"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.51K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.53K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Matbuot_kuni #bayram

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Matbuot xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


➡️ 26-iyun kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida "27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" arafasida bir qator OAV vakillari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.

➡️ Tadbir davomida uyushma raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, muxbirlar va OAV xodimlarini kirib kelayotgan kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

➡️ “Bugun jamiyatda ro‘y berayotgan islohotlarni yoritish, haqiqatni xalqqa yetkazish va ochiq muloqot madaniyatini shakllantirishda jurnalistlar o‘rni beqiyos. Ayniqsa, sanoatimiz, elektrotexnika tarmog‘ida bo‘layotgan o‘zgarishlarni yoritishda sizlarning hissangiz juda katta. Axborot uzatishdagi halollik, tahliliy yondashuv va xolislik — bu kasbning eng oliy mezonidir,” — dedi Jahongir Jamalov o‘z tabrigida.


➡️ Tadbir so‘nggida OAV vakillariga “O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbariyati va butun jamoasi nomidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

➡️ Ushbu uchrashuv nafaqat bayramona ruhda, balki do‘stona va ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Unda sanoat va OAV o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, matbuot bilan doimiy aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi barcha fidoyi OAV xodimlarini kasb bayrami bilan yana bir bor tabriklaydi!
Barcha jurnalistlarga chuqur hurmat va minnatdorchilik bildiramiz!

#MatbuotKuni #JurnalistlarBayrami #Uzeltexsanoat #RahmatJurnalistlar

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
➡️ #Sertifikat

⚡️ Korxona va tashkilotlar diqqatiga!


➡️ “Eltech-Malaka” MCHJ menejment tizimlarini sertifikatlash bo‘yicha faoliyat yurituvchi tashkilot sifatida “Akkreditatsiya markazi” tomonidan xalqaro ISO standartlariga muvofiq deb topildi va rasmiy ro‘yxatga olindi. (O‘ZAK.MT.0037).

➡️ Ushbu menejment tizimlarini joriy qilish orqali korxonangiz quyidagi afzalliklar va imtiyozlarga ega bo‘ladi:

Ishlab chiqarish sifatini yaxshilash;
Mijozlar ishonchini oshirish;
Resurslardan samarali foydalanish;
Xavfsiz mehnat muhitini yaratish;
Atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish;
Eksport salohiyatini oshirish;
Davlat xaridlarida imtiyozlar ega bo'lish.

➡️ Mazkur sertifikatni olish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar qisman qoplab beriladi.

➡️ Ayniqsa, eksportga yo‘naltirilgan va davlat bilan ishlayotgan korxonalar uchun bu tizim raqobatbardoshlik va ishonchlilik belgisi hisoblanadi.

➡️ Menejment tizimini joriy qilish, sertifikatlash tartibi va boshqa afzalliklar haqida to‘liq ma’lumot:

BATAFSIL»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
➡️ #Standart

⚡️ Milliy standart loyihasi muhokama qilindi

➡️ O‘zbekiston standartlar institutida "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ul xodimlari ishtirokida "O‘zMSt ___:2025 “Maishiy va boshqa energiya iste’mol qiluvchi qurilmalar energiya samaradorligini tamg‘alash bo‘yicha umumiy talablar” milliy standarti loyihasi yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Mazkur loyiha orqali energiya samaradorligi bo‘yicha iste’molchilarni aniqlik va ishonchlilik tamoyillariga asoslangan ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar uchun yagona texnik talablarga rioya etilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

➡️ Yig‘ilish davomida loyihaning asosiy texnik parametrlari, hisoblash uslublari hamda tamg‘alash tartiblari batafsil ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar tomonidan ayniqsa energiya samaradorligi belgilarining shakli, rangi va joylashuviga oid masalalar alohida muhokama qilindi.

➡️ Shu bilan birga, tamg‘alash tizimini Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan mamlakatlar amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

➡️ Yig‘ilish ishtirokchilari ushbu standartni takomillashtirish nafaqat mahalliy darajada sifatli va samarador mahsulotlar ishlab chiqarishga, balki ularni xalqaro bozorlarga olib chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident_qarori

❗️2025-yil 22-yanvarda qabul qilingan PQ-20-sonli “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko'ra:


⚡️ Yuqori qo’shilgan qiymatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rag’batlantirish uchun qulay moliyaviy sharoitlar yaratish maqsadida 2025-yil 1-fevraldan:

➡️ Korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari (R&D) faoliyatini yo’lga qo’yish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro’yxatlar bo’yicha o’z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O’zbekistan Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028-yil 1-fevralga qadar bojxona bojidan ozod etiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
➡️ #injenerlik_maktabi #Eltech_Industrial

⚡️“MIS KLASTERI” LOYIHALARI UCHUN KADRLAR TAYYORLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI


➡️ Ohangaron tumanidagi “Eltech-Industrial” texnoparkida ish boshlayotgan investitsiya loyihalari uchun Ohangaron shahar politexnikumi huzuridagi “Injenerlik maktablari”da yuqori malakali o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan tadbirkorlar va ta’lim muassasalari rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

➡️Ta’kidlandiki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvarda qabul qilingan PQ-20-sonli “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan elektrotexnika sanoati korxonalari uchun yuqori malakali o’rta bo’g’in kadrlari hamda ishchi-mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Jizzax va Toshkent viloyatidagi politexnikumlar huzurida “Injenerlik maktablari” tashkil etilgan edi.


➡️Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida tashkil etilgan “Injenerlik maktabi” da bugun "Mis klasteri" korxonalari uchun qanday o’rta bo’g’in kadrlariga ehtiyoj bor, ularni tayyorlash bo’yicha korxona rahbarlarining takliflari o'rtaga tashlandi.

➡️Tashkil etilgan yangi yo’nalishlar bo’yicha va o’quv dasturlari yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. Asosan kabel-sim, maishiy texnika, misni qayta ishlash yo’nalishlarida zamonaviy kadrlarga bo’lgan talab va ehtiyoj inobatga olinishi alohida ta’kidlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Har qanday murakkab ish — bir vaqtlar boshlashga jur’at etilgan oddiy ish edi.


AMELIYA ERXART

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👌1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 29-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Yoshlar_kuni

⚡️ Hurmatli yoshlar!


O'zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi jamoasi nomidan sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yoshlar — har bir jamiyatning kuchi, yangilanishi va taraqqiyotining asosidir. Bugun yurtimiz yoshlari ilm-fan, innovatsiya, sanoat va boshqa sohalarda faol ishtirok etib, O‘zbekiston kelajagini barpo etishda muhim o‘rin tutmoqda.

Yangi yutuqlarga intilayotgan, ezgu maqsadlar sari qat’iyat bilan harakat qilayotgan barcha yoshlarimizga mustahkam sog‘lik, ilm va ijod yo‘lida omad tilaymiz!

Yoshligingiz quvonch, muvaffaqiyat va orzu-umidlar bilan to‘lsin!

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (23-28-iyun, 2025-yil)

➡️ O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi: elektrotexnika sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “Gerege Systems” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

➡️ Yangi induksion elektr isitish radiatorlari ishlab chiqarish loyihasi o'rganildi

➡️ Elektrotexnika korxonalari diqqatiga! "AQUATHERM ALMATY 2025" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tadi

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida matbuot xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

➡️ “Eltech-Malaka” MCHJ menejment tizimlarini sertifikatlash bo‘yicha faoliyat yurituvchi tashkilot sifatida “Akkreditatsiya markazi” tomonidan xalqaro ISO standartlariga muvofiq deb topildi

➡️ Milliy standart loyihasi muhokama qilindi

➡️ "Mis klasteri" loyihalari uchun kadrlar tayyorlash muhokamasi bo'lib o'tdi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бир нарсани аниқ тушуниб олиш зарур. Болани ёмони бўлмайди. Уларга катталарнинг меҳри, имкониятларини намоён қилиш учун шароит, ўзига ишонч бўлиши учун мотивация керак”,

- деди Президентимиз сўзининг давомида.

Мисол учун, Тадбиркорлик жамоатчилик кенгаши аъзолари – 108 нафар “чемпион” тадбиркор ўзларининг 308 та корхонаси атрофидаги мактабларга бориб, юқори синф ўқувчиларини касбга қизиқтираётгани мамнуният билан қайд этилди.

Энг муҳими, бу ўқувчиларнинг аксарияти келажакда ҳаётини қайси касбга боғлаш ҳақида аниқ тасаввурга эга бўлмоқда.

Бундай ташаббускор, фидойи, ватанпарвар тадбиркорлар – менинг қанотларим.

Айтинг, ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларни касбга етаклаш, ишли ва даромадли қилиш учун сизларга яна қандай шароит қилиб берай?

Катта-катта тадбиркорларимиз ҳокимлар билан учрашиб, таклифларини тез кунда шакллантириб берсалар, буларни барчасини кўриб чиқишга тайёрман
”,

- деди Президент.

Facebook|Instagram|X
Республика бўйича 15 мингга яқин ўқув ва 7,5 мингта касбга тайёрлаш марказлари мавжуд. Сўнгги йилларда уларга 100 дан ортиқ имтиёз ва енгилликлар берилди.

Фурсатдан фойдаланиб, давлатимиз раҳбари ушбу марказларга ҳам мурожаат қилиб, ҳозирги кўрсаткичлар билан чекланиб қолмасликка, кенгайишга, замонавий касблар ва хорижий тилларни ўрганаётган ёшларни кўпайтиришга чақирди, бунинг учун ҳар қандай шароит яратишга тайёрлигини билдирди.

Вилоят, туман ҳокимлари ҳар бир болага ўз фарзандидек қараб, соғлиги, ўқиши, юриш-туриши, қизиқиш ва орзулари, муаммоларидан доим хабардор бўлиши зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Улар ёшлар билан доимий мулоқот платформасини йўлга қўйиб, мактаб, олийгоҳ, ўқув ва касб марказлари, тадбиркорларни бошини қовуштириб, ёшларга кўмаклашадиган тизим қилса, албатта натижа бўлиши таъкидланди.

Бу ишлар “кампаниябозлик” бўлмаслиги, ўзгаришларни ҳар бир маҳалладаги ҳар бир ёш ҳар куни чуқур ҳис қилиши зарур.

Ана шунда Янги Ўзбекистонда таълим олмаган, ишсиз, касб эгалламаган, бир сўз билан айтганда, уюшмаган ёшлар деган тушунчаларнинг ўзи қолмайди!
”,

- деди Президентимиз.

Facebook|Instagram|X