"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.56K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Muammo muammo emas – unga bo‘lgan munosabat muammo.


JACK SPARROW

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👌2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 16-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #intervyu

⚡️ "Yangi bozorlarga kirib borish yo'llarini o'rganyapmiz" - Behruz Suvonov, Qarshi shahridagi "Alp Texno Servis" kompaniyasi Eksport bo‘limi mutaxassisi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Turkiyaning “Yamankoc Danışmanlık” kompaniyasi hamkorligida tashkillashtirilgan eksklyuziv o‘quv dasturi davom etmoqda.

➡️ Ushbu o'quv dasturi doirasida mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalarining eksport bo'yicha mutaxassislari o'z ko'nikma va malakalarini oshirmoqdalar.

➡️ Mazkur tadbir haqida ishtirokchilar fikrlarini e'tiboringizga havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uzeltexsanoat #ShamsLyuksServis #Partnership #export #investitsiya #Tashkent

#UZELTEXSANOAT yangi a'zo – "Shams Lyuks Servis" korxonasini a’zolikka qabul qiladi


➡️ “Shams Lyuks Servis” MChJ xorijiy korxona shaklida tashkil etilgan bo‘lib, 2012-yil davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

➡️ Korxona Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan bo‘lib, hozirda elektr dvigatellar, generatorlar va transformatorlar ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda.

➡️ “Shams Lyuks Servis” korxonasi “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga rasmiy a’zo sifatida qabul qilindi.

➡️ Korxonada 18 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. 2024-yilda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagilardan iborat bo'lgan: 200 dona transformator, 150 dona tayyor komplektli transformator podstansiyasi (ГКТП), 150 dona Yig‘ma (komplekt) transformator podstansiyasi (КТП) hamda 150 dona elektr taqsimot qurilmalari (ячейка).

➡️ Uyushma yangi a’zo korxona – #ShamsLyuksServis bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor va uni vakolat doirasida har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

📍 "Shams Lyuks Servis" korxonasi Andijon viloyati, Andijon shahri, Sanoat ko'chasi, 241 a-uyda joylashgan.

🖥 Korxona haqida: ma'lumot

#Uzeltexsanoat #ShamsLyuksServis #NewMember #Membership #export #industry #uzbekistan #innovation #growth

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #Aquatherm #Almaty

⚡️ Elektrotexnika korxonalari diqqatiga! "AQUATHERM ALMATY 2025"


➡️ "Aquatherm Almaty 2025" – issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, sanitariya texnikasi, konditsionerlar va ventilyatsiya tizimlari bo‘yicha xalqaro miqyosdagi yirik ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyati!

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ ushbu ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” milliy stendi ostida qatnashish uchun uyushma a’zolari va elektrotexnika sohasidagi tadbirkorlarni taklif etadi.

🗓 Tashkil etilish sanasi: 3–5-sentabr 2025-yil

📍O‘tkazilish joyi: Olmaota shahri, Qozog‘iston Respublikasi

🔗Ariza topshirish uchun havola:

https://subsidiya.epauzb.uz/list/?p_slug=parent_exhibition&ch_slug=exhibition

⚠️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat:


📞 Telefon: +99871-207-44-66 (711)
📞 Telefon: +99897-700-50-00

➡️ O‘zbekiston elektrotexnika sanoati mahsulotlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi ushbu muhim tadbirda ishtirok etib, eksport salohiyatingizni kengaytiring!

➡️ Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Kooperatsiya

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida muqobil energetika loyihalari bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik muloqotlari davom etdi


➡️ 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Prezident farmoni ijrosi doirasida, 2025-yil 17-iyul kuni "O‘zeltexsanoat" uyushmasi binosida Energetika vazirligi bilan hamkorlikda muqobil energetika yo‘nalishida ish olib borayotgan yirik xalqaro kompaniyalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokida ikkinchi kun uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

➡️ Bugungi uchrashuvda Germaniya, Yaponiya, BAA, Qatar va Xitoy kabi davlatlardan tashrif buyurgan "Hyper Partners", "Tepelen Group", "Sojits Corporation", "Nebras Power", "China Energy Overseas Investment", "China Electrical Equipment", "Poly Changda", "Sany Renewables", "Eagle Rise", "Sinoma Energy" va "China Energy ZEPDI" kabi kompaniyalar vakillari mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita muzokaralar olib bordilar.


➡️ Muloqot davomida xorijiy investorlar va ularning bosh pudratchilari amalga oshirayotgan muqobil energetika loyihalariga o‘zbek elektrotexnika mahsulotlarini keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Xususan, loyihalarda mahalliy kontent ulushini oshirish, ishlab chiqaruvchilar salohiyatini chuqur o‘rganish, hamkorlikda ishlab chiqarish va kooperatsion aloqalarni kengaytirish yuzasidan aniq taklif va fikrlar almashildi.

➡️ Mahalliy kompaniyalar o‘z mahsulotlari, ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, xorijiy mutaxassislarning savollariga javob berdilar.

➡️ Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, loyihalarda o‘zbek mahsulotlarining ishtirokini kengaytirish va uzoq muddatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar. Bu esa elektrotexnika sanoati salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌43👍2
➡️ #sanoat_turizmi #dolzarb_90_kun

⚡️“Dolzarb 90 kun”: yoshlar “IDEAL” korxonasi sharoitlari bilan tanishdilar


➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi ko‘magi bilan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Samarqand viloyati Urgut tumanidagi professional ta'lim muasassasalari o‘quvchilari uchun “Sam Elektro lyks” korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.

➡️O‘quvchilar elektrotexnika sohasi va u yerdagi kasbiy imkoniyatlar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar, shuningdek, kasb tanlashga oid interaktiv suhbatda ishtirok etib, mutaxassislardan foydali maslahatlar olishdi.

Aksariyat yoshlar “Dual ta'lim” doirasida ushbu korxonada ishlab daromad topish taklifini bildirdilar. Korxona mas'ullari ham o‘quvchilarni o‘qishdan ajratmagan holda ularni qo‘shimcha daromad topishlari uchun sharoit yaratib berishlarini ma'lum qildilar.


➡️Bunday uchrashuvlar yoshlarga zamonaviy mehnat bozori talablarini yaxshiroq anglash, kelajakdagi kasbini ongli tanlash va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishini belgilashda katta amaliy yordam beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Hayot senga bergan kartalarni o‘zgartira olmaysan, lekin qanday o‘ynashni o‘zing hal qilasan.


VOLTER

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👌1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 17-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #intervyu

⚡️ "Kabel-sim mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha yanada chuqurroq ma'lumotlarga ega bo'lyapmiz" - Asror Valiyev, "Artikul Aziya Kabel" kompaniyasi Eksport bo‘limi menejeri


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Turkiyaning “Yamankoc Danışmanlık” kompaniyasi hamkorligida tashkillashtirilgan eksklyuziv o‘quv dasturi davom etmoqda.

➡️ Ushbu o'quv dasturi doirasida mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalarining eksport bo'yicha mutaxassislari o'z ko'nikma va malakalarini oshirmoqdalar.

➡️ Mazkur tadbir haqida ishtirokchilar fikrlarini e'tiboringizga havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #chip #top_kompaniyalar

⚡️ Chip sanoatining yuragi: Dunyoning eng kuchli 10 kompaniyasi


➡️ Yarimo‘tkazgichlar (chiplar) — bu bugungi zamonaviy texnologiyalarni harakatga keltiruvchi asosiy vosita. Har bir smartfon, kompyuter, avtomobil, sun’iy intellekt tizimi yoki harbiy qurilma ichida millionlab tranzistorlar ishlovchi chiplar mavjud.

➡️ Chip ishlab chiqarish esa — dunyodagi eng murakkab, qimmat va strategik jihatdan muhim sohalardan biridir. Quyida aynan shu sanoatda eng yetakchi o‘rinni egallagan 10 ta kompaniya va ularning nega muhim ekani haqida so‘z yuritiladi.

BATAFSIL»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⁉️Liftlarida ARD funktsiyasi nimaga kerak?


ARD funktsiyasi — bu "Automatic Rescue Device" (Avtomatik qutqaruv qurilmasi) degan ma'noni anglatadi. Ya’ni elektr energiyasi uzilishi yoki har qanday avariya holati yuz berganda, liftda qolib ketgan odamlarni taxlikasiz ravishda chiqarib yuborish uchun ishlatiladi.

📣 E'tiborli jihati, bugungi kunda Toshkentdagi "TEXNOPARK" tomonidan ishlab chiqarilayotgan liftlar elеktr ta’minoti o‘chgan taqdirda yo‘lovchilarni avtomatik qutqarish tizimi (ARD) bilan jihozlangan.

☄️ ARD tizimi 40 soniya ichida avtomatik ravishda faollashadi. Kabinada yorug‘lik yonadi va lift eng yaqin qavatga harakatlanib, yo‘lovchilarni хavfsiz ravishda tushiradi. Bu hatto to‘liq elеktr o‘chgan holatda ham amalga oshadi!

💯 TEXNOPARKda "Sеrvis markazi" dispеtchеrlari 24/7 rеjimida ishlaydi. Lift kabinasida opеrator bilan bog‘lanish uchun maхsus tugma mavjud.

⚙️ ARD qanday ishlaydi?
▫️Tok o‘chganda, ARD funktsiyasi avtomatik ravishda faollashadi.
▫️U liftni eng yaqin qavatga harakatlantiradi (odatda, qo‘shimcha akkumulyator yoki UPS orqali).
▫️Lift eshiklari ochiladi, yo‘lovchilar tashqariga chiqishi mumkin.
▫️Bu tizim energiya tiklanmaguncha liftni qayta ishlatmaydi.


🔋 Texnik jihatdan:
ARD tizimida zahira akkumulyator, invertor, va kontroller mavjud bo‘ladi. Uning vazifasi — toksiz sharoitda ham harakatlanishga oz miqdorda energiya berish.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM