"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
3.14K subscribers
11.5K photos
1.61K videos
20 files
5.46K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Qozon #eksport #muzokara

📣 Qozondagi muzokaralarda eksport masalalari muhokama qilindi

Qozon shahrida boʻlib oʻtgan nufuzli koʻrgazmada eksport masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan,  uyushma masʼul xodimi S.Sagdullayev “Aksion” korxonasi vakillari bilan muzokara olib bordi. Kompaniya vakillari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika vositalariga katta qiziqish bildirdi. Jumladan, kichik hajmdagi pechlarni xarid qilish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, Markaziy Afrikaning Gabon Respublikasi Investitsiyalarni rivojlantirish milliy agentligi boshqaruv direktori bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv har tomonlama samarali kechdi.

Boshqaruv direktoriga koʻra, ushbu mamlakatda yiliga $100 mln. dollardan ortiq qiymatga teng konditsioner mahsulotlarining importi amalga oshiriladi.

Uyushma ma'sullari tomonidan ushbu mahsulotlar boʻyicha narx-navoga oid va boshqa maʼlumotlar taqdim qilinishi aytildi. Shuningdek, Gabonda shou-rum ochilishi taklifi bildirildi va bu har ikki tomondan qoʻllab-quvvatlandi.

Muzokaralar so'ngida, joriy yil 19-21-iyun kunlari Misrda oʻtkaziladigan “BIG 5 Construction Egypt” koʻrgazmasida agentlik direktori va boshqa masʼullar bilan muzokaralar davom ettirilishiga kelishib olindi.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Jizzax #Samarqand #eksport

🟢 Samarqand va Jizzax viloyatidagi korxonalarning eksport salohiyati o’rganildi

"O'zeltexsanoat" uyushmasi yurtimiz elektrotexnika sanoatining eksportyor korxonalari sonini oshirish va ularni qo'llab-quvvatlash borasida muntazam ishlar olib bormoqda. Xususan, yil yakuniga qadar kamida 20 ta yangi korxonani eksportga chiqarish rejalashtirilgan.

Ushbu rejalar ijrosini ta’minlash maqsadida, uyushmaning "Eksport salohiyatini rivojlantirish bo’limi" ma’sul xodimlari tomonidan Jizzax va Samarqand viloyatidagi korxonalar faoliyati o’rganildi.

Xususan, "Taraqqiyot Sari Yuksalish" MChJ, "Mono Electric" MChJ, "Global Optical Communication Uzbekistan" MChJ, "Bendesido" MChJ, "Sam Mega Nur" MChJ, "Ideal Electro Lux" MChJ, "UK Safe Automation" MChJ korxonalari shular jumlasidan.

➡️ BATAFSIL»

🇺🇿 O'zbekcha 🇷🇺 Русский 🇺🇸 English

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #eksport #subsidiya #infografika

🟢 Eksportyor korxonalarni qo'llab-quvvatlashga doir foydali ma'lumotlar

➡️ Elektrotexnika korxonalari o'z mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish hajmini kengaytirishi va eksport salohiyatini yuksaltirishi uchun hukumatimiz tomonidan bir qator yengilliklar yaratilgan. Xususan:

🔸 Mahalliy korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish bilan bog'liq xarajatlarning 50 foizi qoplab beriladi;

🔸 Xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

🔸 Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha salbiy farq summasi tovarlarni eksport qilishda 3 kun ichida qaytariladi;

🔸 Xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksport qilishning transport xarajatlari 50 foizi subsidiyalanadi;

🔸 Muvofiqlikni baholash organlarining xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari a'zosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar "Eksportni rag'batlantirish agentligi" tomonidan qoplab beriladi;

🔸 Tadbirkorlik subyektlari tomonidan tovarlar (maxsus turdagi tovarlardan tashqari), ishlar va xizmatlar eksportini shartnoma tuzmasdan hisobvaraq-fakturalar (invoyslar) asosida amalga oshirishda talab etiladigan oldindan to'lov miqdori 100 foizdan 50 foizga kamaytiriladi.

➡️ Eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishda eksport shartnomasi, bojxona deklaratsiyasi, yuk xatlari nusxasi, sertifikat nusxasi va xizmatlar shartnomasi kabi hujjatlar taqdim qilinishi so'raladi. Bunda tadbirkorlar kompensatsiya uchun onlayn ariza berishlari mumkin.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Seminar_trening #eksport

🟢 Eksportchi korxonalar uchun seminar-trening o'tkaziladi

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi va Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag'batlantirish agentligi bilan hamkorligida uyushma binosida eksportchi korxonalar uchun seminar-trening tashkil etiladi.

➡️ Ushbu seminar-trening eksportchi korxonalar uchun respublikamizda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻrsatiladigan moliyaviy yordam turlari bilan yaqindan tanishtirish uchun tashkil etilmoqda.

➡️ ZOOM platformasi orqali qatnashuvchilar uchun elektron manzil:

💬 https://us02web.zoom.us/j/81401638204?pwd=QmJuZEwxaXZ2Z2tMN3lYNWZHQ1d0QT09

💬 Identifikatsiya raqami: 814 0163 8204

💬 Parol: 345517

➡️ Seminar-treningda oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Eksportni ragʻbatlantirish agentligining masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #eksport #sertifikat #ce #yevropa

🟢 “VITECH” INFRAQIZIL ISITISH PANELLARI ANGLIYAGA EKSPORT QILINMOQDA

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Statura” MChJ korxonasi infraqizil isitish panellarini Yevropaga, shu jumladan Angliyaga eksport qilish maqsadida CE belgisidan (Conformité Européenne) foydalanish uchun xalqaro sertifikatga ega bo’ldi.

➡️ Endi mazkur sertifikat korxonaga “Vitech” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi infraqizil isitish panellarini Yevropa bozorlariga eksport qilish imkonini beradi.

➡️ Korxona bosh iqtisodchisi Elyor Babayevning so’zlariga ko’ra, ayni paytda isitish panellarining birinchi partiyasi (720 dona) Angliyaga yuborilgan. Hozirda navbatdagi buyurtmani tayyorlash ishlari davom etmoqda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #standart #yevropa #eksport #kabel

🟢 “Uzkabel” AJ QK Britaniya kabel sertifikatlash xizmatidan (BASEC) mahsulot sifatini tasdiqlovchi sertifikat bilan eksport geografiyasini kengaytirmoqda

➡️ Ushbu sertifikat Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan eksport aloqalarini rivojlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Bu bilan korxona mahsulotlar sifatini oshirishda va “Uzkabel” brendining xorijiy mamlakatlarda munosib oʻrin egallashiga erishadi.

➡️ Bilamizki, Buyuk Britaniyaning kabel mahsulotlarini sertifikatlash xizmati (odatda “BASEC” nomi bilan tanilgan) akkreditatsiyadan oʻtgan mustaqil tashkilot hisoblanadi. Shuningdek, ushbu markaz Yevropadagi eng yirik ixtisoslashgan sinov laboratoriyalariga ham ega.

➡️ BASEC 1971-yilda tashkil etilgan va asosan kabel-sim mahsulotlarining barcha turlarini va boshqaruv tizimlari uchun sertifikatlash xizmatlarini taqdim etadi. Tashkilot butun dunyoda, jumladan, Afrika, Yaqin Sharq, Amerika, Osiyo va Yevropada oʻz faoliyatini olib boradi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #eksport

⚡️ O‘zbek elektrotexnika mahsulotlarini Qozog‘istonga eksportini 200 mln dollarga yetkazish bo‘yicha biznes-missiya tashkil etildi

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eksport #QQS

⚡️ Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi

➡️ Bojxona organlari tomonidan elektron tarzda taqdim etilgan maʼlumotlar eksportni tasdiqlash uchun yetarli hisoblanadi.

➡️ Endilikda eksport operatsiyalari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) summasi oʻrnini qoplash osonlashadi.

➡️ Soliq toʻlovchilardan tovarlarning eksport qilinganini tasdiqlovchi bojxona hujjatlarini soliq organlariga taqdim etish talab qilinmaydi.

➡️ Bojxona organlari tomonidan elektron tarzda taqdim etilgan maʼlumotlar eksportni tasdiqlash uchun yetarli hisoblanadi.

➡️ Ushbu yangi tartib joriy farmon kuchga kirgunga qadar boʻlgan davrdagi QQS qoplash uchun berilgan arizalarga ham tatbiq etiladi.

➡️ Import qilinadigan asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlarni yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq boʻlgan kontraktlar boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati sifatida kontraktda koʻrsatilgan yetkazib berish muddati tan olinadi.

Manba

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #All_Solar #Tojikiston #eksport

⚡️ Mahalliy "All Solar" kompaniyasi ilk bora o'z mahsulotlarini Tojikistonga eksport qildi

➡️ Mamlakatimiz elektrotexnika sanoatining to'rtinchi eng muhim yo'nalishiga aylanib borayotan yashil energiya manbalari texnologiyalari sohasi muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

➡️ Ayniqsa quyosh fotovoltaik panellari ishlab chiqarish bo'yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyati rivojlanib bormoqda.

➡️ O'zbekistonda ishlab chiqarilgan quyosh panellari Tojikistonga eksport qilindi. Mahalliy "All Solar" kompaniyasi bu borada qo'shni respublikadagi hamkorlari bilan kelishuvga erishdi.

➡️ Albatta bu natijaga muntazam mehnat va sayi-harakatlar orqali erishildi. Xususan, "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari joriy yilda Tojikiston Respublikasida bo'lib o'tgan ko'rgazma doirasida mahalliy va qo'shni davlat korxonalari o'rtasida uchrashuvlar tashkil qilgan edi.

➡️ Ushbu uchrashuvlarning mantiqiy davomi sifatida olib borilgan muzokaralar natijasida "All Solar" korxonasi 50 kVt quvvatga ega quyosh panellarini boshlang'ich tarzda Tojikistonga yetkazib berishni boshladi.

➡️ Uyushma tomonidan mahalliy korxonalarni eksportga olib chiqish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi doirasida ishlar davom ettiriladi.

📝Fb 📝 Tg 💻In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Jihozvent #eksport

⚡️ "Jihozvent" korxonasi ilk bora o'z mahsulotlarini Qozog'istonga eksport qildi

➡️ Ventilyatsiya, sovutish, isitish va shu turdagi boshqa elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Jihozvent" korxonasi o'z mahsulotlarini ilk bora tashqi bozorga eksport qila boshladi.

➡️ Korxona mahsulotlarining ilk xalqaro xaridori Qozog'iston Respublikasi bo'ldi.

➡️ "O'zeltexanoat" uyushmasi mas'ullari bilan birgalikda Qozog'iston Respublikasida o'tkazilgan ko'rgazma va biznes-missiyalarda ishtirok etib, mazkur davlatdagi hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar o'z natijalarini berdi.

➡️ Endi o'zbek brendi ostidagi bu kabi mahsulotlar Qozog'iston bozoriga kirib boradi. Albatta ushbu korxona eksport borasidagi bu kabi boshlang'ich yutuq bilan cheklanib qolmaydi.

➡️ "Jihozvent" korxonasi o'z mahsulotlarini Markaziy Osiyo va MDHning boshqa mamlakatlariga ham eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bunda esa uyushma mutaxassislari korxonaga barcha yordamlarni ko'rsatadilar.

➡️ Mahalliy elektrotexnika sanoatidagi eksportchi korxonalar sonini oshirish va xalqaro bozorda milliy brendimiz ostidagi mahsulotlar savdosini ko'paytirish uyushmaning asosiy vazifalaridan biridir.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #eksport

⚡️ 2024-yilda O'zbekiston xorijga necha dona konditsioner eksport qilgan?

➡️ Bu haqida "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan kontent orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lasiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eksport #Bosniya_Gersegovina

⚡️ O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari ilk bor Bosniya va Gersegovinaga eksport qilindi

➡️ O‘zbekiston ilk bor Bosniya va Gersegovina bozoriga maishiy texnika mahsulotlarini muvaffaqiyatli eksport qildi.

➡️ Mazkur eksport doirasida 12 turdagi zamonaviy texnika: televizor, sovutkich, kir yuvish mashinasi, gaz va elektr plitalar, konditsioner, changyutkich va boshqa uskunalardan iborat 1000 dan ortiq mahsulotlar yetkazib berildi.

➡️ Bu muhim bosqichda "Artel Electronics" MCHJ yetakchi ishlab chiqaruvchi sifatida faol ishtirok etdi va O‘zbekiston mahsulotlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini namoyon qildi.

➡️ Ushbu davlatga ilk eksport nafaqat sanoat salohiyatimizning oshib borayotganini, balki yurtimiz ishlab chiqaruvchilarining yangi bozorlarga ishonch bilan chiqayotganini anglatadi.

➡️ Bu kabi yutuqlar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati uchun xalqaro maydonda yangi ufqlarni ochmoqda!

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eksport #Bosniya_Gersegovina

⚡️ O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari ilk bor Bosniya va Gersegovinaga eksport qilindi

➡️Mazkur eksport doirasida 12 turdagi zamonaviy texnika: televizor, sovutkich, kir yuvish mashinasi, gaz va elektr plitalar, konditsioner, changyutkich va boshqa uskunalardan iborat 1000 dan ortiq mahsulotlar yetkazib berildi.

➡️ Bu haqida "O'zbekiston-24" telekanalining "Fakt-24" dasturida batafsil ma'lumot taqdim etildi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM