Zarif dev👨‍💻
36 subscribers
81 photos
64 videos
140 files
104 links
IT yangiliklari va IT darslari va foydali ma'lumotlar Hamkor kanal @kitobmanba
@zarifmirzo
Download Telegram
Til muammosi va haqiqiy saboq

Bir tanishim shunday dedi:
"Dasturlashni ancha yaxshi o‘rganibsan, endi ingliz tilini ham o‘rganib, Upwork orqali ishlasang daromadingni bir necha barobarga oshirishing mumkin."

Bu gap menga kuchli turtki bo‘ldi. O‘zim ham anchadan beri til va dasturlashni sekin-asta o‘rganib kelayotgan edim. Endi esa bu motivatsiyadan ilhomlanib, til o‘rganishga jiddiy kirishdim. Hatto onlayn kurslar sotib oldim.
Ammo shunda bir narsani unutdim: til bir haftada, bir oyda o‘rganiladigan narsa emas.

Men motivatsiyaga haddan ortiq ishonib, o‘zimni bosim ostida qoldirdim. Natijada na dasturlashni davom ettirdim, na til o‘rganishni.
Shu orada juda muhim bir haqiqatni angladim:
Motivatsiya vaqtinchalik. Aql, reja, intizom va sabr – esa asosiy kuch.
Endi maqsadim aniq:
🧠 Aql bilan yondashish.
📅 Reja asosida ishlash.
Sabrli bo‘lish.
💪 Va albatta, intizomni yo‘qotmaslik.
Men bilaman, moliyaviy erkinlik borasidagi orzularim – faqat kuchli mehnat va doimiy o‘sish orqali ro‘yobga chiqadi. Endi yo‘lni shu yondashuv bilan davom ettiraman.

Siz ham motivatsiyadan charchaganmisiz?
Fikringizni izohlarda yozing


#english #motivatsiya #saboq #IT

@zarifdev