"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Урганч шаҳрида Хоразм вилояти фаоллари билан йиғилиш ўтказмоқда.
Хоразмга ҳам жойларда аҳолини қандай муаммолар ташвишга солаётгани ҳақида суҳбатлашгани келдим. Шунинг учун менга кўпроқ масала қўйсаларингиз натижа бўлади. Биз ёлғон, баландпарвоз гапириб шу аҳволга келдик. Президентга ёлғон гапириш - Ватанга хиёнат, - деди давлатимиз раҳбари.

Президент Шавкат Мирзиёев проводит в городе Ургенче совещание c активом Хорезмской области.
Я приехал в Хорезм поговорить о том, какие проблемы волнуют население на местах. Поэтому будет продуктивнее, если вы будете поднимать вопросы. Мы оказались в таком положении, в каком находимся, из-за лжи, традиции говорить высокопарные слова. Обманывать Президента равно измене Родине, - сказал Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #faollaryigilishi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorazm

ЯНГИЛИКЛАР| Хоразм вилоятининг Хазорасп эркин иқтисодий зонасида "Future Industry Systems" корхонаси томонидан йиллик қуввати 2 млн.донага яқин бўлган маиший техника воситалари учун электр двигателлари ишлаб чиқариш лойиҳаси ҳақида репортаж.

Лойиҳа натижасида ўша ҳудуддаги 200 нафар йигит-қизлар доимий иш билан таъминланди.

Лавҳада ушбу корхона вилоятнинг инвестициявий салоҳиятини оширишда энг катта воқелик эканлиги алоҳида таъкидланган.

Бизни ижтимоий тармоқларда ҳам кузатинг!!!

📲 Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorazm
#press_tur
#info_tur

#ЖОНЛИ| "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси ташаббуси билан Хоразм вилояти Тупроққалъа туманидаги "Future Industry Systems" корхонасида Хоразм вилояти ҳокимлиги, Савдо-саноат палатаси ҳудудий бошқармаси ҳамкорлигида тадбиркорлар ва ОАВ вакиллари учун сайёр матбуот анжумани ва пресс-тур ташкил этилди.

Бундан кўзланган мақсад - тадбиркорларни электротехника саноатига қизиқтириш, уларни ҳуқуқий қўллаб-қувватлаш, соҳага инвестиция жалб этиш бўйича кўникмаларини оширишдан иборатдир.

Корхона йиллик қуввати 2 млн.донага яқин бўлган маиший техника воситалари учун электр двигателлари ишлаб чиқаради.

Бу ердаги жараёнлар тадбиркорларга қизиқ бўлди. Айниқса, автоматик бошқарув ва роботларнинг мустақил иш жараёни катта таассурот қолдирди.

Медиа-тур бошқа корхоналарда ҳам давом этади.

Бизни ижтимоий тармоқларда ҳам кузатинг!!!

📲 Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#media_tur
#info_tur
#xorazm

#ЖОНЛИ_ЭФИР| Хоразмнинг Урганч шаҳрида жойлашган "Eco company" корхонасига тадбиркорлар учун ИНФО-ТУР ташкил этилди.

Унда электротехника саноатининг яна бир имкониятлари очиб берилди. Тадбиркорлар сув учун махсус фильтрлар ишлаб чиқарувчи корхона жараёнлари билан яқиндан танишдилар. Албатта, бу лойиҳа иш бошлаганига ҳали кўп бўлгани йўқ. Лекин шундай бўлса ҳам 10 турдаги маҳсулотлар ички бозор талабини тўлиқ қопламоқда.

Инфо-тур иштирокчилари ўзаро фикр алмашиб, бизнес борасида тажриба алмашдилар.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mediatur
#xorazm

Ҳудуд-24/ "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси ташаббуси билан Хоразм вилояти Тупроққалъа туманидаги "Future Industry Systems" корхонасида Хоразм вилояти ҳокимлиги, Савдо-саноат палатаси ҳудудий бошқармаси ҳамкорлигида тадбиркорлар ва ОАВ вакиллари учун медиа-тур ташкил этилди.

Ушбу лавҳа тўлиқ репортаж сифатида "Ўзбекистон-24" каналида эфирга тайёрланмоқда.

Ижтимоий тармоқларда бизни кузатиб боринг!!!

📲 Telegram | Facebook | Instagram
➡️ #Xorazm #mahalliylashtirish

📣 XORAZM VILOYATDAGI MAHALLIYLASHTIRISH LOYIHALARINING HOLATI O'RGANILDI.

"O'zeltexsanoat" uyushmasi "Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytrish va importni optimallashtirish boshqarmasi"ning ma'sul xodimlari Xorazm viloyatidagi bir qancha elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda o'rganish ishlarini olib bordilar. Bunda asosiy e'tibor uyushma mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning borishiga qaratildi.

➡️ BATAFSIL»

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xorazm #faoliyat #tanishuv

📣 XORAZM VILOYATIDAGI MAHALLIY KORXONALAR FAOLIYATI O'RGANILDI

Yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalarining faoliyatini rivojlantirish, ularga ko'maklashish maqsadida "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi boshchiligidagi Ishchi guruhi respublika bo'ylab muntazam o'rganish ishlarini olib bormoqdalar.

"O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va rais o'rinbosari Jahongir Jamalovning Xorazm viloyatiga xizmat safari chogʻida viloyatdagi bir qator korxonalarning faoliyati o'rganildi.

Xususan, Xorazm viloyati, Urganch shahrida joylashgan “Mega elektroapparat elektroshit” MCHJ korxonasining ishlab chiqarish jarayoni, faoliyatni kengaytirish va rivojlantirish rejalari bilan yaqindan tanishildi. Korxonada kuchlanish transformatorlarining metall qismlari, oʻramalari ishlab chiqariladi va tayyor mahsulotlarning yigʻuv ishlari olib boriladi.

Ushbu korxonaning ishlab chiqarish hajmini 2023-yilda yiliga 2 ming donaga yetkazish rejalashtirilgan bo'lib, bunda uyushma har tomonlama ko'mak ko'rsatishga tayyorligi ta'kidlandi.

Shu bilan birga, uyushma rahbariyati Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumanidagi "Led ultra energy" MChJ korxonasiga ham tashrif buyurdilar. Korxona 2023-yilda talab kuchli bo'lgan "AA" va "AAA" turdagi litiy-ion batareyalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yadi. Bu borada korxona oldida turgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi hamda ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda Uyushma har tomonlama hamkorlik qilishga, ko'maklashishga tayyorligi aytildi.

Ushbu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga, qolaversa eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan bo'lib, bu borada mavjud imkoniyatlardan foydalanib, qonunchilikdagi huquqiy kafolatlar xususida tadbirkorga tushuntirish berildi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xorazm #mahalliylashtirish #kooperatsiya

📣 "O'ZELTEXSANOAT" UYUSHMASI AVTOMOBILSOZLIK KORXONALARI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI

Davlatimiz rahbarining joriy yil 31-mart kuni Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi chog'ida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, mahalliy korxonalar o'rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va import tovarlari hajmini kamaytirish maqsadida "O'zeltexsanoat" uyushmasi "O'zavtosanoat" tizimidagi korxonalar bilan o'zaro hamkorlikda faol ish olib bormoqda.

Hamkorlik masalalari muhokamasiga bag'ishlangan navbatdagi uchrashuv Xorazm viloyatidagi "DAMAS" va "LABO" rusumli avtomashinalar ishlab chiqarish zavodida bo'lib o'tdi. "O'zeltexsanoat" uyushmasi "Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytirish va importni optimallashtirish boshqarmasi" ma'sul xodimlari Xorazm viloyatiga ishchi tashriflari mobaynida korxona rahbarlari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda "DAMAS" va "LABO" rusumli avtomashinalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi qismlar, elektronika, sim-kabel mahsulotlariga bo'lgan talabni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobiga qondirish masalalari bo'yicha fikr almashildi. Shuningdek, avtomashinalarda qo'llaniladigan import mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish mavzusi ham muhokamalar markazida bo'ldi.

Zavodning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishgan vakillarimiz, ushbu jarayonda zarur bo'lgan elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berish imkoniga ega bo'lgan mahalliy ishlab chiqarish quvvatlariga oid ma'lumotlarni atroflicha tushuntirib o'tdilar.

Avtomobil ishlab chiqarishda yuzlab mayda detallar ishlatiladi. Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish avtomobillar narxining hamyonbop bo'lishiga, import tovarlari hajmi kamayishiga olib keladi. "O'zeltexsanoat" uyushmasi va "O'zavtosanoat" AJ korxonalari bilan sanoat rivojida muhim bo'lgan bu kabi loyihalarni amaliyotga joriy qilishda davom etadilar.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #mahalliylashtirish #Xorazm

📣 XORAZM VILOYATDAGI KORXONALAR FAOLIYATI O'RGANILDI

"O'zeltexsanoat" uyushmasi "Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytrish va importni optimallashtirish boshqarmasi"ning ma'sul xodimlari Xorazm viloyatida joylashgan bir qator korxonalarda o'rganish ishlarini olib bordilar.

➡️ BATAFSIL»

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xorazm #taqdimot #texnopark

📣 XORAZM VILOYATIDA HAM MUZLATKICH OMBORLARI VA ISSIQLIK TIZIMLARI TAQDIMOTLARI BO'LIB O'TADI

"O'zeltexsanoat" uyushmasi hamkor tashkilotlar va uyushmaga a'zo korxonalar bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlarida, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan muzlatkich omborlari va issiqlik tizimlari taqdimotlarini o'tkazib kelmoqda.

Navbatdagi targ'ibot-tashviqot tadbirlari Xorazm viloyatida, BUGUN 15-aprel kuni bo'lib o'tadi. Bunda, turli hajmdagi muzlatkich omborlari, issiqlik tizimlari, issiqlik nasoslari ko'chma ko'rgazmalari tashkil etiladi.

Ushbu mahsulotlarning afzalliklari va xususiyatlariga oid ma'lumotlar mutaxassislar tomonidan taqdimot ishtirokchilariga atroflicha tushuntirilishi rejalashtirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xorazm #taqdimot

📣 XORAZM VILOYATIDA HAM TARG'IBOT TADBIRLARI TASHKIL ETILDI

Xabaringiz bor "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligida, uyushmaga a'zo korxonalar, mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida, davlatimiz rahbarining 57-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida keng ko'lamli targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xorazm viloyati navbatdagi targ'ibot tadbirlarining markazi bo'ldi. Urganch tumani hokimiyati binosida tashkil etilgan tadbirda "O'zeltexsanoat" uyushmasi ma'sullari, viloyatning barcha tumanlaridan kelgan fermerlar, dehqonlar, mahalliy hokimiyat organlari vakillari, ijtimoiy soha obyektlari mutasaddilari, hamkor "ECO Company", "Texnopark", "Komfort" kabi korxonalardan kelgan mutaxassis va ma'ruzachilar ishtirok etdi.

🟢 BATAFSIL»

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xorazm #taqdimot #videomaterial

📣 Xorazm viloyatida tashkil etilgan katta hajmdagi muzlatkichlar va issiqlik tizimlari taqdimoti va targ'ibot tadbirlariga oid videomaterial

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #litiy_ion #Xorazm

🟢 O’zbekistonda litiy-ion batareyalarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi

➡️ Litiy-ion batareyalariga bo’lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Ushbu turdagi batareyalar elektromobillar va ko’plab turdagi elektrotexnika vositalarida keng qo’llaniladi.

➡️ Jahonning litiy-ion batareyalariga bo’lgan ehtiyoji bugungi kunda 717 GWhni tashkil etsa, 2030-yilga borib bu ko’rsatkich 3 127 GWhga yetishi kutilmoqda.

➡️ Ushbu mahsulotni mahalliylashtirish va ishlab chiqarish Xorazm viloyatida birinchilardan bo’lib yo’lga qo’yilishi rejalashtirilmoqda.

🤔 BATAFSIL»

🇺🇿 O'zbekcha
🇷🇺 Русский
🇺🇸 English

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorazm #elektrodvigatel

🟢 Artel kompaniyasining O'rta Osiyoda yagona sanalgan Elektrodvigatel ishlab chiqarish korxonasi haqida bilarmidingiz?

➡️Xorazm viloyatining “Xazorasp” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan korxonamiz faoliyati bilan ushbu videorolik orqali tanishishingiz mumkin.

Bu haqida kompaniya oʻz sahifasida ushbu reportajni eʼlon qildi.

@uzeltexsanoat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #texnopark #xorazm #alxorazmiy

⚡️ NOCOMMENT

➡️ Bugun Xorazm viloyatining “Al-Xorazmiy” hududida “Eltech Industrial” texnoparkining elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnoparkida dastlabki investitsiya loyihalari qurilishiga start berildi.

➡️ Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda Xorazm viloyati hokimligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi oʻrinbosari J.Jamalov, “Eltech Industrial” texnoparki direktori I.Nabiyev va boshqa keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

➡️ Jarayonga oid batafsil ma'lumotlarni kun davomida berib boramiz.

📝Fb 📝 Tg  💻In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xorazm #texnopark #OAV

⚡️ Xorazmda elektrotexnika yoʻnalishida Texnopark qurilishiga start berildi

➡️ Avval xabar berganimizdek, Xorazm viloyatining “Al-Xorazmiy” hududida “Eltech Industrial” texnoparkining elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan filialida dastlabki investitsiya loyihalari qurilishiga start berildi.

➡️ Mazkur jarayonlar "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan atroflicha yoritildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #Xorazm

⚡️ Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi

Tashrif dasturidan sanoat, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida ishga tushirilgan yangi obyektlar, yirik transport infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar oʻrin olgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM