"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.56K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #OAV #Premier

🟢 Prezidentimizning "Premier" korxonasiga tashrifi "Tahlilnoma" dasturida yoritildi

➡️ Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Premier" korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi. Ushbu tashrif "O'zbekiston 24" telekanali "Tahlilnoma" dasturida keng yoritildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ "PREMIER Electrotech": O‘zbekiston maishiy texnika brendi xalqaro bozorlarda!


➡️ "PREMIER Electrotech" kompaniyasi 2024–2025-yillarda o‘zining eksport salohiyatini sezilarli darajada kengaytirmoqda.

➡️Kompaniyaning eksport hajmi 2024-yilda $3 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga mo‘ljallangan eksport rejasi — $15 million dollarga teng!

➡️ "PREMIER Electrotech" kompaniyasi 2024-yilda Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Pokiston va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etdi.

📊 2025-yil uchun asosiy eksport bozorlari:

🇦🇿 Ozarbayjon – $2 mln

🇷🇺 Rossiya – $2 mln

🇰🇿 Qozog‘iston – $3.5 mln

🇹🇯 Tojikiston – $5 mln

🇰🇬 Qirg‘iziston bilan ham eksport bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.


➡️ Kompaniya tomonidan 10 dan ortiq turdagi maishiy texnika mahsulotlari — sovutkich, televizor, gaz plita, konditsioner, changyutgich, kir yuvish mashinasi, dudbo‘ron, mikroto‘lqinli pech va boshqalar eksport qilinmoqda.

➡️ O‘zbek brendi sifatida "PREMIER Electrotech" mintaqaviy bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlab, eksport geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda.

#PREMIER #Eksport #Uzeltexsanoat #MadeInUzbekistan #MaishiyTexnika #IqtisodiyRivojlanish

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
➡️ #Premier #eksport

⚡️ "Premier" korxonasi Afg'onistonga ilk eksportini yo‘lga qo‘ydi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ko‘magida Afg‘onistonlik hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida uyushmaga a’zo Premier” korxonasi o‘z mahsulotlarini ilk bor Afg‘oniston bozoriga eksport qilishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi.

➡️ Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan raqobatbardosh va energiya tejamkor televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinasi hamda konditsioner kabi 300 ga yaqin zamonaviy maishiy texnika vositalari Afg‘onistonga yuborildi.


➡️ Mahsulotlar o‘z sifati, funksionalligi va narx jihatidan afzalligi bilan xorijiy xaridorlar e’tiborini tortmoqda.

➡️ HozirdaPremierkorxonasi Afg‘onistonning Mozori Sharif va Kobul shaharlarida o‘z savdo nuqtalarini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

➡️ Shu bilan birga, kompaniya Afg‘oniston bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash va eksport hajmini oshirish maqsadida turli savdo yarmarkalari va B2B formatdagi biznes uchrashuvlarda faol ishtirok etmoqda.

➡️ Mazkur muvaffaqiyatli eksport loyihasi O‘zbekiston elektrotexnika sanoati salohiyatining mintaqada tobora ortib borayotganini, shuningdek, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan mahalliy korxonalarga ko‘rsatilayotgan tizimli amaliy ko‘mak samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6