"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.56K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #london_metall_birjasi

📊 13-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (07-12-iyul, 2025-yil)

➡️ Turkiyaning “Yamankoc Danışmanlık” kompaniyasi bilan hamkorlikda eksklyuziv o‘quv dasturini tashkil etiladi

➡️ Elektrotexnika korxonalariga eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar

➡️ “Sam-Ferre” korxonasida Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchi korxonalar uyushmasi rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

➡️ "Alp Texno Servis" korxonasi ishlab chiqarish jarayonidan eksklyuziv lavha

➡️ Yarimo'tkazgichlar sohasini rivojlantirishda KOICA bilan hamkorlik muhokama qilindi

➡️ Farg'onada metall panelli radiatorlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy sanoat korxonasi ishga tushdi

➡️ Voltalia va mahalliy elektrotexnika korxonalari: yashil energiya loyihalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

➡️ Quyosh panellariga texnik xizmat ko'rsatish kursini navbatdagi tinglovchilar yakunladi

➡️ Energetika vazirligi va "O'zeltexsanoat" uyushmasi vakillari "Nammotors" korxonasi faoliyatini o'rgandilar

➡️ Qashqadaryodagi "Solar Cluster" hududida amalga oshirilayotgan elektrotexnika loyihalari holati o‘rganildi

➡️ “SAMO TECHNO”: 4 kishilik jamoadan katta bir korxonaga aylangan tadbirkor

➡️ Quyosh panellariga texnik xizmat ko'rsatish kursiga qabul davom etmoqda

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va "China Electronic Corporation" o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Industrial

⚡️ Uyushma raisi “Eltech Industrial” texnoparkida amalga oshirilayotgan loyihalar holati bilan tanishdi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi boshchiligidagi Ishchi guruhi Toshkent viloyatida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparkiga tashrif buyurib, ushbu hududda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalarining joriy holatini o‘rgandilar. Tashrif davomida loyihalarning texnik-texnologik parametrlari, ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari va eksport salohiyati bo‘yicha batafsil tanishtiruvlar o‘tkazildi.

➡️ Har bir loyiha bo‘yicha uning mahalliylashtirish darajasi, xomashyo ta’minoti, mehnat resurslari va infratuzilma bilan ta’minlanish holatidan kelib chiqib tahlil qilindi. Joylarda loyihalarning tezroq ishga tushishini ta’minlash, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va eksport imkoniyatlarini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar va zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar oldiga texnologik yangilanish, mahsulot sifati va xalqaro standartlarga muvofiqlik borasida ham muhim vazifalar qo‘yildi.

➡️ “Eltech Industrial” texnoparki bugungi kunda elektrotexnika sanoati bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik loyihalarni o‘zida jamlagan sanoat maydonchasiga aylanmoqda. Bu yerda mikroprotsessor modullari, yuqori kuchlanishli kabellar, mis quvurlar, transformator simlari, maishiy texnika va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Tashabbuskorlar orasida “Vades Group”, “Enco Group”, “Metal Processing Technology”, “Premier Electrotech”, “United Cable-Co”, “Nura Group” kabi mahalliy va xorijiy investorlar ishtirokidagi kompaniyalar mavjud.


➡️ Texnopark hududida amalga oshirilayotgan barcha loyihalarning umumiy qiymati $ 439 million dollardan oshadi. Ular orqali 3 800 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi, yiliga $ 590 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Bunda ishlab chiqariladigan mahsulotlar nafaqat ichki bozorga, balki xalqaro talabga ham mos kelishi ko‘zda tutilgan.

➡️ Tashrif yakunida texnopark infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy obyektlar — oliy ta’lim muassasasi, texnikum, sport majmuasi, poliklinika, ofis va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etilishi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
➡️ #lift #qaror

⚡️ Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilandi


➡️ Hukumat qarori (431-son, 12.07.2025 y.) bilan “Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

➡️ Nizomga koʻra, bino va inshootlarda oʻrnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda boʻlgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1 marta tartibda majburiy davriy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

➡️ Foydalanishga topshirilgan va yangi oʻrnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida roʻyxatga olinishidan avval dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazilishi shart.

➡️ Dastlabki texnik koʻrik lift pudratchisining murojaatiga binoan 10 ish kunidan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Bunda texnik koʻrik natijalarining toifasiga qarab quyidagi ranglarda maʼlumot yorligʻi liftga yopishtiriladi:

⏺️ foydalanishga yaroqli liftga “yashil”;
⏺️ qisman nosoz liftga “moviy”;
⏺️ nosoz liftga “sariq”;
⏺️ foydalanish uchun xavfli liftga “qizil”.

➡️ Texnik koʻrik natijasida foydalanish uchun xavfli va qizil rangli maʼlumot yorligʻi bilan belgilangan liftdan foydalanish taqiqlanishi lozim.

Batafsil»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Yamankoc_Danışmanlık

⚡️ “Yamankoc” bilan hamkorlikda eksport bo‘yicha eksklyuziv o'quv dasturi o'z ishini boshlandi


➡️ Bugun, 14-iyul kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasi binosida Turkiyaning “Yamankoc Danışmanlık” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan eksklyuziv o‘quv dasturi o‘z ishini boshladi.

➡️ Dastlabki nazariy mashg‘ulotlar bilan start olgan ushbu loyihaning asosiy maqsadi — O‘zbekiston korxonalarining eksport salohiyatini oshirish, ularga xalqaro savdo yo‘nalishida mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmalarni berishdan iborat.

➡️ Dastur doirasida tinglovchilar tashqi savdo strategiyalari, mahsulot kodlari bilan ishlash, bozor tahlili, mijozlar bazasini yaratish, raqobatchilarni aniqlash kabi eksportning asosiy jihatlari bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘ladilar.

➡️ Mashg‘ulotlarga xalqaro darajadagi ekspert, Turkiyaning tashqi savdo va marketing sohasi bo‘yicha 25 yillik tajribaga ega Yaman Koç rahbarlik qilmoqda. U Yevropa va Turkiyaning yuzlab kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli ishlagan, shuningdek, O‘zbekistondagi yirik ishlab chiqaruvchi subyektlarga ham konsalting xizmatlari ko‘rsatgan.


➡️ Toshkentda o‘tayotgan nazariy darslar amaliy tajriba bilan boyitiladi: tinglovchilar dastur yakunida Anqara shahriga borib, Turkiyaning eksport bo‘yicha ilg‘or tajribalari bilan tanishadilar va sertifikat topshirish marosimida ishtirok etadilar. Bu esa o‘quv jarayonini nafaqat nazariy, balki real amaliy ko‘nikmalar asosida chuqurlashtirish imkonini beradi.

➡️ Dastur taqvimi:

14-iyul – 01-avgust kunlari — Toshkent shahrida nazariy mashg‘ulotlar
11–15-avgust kunlari — Anqara (Turkiya) shahrida amaliyot va diplom topshirish marosimi


➡️ Mazkur eksklyuziv o‘quv dasturi – “O‘zeltexsanoat” uyushmasining tashqi savdoga ixtisoslashgan kadrlarni tayyorlashga qaratilgan ilg‘or tashabbusidir. Ushbu loyihada qatnashayotgan korxonalar uchun bu bilimlar nafaqat eksport hajmini oshirishga, balki yangi bozorlarni egallashda ham mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Yamankoc #eksport #video

⚡️ NOCOMMENT. YAMANKOC. EKSPORT


➡️ Eksport bo'yicha eksklyuziv o'quv dasturiga start berildi

➡️ Turkiyaning “Yamankoc Danışmanlık” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bu loyiha — tashqi bozorga chiqish istagidagi korxonalar uchun katta imkoniyat!

➡️ E'tiboringizga ushbu o'quv dasturining birinchi kuniga oid videokontentni havola etamiz.

#Export #YamanKoc #Uzeltexsanoat #GoGlobal

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Aqlli odam har narsani jiddiy qabul qilmaydi — lekin har bir narsadan saboq oladi.


OSKAR UAYLD

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 14-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM