"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.5K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.53K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #TDTU #kafedra

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi kafedra filialida bitiruvchilar malakaviy ishlarini himoya qildi


➡️ Bugun “O‘zeltexsanoat” uyushmasi huzuridagi "Eltech-malaka" o'quv markazida tashkil etilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi filialida bitiruvchi bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalari bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tadbirda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanov universitet professor-o'qituvchilari, soha korxonalari vakillari va talabalar ishtirok etdi.

➡️ Talabalar o‘z bitiruv malakaviy ishlari doirasida ishlab chiqqan startap loyihalari, yangi texnik ishlanmalar va amaliy ixtirolarini taqdim etdi. Har bir loyiha sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan baholanib, kelajakda ularni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

➡️ Uyushma raisi Mirziyod Yunusov esa o‘z nutqida bitiruv ishlari va texnologik ishlanmalari yuqori baholangan talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlarini yanada rivojlantirish hamda amaliyotga joriy qilinishida ko‘maklashishga tayyorligini alohida ta’kidladi.


➡️ Mazkur kafedra filialining ochilishi orqali “tarmoq–korxona–oliygoh” tamoyili asosida kadrlar tayyorlashning amaliy samaradorligi ortib borayotganining yaqqol isboti sifatida baholandi. Talabalar universitetda olgan nazariy bilimlarini uyushma tizimidagi korxonalar bazasida mustahkamlab, real ishlab chiqarish sharoitlarida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

➡️ Shu bilan birga, universitet rektori Sadritdin Turabdjanov kafedra filialida yaratilgan sharoitlar, o‘quv-amaliy jarayonlarning sifati hamda yurtimiz elektrotexnika sanoatidagi so‘nggi yutuqlar bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Ushbu yo‘nalishda kafedra filialining faoliyati nafaqat bilim, balki amaliyot bilan integratsiyalashgan ta’lim tizimini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏51👍1
#reyting

ENG KO'P AHOLINI DAROMADLI MEHNAT BILAN TA'MINLAGAN ISH BERUVCHILAR


➡️Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylarida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlagan TOP-10 korxonalar ro'yxati e'lon qilindi.

➡️Ushbu ro'yxatda elektrotexnika sanoatida qariyb 1461 nafar aholini daromadli ish bilan ta'minlagan "ARTEL ELECTRONICS" korxonasining borligi quvonarli holdir.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
DIQQAT, MUHIM E’LON!

🇨🇳 Xitoyda malaka oshirish — kabel-sim sanoatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun noyob imkoniyat!


➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi hamda Shanxay kabel mahsulotlari ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida 2025-yilning 23–26-iyun kunlari kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqarishda ekstruziya texnologiyalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etiladi.

➡️ Ushbu o‘quv dasturi doirasida soha mutaxassislari:

Ekstruziya texnologiyasining nazariy asoslari bilan tanishadilar;

Yangi uskunalar va texnologik jarayonlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar;

Xitoyning ilg‘or ishlab chiqaruvchilari tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


➡️ O'quv kursi mutlaqo bepul (Xitoyga borish-kelish yo'l xarajatlaridan tashqari)

Bu esa zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni olish imkonini beradi.
(Xitoy tilini bilish ma'qullanadi)


📍 O‘quv kursi joyi: Shanxay shahri, Xitoy Xalq Respublikasi

☺️ Malaka oshirish muddati: 2025-yil 23–26-iyun kunlari

☺️ Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat: +99893-548-72-72

➡️ Joylar soni chegaralangan!
Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — kasbiy bilimlaringizni xalqaro darajada boyitish va rivojlantirish uchun bugunoq aloqaga chiqing!

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Sport #futbol

🏆 "Rahbar kubogi" qaysi jamoaga nasib qildi?


⚽️ Bugun “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Markaziy apparati xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Rahbar kubogi” futbol musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori ijrosini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

➡️Respublika Olimpiya zahiralari kolleji mini futbol maydonchasida o‘tkazilgan o‘yinlarda 4 ta jamoa — “Yangi avlod”, “Yengilmas kuch”, “Vatanparvar” va “Yangi O‘zbekiston” jamoalari bellashgan edi.

🏆Bugungi final o‘yinda “Vatanparvar” jamoasi 🥈-o’rin, “Yangi O‘zbekiston” jamoasi 🥇-o’rinni egallab, “Rahbar kubogi”ni qo’lga kiritdi.

➡️G'olib jamoalarni taqdirlash marosimi 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o'tkaziladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Hayot – bu siz telefoningizga qaramayotganda sodir bo‘layotgan narsalardir.


ALLEN SAUNDERS

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #london_metall_birjasi

📊 15-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

Ўтган беш ойда мамлакатимизда саноат 6,4 фоизга ўсди, экспорт 18 фоизга, хорижий инвестициялар 46 фоизга ошди. Қиймати 3 миллиард долларлик 2,5 мингдан зиёд янги қувватлар ишга тушди, 2 миллион 400 минг одам даромадли бўлди.

Лекин куни кеча дунёда яна бир можаролар ўчоғи авж олгани нафақат Яқин Шарқ, балки минтақамизга ҳам ўз таъсирини кўрсатмай қолмайди. Кескинлашув давом этса, пандемиядан кейин энди-энди тикланаётган савдо алоқалари ва логистика маршрутлари қийинлашади.

Тинчлик, адолат ва инсон қадрини улуғлашга бўлган эҳтиёж ҳар қачонгидан ҳам ошиб бораяпти.

Шу боис ҳар бир ҳоким ҳудудидаги, вазирлар эса тармоғидаги имконият ва хавфларни олдиндан кўра билиб, проактив, яъни топшириқ кутмасдан, ўзи ташаббус кўрсатиб ишлашга ўтиши шарт.


Энг муҳими, аҳоли ва бизнес билан мулоқотни янада кучайтириб, улар сўраётган масалаларни тез-тез ҳал қилиб бериш бу раҳбарларнинг асосий вазифаси бўлиши зарур
”,

- деди давлатимиз раҳбари.

Facebook|Instagram|X
DIQQAT, MUHIM E’LON!

🇨🇳 Xitoyda malaka oshirish — kabel-sim sanoatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun noyob imkoniyat!


➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi hamda Shanxay kabel mahsulotlari ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida 2025-yilning 23–26-iyun kunlari kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqarishda ekstruziya texnologiyalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etiladi.

➡️ Ushbu o‘quv dasturi doirasida soha mutaxassislari:

Ekstruziya texnologiyasining nazariy asoslari bilan tanishadilar;

Yangi uskunalar va texnologik jarayonlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar;

Xitoyning ilg‘or ishlab chiqaruvchilari tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


➡️ O'quv kursi mutlaqo bepul (Xitoyga borish-kelish yo'l xarajatlaridan tashqari)

Bu esa zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni olish imkonini beradi.
(Xitoy tilini bilish ma'qullanadi)


📍 O‘quv kursi joyi: Shanxay shahri, Xitoy Xalq Respublikasi

☺️ Malaka oshirish muddati: 2025-yil 23–26-iyun kunlari

☺️ Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat: +99893-548-72-72

➡️ Joylar soni chegaralangan!
Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — kasbiy bilimlaringizni xalqaro darajada boyitish va rivojlantirish uchun bugunoq aloqaga chiqing!

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ҳукуматдаги масъуллар, вазирлар тартиб-интизомга вақтида эътибор бермагани учун ислоҳотлар ижроси чўзилиб кетаётгани танқид қилинди.

Масалан, суюлтирилган газ етказишда 60-70 кунлаб узилиш кузатилмоқда. Айниқса, Андижон ва Сурхондарёда мурожаатларнинг 70 фоизи шу масала билан боғлиқ.

Иссиқ кунларда газда шунча муаммо бўлса, қишда одамлар қозонини нимада қайнатади? Раҳбарларга сўнгги огоҳлантириш: бу масалага икки ҳафтада ечим топсин, бўлмаса ўзи билиб жойини бўшатиб қўйсин”,

- деди Президентимиз.

Яна бир масала – ёзнинг бошланиши нисбатан салқин келди. Лекин буёғига кунлар анча исиб, электр истеъмоли ошади. Икки ой олдин Энергия самарадорлик агентлиги ташкил қилиниб, бюджетдан 100 миллиард сўм берилди.

Энергетика вазирлиги ва агентликка вазирлик, ҳокимлик ва давлат корхоналарининг ойлик истеъмоли 500 киловатт соатдан юқори бўлган ходимлари рўйхатини шакллантиради. Ушбу ходимларга энергия самарадор технологияларга ўтиш учун “яшил таъмир” кредити ёки субсидия олишга кўмаклашилади. Керак бўлса, бюджетдан ташқари жамғармасидан ссуда берилиши мумкин.

Бунинг ҳисобидан йил якунигача истеъмоли юқори бўлган камида 100 минг хонадон энергия самарадор тизимга ўтиши зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
Йиғилишда Президент Администрациясининг Назорат инспекцияси фаолияти танқидий кўриб чиқилди.

"Назорат инспекциясига нима учун шунча ваколат берилган? Вазирларга яхши кўриниш учун, улар нимани берса, шуни кўтариб келмасдан, масалаларни ўрганиб, айбдорларни жазолаш бўйича нега таклиф киритмайди?",

- деди давлатимиз раҳбари.

Фаолиятидаги камчилик ва муаммоларни ҳисобга олиб, Президент Администрациясининг Назорат инспекциясини бугуннинг ўзида тугатишга қарор қилинди.

Шу боис ижро интизомини мустаҳкамлаш, аҳоли муаммолари билан ишлаш бўйича мутлақо янги тизим яратилиши белгиланди.

Бундан буён ижро интизомига Ҳисоб палатаси масъул бўлади, унинг ваколатлари кенгайтирилади.

Эндиликда Ҳисоб палатаси қарорлар билан берилган маблағларни фақатгина тўғри сарфланишини эмас, балки нима самара берганини, аҳоли бундан қанчалик рози бўлганини ҳам ўрганади.

Палата раиси ҳар бир қарор ижроси натижадорлигини таҳлил қилиб, заиф нуқталар, “аравасини тортмаётган” раҳбарлар ва ишламаётган тизимлар бўйича ўз таклифини ҳар ойда Президентга киритади.

Facebook|Instagram|X
➡️ #Samo_Techno

⚡️ “Samo Techno” korxonasining yangi bosqichdagi faoliyati o‘rganildi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi mas’ullar Toshkent shahrida joylashgan “Samo Techno” korxonasiga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif davomida yaqinda yangi bino va hududga ko‘chgan korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, mavjud texnologik quvvatlar hamda so‘nggi yangilanishlar bilan yaqindan tanishildi.

➡️ Shuningdek, korxonada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilayotgan yangi mahsulot turlari va ularni mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

➡️ Ma’lumot o‘rnida, 20 nafar xodim faoliyat yuritayotgan “Samo Techno” korxonasida 2024-yilda “HANSON” brendi ostida qiymati 52 milliard so‘mlik 8 ming dona kompyuter ishlab chiqarilgan. Mahsulotlarining korpus qismlari ham bevosita korxonaning o‘zida ishlab chiqariladi.


➡️ Uchrashuv chog‘ida korxona rahbariyati bilan faoliyatni kengaytirish, mavjud imtiyozlar va kredit liniyalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Uyushma mas’ullari korxona oldida turgan dolzarb masalalarga yechim topish borasida amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #TV
Talabalarning uyushmada bo'lib o'tgan bitiruv ishi himoyalari "O‘zbekiston 24" telekanalida yoritildi


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasining "O'zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi filialida bo‘lib o‘tgan bitiruv malakaviy ishlari himoyasi va unda taqdim etilgan texnik ishlanmalar haqida "O‘zbekiston 24" telekanalida maxsus lavha efirga uzatildi.

Tadbirda soha yetakchilari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Bitiruvchilar o‘z startap loyihalari va innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.

E'tiboringizga ushbu videolavhani havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Биринчи ярим йилликда 2 миллион 600 минг аҳолини банд қилиш, 722 минг одамни камбағалликдан чиқариш режа қилинган.

Лекин маблағ ва шароит бўлса-да, бандлик режаси 15 та туманда тўлиқ бажарилмагани кўрсатиб ўтилди. Булар – Муборак, Бўстон, Вобкент, Марҳамат, Фарғона, Зангиота, Дўстлик, Чортоқ, Қораўзак, Уйчи, Хонобод, Янгибозор, Паркент, Арнасой ва Учкўприк туманлари.

Ушбу туман ҳокимлари уч ойда режага чиқмаса, барчаси ишдан олиниши қайд этилди.

Аҳолини камбағалликдан чиқариш бўйича Учқудуқ, Ангрен ва Карманада ишлар сустлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
➡️ #Premier #eksport

⚡️ "Premier" korxonasi Afg'onistonga ilk eksportini yo‘lga qo‘ydi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ko‘magida Afg‘onistonlik hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida uyushmaga a’zo “Premier” korxonasi o‘z mahsulotlarini ilk bor Afg‘oniston bozoriga eksport qilishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi.

➡️ Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan raqobatbardosh va energiya tejamkor televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinasi hamda konditsioner kabi 300 ga yaqin zamonaviy maishiy texnika vositalari Afg‘onistonga yuborildi.


➡️ Mahsulotlar o‘z sifati, funksionalligi va narx jihatidan afzalligi bilan xorijiy xaridorlar e’tiborini tortmoqda.

➡️ Hozirda “Premier” korxonasi Afg‘onistonning Mozori Sharif va Kobul shaharlarida o‘z savdo nuqtalarini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

➡️ Shu bilan birga, kompaniya Afg‘oniston bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash va eksport hajmini oshirish maqsadida turli savdo yarmarkalari va B2B formatdagi biznes uchrashuvlarda faol ishtirok etmoqda.

➡️ Mazkur muvaffaqiyatli eksport loyihasi O‘zbekiston elektrotexnika sanoati salohiyatining mintaqada tobora ortib borayotganini, shuningdek, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan mahalliy korxonalarga ko‘rsatilayotgan tizimli amaliy ko‘mak samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
➡️ #raqamlashtirish #Trex #Turkiya

⚡️Raqamlashtirish bo'yicha Turkiya tajribasi o'rganilmoqda


➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullaridan iborat delegatsiya hamda soha korxonalari vakillari 2025-yil 16–18-iyun kunlari Turkiya Respublikasiga xizmat safari doirasida “2M Kablo” kompaniyasining ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

➡️Ushbu xizmat safari Turkiyaning “Trex Digital Manufacturing” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Safar davomida elektr kabellari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ilg‘or texnologik jarayonlar, ayniqsa MES (Manufacturing Execution System) tizimlarining amaliyotda qo‘llanilishi o‘rganildi.

➡️Delegatsiya “2M Kablo” korxonasida bo‘lib, mazkur zavodda MES tizimi asosida ish jarayonlarini avtomatlashtirish, sifat nazoratini real vaqt rejimida olib borish va tannarxni optimallashtirish borasidagi tajribalar bilan tanishdi. Ushbu tajriba O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida raqamlashtirish jarayonlarini joriy etish bo‘yicha katta ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Tashrif doirasidagi uchrashuvlarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar uchun MES tizimini joriy etishning texnik va iqtisodiy afzalliklari muhokama qilindi.


➡️Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-sonli qarorining 7-bandida belgilangan raqamlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yo‘lida amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, mahsulot sifatini oshirish va xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar davom etmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4