➡️ #Namangan #Nammotors
Energetika vazirligi va "O'zeltexsanoat" uyushmasi vakillari "Nammotors" korxonasi faoliyatini o'rgandilar
➡️O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vaziri o‘rinbosari
Umid Mamadaminov hamda
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari
Jahongir Jamalov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida viloyatdagi yirik elektrotexnika korxonalaridan biri –
“Nammotors” MCHJ faoliyati o‘rgandilar.
➡️Mazkur tashrif davomida mas'ullar korxonaning
ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud texnologik quvvatlar hamda so‘nggi yillarda joriy etilgan modernizatsiya ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
➡️Tashrif doirasida
ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish va eksport bozorlarini kengaytirish bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.
➡️Shuningdek, korxona ehtiyojlarini inobatga olgan holda
davlat tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan amaliy qo‘llab-quvvatlash choralariga ham e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan energetika loyihalarida
“Nammotors” mahsulotlaridan foydalanish istiqbollari yuzasidan ham muloqotlar olib borildi.
➡️Bu orqali korxonaning
ichki bozorga yanada chuqur integratsiyasi ta’minlanib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash siyosatiga amaliy hissa qo‘shilishi ko'zda tutilmoqda.
🌐 UZELTEXSANOAT |
Telegram