"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.01K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.58K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Afghanistan #Kobul

⚡️ Afg‘oniston bozoriga kirish: o'zbek elektrotexnika mahsulotlari Qobulda


➡️ 2025-yil 10–13-may kunlari davomida Afg‘onistonning Qobul va Mozori Sharif shaharlarida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston tadbirkorlarining tashrifi doirasida elektrotexnika sohasida ham qator muhim uchrashuv va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

➡️ “Made in Uzbekistan” savdo uyi ochilishi doirasida O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari o‘z mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqda. Mahalliy iste’molchilarga keng turdagi, sifatli va zamonaviy elektrotexnika mahsulotlari taqdim etilmoqda.

➡️ Afg‘oniston bozorining ehtiyojlariga moslashtirilgan mahsulotlar savdo uyi rastalarida keng namoyish qilinmoqda.

➡️ Qobul shahrida O‘zbekiston mahsulotlari uchun tashkil etilgan Savdo uyi esa yurtimiz tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu yerda elektrotexnika sohasiga oid mahsulotlar doimiy asosda taqdim etilishi, mahalliy xaridorlar bilan bevosita savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari ham elektrotexnika korxonalari vakillari bilan birgalikda Qobulda faol muzokaralar o‘tkazmoqda. Uchrashuvlar davomida Afg‘onistonlik hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo bitimlari bo‘yicha kelishuvlarga erishish, hamkorlikni mustahkamlash va uzoq muddatli loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.

➡️ Tashrif doirasida Afg‘oniston bozorining chuqur tahlili, ehtiyojlar va talablar o‘rganilmoqda. Bu esa eksport hajmini oshirish, mahsulot assortimentini mahalliy sharoitga moslashtirish va ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash imkonini beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Afghanistan #Kobul

⚡️ NOCOMMENT. AFG'ONISTON


➡️ Afg‘onistonning Qobul shahrida O'zbekiston mahsulotlari uchun tashkil etilayotgan Savdo uyi ochilishi doirasida o'tkazilayotgan uchrashuvlarda "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika korxonalari faol ishtirok etmoqdalar.

➡️ E'tiboringizga mazkur jarayonlarga oid videokontentni havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #projectqatar

⚡️ Project Qatar 2025: Qurilish va infratuzilma sohasidagi yirik xalqaro ko‘rgazma

➡️ Qatarning Doha shahrida mamlakatdagi yirik xalqaro ko'rgazmalardan biri - "Project Qatar 2025" bo'lib o'tadi.

➡️ Ushbu ko'rgazmada "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ham o'z ko'rgazma stendi bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.

➡️ Joriy yilning 26-29-may kunlari bo'lib o'tadigan ko'rgazmada dunyoning o'nlab davlatidan minglab tashrif buyuruvchilar, yuzlab ishtirokchi kompaniyalar qatnashishi kutilmoqda.

➡️ Doha Ko‘rgazma va Anjumanlar Markazida (DECC) bo‘lib o‘tadigan "Project Qatar 2025" ko‘rgazmasi qurilish va infratuzilma sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biridir.

➡️ Ko'rgazmada ishtirok etish niyatidagi mahalliy elektrotexnika sanoati tadbirkorlari quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:

📞 +99871-207-44-66 (711)
📞 +99897-700-50-00

📍 Manzil: Qatar shahri, Doha Ko‘rgazma va Anjumanlar Markazi (DECC) (geolokatsiya)

🖥 Ko'rgazma rasmiy vebsayti: www.projectqatar.com

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Dongfang #TCG

⚡️ “Dongfang Electric” kompaniyasi vakillari “Techno Cable Group” korxonasiga tashrif buyurdi

➡️ Xitoyning “Dongfang Electric Corporation” kompaniyasi loyihalar bo‘yicha direktori Wu Hao boshchiligidagi delegatsiya “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari hamrohligida “Techno Cable Group” korxonasiga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrifdan asosiy maqsad“Dongfang Electric Corporation” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yashil energetika loyihalariga mahalliy kabel-sim mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, mahsulotlarning turlari, sifati va xalqaro talablar darajasiga mosligini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

➡️ Qayd etish joiz, kompaniya ayni paytda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda.

➡️ Tashrif davomida mehmonlar korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari va mavjud mahsulot assortimenti bilan tanishdilar. Texnik jihatlar, hamkorlik mexanizmlari va yetkazib berish shartlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
➡️ #Afghanistan #B2B_meetings

⚡️ Afg‘oniston bilan elektrotexnika sohasida hamkorlik: Qobulda B2B uchrashuvlar tashkil etildi


➡️ 2025-yil 10–13-may kunlari Afg‘onistonning Qobul va Mozori Sharif shaharlarida O‘zbekiston tadbirkorlarining tashrifi doirasida elektrotexnika sohasi vakillari uchun ham muhim biznes uchrashuvlar – B2B shaklidagi muzokaralar tashkil etildi.

➡️ Uchrashuvlarda O‘zbekistonning yetakchi elektrotexnika korxonalari vakillari va Afg‘onistonning mahalliy tadbirkorlari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

➡️ Muzokaralarda asosiy e’tibor to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, mahsulot yetkazib berish zanjirini shakllantirish hamda savdo-sotiq hajmini oshirishga qaratildi.

➡️ B2B uchrashuvlar davomida Afg‘oniston bozoridagi real ehtiyojlar, mahalliy distribyutorlar va xaridorlar talablari, logistika imkoniyatlari va bojxona tartib-qoidalari yuzasidan ham fikr almashildi.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari tashrif doirasida mazkur uchrashuvlarda faol ishtirok etib, elektrotexnika mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.

➡️ Bu kabi muzokaralar ikki davlat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, Afg‘oniston bozorida o‘zbek mahsulotlarining o‘rnini mustahkamlash va uzoq muddatli iqtisodiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim zamin yaratmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Afghanistan #Kobul

⚡️ NOCOMMENT. AFG'ONISTON


➡️ Afg‘onistonning Qobul shahrida O'zbekiston mahsulotlari uchun tashkil etilayotgan Savdo uyi ochilishi doirasida o'tkazilayotgan B2B uchrashuvlarda "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika korxonalari faol ishtirok etmoqdalar.

➡️ E'tiboringizga mazkur jarayonlarga oid videokontentni havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #Zomin #new_project

⚡️ Uyushma raisi Zomindagi yirik loyihaning qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan “Artel electronics manufacturing” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi investitsiya loyihasining qurilish ishlari o‘rganildi.

➡️ Mazkur loyiha “Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki Direksiyasining Zomin tumanidagi (Dashtobod shahri) filialida joylashgan bo‘lib, u keng turdagi maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan.

➡️ 2025–2027-yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ushbu loyihaga 150 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.

➡️ Tashrif davomida uyushma raisi loyiha rahbarlari bilan uchrashib, qurilish jarayoni, ishlab chiqarish texnologiyalari, uskunalar va logistik masalalar yuzasidan muhokamalar olib bordi.

➡️ Qurilishdagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilar bilan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

➡️ Loyihaning birinchi bosqichini joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.

➡️ Ma’lumot uchun, ushbu hududda o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlovchi "Injenerlik maktabi" ham ish boshladi. Zomin 1-son politexnikumida tashkil etilgan mazkur maktab sohada malakali texnik mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

➡️ Bu loyiha nafaqat hudud sanoat salohiyatini oshirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, texnologik rivojlanishni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirishga ham xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Xatolardan qo’rqma, chunki ular eng yaxshi ustozlardir.


TOMAS
EDISON

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #london_metall_birjasi

📊 12-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Energy_Week_2025

⚡️ "Energy Week 2025” forumida O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari ishtirok etmoqda

➡️ Joriy yil 13–15-may kunlari Toshkentda xalqaro miqyosdagi yirik tadbir — “Uzbekistan Energy Week – UEW 2025” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur forumda energetika, neft-gaz, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektrotexnika sohalaridagi yetakchi kompaniyalar, davlat idoralari, ilmiy muassasalar va investorlar ishtirok etmoqda.

➡️ Forumda 30 ga yaqin xorijiy davlatdan ishtirokchilar qatnashmoqda, jumladan: AQSh, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Italiya va boshqa mamlakatlar vakillari.

➡️ O‘zbekistonning elektrotexnika sanoati korxonalari ham o‘z mahsulotlari bilan ushbu forum doirasida tashkil etilgan ko'rgazmada faol ishtirok etmoqda.

➡️ Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan zamonaviy texnologiyalar va texnik yechimlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

➡️ E'tiboringizga mazkur jarayonlarni o'zida aks ettiruvchi fotokontentni taqdim etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Energy_Week_2025

⚡️NOCOMMENT. "Energy Week 2025”

➡️ E'tiboringizga “Uzbekistan Energy Week – UEW 2025” xalqaro forumi va uning doirasida tashkil etilgan ko'rgazmaga oid lavhalarni aks ettiruvchi videokontentni taqdim etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👌2🔥1