"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.44K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.54K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #China Electronic Equipment

⚡️ Xitoyning “China Electronic Equipment” kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasiga Xitoyning yirik “China Electronic Equiqpment” kompaniyasining bosh direktor o‘rinbosari Liu Zhaohua boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif doirasida uyushma raisi Mirziyod Yunusov va rais o’rinbosari Faridun Abdualimov xorijiy kompaniya vakillari bilan muzokaralar o’tkazdilar.

➡️ Muzokaralarda O‘zbekistonda yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari, hamkorlik shartlari va texnologik transfer masalalari kengaytirilgan tarzda muhokama qilindi. Shu bilan birga, loyiha doirasida qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va yuqori sifatli mahsulotlarni ichki hamda tashqi bozorga yetkazib berish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

➡️ Uyushma mutasaddilari uchrashuv davomida bugungi kunda yurtimizda yaratilgan qulay biznes-muhiti, davlat rahbari tomonidan elektrotexnika sohasiga ko’rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma’lumot berdilar.

➡️ Shuningdek, mamlakatimizda transformator ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qilindi. Shu munosabat bilan, Xitoy kompaniyasi vakillarining mahalliy elektrotexnika korxonalariga tashrifi rejalashtirildi.

➡️ Ma'lumot uchun: "China Electric Equipment Group Co., Ltd." (CEEG) — 1990-yilda Shanxayda tashkil etilgan. Transformatorlar, tayyor podstansiyalar va quyosh energiyasi tizimlarini ishlab chiqaradi. Asosiy eksport bozorlari: AQSh, Kanada, Yevropa, Yaqin Sharq va Avstraliya. Kompaniyada 1 000–5 000 xodim ishlaydi. Texnologik yangiliklar va sifatli ishlab chiqarishga e’tibor qaratadi.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
➡️ #CAEX #exhibition

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalari Toshkent investitsiya forumi ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

➡️ Bugungi kunda Toshkent investitsiya forumi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo mahalliy elektrotexnika korxonalari ham faol ishtirok etmoqda.

➡️ Bu yilgi forumning o‘ziga xos jihati shundaki, uning doirasida ilk bor maxsus investitsiya ko‘rgazmasi tashkil qilinib, unda yirik mahalliy xususiy kompaniyalar o‘z mahsulotlari va eksport salohiyatini xalqaro investorlar hamda potensial hamkorlarga keng namoyish etish imkoniga ega bo‘ldilar.

➡️ Mazkur ko‘rgazmada 10 dan ortiq uyushma a’zosi bo‘lgan korxonalar qariyb 200 turdagi ilg‘or mahsulotlarini taqdim etib, O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining eksport salohiyati, sifat va texnologik rivojlanishini namoyish qilmoqda. Shu bilan birga, korxonalar o‘z ishlab chiqarish quvvatlari va yangi loyihalari bilan ham tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

➡️ Tadbir doirasida xalqaro investorlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari yuzasidan muhim muzokaralar olib borilmoqda.

➡️ Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 10-12-iyun kunlari davom etadi va ushbu kunlar davomida mahalliy hamda xalqaro ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etish, tajriba almashish va hamkorlik imkoniyatlarini yanada rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #CAEX #exhibition

⚡️ Toshkent investitsiya forumi ko'rgazmasi. Videokontent

➡️ E'tiboringizga Toshkent investitsiya forumi doirasida o‘tkazilayotgan ko'rgazmaga oid videokontentni havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
➡️ #PPS_Group #Slovakia

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “PPS Group” o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

➡️ 2025-yil 9-iyun kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston–Slovakiya biznes forumi” doirasida “PPS Group” kompaniyasining direktorlar kengashi raisi janob Daniel Futej bilan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini keng muhokama qildilar.

➡️ Xususan, “PPS Group” tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilish, qishloq xo‘jaligi va mudofaa sanoati sohalarida keng qo‘llaniladigan ilg‘or uskunalarni bosqichma-bosqich O‘zbekiston hududida mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish istiqbollari alohida e’tiborda bo‘ldi.

➡️ Shuningdek, uchrashuv davomida har ikki tomon o‘zaro tajriba almashish, kadrlar malakasini oshirish hamda texnologik transferni rivojlantirish borasida kelgusidagi rejalarni muhokama qildilar.

➡️ Mazkur muzokaralar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishi va ikki tomonlama hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishi kutilmoqda.

➡️ "PPS Group" — Yevropaning ilg‘or metall konstruksiyalari ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, 1955-yilda davlat korxonasi sifatida ish boshlagan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi, qurilish, mudofaa sanoati uchun yirik payvandlangan po‘lat konstruksiyalar, texnik ramkalar va boshqa mahsulotlar yetkazib beradi. Kompaniyada qariyb 1 000 nafar xodim ishlaydi.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3
➡️ #Slovakia #Betamont

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Slovakiya kompaniyasi “Betamont” o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

➡️ Joriy yil 9-iyun kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston–Slovakiya biznes forumi” doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov va Slovakiyaning “Betamont” kompaniyasi rahbari Rastislav Babitsa o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuv davomida transport, axborot texnologiyalari va intellektual infratuzilma sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari keng muhokama qilindi.

➡️ Xususan, O‘zbekistonda transport vositalarining o‘lchami, tezligi va og‘irligini monitoring qilish hamda baholashga mo‘ljallangan zamonaviy qurilmalar ishlab chiqarishni tashkil etish istiqbollari muhim e’tiborda bo‘ldi.

➡️ Bunday hamkorlik O‘zbekistonning transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va raqamlashtirish, xalqaro standartlarga mos yuqori texnologik yechimlarni joriy etishga katta imkoniyat yaratadi.

➡️ "Betamont" — bu 30 yildan ortiq tajribaga ega, Slovakiyada joylashgan yetakchi kompaniya bo‘lib, yo‘l va temiryo‘l transporti uchun “Measure‑in‑Motion” deb nomlangan aqlli transport tizimlarini ishlab chiqaradi va yetkazib beradi. Ularning modul asosidagi platformalari transport vositalarini diagnostika qilish, monitoring qilish va boshqarishni amalga oshirishga mo‘ljallangan.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2👌2
Халқаро конгресс марказида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида тўртинчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг ялпи мажлиси бошланмоқда.

Давлатимиз раҳбари ва олий мартабали меҳмонларнинг форумдаги нутқларини Президент Матбуот хизматининг Telegram, Facebook ва YouTube даги расмий саҳифаларида жонли эфирда томоша қилинг.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X