➡️ #Azerbaijan #exhibition
🟢 Uyushma korxonalari Ozarbayjonda bo'lib o'tayotgan ko'rgazmada ishtirok etmoqdalar➡️ Joriy yilning
20-24-noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun mahsus dasturi (SPECA) forumi bo'lib o'tmoqda.
➡️ Forumdan ko'zlangan maqsad esa
Markaziy Osiyo davlatlari, Afg'oniston va
Ozarbayjonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish ishlarining tahlili ko'rib chiqishdir.
➡️ Ishtirokchi davlatlarning
milliy stendlari ushbu forum doirasida tashkil etiladigan
ko'rgazmada namoyish etiladi.
➡️ 22-25-noyabr kunlari davom etadigan ko'rgazmaning bugun ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda
"O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi
yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari ham o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqdalar.
➡️ "Made in Uzbekistan" nomli pavilyonda yurtimiz elektrotexnika sanoatining
keng turdagi mahsulotlari joy olgan.
➡️ Eslatib o'tamiz, ushbu forum va uning doirasida tashkil etilayotgan ko'rgazmaga ishtirokchi
davlat rahbarlarining tashrifi kutilmoqda.
🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw