"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.5K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.53K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилоятига келди. Давлатимиз раҳбари ташрифни Қарши шаҳридаги "Alp texno servis" электротехника корхонаси билан танишувдан бошлади.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Кашкадарьинскую область. Глава государства начал поездку с посещения электротехнического предприятия "Alp texno servis" в городе Карши.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Қашқадарёга ташрифини Қарши шаҳридаги электротехника корхонаси билан танишувдан бошлади.

Глава нашего государства начал поездку в Кашкадарью с посещения электротехнического предприятия в городе Карши.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍9🔥1
➡️ #Ferghana #yarmarka

⚡️ Farg‘ona viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi


➡️ Ayni damda Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” bo‘lib o‘tmoqda.

➡️ Mazkur sanoat yarmarkasida turli soha korxonalari, tadbirkorlik subyektlari va soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

➡️ Ko‘rgazmada elektrotexnika, tog‘-kon, energetika, charm-poyabzal, mebelsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish kabi sohalardan yuzlab ishlab chiqaruvchilar va tashrif buyuruvchilar qatnashmoqda.

➡️ Ikki kun davom etadigan ushbu yarmarka doirasida elektrotexnika, kimyo, charm-poyabzal, energetika va qurilish materiallari yo‘nalishlarida mahalliylashtirish darajasini oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan “B2B” formatidagi uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasining “Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish boshqarmasi” mas’ullari hamda uyushmaga a’zo korxonalar vakillari tomonidan istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

➡️ Yarmarka davomida tarmoq va mahalliy korxonalar o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari, o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolanishi, ishtirokchilar o‘rtasida esa turli nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
➡️ #Power_Electric_Group

⚡️ “Power Electric Group” korxonasi faoliyati o‘rganildi


➡️ Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan “Power Electric Group” korxonasida "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari tomonidan o‘tkazilgan uchrashuv doirasida ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonaning energetika sohasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalardagi ishtiroki va eksport salohiyati keng muhokama qilindi.

➡️ Hozirgi kunda korxona tomonidan "ACWA Power" va boshqa xorijiy hamda mahalliy investorlar ishtirokidagi energetika loyihalari uchun boshqaruv shkaflari, past kuchlanishli yordamchi panellar ishlab chiqarish va yetkazib berish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

➡️ Uchrashuv davomida "ACWA Power"ning O‘zbekistondagi loyihalarida bosh pudratchi sifatida faoliyat yuritayotgan Hindistonning "L&T Construction" kompaniyasiga boshqaruv shkaflari hamda past kuchlanishli panellarni yetkazib berish masalasi batafsil muhokama qilindi.

➡️ O'rganish yakunida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muqobil energetika yo‘nalishidagi loyihalarda mahalliy elektrotexnika korxonalarining ishtirokini kengaytirish, “Power Electric Group” korxonasini esa ushbu jarayonlarga faol jalb etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.

➡️ “Power Electric Group” — Toshkent viloyatida joylashgan va boshqaruv shkaflari, yordamchi panellar, AVR tizimlari hamda sanoat uchun elektrotexnika uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona hisoblanadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1