"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.21K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.56K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Mudofaa_festivali

⚡️ Uyushma raisi Mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalida ishtirok etdi


➡️ 2025-yil 29-maydan boshlab Toshkent shahrida “MSITF-2025” – Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivalining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan mahalliy sanoat korxonalarining harbiy va texnologik yo‘nalishdagi salohiyatini namoyish etish maqsadida tashkil etilgan.

➡️ Festivalda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov ham ishtirok etdi. U tadbir doirasida elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan ilg‘or mahsulotlar va innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Uyushma raisi elektrotexnika mahsulotlari bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita suhbat olib bordi, ularning mahsulotlari va texnologik yechimlari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar oldi. Shuningdek, kooperatsiyani kengaytirish va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha tadbirkorlarga tavsiyalar berdi.

➡️ Mirziyod Yunusov ushbu tadbir doirasida elektrotexnika sanoati korxonalarining mudofaa sohasiga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholab, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

➡️ “MSITF-2025” festivali 31-mayga qadar davom etadi. Unda elektrotexnika sanoatining yangi ishlanmalari, texnik namoyishlar va hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Mahalliy sanoatning harbiy soha uchun taklif etayotgan texnologik salohiyati esa yildan-yilga ortib borayotgani e’tirof etilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4
➡️ #Sport #futbol

⚡️ Uyushma xodimlari o'rtasida "Rahbar kubogi" futbol musobaqalari o'tkazildi

➡️ Bugun “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Markaziy apparati xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Rahbar kubogi” futbol musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori ijrosini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

➡️ Respublika Olimpiya zahiralari kolleji mini futbol maydonchasida o‘tkazilgan o‘yinlarda 4 ta jamoa“Yangi avlod”, “Yengilmas kuch”, “Vatanparvar” va “Yangi O‘zbekiston” jamoalari ishtirok etdi.

➡️ Bugungi o‘yinlar saralash bosqichi sifatida o‘tkazilib, final va 3-o‘rin uchun bahslar keyingi sport tadbirlarida bo'lib o'tadi.

➡️ Barcha ishtirokchilarga keyingi bahslarda ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥5👏3💯1
➡️ #Eltech_Malaka

NAVBATDAGI KURS BITIRUVCHILARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI


✍️Yil boshidan shu kungacha 160 nafar bitiruvchilarga sertifikatlar berildi.

➡️ Ma’lumki, “O'zeltexsanoat" huzuridagi "Eltech-malaka" o'quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus o'quv kurslari yanvar oyidan buyon davom etmoqda.

➡️ Mazkur kurslar malakali o'qituvchi va mutaxassislar tomonidan offlayn tarzda olib borildi.

➡️Ikki haftalik kurs yakunida barcha tinglovchilarga test sinovlari yakuni boʻyicha sertifikatlar berildi. Va ularning kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

➡️ Eslatib oʻtamiz, keyingi guruhlar uchun o'quv kursi 9-iyundan boshlanadi.


📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko'kcha darvoza ko'chasi, 10-uy.

🤙 Telefon: +99890-964-01-97
ℹ️ Email: s.ulashov@uzeltexsanoat.uz

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Muvaffaqiyat — bu biror narsani boshlashga jur’at qilishdir.


AMELIYA ERXART

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 01-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #london_metall_birjasi

Mis xomashyosining jahon bozoridagi oylik narx dinamikasi (MAY. 2025)


📊 Jahon bozorida mis narxi: 1 oylik o‘zgarishlar dinamikasi (02-maydan 30-maygacha)

➡️ "London Metal Exchange (LME)" rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning may oyi davomida global bozordagi mis narxlari o‘zgaruvchanlikni saqlab qoldi.

➡️ Oy boshida $9,350–$9,400 atrofida bo‘lgan misning har bir tonnasi uchun narxi o‘rtacha oshib borib, oyning ikkinchi yarmida $9,650–$9,700 chegarasiga yaqinlashdi.

➡️ Bu davrda talabning o‘sishi va ba’zi yetkazib berish cheklovlari narxlarning ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

➡️ Narxlar dinamikasi:

⚪️ Oy boshida narxlar $9,350–$9,400 atrofida past bo‘lishiga qaramay, 6–7-may kunlari sezilarli o‘sish kuzatildi va $9,550 ga yaqinlashdi.
⚪️ 13-may kuni narxlar keskin ko'tarilib, $9,600 dan oshdi.
⚪️ 16–22-may oralig‘ida nisbatan barqarorlik (pastki tebranishlar) kuzatildi.
⚪️ 23–29-may kunlari yana narxlar ko‘tarilib, $9,650–$9,700 chegarasiga yaqinlashdi.

➡️ Global bozorda misga bo‘lgan talab va yetkazib berishdagi qiyinchiliklar (logistika va ishlab chiqarishdagi uzilishlar) narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

➡️ Yilning qolgan davrida ham talabning yuqoriligi va ishlab chiqarish zanjiridagi risklar narxlarda yuqoriga qarab harakatlanish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (26-31-may, 2025-yil)

➡️ "Sam-Ferre" korxonasi faoliyati OAVda yoritildi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari "Project Qatar" ko‘rgazmasida

➡️ “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kuniga oid videokontent

➡️ Xitoyning yirik energetika investori “Dongfang Electrical Corporation” vakillari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

➡️ Doha muzokaralari: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi xalqaro savdo va eksport aloqalarini kengaytirmoqda

➡️ O‘zbekiston elektrotexnika sanoatiga oid maxsus reportaj Yevropaning "Euronews" telekanalida efirga uzatildi

➡️ "Eltech-malaka" o‘quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o'quv mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari “Samo Techno” korxonasida amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish jarayonlari bilan tanishdi

➡️ O'zbekistonning “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasidagi ishtiroki Pokistonning "Rahbar Kisan" nashrida yoritildi

➡️ Mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalida elektrotexnika korxonalari faol ishtirok etdi

➡️ O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari “Mikroelektronika Plyus” korxonasi mutasaddilari bilan kooperatsiyani kengaytirishni muhokama qildilar

➡️ Fakt 24 | “Euronews”: O‘zbekiston elektrotexnika sanoati 5 yilda 8 barobar o‘sgan tarmoq

➡️ Elektrotexnika korxonalarining "Project Qatar 2025" xalqaro ko'rgazmasidagi ishtiroki OAVda yoritildi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM