"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.11K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.56K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Cashgenics #Hindiston

⚡️ "Cashgenics" korxonasi Hindistonda 3,5 million AQSh dollarilik eksport shartnomalariga erishdi


➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan "Cashgenics" korxonasi Hindistonda o‘tkazilgan xalqaro biznes tadbirlari doirasida o‘zining yangi eksport imkoniyatlarini kengaytirib, mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha muhim shartnomalarga erishdi.

➡️ Mazkur muvaffaqiyat Hindiston – Markaziy Osiyo biznes kengashi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlar doirasidagi uchrashuvlar va B2B muzokaralar natijasida qo‘lga kiritildi. Aynan ushbu tadbirlar davomida "Cashgenics" o‘z mahsulotlariga qiziqish bildirgan hamkor kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

➡️ Natijada, "Cashgenics" Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan umumiy qiymati 3,5 million AQSh dollari miqdoridagi eksport shartnomalarini imzoladi. Kompaniya o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi.

➡️ "Cashgenics" Hindistonda quyidagi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi: "Wald Wide International", "BharatiyaZPM", "Wimman", "Cosmic Care", "Big Hearts", "Velogic", "Shymal Khmathan" va "Art International".


➡️ Ushbu muvaffaqiyat "Cashgenics" korxonasining xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlash bilan birga, O‘zbekistonning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#biznes_forum

O‘zbekiston–Slovakiya biznes forumi bo'lib o'tdi


➡️Toshkent shahrida Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston – Slovakiya biznes-forumi o‘tkazildi.

➡️Ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi va Slovakiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.

➡️Tadbirda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov ham ishtirok etib, elektrotexnika sohasidagi investitsion imkoniyatlar, raqamli iqtisodiyot va ishlab chiqarish kooperatsiyasi borasidagi so‘nggi yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.

➡️B2B formatda tashkil etilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston tomonidan elektrotexnika sanoati uchun qulay investitsiya muhiti, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

➡️Slovakiya ishbilarmon doiralari tomonidan hamkorlik istiqbollari, o‘zaro eksport-import imkoniyatlari va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qiziqarli takliflar bildirildi.


➡️Ushbu forum ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratish hamda biznes aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilgan muhim tadbir sifatida baholandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

G‘alaba sari yo‘l bu — kunlik kichik odatlarni yengishdan boshlanadi.


JAMES CLEAR

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
➡️ #london_metall_birjasi

📊 09-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Nura_High_Technologies

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari “Nura High Technologies” korxonasida bo‘ldilar


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasining mas’ul xodimlari tomonidan “Nura High Technologies” korxonasining bugungi kundagi faoliyati o‘rganilib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi hamda mavjud sharoit va imkoniyatlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

➡️ Korxona rahbariyati bilan uchrashuv davomida ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

➡️ Shuningdek, uyushma vakillari tomonidan korxonaning istiqboldagi rejalari va qo‘shimcha rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikrlar tinglandi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

➡️ Bunday tashriflar soha korxonalarining faoliyatini joyida o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yechimlarni ishlab chiqishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #China Electronic Equipment

⚡️ Xitoyning “China Electronic Equipment” kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasiga Xitoyning yirik “China Electronic Equiqpment” kompaniyasining bosh direktor o‘rinbosari Liu Zhaohua boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif doirasida uyushma raisi Mirziyod Yunusov va rais o’rinbosari Faridun Abdualimov xorijiy kompaniya vakillari bilan muzokaralar o’tkazdilar.

➡️ Muzokaralarda O‘zbekistonda yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari, hamkorlik shartlari va texnologik transfer masalalari kengaytirilgan tarzda muhokama qilindi. Shu bilan birga, loyiha doirasida qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va yuqori sifatli mahsulotlarni ichki hamda tashqi bozorga yetkazib berish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

➡️ Uyushma mutasaddilari uchrashuv davomida bugungi kunda yurtimizda yaratilgan qulay biznes-muhiti, davlat rahbari tomonidan elektrotexnika sohasiga ko’rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma’lumot berdilar.

➡️ Shuningdek, mamlakatimizda transformator ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qilindi. Shu munosabat bilan, Xitoy kompaniyasi vakillarining mahalliy elektrotexnika korxonalariga tashrifi rejalashtirildi.

➡️ Ma'lumot uchun: "China Electric Equipment Group Co., Ltd." (CEEG) — 1990-yilda Shanxayda tashkil etilgan. Transformatorlar, tayyor podstansiyalar va quyosh energiyasi tizimlarini ishlab chiqaradi. Asosiy eksport bozorlari: AQSh, Kanada, Yevropa, Yaqin Sharq va Avstraliya. Kompaniyada 1 000–5 000 xodim ishlaydi. Texnologik yangiliklar va sifatli ishlab chiqarishga e’tibor qaratadi.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
➡️ #CAEX #exhibition

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalari Toshkent investitsiya forumi ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

➡️ Bugungi kunda Toshkent investitsiya forumi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo mahalliy elektrotexnika korxonalari ham faol ishtirok etmoqda.

➡️ Bu yilgi forumning o‘ziga xos jihati shundaki, uning doirasida ilk bor maxsus investitsiya ko‘rgazmasi tashkil qilinib, unda yirik mahalliy xususiy kompaniyalar o‘z mahsulotlari va eksport salohiyatini xalqaro investorlar hamda potensial hamkorlarga keng namoyish etish imkoniga ega bo‘ldilar.

➡️ Mazkur ko‘rgazmada 10 dan ortiq uyushma a’zosi bo‘lgan korxonalar qariyb 200 turdagi ilg‘or mahsulotlarini taqdim etib, O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining eksport salohiyati, sifat va texnologik rivojlanishini namoyish qilmoqda. Shu bilan birga, korxonalar o‘z ishlab chiqarish quvvatlari va yangi loyihalari bilan ham tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

➡️ Tadbir doirasida xalqaro investorlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari yuzasidan muhim muzokaralar olib borilmoqda.

➡️ Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 10-12-iyun kunlari davom etadi va ushbu kunlar davomida mahalliy hamda xalqaro ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etish, tajriba almashish va hamkorlik imkoniyatlarini yanada rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2