"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.5K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.53K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Afghanistan #yarmarka #OAV

⚡️ FAKT24| O'zbek elektrotexnika mahsulotlari Afg'oniston bozoriga chuqurroq kirib bormoqda


➡️ Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida o‘tkazilayotgan savdo yarmarkasi doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi mamlakatimiz elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar keng namoyish etilmoqda.

➡️ Tadbir davomida ikki davlat tadbirkor va investorlarining o‘zaro muloqoti faollashgan bo‘lib, biznes uchrashuvlar, yangi eksport shartnomalarini imzolash, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik loyihalari yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

➡️ Mazkur jarayonlar "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan reportaj orqali batafsil yoritildi.

➡️ E'tiboringizga ushbu reportajni havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Afghanistan #eksport #ROYAL

⚡️ Afgʻonistonga Royal brendi ostidagi mahsulotlar eksport qilindi


➡️Xabaringiz bo'lsa, joriy yil may oyi boshlarida Afgonistonning Qobul shahrida bo‘lib o‘tgan “Made in Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Artel kompaniyasi "Royal" savdo belgisi ostidagi mahsulotlarni Afg‘onistonga eksport qilish bo‘yicha rasmiy shartnomalarni imzolagan edi.

➡️ Ta'kidlash joizki, "Royal" brendining yuqori sifatli, energiya tejamkor va foydalanuvchiga qulay mahsulotlari afg‘onistonlik tadbirkorlar va iste’molchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

➡️ Artel Afgʻoniston uchun yangi bozor emas – kompaniya 2017-yildan buyon bu mamlakat bilan samarali savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda. So‘nggi yillarda Artel mahsulotlariga bo‘lgan talab barqaror oshib bormoqda va ushbu talab kompaniyaning yuqori sifat, xizmat ko‘rsatish madaniyati va iste’molchiga yo‘naltirilgan strategiyasining samaradorligini namoyon etadi.

➡️ Mazkur eksport shartnomasi Artel kompaniyasining xalqaro miqyosdagi strategik rivojlanishining uzviy davomi bo‘lib, O‘zbekiston sanoatining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini namoyon etadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #Qashqadaryo

⚡️ Prezident "Alp Texno Servis" korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi


➡️ Joriy yilning 19-iyun kuni Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifini elektrotexnika sanoatida faoliyat yurituvchi "Alp Texno Servis" korxonasidan boshladi.

➡️ Prezident nega aynan ushbu korxonaga tashrif buyurdi, korxonaning o'ziga xosligi va ahamiyati nimada? Bu kabi savollarga javobni "O'zbekiston 24" telekanali tomonidan tayyorlangan maxsus reportaj davomida bilib olishingiz mumkin.


➡️ Reportaj davomida "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov, "Alp Texno Servis" korxonasi rahbari Shuhrat Murodov, kompaniyaning xorijiy hamkorlari va ishchi-xodimlar tomonidan kompaniya faoliyati va istiqboldagi rejalariga oid ma'lumotlarni o'zida jamlagan intervyular berilgan.

BATAFSIL»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👍1
➡️ #Baku #Made_in_Uzbekistan #ARTEL

🇺🇿🇦🇿Oʻzbekiston – Ozarbayjon: “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasida Artel kompaniyasi ishtirok etdi


🇦🇿 Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar oʻrtasidagi savdo va investitsiya hamkorligi forumi doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

➡️ Ushbu nufuzli tadbirda kompaniya o‘zining “Made in Uzbekistan” stendida 33 turdagi katta va kichik maishiy texnika mahsulotlarini namoyish etdi. Artel brendi ostidagi mahsulotlar koʻrgazma mehmonlari va xalqaro hamkorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

➡️ Ko‘rgazma davomida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tashrif buyurib, ishtirokchi mamlakatlar stendlari bilan yaqindan tanishdi. Prezident tashrifi ushbu tadbirga bo‘lgan yuksak e’tibor va turkiy davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Forum va ko‘rgazmada Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkmaniston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Vengriya kabi mamlakatlar ishtirok etdi. Bu kabi xalqaro maydonlar milliy mahsulotlarni targ‘ib qilish, yangi bozorlar sari yo‘l ochish va o‘zaro manfaatli hamkorliklarni kengaytirishda muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #AI #seminar

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida sun’iy intellektdan foydalanish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi


➡️ Bugun, 20-iyun kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida “Sanoatda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

➡️ Unda uyushma ijro apparati xodimlari faol ishtirok etdi.

➡️ Seminar-treningdan asosiy maqsad — elektrotexnika sohasida raqamli texnologiyalar, ayniqsa, sun’iy intellekt imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda bu yo‘nalishda soha mutaxassislarini yangi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat bo‘ldi.

➡️ Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi vakillari tomonidan taqdimotlar qilindi.

➡️ Seminar davomida mavzu yuzasidan ochiq muloqot shaklida savol-javoblar o‘tkazildi, sun’iy intellektning ishlab chiqarish jarayonlaridagi qo‘llanilishi, mehnat unumdorligiga ta’siri va xavfsizlik choralari yuzasidan muhim fikr-mulohazalar bildirildi.

➡️ Uyushma tomonidan bunday bilim almashish uchrashuvlari muntazam davom ettirilishi rejalashtirilgan.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1