"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.11K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.56K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Hayotingizni boshqarishga o‘zingiz mas’ul ekanligingizni tushunganingizda, muvaffaqiyatga bir qadam yaqinlashasiz.


NAPOLEON XILL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 02-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #TEXNOPARK #MikroGES

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi tomonidan "TENOPARK" korxonasining "mikro GESlar" loyihasi bo‘yicha ishlar holati o‘rganildi

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 288-F-sonli farmoyishi va "O‘zeltexsanoat" uyushmasi boshqaruv raisining topshirig‘iga asosan, uyushma mas'ullari tomonidan Toshkent shahrida "TEXNOPARK" korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan mikro GES loyihalari holati o'rganildi.

➡️ "TEXNOPARK" korxonasi tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Bo‘rijar kanali irmog‘ida quvvati 5, 10 va 20 kVt bo‘lgan 3 ta, Bo‘zsuv kanali irmog‘ida esa har biri 15 kVt quvvatga ega 2 ta mikro GES qurilishi loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani qayd etildi. Ayni paytda tanlab olingan hududlarda yer tekislash, texnik tayyorgarlik va qurilish ishlari davom etmoqda.

➡️ Uyushma mas’ullari tomonidan qurilish jarayoni joyida ko‘zdan kechirilib, loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni yechish yo‘llari muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, mikro GESlar uchun zarur bo‘lgan texnologik uskunalarni mahalliylashtirish, ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirish, loyiha rentabelligini oshirish hamda loyihaning kelajakdagi kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan korxona vakillari bilan batafsil fikr almashildi.

➡️ Tashrif yakunida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi xodimlari va loyiha mas'ullari loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, shu jumladan loyiha uchun muhim bo‘lgan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish yuzasidan birgalikda ishlashga kelishib oldilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥21
➡️ #CRPT_Turon #memorandum

⚡️ “CRPT TURON” va "O‘zeltexsanoat" o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


➡️ Toshkent shahrida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va “ASL BELGISI” Milliy raqamli markirovkalash tizimi operatori — “CRPT TURON” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumning tantanali imzolanishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu voqea tomonlar o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi.

➡️ Imzolangan Memorandumning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

Noqonuniy tovar aylanmasiga qarshi kurashish;
Maishiy texnika bozorini raqamlashtirish darajasini oshirish;
Kasbiy tajriba va bilim almashish;
Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari bilan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.

➡️ Ushbu hamkorlik doirasida tomonlar tovarlarning noqonuniy aylanishi belgilari va faktlari to‘g‘risida ma’lumot almashishga, konferensiyalar va davra suhbatlari kabi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishga, shuningdek, vakolatli davlat organlari uchun O‘zbekiston Respublikasining tovarlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

➡️ Tomonlar tovar ayirboshlashni raqamlashtirish va maishiy texnika bozori shaffofligini oshirish sohasidagi umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida bundan buyon ham samarali hamkorlik qilish, bilim almashish va harakatlarni muvofiqlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Vaqt — hayotingizni oʻz ichiga olgan narsadir. Vaqtni boshqarsangiz, hayotingizni boshqarasiz.


ALAN LAKEIN

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 03-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Artel #yarmarka

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Artel” kompaniyasi Buxorodagi sanoat yarmarkasida faol ishtirok etdi


➡️ Buxoro shahrida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi yordamchisi G.K. Saidova rasman ochib berdi hamda yarmarkada namoyish etilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.

➡️ Mazkur yarmarkada “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Artel” kompaniyasi ham faol ishtirok etib, o‘zining zamonaviy mahsulotlarini keng jamoatchilikka taqdim qildi. Kompaniya tomonidan turli maishiy texnika vositalari va innovatsion ishlanmalar ko‘rgazma stendida namoyish etildi.

➡️ Tashrif buyuruvchilar va boshqa ishtirokchilar uchun mahsulotlarning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi, shu bilan birga, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yangi loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

➡️ “Artel” kompaniyasining bunday yirik tadbirlarda ishtiroki mamlakatimiz sanoatini rivojlantirishga, tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga va o'zaro tajriba almashishga xizmat qilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Savdo_yarmarkasi

⚡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi tashabbusi bilan Afg'onistonning Mozori Sharif shahrida "Made in Uzbekistan" brendi ostida savdo yarmarkasi tashkil etiladi


➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi mamlakatimiz elektrotexnika sanoati korxonalarining tashqi bozorlarda faol ishtirokini ta'minlash, eksport salohiyatini oshirish hamda qo'shni davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

➡️ Joriy yilning 18-20-iyun kunlari Afg'onistonning Mozori-Sharif shahrida O'zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdo yarmarkasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

➡️ Mazkur yarmarkada "Made in Uzbekistan" brendi ostida ishlab chiqarilgan yuqori sifatli elektrotexnika mahsulotlari, maishiy texnika vositalari va innovatsion yechimlar taqdim etilishi ko'zda tutilgan.

➡️ Savdo yarmarkasi doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralari va tadbirkorlari o'rtasida biznes uchrashuvlar, eksport shartnomalarini imzolash, yangi hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.

➡️ Mazkur tadbir Afg'oniston bozoridagi talab va ehtiyojlarni o'rganish, mahalliy hamkorlar bilan yaqindan muloqotni yo'lga qo'yish hamda ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro savdo aylanmasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi ushbu yarmarkada mamlakatimizning yetakchi elektrotexnika sanoati korxonalarining faol ishtirokini ta'minlaydi hamda "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar orqali tashqi bozorda raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi.

➡️ Savdo yarmarkasiga barcha mahalliy va xalqaro hamkorlar, tadbirkorlar va investorlar taklif etiladi.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +99893-686-88-60

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM