"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.69K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Prezident #Malayziya

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Kuala-Lumpur shahrida qoʻshma biznes forumida ishtirok etdilar.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #Quvayt

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Quvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal as-Sabohning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident_qarori

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori qabul qilindi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident

Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi boshlanadi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident

⚡️ Bugun Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtadi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident_nutqi

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident

Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvi boshlanadi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident

⚡️ Prezidentimiz 2025-yil uchun sohadagi asosiy maqsad va vazifalarga toʻxtaldi. Bular:

kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55 foizga koʻtarib, 70 milliard dollarlik qoʻshilgan qiymat yaratish;

- yangi bozorlarga kirib borishda transport, sertifikat va standart masalalariga koʻmaklashib, kichik biznes eksportini oʻtgan yilgi 9 milliarddan 12 milliard dollarga olib chiqish;

- ichimlik suvi, kanalizatsiya, yoʻl, qurilish, kommunal xoʻjalik, yetkazib berish, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini 2-3 karra oshirish;

- 1,5 million doimiy ish oʻrni tashkil qilib, sohada band aholi ulushini 75 foizga yetkazish;

- 100 nafardan koʻp ishchisi bor korxonalarni 4 mingtaga olib chiqish;

- kichik biznesda yangi 100 ta brend mahsulot chiqarishni yoʻlga qoʻyish;

- kichik biznes ishtirokida 200 ta startap loyihalarni moliyalashtirish.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident

Prezidentimiz tadbirkorlarda yangilik qilish, tannarxni pasaytirish, sifatni yaxshilash orqali yangi bozorlarga chiqishga ishtiyoq tobora kuchayib borayotganini taʼkidladi.

Lekin ularning hammasi ham buning uchun qayerga borib, kimga uchrashish, qayerdan mutaxassis, yangi texnologiya olib kelishni bilmasligi qayd etildi.

Shu bois 20 ta tumanda kichik va oʻrta sanoat korxonalarini rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari tashkil etiladi. Ularga xorijiy muhandis, texnolog, dizayner, buxgalter va marketologlar olib kelinadi. Bu maqsadlarga shu yilning oʻzida 100 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.

Loyiha ofislari korxonalarga tannarxni tushirish, sifat va texnologiyani yaxshilashga, ularni yiriklashtirib, sanoat darajasiga olib chiqishga koʻmaklashadi.

Bundan tashqari, kichik biznesda yangi “drayver” boʻladigan uskuna va dastgohlar, tibbiy vositalar, elektronika sanoati, logistika kabi sohalarda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida dasturlar qabul qilinadi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident_qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yalpi majlisida nutq soʻzlaydi. Tadbir doirasida davlatimiz rahbari bir qator uchrashuvlar oʻtkazishi koʻzda tutilgan.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident_farmoni

⚡️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-47-son Farmoniga ko'ra, 2025-yil 1-iyuldan quyidagi 86 turdagi tovarlar uchun eksport bojlari joriy etildi:

➡️ Charm xomashyosi va yarim tayyor charm mahsuloti, ipak xomashyosi, paxta ip-kalavasi va trikotaj mato tovarlariga (Amalda turli uyushmalarning hisobiga undirilishi belgilangan tovarlarga nisbatan. Bu talab bekor qilindi).

➡️ Goʻsht mahsulotlari, bugʻdoy, don, guruch, mineral oʻgʻitlar, charm xomashyosi, PET chiqindilar, rangli metall lom va chiqindilari. (Amalda ushbu tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qarorlari asosida ruxsat berilgan taqdirda eksport qilish mumkin edi. Bu talablar bekor qilindi).

➡️ Oʻzbekistonda qoʻshilgan qiymat yaratish, qayta ishlash sanoatini qoʻllab quvvatlash maqsadida respublikada ishlab chiqariladigan strategik xomashyo mahsulotlariga (tabiiy gaz, elektroenergiya, paxta tolasi, paxta linti, mineral oʻgʻitlar, polietilen, polipropilen, polisterol, polietilentereftalat, PVX, mis xomashyosi).

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #Andijon

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Andijon viloyatiga tashrif buyuradi

Tashrif davomida yangi korxonalar faoliyati, sanoat, energetika, shaharsozlik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, joylardagi qurilish va bunyodkorlikni koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident_tabrigi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolariga tabrigi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #INNOPROM

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "INNOPROM. Markaziy Osiyo" V xalqaro sanoat koʻrgazmasi ochilishi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hududlarining I forumida ishtirok etadi. Tadbirlar doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #Innoprom

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni Toshkent shahrida ish boshlagan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

➡️ Ko‘rgazma “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida o‘tkazilmoqda. Ekspozitsiyaning umumiy maydoni 18 ming kvadrat metrdan ziyod. Unda Rossiya, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlardan 10 mingdan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda.

➡️ Ko‘rgazmada mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo sanoati, transport, qurilish, IT va boshqa tarmoqlardagi yetakchi korxonalarning texnologik yechimlari, zamonaviy uskunalari va tayyor sanoat mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #Xorazm

⚡️ Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi

Tashrif dasturidan sanoat, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida ishga tushirilgan yangi obyektlar, yirik transport infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar oʻrin olgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM