Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
28.5K subscribers
44.9K photos
5.35K videos
9 files
11.9K links
Download Telegram
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#LIVE

🌨OB-HAVONING NOQULAY SHAROITIGA QARAMAY YO'LSOZLAR TOMONIDAN HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLAMOQDA...

❄️Yangi yilning ilk kunlaridanoq yurtimizni oppoq qor qoplamoqda. Qor yog'ayotganligi sababli viloyatimiz hududidagi davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo'llarida qishki qarov ishlari keng ko'lamda amalga oshirilishi boshlandi. Ma'lumki, har qanday katta yoki kichik noqulayliklar tun yarmida ko'zga tashlanadi. Kuni kecha tuni bilan davom etgan noqulay ob-havo va to'xtovsiz yoqqan qor avtomobil yo'llaridagi  qatnovni tubdan og'irlashishiga sabab bo'lishi mumkinligi esa ayni haqiqat.

🛣Ayni damda viloyatimizning har bir hududida qor yog'ayotganligi sabab avtomobil yo'llaridagi transport vositalarining to'xtovsiz harakatlanishini ta'minlash maqsadida Bo'ston tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari tomonidan Bo'ston tumani hududidan o'tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A373 " M39 Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon va Andijon orqali O'sh" avtomobil yo'lida qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilib, muzlash holatlariga qarshi tezkor choralar ko'rilmoqda.

Jarayonlar batafsil fotolavhalarimizda....

https://t.me/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Live
#Xavfsiz_yo'l

🌨XAVFSIZ YO'L XAVFSIZ HAYOT OMILI

Ayni damda, butun mamlakatimiz bo'ylab havo haroratining keskin pasayishi hamga qor yog'ayotganligi sababli yo'llarda kuz-qish mavsumini xavfsiz va betalofat o'tkakazish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida tizimli ishlar boshlab yuborildi.

Kuzatilayotgan qish mavsumining noqulay ob-havosi o'z ta'sirini viloyatimizning barcha hududlarida sezilarli darajada namoyon etmoqda. Boshqa tumanlar qatori Baliqchi tumanida ham mavjud ob-havo va qor yog'ayotganligi sabab avtomobil yo'llaridagi transport vositalarining to'xtovsiz harakatlanishini  ta'minlash maqsadida tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan navbatchi guruh tashkil etilib muzlama hosil bo'lmasligini oldini olish uchun avtomobil qum-tuz aralashmasi sepish ishlariga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Jarayonlarni biz bilan birga kuzating...

https://t.me/and_avtoyolpressa