"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
3.14K subscribers
11.5K photos
1.61K videos
20 files
5.46K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Indoneziya #hamkorlik

⚡️ O'zbekiston-Indoneziya biznes-forumi doirasida muzokaralar olib borildi

➡️ Joriy yil 11-12-fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo'lib turibdi.

➡️ Tashrif doirasida 11-fevral kuni O'zbekiston-Indoneziya biznes forumi hamda B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

➡️ Mazkur forumda "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari Faridun Abdualimov ham ishtirok etdi va bir qator kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi.

➡️ "Mutia Sari", "MBA", "PT Trans Asia Minerals", "GMT Group" kabi kompaniyalar vakillari bilan olib borilgan muzokaralarda o'zaro savdo hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

➡️ Muhokamada O'zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlarini Indoneziyada sotish bo'yicha uyushma mas'ullari tomonidan takliflar berildi.

➡️ Tomonlar muzokaralar yakuniga ko'ra bu masalalarni hamkorlikda o'rganishga kelishdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Кувайт Давлатига келди. Ал-Кувайт халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Амир Шайх Мишъал ас-Сабоҳ, Валиаҳд Шайх Сабоҳ Холид ал-Ҳамад ас-Сабоҳ ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Шу ернинг ўзида олий мартабали меҳмонни расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Государство Кувейт с официальным визитом. В международном аэропорту Эль-Кувейта главу нашего государства встретили Эмир Шейх Мишааль ас-Сабах, Наследный принц Шейх Сабах Халид аль-Хамад ас-Сабах и другие официальные лица.

Здесь же состоялась церемония официальной встречи высокого гостя.

#Mirziyoyev #tashrif #Kuvayt #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Jezetek #hamkorlik

⚡️ Xitoyning “Jezetek” kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasiga Xitoyning yirik “Jezetek” (Sichuan Investment Holding Group) kompaniyasining bosh direktor o‘rinbosari Zhang Yu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

➡️ Uyushma raisi Mirziyod Yunusov, rais o’rinbosari Faridun Abdualimov va rais o’rinbosari Abror Boyev xorijiy kompaniya vakillari bilan muzokaralar o’tkazdilar.

➡️ Muzokarada:

⚪️ elektrotexnika sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash;

⚪️ hamkorlikda yuqori kuchlanishli kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish;

⚪️ elektronika yo’nalishida loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

➡️ Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo’yicha “Jezetek” kompaniyasi kolleji filialini yurtimizda ochish, shuningdek malaka oshirish bo’yicha kurslar tashkil etish muzokaralar markazida bo’ldi.

➡️ Uchrashuv yakunida xorijiy kompaniya delegetasiyasi a’zolari uyushma huzuridagi “Eltech-malaka” o’quv markazi faoliyati va unda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Ma’lumot uchun: “Jezetek” kompaniyasiga 1958-yilda asos solingan bo’lib, bugungi kunda uning tarkibiga 51 ta kompaniya, 5 ta ilmiy markaz, 7 ta qo’shma laboratoriya va boshqalar kiradi. Kompaniya yuqori texnologiylari uskunalar, multimedia qurilmalari ishlab chiqarish, dasturiy ta’minot va moliyaviy boshqaruv bilan shug’ullanadi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #hamkorlik

⚡️ Skuter va quyosh stansiyalari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish masalasi muhokama qilindi

➡️ Bugun "O'zeltexsanoat" uyushmasiga Xitoyning "Shandong Qinlu Energy Technology" va "Celco Innovation Energy Technology" kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif doirasida uyushma raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov "Shandong Qinlu Energy Technology" kompaniyasi bosh direktori Jeyms Ji va "Celco Innovation Energy Technology" kompaniyasi sotuv direktori Dun Szinli bilan muzokaralar olib bordi.

➡️ Muzokarada mazkur kompaniyalar bilan hamkorlikda yurtimizda skuter va quyosh stansiyalari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlarni kooperatsiya asosida ichki bozorda sotish bo'yicha ham fikrlar bildirildi.

➡️ Uyushma mas'ullari Xitoy kompaniyalari vakillariga mamlakatimda biznes uchun yaratilgan qulay-muhit, shart-sharoitlar haqida atroflicha ma'lumotlar berdilar.

➡️ Xorijiy kompaniyalar vakillari o'z navbatida yangi loyihalar bo'yicha takliflar va kutiladigan ijobiy natijalarga oid fikrlarini bildirib o'tdilar.

➡️ Uchrashuv so'ngida tomonlar yuqorida ta'kidlangan yo'nalishlarida o'zaro hamkorlik imkoniyatlarini o'rganishlarini, hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Kooperatsiya #hamkorlik

⚡️ Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga vitrinali sovutgichlarni yetkazib berish muhokama qilindi

➡️ Kuni kecha "O'zeltexsanoat" uyushmasida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

➡️ Uchrashuvda "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari, Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi va unga a'zo korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

➡️ Shu bilan birga, ko'plab turdagi sovutgichlar ishlab chiqaruvchi "Sam-Ferre", "Premier", Texnopark", "Artel" va "Devi Tashkent" kabi mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari mutaxassislari ham ushbu uchrashuvda qatnashdilar.

➡️ Uchrashuvda vitrinali sovutgichlarga bo'lgan ichki talabni mahalliy mahsulotlar hisobiga qoplash, kooperatsiya asosida mahsulotlarni yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Xususan, Pepsi, Lipton, Coca-cola, Fanta, Dinay, Montella, Chortoq, Tropic kabi ko'plab brendlar ostida ishlab chiqarilayotgan ichimliklarni saqlashga mo'ljallangan bir necha turdagi vitrinali sovutgichlar bilan ta'minlash bo'yicha fikrlar almashildi

➡️ Ushbu turdagi mahsulotlarga ehtiyoji bo'lgan ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalardan mazkur mahsulotga oid texnik talablarni olishga kelishildi.

➡️ Tomonlar hamkorlikdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini, bu borada birgalikda ish olib borishlarini ta'kidladilar.

➡️ Importni optimizatsiya qilish, mahalliy tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha uyushma va a’zo korxonalar tomonidan olib borilayotgan bu kabi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмоннинг таклифига биноан 31 март куни амалий ташриф билан Хўжанд шаҳрида бўлади. Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғизистон етакчиларининг қўшма учрашуви ҳамда икки томонлама музокаралар ўтказилиши режалаштирилган.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Таджикистан Эмомали Рахмона 31 марта совершит
рабочий визит в город Худжанд. Предусматривается проведение совместной встречи лидеров Узбекистана, Таджикистана и Кыргызстана, а также двусторонних переговоров.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hamkorlik
➡️ #Xitoy #hamkorlik

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Xitoyda 20 dan ortiq yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o'tkazdi

➡️ 2025-yil 15-17-aprel kunlari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi M.Yunusov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan 137-Xalqaro “Canton Fair” ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

➡️ Delegatsiya tarkibida uyushmaga a'zo “Premier Electrotech”, “Sam-Ferre”, "Artel Electronics Manufacturing" “Texnopark”, “Trinity Technology”, “Sam-Nur-Tafviz” kabi mahalliy soha korxonalarining 16 nafar vakili ham ushbu ko'rgazmada ishtirok etdi.

➡️ Ko‘rgazma doirasida “GREE”, “AUX”, “CHIGO”, “AUCMA”, “XINGX”, “WANBAO”, “MIDEA”, “KEG”, “SKYWORTH”, “LAMO”, “CHANGHONG” “TCL”, “CANDOR”, “YEHOS”, “ICCOLD”, “BLUECARBON”, “HOMA”, “GREATWAY”, “JEZETEEK”, “JG” kabi 20 dan ortiq yirik Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.

➡️ Uchrashuvlarda O‘zbekistonning elektrotexnika sanoatida yaratilgan qulay sarmoya muhiti va infratuzilma imkoniyatlari tanishtirilib, Xitoy kompaniyalariga O‘zbekiston orqali xorijiy bozorlarga chiqish taklifi bildirildi.

➡️ Shuningdek, xorijiy investorlar uchun yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

➡️ Xitoy kompaniyalarini O‘zbekistonga keng jalb etish, eksport hajmini oshirish hamda ikki tomonlama texnologik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar ham muzokaralar markazida bo'ldi.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #hamkorlik

⚡️ O'zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyda

➡️ Urumchi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Partqoʻmi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

➡️ Ushbu tashrif doirasida tashkil etilayotgan uchrashuv va muzokaralarda "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Kooperatsiya #hamkorlik

⚡️ “Acwa Power” va “L&T Construction” kompaniyalari vakillari O‘zbekistonning elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ Saudiya Arabistonining “Acwa Power” kompaniyasi mintaqaviy direktori Jon Zaidi, ushbu kompaniyaning strategik pudratchisi – Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha rahbari Radjan Bansal boshchiligidagi delegatsiya “Uzelectroapparat-electroshield” va Texnopark korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrifdan asosiy maqsad – O‘zbekiston hududlarida “Acwa Power” investitsiyalari hisobidan qurilishi rejalashtirilgan quyosh elektr stansiyalari loyihalari doirasida, “L&T Construction” tomonidan amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari uchun zarur bo‘lgan kabel-sim mahsulotlari, kuchlanish qurilmalari, metall-karkas, sovutish tizimlari va boshqa elektrotexnika jihozlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

➡️ Delegatsiya vakillari mazkur korxonalar ishlab chiqarish maydonlari, texnologik liniyalari, mahsulot sifati, xalqaro standartlarga muvofiqlik va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Shuningdek, tomonlar o‘zaro texnik talablar, hamkorlik shartlari hamda ehtimoliy kelishuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

➡️ Mazkur tashrif O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini xalqaro energetika loyihalariga integratsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “yashil energetika” sohasidagi global loyihalarda ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Rossiya #hamkorlik

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Rossiya Savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ Joriy yilning 16 may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi vakillari hamda uyushma raisi Mirziyod Yunusov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda Rossiya tomonidan Savdo vakili K.Zligostev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki mamlakat o‘rtasida elektrotexnika sanoati yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish va savdo aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

➡️ Muzokaralar davomida tomonlar Rossiyaning elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, ularning Toshkent viloyatida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparkida joylashtirish masalalarini muhokama qildilar.

➡️ Shuningdek, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmlarini oshirish, O‘zbekistonga Rossiya kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalarni jalb qilish va texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sanoat-innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishi ta'kidlandi. Tomonlar kelgusida ham izchil va amaliy sheriklikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Gruziya #hamkorlik

⚡️ Tbilisi erkin savdo va sanoat zonasi delegatsiyasi “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyuradi

➡️ Joriy yilning 21–22-may kunlari, Gruziya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi prezidenti G. Pertaya boshchiligidagi rasmiy delegatsiya yurtimizga tashrif buyuradi.

➡️ Tashrif doirasida Tbilisi erkin savdo va sanoat zonasi tijorat direktori Giorgi Rogava hamda bosh ijrochi direktori Soso Nibladze tomonidan "O‘zeltexsanoat" uyushmasiga tashrif rejalashtirilgan.

➡️ Uchrashuvda Tbilisi erkin savdo va sanoat zonasi vakillari tomonidan:

🔊 Tbilisi erkin savdo va sanoat zonasi faoliyati, unda yaratilgan shart-sharoitla;

🔊 Erkin savdo zonasi hududida elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ushbu mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga imtiyozli tartibda eksport qilish imkoniyatlar;

🔊 Mahalliy korxonalar uchun ta’minot zanjiri va logistika xarajatlarini optimallashtirish yo‘nalishlari va mexanizmlari buyicha taqdimot o`tkaziladi.

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi ushbu mavzularga qiziqish bildirayotgan va hamkorlikda ishtirok etish istagidagi elektrotexnika korxonalarni uchrashuvda qatnashishga taklif etadi.

📞Tel: +99877-272-25-52
📍Manzil: Toshkent shahri, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Будапешт шаҳрида бўлиб ўтган Туркий давлатлар ташкилотининг норасмий саммитида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в работе неформального саммита Организации тюркских государств, состоявшегося в городе Будапеште.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Словакия Республикаси Бош вазири Роберт Фицо 8-10 июнь кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева 8-10 июня Премьер-министр Словацкой Республики Роберт Фицо посетит нашу страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Slovakiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон-Саудия Ишбилармонлар кенгаши ҳамраиси, "ACWA Power" компанияси бошқаруви раиси Муҳаммад Абунайян бошчилигидаги йирик компаниялар делегациясини қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию крупных саудовских компаний во главе с сопредседателем узбекско-саудовского Делового совета, председателем правления компании «ACWA Power» Мухаммадом Абунайяном.

#Mirziyoyev #qabul #SaudiyaArabistoni #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсухнинг таклифига биноан 24-25 июнь кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Монголии Ухнаагийна Хурэлсуха 24-25 июня посетит эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсухнинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Монголии Ухнаагийна Хурэлсуха отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X