Zarif dev👨‍💻
36 subscribers
80 photos
64 videos
140 files
103 links
IT yangiliklari va IT darslari va foydali ma'lumotlar Hamkor kanal @kitobmanba
@zarifmirzo
Download Telegram
Ramazon muborak ahli muslim va muslimalarga
Dasturlashni tashlab ketishning eng asosiy sabablaridan biri ham aynan "flow" holatiga tusha olmaslik, ya'ni jarayonga sho‘ng‘ib keta olmaslikdir. Shuning uchun ham 10 daqiqa video ko‘rib, 1 soat ijtimoiy tarmoqlarga chalg‘ib ketadi yoki 20 daqiqa kod yozib, 90 daqiqa futbol ko‘rishga chalg‘iydi.

Turli xil shogirdlar bilan ishlash ko'rdim:

- Ingliz tilini umuman bilmagan shogird Google Translate orqali saytlar va maqolalarni tarjima qilib, butun kunini o‘rganishga sarfladi. Natijada, bir necha yil ichida middle darajasiga yetdi. Tilni bilmagani uni to‘xtatib qo‘ymadi, chunki u flow holatida edi.

- Boshqa ikkisi esa matematika bilan "urishib" qolganlar edi. Ular asosan frontendga e’tibor qaratib, o‘nlab saytlarning nusxasini ishlab chiqdi. Hozirda biri frontend dasturchi, ikkinchisi esa frilans sifatida faoliyat yuritmoqda. Matematikani bilmasligi ular uchun to‘siq bo‘lmadi, chunki ular flow holatida edi.

- Yana biri dasturlashni telefonda o‘rganishni boshladi, keyinchalik esa noutbuk sotib oldi. "Imkoniyatim yo‘q" deb to‘xtab qolmadi, balki imkoniyat qidirdi, chunki u flow holatida edi.

Muhimi - sohaga sho‘ng‘iy olish, shu bilan yashash. Shunda chalg‘ish kam bo‘ladi, to‘siqlar ham halaqit bermaydi va oxir-oqibat maqsadga yetiladi. Bu nafaqat dasturlashda, balki har qanday sohada ham xuddi shunday.

Forwarded from MohirDev.uz
O‘zgarishlarga tayyormisiz?

Yaqin yillarda sun’iy intellektdan professional foydalanadigan dasturchilar bozor qonunlariga o‘zgartirish kiritadi:
– endi yaxshi daromad uchun 10 yillab ishlanmaydi;
– endi SIni ishlatmay, raqobatda yutib bo‘lmaydi;
– endi muammo ustida soatlab vaqt sarflanmaydi.

Chetdan kuzatmang. SIni o‘rganib, o‘zgarishlarni o‘zingiz yarating. Izohlarda havola qoldirdik.

@mohirdev
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuxu musulmon birodarlarim. Barchamizga Ramozon Hayiti muborak bo'lsin. Alloh taolo panohida asrasin.
Forwarded from Botir Ziyatov
👩‍💻🧑🏻‍💻Yandex Uzbekistan dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlov — Coding and Math Contest'ni tashkil etmoqda. Bu o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish, dunyodagi yetakchi ekspertlar tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajarish va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin:

• O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari,
• O‘zbekistonda ishlaydigan IT-mutaxassislari.
Ishtirok etish uchun talablar: Zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik analiz va chiziqli algebra bo‘yicha bilimlar talab etiladi.

Tanlov formati:
• Ikki onlayn bosqich — dasturlash va matematika bo‘yicha har biri 6-10 ta vazifadan iborat.
• Til: inglizcha.
• Ishtirok: bepul.
• Final: oflayn mukofotlash marosimi, Yandex Uzbekistan tomonidan sovg‘alar va mukofotlar.

Nega ishtirok etish kerak?

• O‘zingizni sinovdan o‘tkazing — vazifalar xalqaro olimpiadalar va ICPC darajasidagi topshiriqlarga teng.
• Tan olinish va mukofotlar olish — 65 mln so‘mlik mukofot fondi 8 ta eng yaxshi ishtirokchi orasida taqsimlanadi, qolgan ishtirokchilar esa qimmatbag‘o sovg‘alarga ega bo‘lishadi.
• Hamjamiyatga qo‘shiling — tanlov dasturlash va matematikadan ishtiyoqi baland talabalar va yosh mutaxassislarni birlashtiradi.

Qanday ishtirok etish mumkin?
Ro‘yxatdan o‘tish: 18 aprelga qadar havola orqali.
Hamkorlar: New Uzbekistan University, ML Community (INHA University), Yandex ma’lumotlarni tahlil qilish maktabi.

O‘z mahoratingizni sinovdan o‘tkazing, intellektual hamjamiyatga qo‘shiling va Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest'da g‘olib bo‘ling!💥
Forwarded from Rus tili | Ibrat Farzandlari
👀 Vebinar boshlanishiga 1 soat qoldi...

😉 Vebinar uchun havola: https://t.me/+wQFnXhA2mFVkZTNi

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Google sheets va Excel bo'yicha yordam kerak bo'lsa bemalol murojaat qilaverasizlar. 👉
@RavshanbekRahmonqulov

@zarifdev Biz bilan birga yuksaling
Forwarded from webmakon.uz
Adham aka Deep Learning (AI) bo‘yicha yangi bepul video kurs boshlayabdilar. Kimgadur qiziq bo'lsa ko'rib o'z ilmini oshirishi mumkin.

Adham akani videolar va shaxsiy blogi uchun
Link

#AI #SuniyIntellekt #DeepLearning #free
@zarifdev
Language Coordinator – Uzbek
MrBeast aka ishga taklif qilibdi o'zbeklarni

Linkedin ish e'loni

#ish #work #mrbeast
@zarifdev
Banda o'ylaydi:

Namoz vaqti ko'chada bo'lib qolyapman.
Charchayabman, ilmga ulgurmayabman.
Xatmga vaqtim yetmayabdi.
Chalg'ib, zikrim qolib ketyabdi.
Tunlar qisqarib, tahajjudga turolmayabman
...

Aslida esa, mahrum qilingan bo'ladi.
Uzoqlashgani uchun, Egasidan madad tilamagani uchun, g'ofil qolgani uchun, itoatsizligi sabab mahrum qilingan bo'ladi.
Bor ne'matidan ajratilgandek, nasibasi kesilgandek.

O'zidan madad tilashimiz kerak bu duo (va harakat) bilan:
أللهم أعني علي ذكرك، و شكرك، و حسن عبادتك

"Ey Allohim, O'zing Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va ibodatingni go'zal bajarishda menga yordam ber".

© ULUL ALBAB yozdi
Front endni boshlovchilar uchun va Backendni mustaxkam o'rganmoqchi bo'lganlar uchun. Ulug'bek Samigjonov ni
Front end kurslarini ko'rib chiqishni tavsiya qilaman
HTML
CSS
Bootstrap
SASS
JavaScript

@ulugbeksamigjonov

@zarifdev
Til muammosi va haqiqiy saboq

Bir tanishim shunday dedi:
"Dasturlashni ancha yaxshi o‘rganibsan, endi ingliz tilini ham o‘rganib, Upwork orqali ishlasang daromadingni bir necha barobarga oshirishing mumkin."

Bu gap menga kuchli turtki bo‘ldi. O‘zim ham anchadan beri til va dasturlashni sekin-asta o‘rganib kelayotgan edim. Endi esa bu motivatsiyadan ilhomlanib, til o‘rganishga jiddiy kirishdim. Hatto onlayn kurslar sotib oldim.
Ammo shunda bir narsani unutdim: til bir haftada, bir oyda o‘rganiladigan narsa emas.

Men motivatsiyaga haddan ortiq ishonib, o‘zimni bosim ostida qoldirdim. Natijada na dasturlashni davom ettirdim, na til o‘rganishni.
Shu orada juda muhim bir haqiqatni angladim:
Motivatsiya vaqtinchalik. Aql, reja, intizom va sabr – esa asosiy kuch.
Endi maqsadim aniq:
🧠 Aql bilan yondashish.
📅 Reja asosida ishlash.
Sabrli bo‘lish.
💪 Va albatta, intizomni yo‘qotmaslik.
Men bilaman, moliyaviy erkinlik borasidagi orzularim – faqat kuchli mehnat va doimiy o‘sish orqali ro‘yobga chiqadi. Endi yo‘lni shu yondashuv bilan davom ettiraman.

Siz ham motivatsiyadan charchaganmisiz?
Fikringizni izohlarda yozing

#english #motivatsiya #saboq #IT

@zarifdev
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
O’zingizga qilaman deb aytib qo’ygan ishlaringizni albatta bajaring. Bu o’zingizga bo’lgan ishonchni oshiradi, xarakteringizni kuchaytiradi.

Aksinchasi ham to’g’ri.

O’zingizga bergan va’dani buzsangiz, kayfiyatingiz tushadi, aybdor his qilasiz va o’zingizga bo’lgan ishonch kamayib boradi.

Kichikroq, real maqsadlar qo’yib albatta bajarishga harakat qiling.

@jakhonrakhmonov