"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.04K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.58K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Energy_Week

⚡️ Uyushma mas'ullari O'zbekiston energetika haftaligi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda

➡️ Joriy yil 13-15-may kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Uzbekistan Energy Week" tadbirlari doirasida “Mahalliy ishlab chiqarish — yoqilg‘i-energetika kompleksining mustahkam poydevori garovidir” mavzusidagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyada "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

➡️ Nutq davomida u O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining bugungi rivojlanish tendensiyalariga to‘xtalib, ayniqsa mahalliylashtirish darajasining oshib borayotganligi haqida alohida ta’kidladi. Unga ko‘ra, elektrotexnika mahsulotlarini ichki ishlab chiqarish hajmining ortishi nafaqat iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlaydi, balki energetika xavfsizligini ta’minlashda ham muhim omil hisoblanadi.

➡️ Uyushma raisi o'rinbosari o‘z chiqishida energetika va elektrotexnika tarmoqlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik chuqurligini ta'kidlab, mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika vositalarning energetika infratuzilmasini barqarorlashtirishdagi o‘rnini keng ko‘lamda tahlil etdi.

➡️ Shuningdek, u davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan sanoat kooperatsiyasi va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish dasturlari doirasida uyushma korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ham ma’lumot berdi.

➡️ Tadbir doirasida elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yuqori texnologiyalarni jalb qilish hamda energetika tarmog‘i ehtiyojlari uchun moslashtirilgan innovatsion yechimlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Insonning chinakam boyligi — bu uning yuragidagi yuksak niyatlaridir.


ALISHER
NAVOIY

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 15-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Mega_Energy

⚡️ Xitoyning "Mega Energy" kompaniyasi vakillari mahalliy kabel sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida xalqaro hamkorlikni kengaytirish doirasida, Xitoyning "Mega Energy" kompaniyasi texnik direktori janob Wei Xing boshchiligidagi delegatsiya "O‘zeltexsanoat" uyushmasi mas’ullari hamrohligida “Uzkabel” va “Artikul Aziya Kabel” korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️ Mazkur tashrif chog‘ida Xitoy kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihasi – Sergeli tumani hududida quvvati 150 MW bo‘lgan BESS (Battery Energy Storage System) tizimini barpo etish loyihasi doirasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Jumladan, loyiha ehtiyojlari uchun DC kabellar hamda 35 kV kuchlanishli elektr kabellarini yetkazib berish yuzasidan aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

➡️ Tashrif davomida mehmonlar korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari, mahsulot turlari va sifat nazorati tizimi bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Mahalliy korxonalar tomonidan xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlarning mavjudligi xitoylik hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

➡️ Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan yuqoridagi loyiha uchun zarur bo‘lgan kabel-sim mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha amaliy hamkorlik ustida ishlashga kelishib oldilar.

➡️ Mazkur tashrif ikki tomonlama savdo aloqalarini mustahkamlashda muhim qadamlardan biri bo‘lib, yurtimiz elektrotexnika sanoati salohiyatining xalqaro maydondagi ishonchli hamkor sifatida e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
➡️ #kooperatsiya

⚡️ “L&T Construction” kompaniyasi vakillari mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ Saudiya Arabistonining “ACWA Power” investitsiyalari asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muqobil energetika loyihalarining bosh pudratchisi – “L&T Construction” kompaniyasi vakillari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari hamrohligida ChTZ, Elstan va Mega Trans Energy korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihalari ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan kuchlanish qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

➡️ Xalqaro miqyosda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lgan “L&T Construction” vakillari, korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari va mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Uchrashuv davomida tomonlar o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, kelgusidagi qo‘shma loyihalar va texnik yechimlarni hayotga tatbiq etish borasida fikr almashdilar.

➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda muqobil energetika sohasidagi yirik loyihalarni kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar salohiyatidan samarali foydalanish va sanoat infratuzilmasini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
➡️ #Rossiya #hamkorlik

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Rossiya Savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ Joriy yilning 16 may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi vakillari hamda uyushma raisi Mirziyod Yunusov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda Rossiya tomonidan Savdo vakili K.Zligostev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki mamlakat o‘rtasida elektrotexnika sanoati yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish va savdo aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

➡️ Muzokaralar davomida tomonlar Rossiyaning elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, ularning Toshkent viloyatida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparkida joylashtirish masalalarini muhokama qildilar.

➡️ Shuningdek, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmlarini oshirish, O‘zbekistonga Rossiya kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalarni jalb qilish va texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sanoat-innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishi ta'kidlandi. Tomonlar kelgusida ham izchil va amaliy sheriklikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏2🔥1
#Eron #hamkorlik

"O‘zeltexsanoat" uyushmasida Eronning “Iran Transfo” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Eronning energetika sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalaridan biri — “Iran Transfo” vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Delegatsiyaga kompaniyaning O‘zbekistondagi vakili Muhammad Reza Jafari boshchilik qildi.

➡️ Uchrashuvda uyushma raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov xorijiy mehmonlar bilan muzokaralar olib bordi. Tomonlar o‘rtasidagi muloqot davomida yurtimizda yangi turdagi kuchlanish qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha Eron kompaniyasi tomonidan ilgari surilgan loyihaviy takliflar muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, bu mahsulotlarni mahalliylashtirish, texnologik yechimlarni joriy etish hamda qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish imkoniyatlari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

➡️ Uchrashuv davomida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari mehmonlarga O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish uchun yaratilgan qulay investitsion muhit, infratuzilmaviy imkoniyatlar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

➡️ Tashrif yakunida “Iran Transfo” vakillari mazkur muzokaralarda ilgari surilgan takliflarni chuqur tahlil qilishlari, ichki muhokamadan so‘ng loyiha bo‘yicha yakuniy qarorlarini taqdim etishlarini bildirdilar.

➡️ Mazkur uchrashuv Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda muhim bosqich sifatida baholanmoqda.


🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 – 22-may kunlari rasmiy tashriflar bilan Vengriya va Sloveniya Respublikasida boʻladi.

—————

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 19 – 22 мая посетит с официальными визитами Венгрию и Республику Словения.
👍2👏1👌1
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Eng katta g‘alaba – bu har kuni o‘z ustingda erishgan kichik yutuqlardir.


NAPOLEON
HILL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 18-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (12-17-may, 2025-yil)

➡️ Afg‘oniston bozoriga kirish: o'zbek elektrotexnika mahsulotlari Qobulda

➡️ Afg‘onistonning Qobul shahrida O'zbekiston elektrotexnika mahsulotlari namoyish etildi

➡️ “Dongfang Electric” kompaniyasi vakillari “Techno Cable Group” korxonasiga tashrif buyurdi

➡️ Afg‘oniston bilan elektrotexnika sohasida hamkorlik: Qobulda B2B uchrashuvlar tashkil etildi

➡️ NOCOMMENT. AFG'ONISTON - videokontent

➡️ Uyushma raisi Zomindagi yirik loyihaning qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi

➡️ "Energy Week 2025” forumida O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari ishtirok etdi

➡️ NOCOMMENT. "Energy Week 2025” - videokontent

➡️ Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov AKFA BUILD kompaniyasi mahsulotlari sifatini yuqori baholadi

➡️ “Uzbekistan Energy Week – UEW 2025” doirasidagi intervyular - videokontent

➡️ O‘zbek elektrotexnika mahsulotlari Qozonda namoyish qilindi

➡️ NOCOMMENT. RUSSIA HALAL EXPO 2025 - videokontent

➡️ Uyushma korxonalarining xalqaro ko'rgazmadagi ishtiroki Sputnik nashri nigohida

➡️ Yangi avlod televizorlarini ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi

➡️ Uyushma mas'ullari O'zbekiston energetika haftaligi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi

➡️ Xitoyning "Mega Energy" kompaniyasi vakillari mahalliy kabel sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ “L&T Construction” kompaniyasi vakillari mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Rossiya Savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Eronning “Iran Transfo” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2