➡️ #xalqaro_hamkorlik #Misr #Egytrafo
📣 Misrning "Egytrafo" kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
✅ "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari
Mansur Xashimov va Misrning quruq, moy transformator va akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalaridan biri bo'lgan
“Egytrafo” kompaniyasi boshqaruv raisi
Atef Moneim o'rtasida hamkorlik masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.
✅ Shuningdek, kompaniyaning boshqa masʼul rahbar xodimlari bilan ham muloqot olib borgan vakillarimiz, uning ishlab chiqarish quvvatlari bilan ham yaqindan tanishdilar.
✅ Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik yo'nalishlari va O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi va
"Egytrafo" kompaniyasi rahbariyati ushbu hamkorlik aloqalari manfaatli bo'lishiga ishonch bildirdi.
✅ Tashrif yakunida
“Egytrafo” zavodi ishlab chiqarish quvvatlari atroflicha o'rganilib, mahsulotlar sifati va ishlab chiqarish jarayonlari bo'yicha keng doiradagi maʼlumotlar olindi.
Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🔹 Facebook 🔺 Telegram 🔹 Instagram 🔻 Youtube