"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.56K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#euro_news #nocomment

Bugun InterContinental mehmonxonasida "Euronews" media-xoldingining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Qisqacha ushbu 👆🏻nocomment lavhada

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Aql bilan ishlovchi odam mehnatdan qochmaydi, lekin harakatni maqsadsiz qilmaydi.


SENEKA

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 30-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Envision_Group

⚡️ “Envision Group” bilan hamkorlik yo‘lida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi


➡️ 2025-yil 30-iyun kuni "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Xitoyning muqobil energetika yo‘nalishida yetakchi kompaniyalaridan biri — “Envision Group” vakillari bilan navbatdagi muloqot bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov, "Envision Group" kompaniyasining Markaziy Osiyo bo'yicha menejeri Yevgeniy Tipakov, ushbu kompaniyaning O‘zbekistondagi mahalliy hamkori — “Solar Nature” korxonasi rahbari Farrux Asralxodjayev hamda boshqalar ishtirok etdi.

➡️ Suhbat davomida mehmonlar O‘zbekistondagi mavjud vaziyat, ichki bozor salohiyati va litiy-ion batareyalarni mahalliylashtirish borasida hukumat tomonidan yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

➡️ Tomonlar energiya saqlash tizimlari (BESS) bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini yana bir bor muhokama qilib, "O‘zeltexsanoat" uyushmasi tomonidan zarur texnik va iqtisodiy ma’lumotlarni taqdim etishga, shuningdek, kelgusida qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda yashil energetika, texnologik yangilanish va sanoatni mahalliylashtirish yo‘lida yana bir muhim strategik qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

➡️ Ma’lumot uchun: “Envision Group” — xalqaro darajadagi aqlli energiya texnologiyalari va barqaror energetika yechimlariga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biridir.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
➡️ #Aquatherm #Almaty

⚡️ Elektrotexnika korxonalari diqqatiga! "AQUATHERM ALMATY 2025"


➡️ "Aquatherm Almaty 2025" – issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, sanitariya texnikasi, konditsionerlar va ventilyatsiya tizimlari bo‘yicha xalqaro miqyosdagi yirik ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyati!

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ ushbu ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” milliy stendi ostida qatnashish uchun uyushma a’zolari va elektrotexnika sohasidagi tadbirkorlarni taklif etadi.

🗓 Tashkil etilish sanasi: 3–5-sentabr 2025-yil

📍O‘tkazilish joyi: Olmaota shahri, Qozog‘iston Respublikasi

🔗Ariza topshirish uchun havola:

https://subsidiya.epauzb.uz/list/?p_slug=parent_exhibition&ch_slug=exhibition

⚠️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat:


📞 Telefon: +99871-207-44-66 (711)
📞 Telefon: +99897-700-50-00

➡️ O‘zbekiston elektrotexnika sanoati mahsulotlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi ushbu muhim tadbirda ishtirok etib, eksport salohiyatingizni kengaytiring!

➡️ Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Sen hali yetib bormagan joylarga borish uchun, hali qilmagan ishlarni qilishing kerak.


COCO CHANEL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 01-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #YamanKoc #export

⚡️ "GO GLOBAL" - “O‘zeltexsanoat” uyushmasidan yangi loyiha: Tashqi savdoda bilim va salohiyatni oshirish imkoniyati!


➡️ Tashqi savdo, eksport yo'nalishida kadrlar malakasini oshirishni xohlovchi korxonalar diqqatiga!

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Turkiyaning TOP-5 talikdagi eng nufuzli konsalting kompaniyalaridan biri – “Yamankoc Danışmanlık” bilan hamkorlikda eksport yo‘nalishida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni beruvchi eksklyuziv o‘quv dasturini tashkil etmoqda.

➡️ Treningni kim o‘tkazadi?

➡️ Yaman Koç - Turkiyaning tashqi savdo va marketing bo‘yicha 25 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro darajadagi ekspert. Yaman Koç Yevropa va Turkiyaning yuzlab kompaniyalari uchun tashqi savdo tahlil tizimlari, strategik rejalashtirish, bozorga chiqish modellarini yaratgan. O‘zbekistonning yirik kompaniyalari bilan ishlash tajribasiga ega.

➡️ Dastur taqvimi:

07–iyul - 01-avgustgacha – Toshkentda nazariy mashg‘ulotlar

11–15 avgust – Anqara (Turkiya) shahrida amaliyot va diplom topshirish marosimi


➡️ Dastur quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

Mahsulotlar va TIF TN kodlari bilan to'g'ri ishlash;

Maqsadli bozor matritsasini tuzish;

Bozorlarni saralash va aniqlashtirish;

Mijoz turlarini segmentatsiya qilish;

Mijozlar bazasini tuzish va tahlil qilish;

Raqobatchilarni aniqlash va baholash;

Eksport strategiyasini ishlab chiqish.


➡️ Batafsil ma’lumot: yamankoc.com

☺️ Qo`shimcha malumotlar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+99897-744-22-44 | +99871-207-44-66 (711)

‼️ Ishtirokchilar soni cheklangan! Ro'yxatdan o'tishning so'ngi kuni 5-iyul. Dasturda ishtirok etishni istagan korxonalar imkon qadar ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlari tavsiya etiladi.

📍 Manzil: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi binosi, 3-qavat, Eltech malaka o'quv markazi. (geolokatsiya)

🟢 Eslab qoling: bilimli va strategik fikrlovchi kadr – har qanday kompaniya muvaffaqiyatining kalitidir.
Eksportda raqobatbardosh bo‘lish uchun birinchi qadamni bugun tashlang!


🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #STPGlobalCable

⚡️ “STP Global Cable” korxonasiga tashrif: elektrotexnika sohasidagi hamkorlik amaliy bosqichda


➡️ Joriy yilning 2-iyul kuni "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi vakillarimiz Ozarbayjondagi yirik elektrotexnika sanoat korxonasi – “STP Global Cable” kompaniyasiga tashrif buyurdilar.

➡️ Tashrif doirasida uyushma rahbari kompaniyaning ishlab chiqarish jarayoni, mavjud hudud va ishlab chiqarish binolari, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya faoliyati, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan kabel va telekommunikatsiya mahsulotlari, dizel generatorlar, axborot kiosklari, metall mahsulotlar bilan bevosita tanishdi.

➡️ Tashrif chog‘ida “STP Global Cable” vakillari kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari, eksport geografiyasi va texnik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Delegatsiya a’zolari, xususan, yuqori kuchlanishli (500 kV gacha) kabel mahsulotlarining ishlab chiqarilishi, sifat nazorati tizimi, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Agar sen o‘z vaqtingni boshqara olmasang – boshqa hech narsani boshqara olmaysan.


PETER DRUCKER

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41👍1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 02-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #YamanKoc #export

⚡️ "GO GLOBAL" - “O‘zeltexsanoat” uyushmasidan yangi loyiha: Tashqi savdoda bilim va salohiyatni oshirish imkoniyati!


➡️ Tashqi savdo, eksport yo'nalishida kadrlar malakasini oshirishni xohlovchi korxonalar diqqatiga!

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Turkiyaning TOP-5 talikdagi eng nufuzli konsalting kompaniyalaridan biri – “Yamankoc Danışmanlık” bilan hamkorlikda eksport yo‘nalishida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni beruvchi eksklyuziv o‘quv dasturini tashkil etmoqda.

➡️ Treningni kim o‘tkazadi?

➡️ Yaman Koç - Turkiyaning tashqi savdo va marketing bo‘yicha 25 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro darajadagi ekspert. Yaman Koç Yevropa va Turkiyaning yuzlab kompaniyalari uchun tashqi savdo tahlil tizimlari, strategik rejalashtirish, bozorga chiqish modellarini yaratgan. O‘zbekistonning yirik kompaniyalari bilan ishlash tajribasiga ega.

➡️ Dastur taqvimi:

07–iyul - 01-avgustgacha – Toshkentda nazariy mashg‘ulotlar

11–15 avgust – Anqara (Turkiya) shahrida amaliyot va diplom topshirish marosimi


➡️ Dastur quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

Mahsulotlar va TIF TN kodlari bilan to'g'ri ishlash;

Maqsadli bozor matritsasini tuzish;

Bozorlarni saralash va aniqlashtirish;

Mijoz turlarini segmentatsiya qilish;

Mijozlar bazasini tuzish va tahlil qilish;

Raqobatchilarni aniqlash va baholash;

Eksport strategiyasini ishlab chiqish.


➡️ Batafsil ma’lumot: yamankoc.com

☺️ Qo`shimcha malumotlar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+99897-744-22-44 | +99871-207-44-66 (711)

‼️ Ishtirokchilar soni cheklangan! Ro'yxatdan o'tishning so'ngi kuni 5-iyul. Dasturda ishtirok etishni istagan korxonalar imkon qadar ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlari tavsiya etiladi.

📍 Manzil: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi binosi, 3-qavat, Eltech malaka o'quv markazi. (geolokatsiya)

🟢 Eslab qoling: bilimli va strategik fikrlovchi kadr – har qanday kompaniya muvaffaqiyatining kalitidir.
Eksportda raqobatbardosh bo‘lish uchun birinchi qadamni bugun tashlang!


🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Artel matbuot xizmati
Yangi imkoniyatlar – yangi ish o‘rinlari!
Artel kompaniyasining Jizzax viloyati, Dashtobod shahrida joylashgan yangi ishlab chiqarish zavodi ishga tushmoqda! Shu munosabat bilan yangi jamoamizga ishga taklif qilamiz.

Kompaniya tomonidan taklif etiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
- Kasbiy rivojlanish va o‘qish imkoniyati;
- Issiq tushlik va kechki yegulik (полдник);
- Ijtimoiy paket;
- Barqaror ish o‘rni va o‘sish imkoniyatlari.

Yuqorida ko‘rsatilgan mutaxassisliklar bo‘yicha rezyumeingizni yuboring – biz sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

Batafsil ma’lumot va hujjat topshirish uchun:
@RabotaArtel_bot
📞 +998881458888
📞 +998788880505
📞 +998777075397
📞 +998977887771

———————————

Новые возможности – новые рабочие места!
В городе Даштабад Джизакской области запускается новый производственный завод компании Artel! В связи с этим приглашаем вас присоединиться к нашей команде.

Компания предлагает:
- Официальное трудоустройство в соответствии с Трудовым кодексом Республики Узбекистан;
- Возможности для профессионального развития и обучения;
- Горячий обед и полдник;
- Социальный пакет;
- Стабильное рабочее место и перспективы карьерного роста.

Присылайте своё резюме по указанным специальностям — мы будем рады видеть вас в нашей команде!

Подробная информация и подача документов:
@RabotaArtel_bot
📞 +998 88 145 88 88
📞 +998 78 888 05 05
📞 +998 77 707 53 97
📞 +998 97 788 77 71

Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn
🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyiha #mahalliylashtirish #Yevropa_standarti #TEXNOPARK

⚡️“TEXNOPARK”da yangi avlod kir yuvish mashinalarining texnik sinoviga Yevropalik muhandis-texnologlar jalb etilgan


➡️Ayni paytda "O'zeltexsanoat" uyushmasi mazkur yangi loyiha doirasida TEXNOPARKmutaxassislari hamda Italiyaning “SPM” kompaniyasi muhandislari bilan hamkorlikda yakuniy texnik sinov jarayonlarini o‘tkazmoqda.

➡️Jumladan, yangi modelning transportirovka, tushirish (drop test), vibratsiya, stabilizatsiya (taxlash) va iqlim sharoitlariga mosligini aniqlovchi kompleks texnik sinovlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

➡️Yangi model yuqori darajada mahalliylashtirilgani bilan ajralib turadi. Bu esa sifatli va xavfsiz bo‘lgan mahsulotni nisbatan past narxda ishlab chiqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, xalqaro tajribaga ega muhandislar bilan birgalikda ishlash jarayoni mahalliy mutaxassislar uchun katta amaliy tajriba maktabiga aylangan.

➡️Yaratilayotgan "Artel" brendi ostidagi yangi kir yuvish mashinasi 6-9 kilogramm yuk sig‘imiga, 11 ta asosiy va 6 ta qo‘shimcha yuvish rejimiga ega bo‘lib, unda par bilan yuvish funksiyasi, chaqaloqlar kiyimini yuvish uchun maxsus rejim va ergonomik boshqaruv paneli mavjud. Baraban dizayni esa “Pearl” (marvarid) uslubida ishlab chiqilgan bo‘lib, turli o‘lchamdagi silliq yoysimon elementlar yordamida kiyimlarga yumshoq va ehtiyotkor muomala qilinishini ta’minlaydi.

➡️Umuman olganda, “TEXNOPARK”da yaratilayotgan yangi turdagi kir yuvish mashinasi Yevropa texnologiyasi va Sharq ergonomikasining uyg‘unlashuvi natijasi bo‘lib, mahalliy bozorda ham, xalqaro maydonda ham raqobatbardosh mahsulot sifatida baholanishi kutilmoqda.

➡️Bu haqda batafsil ma’lumotni Italiyaning “SPM” kompaniyasi prezidenti Ennio Sartor bilan tashkil etilgan intervyu orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Malaka

⚡️ "Eltech-malaka" o‘quv markazida kechki kurslar uchun tinglovchilar qabuli boshlanmoqda


➡️ Ayni paytda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi huzuridagi “Eltech-malaka” o‘quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 30-iyun kuni boshlangan navbatdagi guruhning o‘quv jarayonlari qizg'in davom etmoqda.

➡️ O‘quv mashg‘ulotlari malakali o‘qituvchi va mutaxassislar tomonidan zamonaviy metodikalar asosida olib borilmoqda.

➡️ Ko'p sonli qiziquvchilarning taklif va istaklariga asosan endilikda ushbu kurslarni kechki soatlarda ham davom ettirish mumkin.

➡️ Keyingi mashg'ulotlarga 14-iyul kuni start beriladi.

➡️Eslatib o'tamiz, shu kungacha ushbu kursda 160 nafar tinglovchilarga malaka sertifikati berilgan.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, 10-uy
📞 Telefon: +99890-964-01-97
📱 https://t.me/ulashovsobir

‼️Quyosh energetikasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish sari ilk qadamingizni bugunoq boshlang!

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Baxtli bo‘lish uchun sabab izlama. Baxtli bo‘l, keyin sabablar o‘zi keladi.


ESTHER HICKS

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌2💯2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 03-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #IFA_Berlin_2025

⚡️Elektrotexnika sanoati korxonalari diqqatiga!


➡️ 2025-yil 5–9-sentabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida dunyodagi eng yirik maishiy texnika ko‘rgazmasi — IFA Berlin 2025 bo‘lib o‘tadi.

➡️ IFA — bu har yili 200 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar, 2 000 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etadigan, global darajadagi №1 texnologik tadbir hisoblanadi.

➡️ Mazkur nufuzli tadbirda “Made in Uzbekistan” brendi ostida markazlashgan milliy stend tashkil etilib, elektrotexnika sanoatining yetakchi korxonalari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

➡️ O‘z mahsulotlaringizni jahon bozoriga olib chiqish va yangi hamkorliklar aloqalarini o‘rnatish uchun ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyatini boy bermang!

➡️ Ishtirok etish bo‘yicha murojaat uchun:
+99897-700-50-00 | +99871-207-44-66 (711)

🌐 Ko'rgazma rasmiy veb-sayti: www.ifa-berlin.com

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Yashil_belgi

⚡️ “Yashil” davlat xaridlarini qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi


➡️ “Yashil” davlat xaridlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (371-son, 18.06.2025 y.) qabul qilindi.

➡️ Qarorga koʻra, davlat xaridlarini amalga oshirishda "yashil" davlat xaridlari tizimi joriy etiladi hamda "yashil" davlat xaridlari ulushi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 30 foizga yetkaziladi.

➡️ 2026-yil 1-yanvardan davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritiladi.

➡️ Bunda:

ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun toʻplangan ballarning 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi;

ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos boʻlmaydi.

➡️Bundan tashqari, davlat buyurtmachilarining 2026-yil uchun davlat xaridi bilan bogʻliq xarajatlarda “yashil” davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazishi, ushbu koʻrsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish boʻyicha choralar koʻrishi belgilandi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #Qaror_muhokamasi

⚡️ Soliq qo‘mitasida qaror talablari bo‘yicha amaliy uchrashuv o‘tkazildi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan Davlat soliq qo‘mitasida navbatdagi amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qo‘mita vakillari bilan birgalikda uyushmaga a’zo yirik elektrotexnika ishlab chiqaruvchilari — “Artel Electronics Manufacturing” va TEXNOPARK korxonalarining vakillari ishtirok etdi.

➡️ Uchrashuv davomida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 263-sonli qarori — “Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat talablari muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, yig‘ilish davomida bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirishda mahsulotlarning identifikatsion kodi asosida aniqlash mexanizmlari Soliq qo‘mitasi mutasaddilari tomonidan korxona vakillariga batafsil tushuntirib berildi.

➡️ Tadbir doirasida ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining amaliy savollarini berdi, mavjud muammolar va yechimlar muhokama qilindi. Qaror ijrosini to‘g‘ri tashkil etish, imtiyozlardan to‘liq foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.

➡️ Ushbu uchrashuv elektrotexnika sanoatida mahalliylashtirishni jadallashtirish va soliq-boshqaruv tizimidagi yangi mexanizmlarni ishlab chiqaruvchilarga samarali tushuntirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3