"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.5K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.53K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #raqamlashtirish #Trex #Turkiya

⚡️Raqamlashtirish bo'yicha Turkiya tajribasi o'rganilmoqda


➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullaridan iborat delegatsiya hamda soha korxonalari vakillari 2025-yil 16–18-iyun kunlari Turkiya Respublikasiga xizmat safari doirasida “2M Kablo” kompaniyasining ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

➡️Ushbu xizmat safari Turkiyaning “Trex Digital Manufacturing” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Safar davomida elektr kabellari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ilg‘or texnologik jarayonlar, ayniqsa MES (Manufacturing Execution System) tizimlarining amaliyotda qo‘llanilishi o‘rganildi.

➡️Delegatsiya “2M Kablo” korxonasida bo‘lib, mazkur zavodda MES tizimi asosida ish jarayonlarini avtomatlashtirish, sifat nazoratini real vaqt rejimida olib borish va tannarxni optimallashtirish borasidagi tajribalar bilan tanishdi. Ushbu tajriba O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida raqamlashtirish jarayonlarini joriy etish bo‘yicha katta ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Tashrif doirasidagi uchrashuvlarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar uchun MES tizimini joriy etishning texnik va iqtisodiy afzalliklari muhokama qilindi.


➡️Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-sonli qarorining 7-bandida belgilangan raqamlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yo‘lida amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, mahsulot sifatini oshirish va xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar davom etmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Hayot hech qachon ideal bo‘lmaydi. Ammo har doim ongli tanlov qilish mumkin.


VIKTOR FRANKL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 16-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг таклифига биноан "Марказий Осиё - Хитой" иккинчи саммитида иштирок этиш учун Остона шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева вылетел в город Астану для участия во втором саммите «Центральная Азия – Китай».

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Envision_Group

⚡️ “Envision Group” vakillari bilan uchrashuv: O‘zbekistonda BESS texnologiyalarini mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi


➡️ Yurtimizda so‘nggi yillarda muqobil energetika sohasida keng ko‘lamli islohotlar va investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida kabel-sim mahsulotlari, kuchlanish qurilmalari, metall-karkas tizimlari kabi elektrotexnika sanoatiga oid mahsulotlar yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

➡️ Shu jarayonlarning mantiqiy davomi sifatida kuni kecha Xitoyning muqobil energetika yo‘nalishida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalaridan biri — “Envision Group” vakillari bilan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbariyati, shuningdek, uyushmaga a’zo “Sun-Hightech” korxonasi vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda O‘zbekistonda “Energy Storage System” (BESS) — energiyani saqlash tizimlari uchun zarur bo‘lgan litiy-ion batareyalarni mahalliylashtirish, texnologik transferni amalga oshirish va qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.


➡️ Muloqot davomida tomonlar respublikada litiy-ion batareyalari ishlab chiqarish imkoniyatlari xususida to'xtalib, xorijiy hamkorlarga hozirgi kunda respublikada amalga oshirilayotgan muqobil energetika yo'nalishidagi loyihalarda ushbu turdagi batareyalarga bo'lgan mavjud talablar bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi.

➡️ Mazkur uchrashuv mamlakatimizda yashil energetika, barqaror ishlab chiqarish va mahalliy sanoatni texnologik yangilash yo‘lidagi navbatdagi strategik qadam sifatida baholanmoqda.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥2
➡️ #Qulaylik

⚡️ Tadbirkorlar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yangi qulaylik!


➡️ Endilikda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning elektron platformasidan mobil ilova orqali foydalanish imkoniyati yaratildi! Bu esa tadbirkorlar uchun davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordamlarni yana-da qulay va tezkor shaklda olish imkonini beradi.

➡️ Ilova orqali siz:

Subsidiya va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha arizalarni tez va oson yuborishingiz mumkin;
Yuborilgan murojaatlarning jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borasiz;
Har bir bosqichda tizimli eslatmalar va axborotlar asosida harakat qilasiz – hech qanday muhim jarayondan chetda qolmaysiz.


➡️ Ilovani yuklab oling va raqamli imkoniyatlardan samarali foydalaning!

🔗 Юклаб олиш учун ҳаволалар:
📱Android | 📱 iOS

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Trex #Turkiya #MES

⚡️ Elektrotexnika sanoati korxonalariga MES tizimini joriy qilish o'rganilmoqda


➡️ 2025-yil 17-iyun kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari va uyushmaga a’zo elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari Turkiya Respublikasiga xizmat safari doirasida “Trex Digital Manufacturing” kompaniyasida bo‘lishdi.

➡️ Tashrifdan asosiy maqsad — sanoat sohasida joriy etilayotgan raqamlashtirish yechimlari, xususan, MES (Manufacturing Execution System) tizimining ishlab chiqarishdagi real amaliyotini o‘rganish hamda ushbu texnologiyalarni O‘zbekiston sanoatiga joriy etish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

➡️ Uchrashuv davomida:

MES tizimining ishlab chiqarish jarayonlarini real vaqt rejimida boshqarishdagi roli;

Mahsulot sifati nazoratini raqamlashtirish;

Operatsion xarajatlarni kamaytirish va tannarxni optimallashtirish mexanizmlari;

Jarayon shaffofligi funksiyalari bo‘yicha tajribalar atroflicha muhokama qilindi.


➡️ Shuningdek, tomonlar o‘rtasida O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarida MES tizimini joriy etish bo‘yicha texnik va iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan dastlabki kelishuvlar muhokama qilindi.

➡️ Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-sonli qarorida belgilangan sanoatni raqamlashtirishga oid ustuvor vazifalarni amalga oshirish yo‘lidagi amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan elektrotexnika sohasida ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot raqobatbardoshligini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏2
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Qiyinchiliklar insonni sinovdan o‘tkazmaydi, balki uni qanday insonligini ko‘rsatadi.


SENEKA

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 17-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
➡️ #OAV #UZA

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Turkiyada MES tizimi bo‘yicha tajriba almashdi


Bu haqidagi maqola O'zbekiston Milliy axborot agentligining onlayn nashrida e'lon qilindi.

BATAFSIL»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
➡️ #Afghanistan #yarmarka

⚡️ Afg‘onistonda o'zbek elektrotexnika mahsulotlari savdo yarmarkasi bo'lib o'tmoqda


➡️ Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida o‘tkazilayotgan savdo yarmarkasi doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi mamlakatimiz elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar keng namoyish etilmoqda.

➡️ Yarmarkada “Made in Uzbekistan” brendi ostida taqdim etilayotgan yuqori sifatli elektrotexnika mahsulotlari, maishiy texnika vositalari hamda innovatsion texnologik yechimlar Afg‘oniston bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

➡️ Tadbir davomida ikki davlat tadbirkor va investorlarining o‘zaro muloqoti faollashgan bo‘lib, biznes uchrashuvlar, yangi eksport shartnomalarini imzolash, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik loyihalari yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

➡️ Mazkur yarmarka Afg‘oniston bozorining real ehtiyojlarini o‘rganish, joylardagi potensial xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda mahalliy hamkorlar bilan barqaror iqtisodiy munosabatlar o‘rnatishga zamin yaratmoqda.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi yarmarkada mamlakatimizning yetakchi elektrotexnika sanoati korxonalarining faol ishtirokini ta’minlamoqda. Bu orqali O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarining tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va “Made in Uzbekistan” brendi nufuzini yanada mustahkamlash maqsad qilinmoqda.


➡️ Tadbir doirasida mahalliy va xalqaro hamkorlar, investorlar, tadbirkorlar uchun muloqot maydoni, mahsulotlar bilan bevosita tanishish va kelishuvlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

➡️ Yarmarka 20-iyun kuniga qadar davom etadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Biz takror-takror qiladigan odatlarimiz jamlanmasimiz. Demak, mukammallik — bu harakat emas, odatdir.


UILL DYURANT

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 18-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM