"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #TCG #Xitoy

⚡️ "Techno Cable Group" korxonasi Xitoy kompaniyalari bilan $70 mln dollarlik kelishuv imzoladi

➡️ Ayni kunlarda Davlatimiz rahbarining Xitoyga davlat tashrifi munosabati bilan o'zbek-xitoy ishbilarmon doiralari ishtirokida turli uchrashuv va muzokaralar bo'lib o'tmoqda.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Techno Cable Group" kompaniyasi vakillari ham Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralarda ishtirok etib, bir qator yutuqlarga erishdi. Xususan, Xitoyning yirik kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilayotgan energetika sohasidagi investitsiya loyihalari uchun zamonaviy kabel mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati $70 mln dollarlik kelishuv imzolandi.

➡️ Mazkur kelishuv natijasida Xitoylik kompaniyalar tomonidan respublikamizda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida importni kamaytirilishiga va mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirilishiga erishiladi.

➡️ Korxonada bugungi kunda 2000 turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqariladi. 300 nafar xodim doimiy ish bilan ta'minlangan.

➡️ 2023-yilda amalga oshirilgan 15 mlrd so'mlik loyihalar natijasida 10-35 kV yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

➡️ 2024-yilda ham korxona yangi investitsiya loyihalari asosida yangi ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirish bo'yicha ishlarni boshlab yuborgan. Xususan, yangi quvvatlar uchun binolar qurilib, xorijdan zamonaviy texnologiyalarni olib kelish va jihozlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida korxona yana yangi 100 nafar ishchi o'rni yaratishni rejalashtirmoqda.

➡️ Korxona bugungi kunda asosan, Turkiya, Gruziya, Markaziy Osiyo davlatlariga mahsulot eksport qilib kelmoqda. Joriy yilda ham eksport geografiyasini kengaytirish bo'yicha korxonaning istiqbolli rejalari mavjud.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #TCG #XITOY

🟢 "Techno Cable Group" korxonasi Xitoy kompaniyalari bilan $ 70 mln dollarlik kelishuv imzoladi

➡️ Xabaringiz bor davlatimiz rahbarining kuni kecha yakunlagan Xitoyga qilgan davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan uchrashuv va forumlarda yurtimiz elektrotexnika korxonalari ham faol ishtirok etdilar.

➡️ Xususan, "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Techno Cable Group" korxonasi o'tkazilgan muzokaralar natijasida Xitoyning yirik kompaniyalari bilan $ 70 mln dollarga teng kelishuv bitimlarini imzoladi.

➡️ Kelishuvga ko'ra, respublikamiz hududida amalga oshiriluvchi yashil energetika loyihalari uchun korxona tomonidan maxsus kabel-sim mahsulotlari yetkazib beriladi.

➡️ Mazkur kelishuv orqali, import optimizatsiya qilinadi va kooperatsiya aloqalari rivojlanadi.

➡️ "Techno Cable Group" korxonasi faoliyati va Xitoyga tashrif doirasida erishilgan yutuqlar "O'zbekiston 24" telekanali, "Fakt 24" dasturi ijodkorlari tomonidan keng yoritildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #TCG #Trex

📲"
TCG" korxonasi ishlab chiqarish faoliyatiga zamonaviy raqamlashtirish texnologiyalarini joriy etmoqda

➡️Xabaringiz bor, joriy yilning fevral-mart oylarida "O'zeltexsanoat" uyushmasi Turkiyaning "Mert Yazilim" kompaniyasi bilan hamkorlikda mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari uchun ishlab chiqarish jarayonini raqamlashtirish mavzusida seminar-treninglarni tashkil etgan edi.

➡️Ushbu seminar-treninglar mobaynida mahalliy korxonalarga Turkiyaning "Trex" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan raqamlashtirish texnologiyalari namoyish qilingan.

➡️Respublikamizdagi yetakchi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri bo'lgan "TCG" (Techno Cable Group" kompaniyasi "Trex" kompaniyasining raqamlashtirish texnologiyalarini o'z faoliyatiga tadbiq etishni boshlamoqda.

➡️Shu sababli, bugun "TCG" korxonasiga "Trex" kompaniyasi mutaxassislari tashrif buyurib, ushbu texnologiyalarni ishlab chiqarish faoliyatiga o'rnatish bo'yicha seminar tashkil etdilar.

➡️Shundan so'ng, korxona faoliyatiga ushbu texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha ishchi guruh tashkil qilishga kelishildi.

➡️Mazkur raqamlashtirish texnologiyalari orqali energiya tejamkorlikni oshirish, foyda miqdorini ko'paytirish, defektlarni oldini olish mumkin bo'ladi.

‼️Ma'lumot o'rnida: "TCG" korxonasi bu kabi raqamlashtirish texnologiyalarini yurtimizda kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchilardan bo'lib joriy etmoqda.

☝️E'tiboringizga ushbu jarayonlarga oid videokontentni taqdim etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #TCG #investitsiya #kabel

⚡️"TCG" kompaniyasida yangi turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi

➡️Yangi turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish boshlanishi munosabati bilan kuni kecha "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Techno Cable Group" (TCG) kompaniyasida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi.

➡️Ushbu tadbirda vazirliklar, davlat tashkilotlari, energetika sohasidagi loyihalar tashabbuskorlari, xorijiy va mahalliy korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

➡️"TCG" kompaniyasi va xorijiy hamkorlarning so'nggi 18 oy davomidagi izlanishlari va mehnati natijasida bugun mazkur kompaniyada Yevropa standartlariga (IEC) to'liq javob beradigan zamonaviy-yuqori kuchlanishli, issiqlikka chidamli va ko'p funksiyali optik kabellarning yangi turlari ishlab chiqarila boshlandi.

➡️Bunda "TCG" kompaniyasi Rossiyaning «Людиновокабель» va «Инкаб» kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qildi.

➡️Bugungi ochiq eshiklar kunida ishtirokchilarga "TCG" kompaniyasining yangi ishlab chiqarish liniyalari, korxonadagi o'zgarishlar va yangi turdagi kabellarning ahamiyati xususida ma'lumotlar berildi.

➡️Qiziqarli jihati shundaki, yangi o'zlashtirilgan kabel-sim mahsulotlari bugungi kunda MDH doirasida faqatgina 3 ta davlatda ishlab chiqariladi. Bular qatoriga endi O'zbekiston ham qo'shildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #TCG #investitsiya #kabel

⚡️"TCG" kompaniyasida yangi turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarilishiga bag'ishlab o'tkazilgan Ochiq eshiklar kuniga oid videokontentni e'tiboringizga havola qilamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Dongfang #TCG

⚡️ “Dongfang Electric” kompaniyasi vakillari “Techno Cable Group” korxonasiga tashrif buyurdi

➡️ Xitoyning “Dongfang Electric Corporation” kompaniyasi loyihalar bo‘yicha direktori Wu Hao boshchiligidagi delegatsiya “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari hamrohligida “Techno Cable Group” korxonasiga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrifdan asosiy maqsad“Dongfang Electric Corporation” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yashil energetika loyihalariga mahalliy kabel-sim mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, mahsulotlarning turlari, sifati va xalqaro talablar darajasiga mosligini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

➡️ Qayd etish joiz, kompaniya ayni paytda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda.

➡️ Tashrif davomida mehmonlar korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari va mavjud mahsulot assortimenti bilan tanishdilar. Texnik jihatlar, hamkorlik mexanizmlari va yetkazib berish shartlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM