axborot texnologiylari, Sun’iy intellekt va robototexnika departamenti boshlig’i
📣Professor-o’qituvchilar va Assistentlar

💼 Aniq fanlar maktabidagi 3 ta yo’nalish bo’yicha kuzgi semesterda quyidagi;

Hisob (Calculus),
Dasturlash (Programming),
“Axborot tizimlari va texnologiyalari”(Information systems and digital technologies”,
“Ta’lim, jamiyat va madinayat”(Education, society and culture),
“Ta’limda ijodiy fikrlash va dizayn”(Creative thinking and design in education),

“Ingliz tili” (General and Academic English)

fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
O’qituvchi/katta o’qituvchi lavozimi uchun magistratura darajasiga ega boʻlishi;
2 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);

Qo’shimcha ustunlik taqdim etadi:

Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.


❗️Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

A’loqa uchun:

Email: hrnpuu@gmail.com
Telegram: https://t.me/npunibot

O’zbekiston Milliy Pedagogika Universiteti Aniq Fanlar Maktabi
1👌1