"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.56K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Matbuot_kuni #bayram

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Matbuot xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


➡️ 26-iyun kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida "27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" arafasida bir qator OAV vakillari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.

➡️ Tadbir davomida uyushma raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, muxbirlar va OAV xodimlarini kirib kelayotgan kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

➡️ “Bugun jamiyatda ro‘y berayotgan islohotlarni yoritish, haqiqatni xalqqa yetkazish va ochiq muloqot madaniyatini shakllantirishda jurnalistlar o‘rni beqiyos. Ayniqsa, sanoatimiz, elektrotexnika tarmog‘ida bo‘layotgan o‘zgarishlarni yoritishda sizlarning hissangiz juda katta. Axborot uzatishdagi halollik, tahliliy yondashuv va xolislik — bu kasbning eng oliy mezonidir,” — dedi Jahongir Jamalov o‘z tabrigida.


➡️ Tadbir so‘nggida OAV vakillariga “O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbariyati va butun jamoasi nomidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

➡️ Ushbu uchrashuv nafaqat bayramona ruhda, balki do‘stona va ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Unda sanoat va OAV o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, matbuot bilan doimiy aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi barcha fidoyi OAV xodimlarini kasb bayrami bilan yana bir bor tabriklaydi!
Barcha jurnalistlarga chuqur hurmat va minnatdorchilik bildiramiz!

#MatbuotKuni #JurnalistlarBayrami #Uzeltexsanoat #RahmatJurnalistlar

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1