"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.46K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.54K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #TV
Talabalarning uyushmada bo'lib o'tgan bitiruv ishi himoyalari "O‘zbekiston 24" telekanalida yoritildi


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasining "O'zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi filialida bo‘lib o‘tgan bitiruv malakaviy ishlari himoyasi va unda taqdim etilgan texnik ishlanmalar haqida "O‘zbekiston 24" telekanalida maxsus lavha efirga uzatildi.

Tadbirda soha yetakchilari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Bitiruvchilar o‘z startap loyihalari va innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.

E'tiboringizga ushbu videolavhani havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Биринчи ярим йилликда 2 миллион 600 минг аҳолини банд қилиш, 722 минг одамни камбағалликдан чиқариш режа қилинган.

Лекин маблағ ва шароит бўлса-да, бандлик режаси 15 та туманда тўлиқ бажарилмагани кўрсатиб ўтилди. Булар – Муборак, Бўстон, Вобкент, Марҳамат, Фарғона, Зангиота, Дўстлик, Чортоқ, Қораўзак, Уйчи, Хонобод, Янгибозор, Паркент, Арнасой ва Учкўприк туманлари.

Ушбу туман ҳокимлари уч ойда режага чиқмаса, барчаси ишдан олиниши қайд этилди.

Аҳолини камбағалликдан чиқариш бўйича Учқудуқ, Ангрен ва Карманада ишлар сустлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
➡️ #Premier #eksport

⚡️ "Premier" korxonasi Afg'onistonga ilk eksportini yo‘lga qo‘ydi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ko‘magida Afg‘onistonlik hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida uyushmaga a’zo “Premier” korxonasi o‘z mahsulotlarini ilk bor Afg‘oniston bozoriga eksport qilishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi.

➡️ Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan raqobatbardosh va energiya tejamkor televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinasi hamda konditsioner kabi 300 ga yaqin zamonaviy maishiy texnika vositalari Afg‘onistonga yuborildi.


➡️ Mahsulotlar o‘z sifati, funksionalligi va narx jihatidan afzalligi bilan xorijiy xaridorlar e’tiborini tortmoqda.

➡️ Hozirda “Premier” korxonasi Afg‘onistonning Mozori Sharif va Kobul shaharlarida o‘z savdo nuqtalarini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

➡️ Shu bilan birga, kompaniya Afg‘oniston bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash va eksport hajmini oshirish maqsadida turli savdo yarmarkalari va B2B formatdagi biznes uchrashuvlarda faol ishtirok etmoqda.

➡️ Mazkur muvaffaqiyatli eksport loyihasi O‘zbekiston elektrotexnika sanoati salohiyatining mintaqada tobora ortib borayotganini, shuningdek, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan mahalliy korxonalarga ko‘rsatilayotgan tizimli amaliy ko‘mak samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
➡️ #raqamlashtirish #Trex #Turkiya

⚡️Raqamlashtirish bo'yicha Turkiya tajribasi o'rganilmoqda


➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullaridan iborat delegatsiya hamda soha korxonalari vakillari 2025-yil 16–18-iyun kunlari Turkiya Respublikasiga xizmat safari doirasida “2M Kablo” kompaniyasining ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

➡️Ushbu xizmat safari Turkiyaning “Trex Digital Manufacturing” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Safar davomida elektr kabellari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ilg‘or texnologik jarayonlar, ayniqsa MES (Manufacturing Execution System) tizimlarining amaliyotda qo‘llanilishi o‘rganildi.

➡️Delegatsiya “2M Kablo” korxonasida bo‘lib, mazkur zavodda MES tizimi asosida ish jarayonlarini avtomatlashtirish, sifat nazoratini real vaqt rejimida olib borish va tannarxni optimallashtirish borasidagi tajribalar bilan tanishdi. Ushbu tajriba O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida raqamlashtirish jarayonlarini joriy etish bo‘yicha katta ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Tashrif doirasidagi uchrashuvlarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar uchun MES tizimini joriy etishning texnik va iqtisodiy afzalliklari muhokama qilindi.


➡️Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-sonli qarorining 7-bandida belgilangan raqamlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yo‘lida amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, mahsulot sifatini oshirish va xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar davom etmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Hayot hech qachon ideal bo‘lmaydi. Ammo har doim ongli tanlov qilish mumkin.


VIKTOR FRANKL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 16-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг таклифига биноан "Марказий Осиё - Хитой" иккинчи саммитида иштирок этиш учун Остона шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева вылетел в город Астану для участия во втором саммите «Центральная Азия – Китай».

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Envision_Group

⚡️ “Envision Group” vakillari bilan uchrashuv: O‘zbekistonda BESS texnologiyalarini mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi


➡️ Yurtimizda so‘nggi yillarda muqobil energetika sohasida keng ko‘lamli islohotlar va investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida kabel-sim mahsulotlari, kuchlanish qurilmalari, metall-karkas tizimlari kabi elektrotexnika sanoatiga oid mahsulotlar yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

➡️ Shu jarayonlarning mantiqiy davomi sifatida kuni kecha Xitoyning muqobil energetika yo‘nalishida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalaridan biri — “Envision Group” vakillari bilan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbariyati, shuningdek, uyushmaga a’zo “Sun-Hightech” korxonasi vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda O‘zbekistonda “Energy Storage System” (BESS) — energiyani saqlash tizimlari uchun zarur bo‘lgan litiy-ion batareyalarni mahalliylashtirish, texnologik transferni amalga oshirish va qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.


➡️ Muloqot davomida tomonlar respublikada litiy-ion batareyalari ishlab chiqarish imkoniyatlari xususida to'xtalib, xorijiy hamkorlarga hozirgi kunda respublikada amalga oshirilayotgan muqobil energetika yo'nalishidagi loyihalarda ushbu turdagi batareyalarga bo'lgan mavjud talablar bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi.

➡️ Mazkur uchrashuv mamlakatimizda yashil energetika, barqaror ishlab chiqarish va mahalliy sanoatni texnologik yangilash yo‘lidagi navbatdagi strategik qadam sifatida baholanmoqda.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥2
➡️ #Qulaylik

⚡️ Tadbirkorlar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yangi qulaylik!


➡️ Endilikda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning elektron platformasidan mobil ilova orqali foydalanish imkoniyati yaratildi! Bu esa tadbirkorlar uchun davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordamlarni yana-da qulay va tezkor shaklda olish imkonini beradi.

➡️ Ilova orqali siz:

Subsidiya va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha arizalarni tez va oson yuborishingiz mumkin;
Yuborilgan murojaatlarning jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borasiz;
Har bir bosqichda tizimli eslatmalar va axborotlar asosida harakat qilasiz – hech qanday muhim jarayondan chetda qolmaysiz.


➡️ Ilovani yuklab oling va raqamli imkoniyatlardan samarali foydalaning!

🔗 Юклаб олиш учун ҳаволалар:
📱Android | 📱 iOS

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM